284.67K
Categories: lawlaw industryindustry

“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq. Ma’muriy sud ish yurituvi” oraliq nazorat kazuslari

1.

“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq.Ma’muriy sud ish
yurituvi”
oraliq nazorat kazuslari
1-KAZUS
Arizachi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy
boshqarmasi “NUMBER ONE” MCHJ manfaatini ko‘zlab Qarshi tumanlararo
ma’muriy
sudiga
shikoyat ariza
bilan murojaat qilib,
javobgar
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limining 2022-yil 25noyabrdagi №18-41/1-son dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Sudya mazkur arizani o‘rganib chiqib, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmagan
ariza deb hisoblab, arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqardi. Ajrimdan
norozi bo‘lgan tomon shikoyat arizasi bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering(Oliy sud plenumi qarorlarini qo‘llagan
holda tahlil qiling).
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Ariza(shikoyat)ni ko‘rmasdan qoldirish asoslari va tartibini shaxsiy fikr va
amaliy misollar bilan tushuntirib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang.
2-KAZUS
Arizachi “DONA” MCHJ Ma’muriy sudga murojaat qilib, Davlat xizmatlari
markazi mansabdor shaxsining qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Arizada tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat
xizmatlari markaziga murojaat qilingan. Davlat xizmatlari markazi mas’ul hodimi
tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqilganida, avvaldan mavjud bo‘lgan
“DONA”, ATLAS” hamda “MINOR” MCHJ lar birlashtirilib, “DONA” MCHJ
sifatida qayta tashkil etilayotganligi ko‘rsatilgan. Davlat xizmatlari markazi
tomonidan “DONA” MCHJ ni qayta tashkil etishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad
etilgan.
Mazkur rad etishni qonunga xilof deb topishni hamda davlat xizmatlari
markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklashni so‘rab, Ma’muriy sudga
murojaat qilgan. Ma’muriy sud hujjatlarni o‘rganib chiqib, ta’sischilar o‘rtasida
MCHJ ni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishilmaganligi asosi bilan
arizani ish yurutishga qabul qilishni rad etdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Arizani ish yurutishga qabul qilishni rad etish hamda ish yuritishni tugatish
ning o‘zaro farqli jihatlarini tahlil qilib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang.
3-KAZUS

2.

Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ariza
bilan murojaat qilib, arizasida Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi
“Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka
tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Arizachi “DRUZYA”
mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov sud majlisining joyi, kuni va
vaqti to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lsada, sud majlisiga kelmadi
va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmadi. Shuningdek, sud
majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan javobgar Buxoro viloyat DSB
vakili sud majlisida ishtirok etmadi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida
xabardor qilmadi. Sud ma’muriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, hal qiluv qarorini
qabul qildi hamda taraflarga hal qiluv qarorining nusxalarini jo‘natdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlarini shaxsiy fikr va
qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang.
4-KAZUS
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli Ohangaron tumanida
faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi. Bundan norozi bo‘lgan “LIFE” MCHJ 2-may kuni Nurafshon
tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib viloyat ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish boshqarmasining qarorini bekor qilishni so‘radi. Nurafshon
tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi D.Choriyev arizani qanoatlantirishni rad etdi.
Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda, apellatsiya instansiyatining ishni
ko`rib chiqishidagi o‘ziga xos jihatlarni qonun hujjatlari va shaxsiy fikringiz
yordamida tahlil qilib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang.
5-KAZUS
Toshkent shahar “PUREWATER” DUK Olmazor tumani filiali 2022-yil
23-oktabrda fuqaro B.Kanalov foydalanilgan ichimlik suvi uchun ichimlik suvidan
2 381 000 so‘m qarzi borligi to‘g‘risida ogohlantirib, qarzdorlikni to‘lab berishni
so‘ragan. Ammo B.Kanalov hisoblangan qarzdorlikdan norozi ekanligini bildirgan.
Unga tegishli Olmazor tumani Oqsaroy ko‘chasi 4 /2, 30-xonadon manzilidagi uyda
3 kishi ro‘yxatdan o‘tib yashab kelayotgan bo‘lsada, foydalanilgan ichimlik suvini

3.

hisob-kitob qilishda 16 nafar kishi hisobiga olingan holda qo‘shib yozilgan. Natijada
“PUREWATER” DUK tuman filiali tomonidan 2021-2022 yillar davomida
B.Kanalovga nisbatan 2 381 000 so‘m ortiqcha to‘lov hisoblangan.
Shu sababli, fuqaro B.Kanalov Olmazor tumani “PUREWATER” mansabdor
shaxslarning ustidan Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Sud
arizachining talabini qanoatlantirishni rad etgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Ma’muriy organ mansabdor shaxslarining xattati-harakatlari yuzasidan
ma’muriy sudda ish yuritishning o‘ziga xos jihatlarini qonun hujjatlari va shaxsiy
fikringiz yordamida yoritib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini
tayyorlang
English     Русский Rules