1.34M
Category: lawlaw

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari haqida

1.

24-§. O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
9-SINF KONSTITUTSIYAVIY
HUQUQ ASOSLARI
303-maktab huquq fani
o’qituvchisi
Axmedova M.Yu

2.

Mavzu ustida ishlash natijasida:
O‘zbekiston
Respublikasida
sud
hokimiyatining tashkil etilishi va
faoliyati
prinsiplari haqida;
Sudyalarning huquq va majburiyatlari, sudyani
tayinlashda uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar
haqida bilib olasiz.

3.

Savol: Adolatni, haqqoniyatni qidiruvchi, adolat istovchi,
adolat ko‘rsatuvchi, adolatparvar; Buxoro va Xiva
xonliklarida yuqori martabalardan biri bo‘lib, u amir yoki
xon nomiga yozilgan iltimosnomalar-arznomalarni qabul
qilib, ularning egalariga yozma yoki og‘zaki javoblar
qaytargan mansabdor shaxs.
JAVOB: DODHOH

4.

«Asosiy
maqsadimiz,
fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish
orqali xalqimizning sud
tizimiga
bo‘lgan
ishonchini
qat’iy
mustahkamlash,
sudni
tom
ma’noda
“Adolat
qo‘rg‘oni”ga
• aylantirishdan iboratdir».
Shavkat Mirziyoyev

5.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD
TIZIMI
Sud-– odil sudlovni amalga oshirishga haqli
birdan bir davlat hokimiyati organidir. Sudyalar hal
qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan
chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar
barcha tomonidan, shu jumladan, davlat organlari
tomonidan so‘zsiz ijro etilishi
shart ekanligini
anglatadi.

6.

O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 6-aprelda
mamlakat
Konstitutsiyasiga sud
tizimini yangilashni
nazarda tutuvchi
o‘zgartirishlar
va qo‘shimchalar
kiritilishi to‘g‘risidagi
Qonunni imzoladi.

7.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD
TIZIMI
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va
jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar
orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, ya’ni ish
ko‘rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi deb
ataladi.

8.

Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111
va 112-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Oliy sud
fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sudlov
ishlari sohasida sud hokimiyati yagona organiga –
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
sudiga
birlashtirildi.

9.

Yangi
institut

O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy
etildi. U sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib,
O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligiga
oid konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilishini
ta’minlashga ko‘maklashadi.

10.

SUD TIZIMI TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Jinoyat ishlari
bo‘yicha
Qoraqalpog‘is
ton
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent
shahar sudlari
Jinoyat ishlari
bo‘yicha
tuman
(shahar)
sudlari
Fuqarolik ishlari
bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
sudlari
Fuqarolik
ishlari bo‘yicha
tumanlararo,
tuman (shahar)
sudlari
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi
Qoraqalpog‘ison
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
ma’muriy
sudlari
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
iqtisodiy sudlari
Tuman
(shahar)
ma’muriy
sudlari
Tumanlararo,
tuman
(shahar)
iqtisodiy
sudlari
O‘zbekiston
Respublikasi
Harbiy sudi
Harbiy
sudlar

11.

O‘zbekiston
Respublikasida
sudlar
ish
kategoriyasiga
ko‘ra
ixtisoslashtirilishi mumkin. Favqulodda
sudlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 107-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini
yuritish o‘zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o‘sha
hududdagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda
olib boriladi. Sud olib borilayotgan tilni
bilmaydigan sud ishtirokchisi uchun tarjimon
orqali sud materiallari bilan to‘liq tanishish, sud
harakatlarida qatnashish va o‘z ona tilida so‘zga
chiqish huquqi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
115-moddasi.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga
muvofiqligi
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini
qo‘shgan holda saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
108-moddasi.

13.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon
qilingan
kundan
e’tiboran
kuchga
kiradi.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning
faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
109-moddasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy,
iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U qabul qilgan hujjatlar
qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida
bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi
sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish
huquqiga ega va oliy instansiya sudi sifatida hamda nazorat
tartibida ishlarni ko‘rib chiqadi.

15.

O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
sudi
tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqilgan
ishlar shikoyat qilish (protest berish) huquqiga ega
shaxslar tanlashiga qarab apellatsiya yoki kassatsiya
tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Apellatsiya tartibida
ko‘rib chiqilgan ishlar kassatsiya tartibida ko‘rib
chiqilishi mumkin emas.

16.

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga
bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga
oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish
qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
112-moddasi

17.

Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni
yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan
hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
113-moddasi

18.

«O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan,
oliy yuridik ma’lumotga va yuridik
ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni
muhofaza qiluvchi organlarda kamida
besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarosi
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo,
tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman (shahar) sudining,
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy
sudining, tuman (shahar) ma’muriy
sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi
bo‘lishi mumkin.

19.

Oliy yuridik ma’lumotga va
yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida
yetti yillik, shu jumladan, qoida
tariqasida, sudya sifatida kamida
ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
sudining, viloyat sudining, Toshkent
shahar
sudining,
O‘zbekiston
Respublikasi
Harbiy
sudining
sudyasi bo‘lishi mumkin.

20.

Oliy yuridik ma’lumotga va
yuridik
ixtisosligi
bo‘yicha
kamida o‘n yillik, shu jumladan,
qoida tariqasida, sudya sifatida
kamida besh yillik mehnat
stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining
sudyasi
bo‘lishi
mumkin.

21.

Yodda tuting!
Sud tizimi – o‘z vakolatlari, maqsadlari va
vazifalariga muvofiq ish ko‘radigan davlatning butun
sudlov organlari.
Birinchi instansiya sudi – qonunga muvofiq sud
majlisida birinchi bo‘lib ish holatlarini aniqlovchi va ish
yuzasidan qarorlar yoki hukm chiqaruvchi sud. Birinchi
instansiya sudi qarori ustidan kassatsiya yoki apellatsiya
tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin.
Kassatsiya tomonlar shikoyati yoki prokuror
protestiga ko‘ra Oliy sud instansiya tomonidan hukmni
bekor qilish haqidagi arizadir.

22.

1.Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110,
111 va 112-moddalariga o‘zgartirishlar
kiritildi.
2. Hamma sudlarda ishlar yopiq ko‘riladi.
3. Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va
uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
4. Favqulodda sudlar tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5. Apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar
kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin
emas.

23.

2. Hamma sudlarda ishlar ochiq
ko‘riladi.
3. Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy
va uning ustidan shikoyat qilinishi
mumkin emas.
4. Favqulodda sudlar tuzilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.

24.

XULOSA CHIQARAMIZ!
Sudlar – inson
huquqlari
himoyasidagi
asosiy bo‘g‘in.
Prinsiplar:
oshkoralik,
obyektivlik,
qonuniylik, adolat.
Sudyalar –
mustaqil va
daxlsizdir, faqat
qonunga
bo‘ysunadi
Sud – odil sudlovni amalga
oshiruvchi birdan bir hokimiyat
organi.

25.

UYGA VAZIFA:
Mavzuni o‘qib o‘rganish, vaziyatli
topshiriqlarni yechish.
English     Русский Rules