502.27K
Category: pedagogypedagogy

PQ-2833 14.03.2017 (1)

1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA QARSHI
KURASHISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni
ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishildi.
Shu bilan birga, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining
ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada
foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.
Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada
e’tibor qaratmayapti.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi choratadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi,
shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni
aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish samaradorligi mavjud
emasligi kutilayotgan natijalarni bermayapti.
Vakolatli organlarning yetarli darajada tashabbus ko‘rsatmayotganligi, lozim darajadagi
idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning o‘zaro
nomutanosibligi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi
faoliyatni tubdan takomillashtirishni talab etadi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni
muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni
bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlari qoniqarsiz deb e’tirof
etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish davlat organlari, shu
jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat
tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat idoralari va
tashkilotlari) ustuvor vazifasi etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Ushbu sohada quyidagilar davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
etib hisoblansin:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini, shu jumladan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar
murojaatlari va muammolariga bepisand munosabatda bo‘lish va byurokratik holatlarga yo‘l
qo‘ymaslik orqali ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish choralarini ishlab chiqish
hamda amalga oshirish orqali huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida
oldini olish hamda ularga chek qo‘yish, shuningdek ularning sodir etilish sabablari va shartsharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini
oshirish;

2.

idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini, shu jumladan videokuzatuv, elektron hisobga olish va o‘zaro axborot almashish,
idoralararo ma’lumotlar bazalari tizimlarini profilaktik ishlarga keng joriy etish;
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchiligini
rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini,
qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilik darajasi haqidagi ma’lumotlarni aholiga yetkazish
masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilish, Internet butunjahon axborot
tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanish, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etish
jarayoni to‘g‘risida keng jamoatchilikni tezkor xabardor qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini, shu jumladan huquqbuzarliklar dinamikasi,
ularni sodir etish takroriyligi, ijtimoiy fikr, profilaktik ishlar natijasidan fuqarolarning qoniqish hosil
qilishi va aholi bilan hamkorlik darajasini inobatga oladigan baholashning aniq mezonlarini joriy
etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha idoralararo dasturlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda manzillilik, sohaviy ixtisoslashuv, hududiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar inobatga
olinishini ta’minlash;
ijtimoiy muammolarni hal etish, birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash, ayollar va
yoshlarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etishni faollashtirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar
o‘tkazish, profilaktik ishlarni olib borishning zamonaviy uslubiyotini joriy etish;
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilar va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir
etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va
boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini rivojlantirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga fuqarolar va jamoat tashkilotlarini, shu jumladan ularni
moddiy va boshqacha tarzda rag‘batlantirish orqali jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik
xizmati va Adliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi
PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y.,
06/22/258/1064-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar prokuraturalari huzurida prokuratura, ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi
Milliy xavfsizlik xizmatining tajribali xodimlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo
tezkor-tergov guruhlarini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona
muvofiqlashtiruvchi organi etib belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
5. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilansin va
ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:
huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham
berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan, shu jumladan
ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari va
tashkilotlarida “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

3.

qonuniylik ahvolini va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarning
samaradorligini atroflicha muhokama qilish uchun joylarda, birinchi navbatda kriminogen vaziyat
nomaqbul bo‘lgan hududlarda fuqarolarning sayyor qabullarini hamda davlat idoralari va tashkilotlari
vakillarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
ijtimoiy ahamiyati muhim bo‘lgan sud muhokamalari bo‘yicha sayyor sud majlislarini
o‘tkazish;
aholi turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, huquqbuzarlik sodir etishga
ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma-uy yurishlarni tashkil
etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar haqida davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda davlat idoralari va tashkilotlari vakillari,
jamoatchilik ishtirokida joylarda jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va
shart-sharoitlari, jinoyatlarni fosh etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarning
natijalarini muhokama qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘ida maqolalar,
sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi ikki hafta muddatda mas’ul ijrochilarni aniq belgilagan holda, mazkur qaror
talablariga muvofiq aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi huquqbuzarliklar
profilaktikasi kunlarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dasturni tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi
PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y.,
06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi
PF-5894-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y.,
06/19/5894/4161-son)
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2017 — 2018yillarga mo‘ljallangan dastur 7-ilovaga* muvofiq;
* 7-ilova berilmaydi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni
muvofiqlashtirish sxemasi 8-ilovaga muvofiq;
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi 9-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida Umumiy shtat birligi doirasida
22 shtat birligidan iborat bo‘lgan Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil
qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi
PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y.,
06/18/5566/2153-son)
Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
huquqbuzarliklar sodir etilish sabab va shart-sharoitlarning, qonuniylik va huquq-tartibotni
ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning, ayniqsa huquqbuzarliklarning salbiy dinamikasi kuzatilgan
sohalarda tizimli tahlilini tashkil etish;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va
shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlari
buzilishiga, shuningdek huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv, tanlov asosida talqin
qilish faktlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish;
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish borasida takliflar
tayyorlash;
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan seminarlar,
“davra suhbatlari”, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda
o‘tkazish;
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, uni
O‘zbekiston Respublikasida joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Boshqarmaga noyuridik mutaxassislikdagi
(iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar) zarur bilim va tajribaga ega yuqori malakali
kadrlarni ishga qabul qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqarma xodimlariga ish haqi fondining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama haq
belgilansin. Bunda, mazkur ustama haq qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha
va ustama haqlarni hisoblab chiqishda Boshqarma xodimlarining ish haqi fondi tarkibiga qo‘shiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi
PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y.,
06/18/5566/2153-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik
xizmati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya
vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga vakolatli organlar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida
ma’lumotlar va materiallarning samarali almashinuvini ta’minlaydigan yagona axborot tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutadigan
Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan
xarajatlarni qoplagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xarajatlar smetasi va
shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib
chiqadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
PQ-2833-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga
1-ILOVA

5.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika
idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar (keyingi
o‘rinlarda — vakolatli organlar va muassasalar) faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat
birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Komissiya o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida, tumanlar (shaharlar)da huquqbuzarliklar profilaktikasi
va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy
komissiyalar) bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslar,
jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya
qilishni ta’minlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari
va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan
nazoratni tashkil etish;
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini ularning faoliyati samaradorligini,
yaqindan hamkorligi va ish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan
choralarni baholash, monitoring qilish va ularning samaradorligini oshirish;
jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish
amaliyotini o‘rganish;
jinoyatlar fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashiringan
shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlarining
samaradorligini oshirish;
tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni
huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;
vakolatli organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham
berishdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va
ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ma’lumotlarni
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati
samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish.
3-bob. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan
qarorlar qabul qilish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vakolatli organlar va muassasalar
rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

6.

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarida qonun
hujjatlari va Komissiya qarorlari bajarilmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, boshqa tashkilotlarga ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish haqida takliflar
kiritish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash
va olish;
Komissiya a’zosi hisoblanmaydigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat
birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini Komissiya yig‘ilishlariga taklif etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari ahvolini o‘rganish
uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va
guruhlar ishiga mutaxassislarni jalb qilish;
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashishda faol ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Komissiya quyidagilarga majbur:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish
bo‘yicha qarorlarini ijro etish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat
va monitoringni amalga oshirish.
Komissiya zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
4-bob. Komissiya ishini tashkil etish
8. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi.
9. Hududiy komissiyalar rais (ichki ishlar organi rahbari), rais o‘rinbosari va a’zolardan
iborat tarkibda tuziladi. Hududiy komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, shuningdek mehnat, ta’limni davlat tomonidan boshqarish, davlat sog‘liqni saqlash tizimini
boshqarish, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari
kiritiladi.
10. Komissiya o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga qarab,
ammo chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
11. Komissiya rais tomonidan boshqarilib, u:
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi.
12. Komissiya ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
bajaradi.
13. Ishchi organ:
Komissiya ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi,
shuningdek tasdiqlangan rejaga muvofiq Komissiyaning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning
tayyorlanishini tashkil qiladi;
Komissiya vakolat doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar
loyihalarini tayyorlaydi;
Komissiya qarorlarining ijrosi ustidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
kelib tushayotgan xat va hujjatlarni ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, yozishmalarni va
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorlashni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

7.

Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi
mumkin.
14. Vakolatli organlar va muassasalar o‘z vakolatlari doirasida Komissiyaga har chorakda:
jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi
hisobotlarni;
jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish
bo‘yicha takliflarni taqdim etishadi.
15. Komissiya qarorlari Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan
va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani
imzolashda Komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga
egadir.
16. Komissiya qarorlari tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Ularning rahbarlari
Komissiya qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi uchun javobgardir.
Komissiya qarorlarini sifatli bajarish maqsadida vakolatli organlar va muassasalar rahbarlari
tomonidan ularning ijro etilishi yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etiladi.
17. Komissiya ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga
tuziladi, Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Sud organlari bilan hamkorlik
18. Komissiyaning sudlar bilan hamkorligi sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya
qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Sudlar bilan hamkorlik quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiriladi:
axborot almashinuvi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda sud-tergov statistika ma’lumotlari, sud
amaliyoti materiallaridan foydalanish;
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining takomillashtirilishini ta’minlash maqsadida
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish;
qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini
tayyorlashda ishtirok etish;
hamkorlikda seminar, “davra suhbati” va konferensiyalar o‘tkazish, vakolatli organlar va
muassasalar xodimlarining malakasini oshirish ishida ishtirok etish;
tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga hamkorlikdagi axborot xatlari, ko‘rsatmalar,
ma’lumotnoma va sharhlarni yuborish.
19. Komissiya yig‘ilishlarida tegishli sudlarning raislari ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga
2-ILOVA
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Azizov A.A.
— O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Komissiya raisi

8.

2. Azimov M.B. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Komissiya raisining
o‘rinbosari
3. Abduxakimov — O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
A.A.
4. lavozimi
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
bo‘yicha
raisining o‘rinbosari
5. Togayev K.
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari
6. Jo‘rayev N.S. — O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari
7. Normatov
— O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari
Sh.T.
8. Raimov B.Y. — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
9. Gadoyev E.F. — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
10. Basitxanova — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari
E.I.
11. Kenjayev
— O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari
D.M.
12. Madjidov I.U. — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
13. Abdusamatov — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi
B.X.
14. Raximov
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i v.b.
D.F.
15. Mamatov
R.T.
16. Ergashev A.
— O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh
boshqarmasi boshlig‘i, ishchi organ mas’ul tuzilmasining rahbari
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan
shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli
Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y.,
06/19/5894/4161-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga
8-ILOVA
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni
muvofiqlashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

9.

(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni
tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga
9-ILOVA
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida tadbirlarni tashkil etish
SXEMASI

10.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 184-modda, 37-son, 982-modda;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son, 01.12.2017-y.,
06/17/5269/0340-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son,
01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 06.02.2024-y.,
06/24/28/0099-son)
English     Русский Rules