65.90K

Vakillik va ishonchnoma

1.

Vakillik va ishonchnoma

2.

Vakillik instituti shaxslarning huquq va burchlarini amalga
oshirishlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi
o‘rnini quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
- jamiyatdagi subyektlarning huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishga
yordamlashadi;
- shaxslarning qonuniy huquq va erkinliklari buzilishining oldini oladi;
- subyektlar o‘rtasida o‘zaro huquqiy munosabatlarining barqarorligini
ta’minlash va boshqa vazifalarni bajarishi bilan jamiyat taraqqiyotida
muhim hisoblanadi.

3.

Vakillik bu
bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga
oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki
vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan
bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi)
nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik
huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi
va bekor qiladi
(FKning 129-moddasi).

4.

FKning 129-moddasining mazmunidan kelib
chiqsak, vakillikni amalga oshirishda vakilga
nisbatan hech qanday yuridik oqibat kelib
chiqmaydi, ya’ni unda huquq va majburiyat hamda
undan kelib chiqadigan javobgarlik ham bo‘lmaydi.

5.

Ammo agar shaxs 14 yoshga to‘lmagan yoki muomalaga
layoqatsiz bo‘lsa, unga nisbatan vasiylik belgilanadi. Vasiy barcha
munosabatlarda o‘z vasiyligi ostidagi shaxslar nomidan harakat
qiladi va nafaqat ularga nisbatan huquq va majburiyatlarni vujudga
keltiradi, o‘zgartiradi, bekor qiladi, balki amalda ularni shaxsan
o‘zi amalga oshiradi va ulardan kelib chiqadigan oqibatlar uchun
ham shaxsan o‘zi javob beradi.

6.

Vakillik qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra vujudga
kelgan holda, quyidagi shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladi:
- jismoniy shaxsning jismoniy shaxsga yoki yuridik
shaxsga nisbatan vakilligi;
- yuridik shaxsning jismoniy shaxsga yoki yuridik
shaxsga nisbatan vakilligi;
- davlatning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga
nisbatan vakilligi.

7.

Vakillikning quyidagicha o‘ziga xos xususiyatlari bor:
1) vakillik munosabatlarining subyektlari har qanday shaxs bo‘lishi mumkin;
2) vakillikdan kelib chiqadigan munosabatlarda uchdan ortiq taraflar ishtirok etadi;
3) vakillik instituti munosabatlari insoniylik, o‘zaro yordam, fuqarolik munosabatlarda barchaning
teng ishtirokini ta’minlash g‘oyalariga asoslanadi;
4) vakillik haq evaziga ham, tekinga ham amalga oshirilishi mumkin;
5) vakillik fuqarolik, oila, xo‘jalik, ma’muriy huquqiy munosabatlarni o‘zida jamlagan;
6) vakillik instituti mavjudligining asosi bo‘lgan vakolatlar huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan
aniq tarzda belgilanadi;
7) vakillikning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi har xil obyektiv va subyektiv yuridik faktlarga
bog‘liq hisoblanadi;
8) vakillik instituti shaxslarga fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshirishdagi yuridik
yordamning huquqiy asosidir.

8.

Har qanday munosabatlarda bo‘lgani kabi vakillik munosabatlarining
ham eng asosiy elementlaridan biri - bu taraflarning huquq va
majburiyatlaridir. Vakillik munosabatlaridan kelib chiqadigan
huquq va majburiyatlar ikkiga bo‘linadi:
1) vakolat beruvchi
majburiyatlar;
va
vakil
o‘rtasidagi
huquq
va
2) uchinchi shaxslarga nisbatan vujudga keladigan huquq va
majburiyatlar.

9.

Vakil o‘zida bo‘lgan vakolatga binoan, o‘zini vakil
qiluvchiga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlarni
vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin,
vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan
yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy
oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq
tushuniladi.

10.

Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining
hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan bo‘lishi mumkin. Vakillikning quyidagi
turlari mavjud:
Umumiy vakillik- bosh ishonchnomaga asoslanadi. Umumiy vakolatlar asosida ish olib boruvchi vakil
vakolat beruvchi nomidan muayyan munosabatlarda qonunda belgilangan hollardan tashqari, barcha
yuridik xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqli bo‘ladi.
Maxsus vakillik - vakil ishonchnoma yoki shartnomada ko‘rsatilgan xatti-harakatlarnigina amalga
oshira oladi, ya’ni vakilning vakolatlari birmuncha cheklangan bo‘ladi.
Jamoat vakilligi- jamoat birlashmalarining o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
vakilligi.
Ma’muriy aktiga asoslangan vakillik - vakillikning ushbu turiga muvofiq, ma’muriy tartibda
tayinlangan vakil vakolat beruvchining nomidan harakat qilish majburiyatini oladi.
Shartnomaviy vakillik- Vakillikning vujudga kelishi taraflarning o‘z erki, xohish-istagi asosida o‘zaro
kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Qonuniy vakillik - vakolat beruvchining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda normativ hujjatlar asosida
vakilga berilgan vakolatlardan kelib chiqadigan vakillik hisoblanadi.

11.

Shu bilan birga koma yoki letargik uyqu (uzoq
vaqt behush holatda yotish) holatidagi shaxsning
“muomala layoqatini to‘xtatib turish” tufayli
vaqtinchalik vakil tayinlanishi lozim, bu ham
qonuniy vakillikning bir shakli sifatida e’tirof
etiladi.

12.

Vakil o‘z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini
ko‘zlabgina amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil o‘ziga
vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni
bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar
tuzishi mumkin emas - tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan
mustasno.
(FKning 129-moddasi 3-bandi).
English     Русский Rules