Similar presentations:
Da’vo muddati
1. Mavzu: Da’vo muddati
Reja:1. Fuqarolik huquqida muddatlar tushunchasi
va turlari.
2. Da’vo muddati tushunchasi va mohiyati.
2.
• Fuqarolik huquqida muddat – aniqbelgilangan vaqt yoki vaqtning muayyan davri
ma’nolarida qo’llaniladi. Muddatning o’tishi
ma’lum yuridik fakt hisoblanadi, chunki uning
o’tkazib yuborilishi natijasida, qonunda nazarda
tutilgan hollarda, muayyan huquqiy oqibatlar
vujudga keladi, biror-bir huquq va majburiyat
olinadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilindi.
Huquqiy
adabiyotlarda
muddat
yuridik
faktlarning voqyealar guruhiga kiritiladi.
Chunki muddat va uning o’tishi obyektiv
xususiyatga ega bo’lib, fuqarolik huquq
subyektlarining irodasiga bog’liq emas.
3.
Fuqarolik kodeksi muddatlarni belgilash va hisoblashqoidalarini o’zida mustahkamlaydi.
FK 145-moddasiga ko’ra, Қонунчиликда ёки битимда
белгиланган, шунингдек суд томонидан тайинланадиган
муддат календарь сана билан ёхуд йиллар, ойлар,
ҳафталар, кунлар ёки соатлар билан ўлчанадиган вақт
даврининг ўтиши билан белгиланади.
• Муддат муқаррар юз бериши керак бўлган воқеани
кўрсатиш билан ҳам белгиланиши мумкин.
Muddatlar yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan
hisoblanadi. Muddat uchun uni hisoblash, boshlanishi va tugashini
aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Muddatning o’tishi (FK 146-modda) kalendar sanadan keyingi
yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqyea yuz
berganidan keyingi kundan boshlanadi. Masalan, shartnomada
uning kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilmagan bo’lsa:
(shartnoma 14 yanvarda tuzilgan) muddatning o’tishi 15
yanvardan boshlanadi.
4.
Фуқаролик ҳуқуқида муддатнинг тамом бўлиши қуйидагичабелгиланган:
• yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi
tegishli oy va kunda tamom bo’ladi. Masalan, 2020 yil 31
декабрь
• Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi
oyidagi tegishli kunda tugaydi. Masalan, 2020 yil 30 aprel
• Yarim oy deb belgilanadigan muddatga kunlar bilan
hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u o’n besh kunga teng
bo’ladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom
bo’lishi tegishli raqam bo’lmagan oyga to’g’ri kelsa, u holda
muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi. Masalan, aprel oyiing
30 kuni
• Haftalar bilan o’lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi
haftasidagi tegishli kunda tugaydi. Masalan, muddat dushanba
kunigacha deyilgan bo’lsa, shu haftaning shanba kuni
5.
• Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilanhisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo’llaniladi.
• Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan qoidalar tatbiq etiladi. Bunda yil choragi uch oyga
teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa yil boshidan
yuritiladi.
• Agar muddat biror–bir harakatni amalga oshirish uchun
tayinlangan bo’lsa, bu harakat muddatning oxirgi kunidagi soat
yigirma to’rtga qadar bajaralishi mumkin. Masalan, yukni olish,
bankka pul topshirish. Bunday vaqtda muddat belgilangan
qoidalarga muvofiq, ushbu tashkilotda tegishli operasiyalar
to’xtatiladigan soatda tamom bo’ladi. Muddatni oxirgi kunida soat
24.00 ga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa
vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar,
pul o’tkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi. Ba’zan ularni o’z
vaqtida yuborish juda muhim rol o’ynaydi. Masalan, da’vo arizalari,
talabnoma taqdim etish.
6. Muddat turlari.
Muddatlar kim tomonidan belgilanishigaqarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
1. qonuniy muddatlar;
2. shartnomaviy muddatlar;
3. sudlar
tomonidan
belgilanadigan
muddatlar.
7.
Qonuniy muddatlar–huquq normalarida belgilangan muddatlardir. Bu muddatlar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning
o’zaro kelishuvlari bilan umumiy qoida bo’yicha o’zgartirilishi
mumkin emas. Bunday muddatlarga misol qilib fuqarolarning to’la
yoki qisman muomala layoqatiga ega bo’lish muddatlari (FKning
22-27-moddalari), ishonchnoma muddati (FKning 139-moddasi)
umumiy da’vo muddati (FKning 150-moddasi) va boshqalarni
ko’rsatish mumkin.
Shartnomaviy muddatlar – FKning 357-moddasida ko’rsatilgan bitimlar bilan belgilanadigan shartnomali muddatlarning bir
turi hisoblanadi.
Sudlar tomonidanbelgilanadigan muddatlar - biror-bir huquq
yoki majburiyatlarni olish, o’zgartirish yoxud bekor qilish
to’g’risida tayinlanadi. Bu muddatlar qarzdorni muayyan harakatni
qilish vaqtini belgilashga, taraflar o’rtasidagi nizoni bartaraf
etishga doir bo’lishi mumkin.
8.
Huquqiy oqibatiga ko’ra muddatlar:• Huquqni yuzaga keltiruvchi. M.: ashyoning sotib
olinishi, unga nisbatan mulk huquqini yuzaga
keltiradi.
• Huquqni o’zgartiruvchi. M.: mahsulotni o’z
vaqtida yetkazib bermaslik, ma’lum huquq va
majburiyatlarning o’zgarishiga turtki bo’ladi.
• Huquqni bekor qiluvchi. M.: mahsulot yetkazib
berish shartnomasi bo’yicha muddatida yetkazib
berilmagan tovarga nisbatan sotib oluvchining
qiziqishi yo’qoladi, sotuvchi esa yetkazib berish
huquqidan mahrum bo’ladi.
9. Da’vo muddati tushunchasi va mohiyati
• Da’vo muddati FKning 149-moddasiga muvofiq, shaxs o’ziningbuzilgan huquqini da’vo qo’zg’atish yo’li bilan himoya qilishi
mumkin bo’lgan muddatdir. Bu muddatda sudlar tomonidan huquqi
buzilgan shaxsning qonuniy talablarini qondiriladi. Undan maqsad
mulkiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Da’vo muddati moddiy va prosessual ma’noda da’voga bo’lgan
huquq tushunchalari bilan o’zaro bog’liq.
• Moddiy ma’noda da’voga bo’lgan huquq – bu o’zining buzilgan
huquq va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatni himoya qilish
uchun manfaatdor shaxsning sudga murojaat qilish imkoniyati va
himoyalanishidir. Bu imkoniyat huquq normalari orqali
ta’minlangan. M: da’vogarning javobgarga nisbatan muayyan
nizoli moddiy-huquqiy talabi bo’lishi, masalan, biror-bir ashyoning
topshirilishi, pul to’lanishi, xizmat ko’rsatilishi, zararning
qoplanishi xususida talab qilinadi;
10.
• Prosessual ma’noda da’voga bo’lgan huquq – bushaxsning faqat sudga murojaat etishini qamrab oladi.
Bunday huquq da’vo muddatining o’tgani bilan
uzilmaydi. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo
muddatining o’tganligidan qat’i nazar sudda ko’rib
chiqish uchun qabul qilinadi (FK 153-modda birinchi
qismi). Sud ishni, albatta, mazmunan ko’rishi lozim.
• Даъво муддатининг ўтиши моддий маънода даъвога
бўлган ҳуқуқни бекор қилади ва даъвони рад этиш
учун асос бўлади. Асосий талаб бўйича даъво муддати
ўтиши билан қўшимча талаблар (неустойка, гаров,
кафолат ва шу кабилар) бўйича даъво муддати ҳам
ўтган ҳисобланади.
11.
Даъво муддатининг ўта бошлаши• Даъво муддати шахс ўзининг ҳуқуқи бузилганлигини билган
ёки билиши лозим бўлган кундан ўта бошлайди. Бу қоидадан
истиснолар ушбу Кодекс ва бошқа қонунлар билан
белгиланади. Масалан, Фуқаролик кодексининг 163-моддасига
кўра, шахсий номулкий ҳуқуқларни ва бошқа номоддий
неъматларни ҳимоя қилиш ҳақидаги талаблар учун даъво
муддати белгиланмаган. Яъни, ушбу талаблар учун даъво
муддати жорий қилинмайди. Бу ҳолатда шахс ўз ҳуқуқи
бузилганлигини билган ёки билиши лозим бўлган кундан
бошлаб даъво қўзғатиш ҳуқуқига эга. Маънавий зарарни
қоплашга оид талаблар ҳам шахсий номулкий ҳуқуқларни
ҳимоя қилишга киради. Бу талаблар учун даъво муддати
белгиланмаган ва жорий қилинмайди. Шу сабабли, ушбу
талаблар бўйича даъво муддати шахс ўз ҳуқуқи
бузилганлигини билган ёки билиши лозим бўлган кундан
бошлаб ҳисобланади.
12.
• Муайян ижро муддатига эга бўлган мажбуриятлар бўйичадаъво муддати ижро муддати тамом бўлганидан кейин ўта
бошлайди. Ижро этиш муддати белгиланмаган ёки талаб
қилиш пайти ижро этиш муддати билан белгиланган
мажбуриятлар бўйича даъво муддати кредиторда мажбуриятни
бажариш тўғрисида талаб қўйиш ҳуқуқи пайдо бўлган вақтдан
ўта бошлайди, борди-ю, қарздорга бундай талабни бажариш
учун имтиёзли муддат берилса, даъво муддати имтиёзли муддат
тамом бўлганидан кейин ҳисоблана бошлайди.
• Регресс мажбуриятлар бўйича даъво муддати асосий
мажбурият бажарилган пайтдан ўта бошлайди.
• Мажбуриятдаги шахсларнинг алмашиниши даъво муддати
ва уни ҳисоблаш тартибининг ўзгаришига олиб келмайди.
13.
• Fuqarolik huquqida da’vo muddati ikki turga ajraladi:– Umumiy da’vo muddati – uch yil bo’lib, maxsus da’vo muddatlari
tatbiq etilmaydigan barcha munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi.
– Maxsus da’vo muddati – ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda
qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari
belgilanishi mumkin: Masalan,korxonaning sotilishi to’g’risida
xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani sotib oluvchiga
topshirgani to’g’risida xabar topgan yoki xabar topishi lozim
bo’lgan paytdan boshlab bir yil maboynida talablarni qondirish
haqida da’vo qo’zg’atishi mumkin. FK 1019-moddasiga asosan,
tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan
zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik
muddatlari mobaynida yetkazilgan bo’lsa, qoplanishi lozim.
Maboda yaroqlilik muddati belgilanmagan bo’lsa, tovar ishlab
chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o’n yil
mobaynida qoplanishi lozim.
14.
Fuqarolik huquqi normalari da’vo muddati joriyqilinmaydigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan.
Jumladan,
1. shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy
boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
2. omonatchilarning o’z omonatlarini berish to’g’risida
bankka qo’yadigan talablariga;
3. fuqaroning hayotiga yoki sog’ligiga yetkazilgan zararni
to’lash haqidagi talablarga. Da’vo muddati o’tganidan
keyin qo’zg’atiladigan talablar da’vo ko’zg’atilishidan
oldingi ko’pi bilan uch yil bo’yicha qondiriladi.
15.
4.jinoyat tufayli yetkazilgan zararnito’lash haqidagi talablarga;
5.mulkdorning yoki boshqa egalik
qiluvchining o’z huquqini har qanday
buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik
qilishdan mahrum etish bilan bog’liq
bo’lmasa ham (ushbu Kodeksning 231moddasi), bartaraf etish haqidagi
talablariga;
16.
6. mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uningchegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy
madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo’lgan molmulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib
berish haqidagi talablarga;
7. qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
• Bundan tashqari, da’vo muddatining o’tishi da’vo
muddatini to’g’ri hisoblash uchun muhim ahamiyatga
ega. Qonunga muvofiq, da’vo muddatining o’tishi shaxs
o’zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim
bo’lgan kundan o’ta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar
fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
17.
FK 156-moddasiga ko’ra, quyidagi hollarda da’vomuddatining o’tishi to’xtatiladi:
1. agar da’vo qo’zg’atilishi uchun muayyan sharoitlarda
oldini olib bo’lmaydigan favqulodda hodisa (yengib
bo’lmas kuch) to’sqinlik qilgan bo’lsa. M.: zilzila,
qulash, ko’chish (qor, qum) epidemiya, harbiy janjallar,
urush va boshqalar;
2. O’zbekiston Respublikasi hukumati majburiyatlarni
bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli. Moratoriy
– favqulodda holatlarda e’lon qilinadi. Moratoriyning
ikki ko’rinishi uchraydi: a) majburiyatlarning barchasi
tegishli umumiy moratoriy; b) alohida majburiyatlarga
tegishli – xususiy moratoriy;
18.
3. agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o’tkazilgan qurollikuchlar, chegara qo’shinlari va ichki qo’shinlar tarkibida bo’lsa.
Agar shaxs tinchlik vaqtida harbiy xizmatda bo’lsa, da’vo
muddatining o’tishini to’xtatish uchun asos bo’la olmaydi;
4. agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo’lmasa;
5. tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amal
qilishi to’xtatilgan bo’lsa.
6. mediasiya tartib-taomilini amalga oshirish to’g’risida kelishuv
tuzilgan taqdirda.
Тўхтатилишга асос бўлган ҳолат барҳам топган кундан бошлаб
даъво муддати қайта тикланади. Бунда, агар тўхтатилиш муддати
олти ойдан кам бўлса, даъво муддатига қадар узайтирилади.
Шунинг учун, агар тегишли қонунчилик ҳужжати амал қилиши
тўхтатилган бўлса, даъво муддати тўхтатилиши мумкин ва
тўхтатилиш сабаблари барҳам топганидан кейин қайта тикланади.
19.
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни, 03.07.2018 йилдаги ЎРҚ-482-сонМЕДИАЦИЯ ТЎҒРИСИДА
• Ушбу Қонуннинг амал қилиши фуқаролик ҳуқуқий муносабатлардан, шу
жумладан тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш муносабати билан
келиб чиқадиган низоларга, шунингдек якка меҳнат низоларига ва оилавий
ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган низоларга медиацияни қўллаш
билан боғлиқ муносабатларга нисбатан, агар қонунда бошқача қоида
назарда тутилмаган бўлса, татбиқ этилади.
• Ушбу Қонуннинг амал қилиши медиацияда иштирок этмаётган учинчи
шахсларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларига, жамоат манфаатларига
дахл қиладиган ёки дахл қилиши мумкин бўлган низоларга нисбатан татбиқ
этилмайди.
Медиация — келиб чиққан низони тарафлар ўзаро мақбул қарорга эришиши
учун уларнинг ихтиёрий розилиги асосида медиатор кўмагида ҳал қилиш
усули; Медиация суддан ташқари тартибда, низони суд тартибида кўриш
жараёнида, суд ҳужжатини қабул қилиш учун суд алоҳида хонага
(маслаҳатхонага) киргунига қадар, шунингдек суд ҳужжатлари ва бошқа
органлар ҳужжатларини ижро этиш жараёнида қўлланилиши мумкин.
20.
• Даъво муддатлари ва уларни ҳисоблаш тартиби тарафларнингкелишуви билан ўзгартирилиши мумкин эмас.
Даъво муддатини қўллаш
• Бузилган ҳуқуқни ҳимоя қилиш талаби даъво муддатининг
ўтганлигидан қатъи назар, судда кўриб чиқиш учун қабул
қилинади.
• Даъво муддати суд томонидан фақат низодаги тарафнинг суд
қарор чиқаргунича берган аризасига мувофиқ қўлланади.
• Қўлланиш тўғрисида низодаги тараф баён қилган даъво
муддатининг ўтиши суднинг даъвони рад этиш ҳақида қарор
чиқариши учун асос бўлади.
21.
KAZUSFKning 163-moddasi birinchi qismining beshinchi
bandida shunday norma keltirilgan: Da’vo muddati
“mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o’z
huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar
egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq
bo’lmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga”
joriy qilinmaydi.
Ushbu norma mazmunini amaliy misollar orqali
yoritib bering?
law