Similar presentations:
Kassatsiya tartibida jinoyat ishini ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari
1.
Kassatsiya tartibida jinoyatishini ko‘rishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
Shodiyeva
Dilnoza
2.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligiMamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari keng qamrovli dasturiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Chunonchi, 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni
dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish; odil sudlovni amalga
oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sud ish yurituvining
protsessual asoslarini takomillatirish, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlarini ko‘rib chiqish tartibini
takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish” kabi muhim vazifalar
belgilangan. Bu esa, mazkur ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlashda jnoyat protsessida kassatsiya tartibida
ish yurituvini tartibga soluvchi qonunchilik normalari va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq huquqni qo‘llash
amaliyotini tanqidiy o‘rganishni taqozo etadi. Shu sababli, bugungi kunda kassatsiya tartibida ish yuritishning
huquqiy tabiati, ahamiyati, uning huquqiy jihatdan tartibga solinishi va qo‘llanilishi amaliyotida mavjud
muammolarni aniqlash, kassatsiya tartibida ish yuritish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi
3.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalariO‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimida kassatsiya ishini yuritishning mohiyati, mazmuni, maqsadi,
kassatsiyaning bir qator umumiy xususiyatlarining mazmunini aniqlash, asosiy elementlarni talqin qilishda
mualliflik yondashuvini shakllantirish. Kassatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi, kassatsiya ishini
yuritishning huquqni qo‘llash amaliyotini umumlashtirish, jinoyat protsessida tartibga solishni
takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Jinoyat protsessida
kassatsiya tartibida ish yuritishning taxlilini amalga oshirish, uning ijtimoiy zarurat ekanligini asoslash;
ayrim xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida kassatsiya tartibida ish yuritish xususiyatlarini
o‘rganish;
jinoyat protsessida kassatsiya tartibida ish qo‘zgatish xususiyatlarini o‘rganish, kassatsiya tartibida shikoyat
berish yoki protest keltirish huquqida ega bo‘lgan shaxslarni tasniflash:
kassatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibini tahlil qilish va kassatsiya instansiyasi sudining
vakolatlarini tavsiflash;
kassatsiya instansiyasi ishtirokchilari doirasi va sud ajrimlari va qarorlarini kassatsiya tartibida bekor qilish
hamda o‘zgartirish asoslarini tahlil qilish;
jinoyat protsessida kassatsiya tartibida ish yuritishning protsessual tartibini takomillashtirish yo‘llarini
aniqlash,
kassatsiya instansiyasida qo‘shimcha materiallardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan xulosa,
tavsiya va takliflarni shakllantirishdan iborat.
4.
1.1. Jinoyat protsessida kassatsiya tartibidaish yuritishning o‘rni va huquqiy mohiyati.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Sudlar
faoliyatini yanada
takomillashtirish va
odil sudlov
samaradorligini
oshirishga doir
qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-6034-sonli Farmoni
asosida JPKga
o‘zgartirish kiritish
Kassatsiya so‘ziga
tarif va uning jinoyat
protsessida o‘rni
Apellatsiya va
kassatsiya tartibida
ish yuritishning birbiridan farqi
5.
1.2. Jinoyat protsessida kassatsiya tartibida ishyuritishning umumiy xususiyatlari:tarkibi va
predmeti
Sud qarorlari
ustidan shikoyat va
protest berish
huquqi
Jinoyat protsessual
huquqida
kassatsiya tartibida
shikoyat va protest
berish huquqi
Kassatsiya
instansiyasida sud
muhokamasi
predmeti va tarkibi
6.
2.1. Jinoyat protsessida sud qarorlari ustidankassatsiya tartibida shikoyat qilish tartibi
Kassatsiya tarrtibida shikoyat, protest berish tartibi
va muddatlari
Kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar statistik tahlili
Xulosa va takliflar
7.
2.2. Jinoyat protsessida kassatsiya shikoyatibo‘yicha jinoyat ishini kassatsiya sudining sud
majlisida ko‘rish bosqichi
Kassatsiya shikoyati, protestini
o‘rganib chiqish va uning natijalari
Kassatsiya shikoyati,protestini
sud majlisida ko‘rish bosqichi
8.
2.3. Jinoyat protsessida kassatsiya sudiningqarorlari, ularning asoslari va mohiyati.
Jinoyat protsesida kassatsiya instansiyasi
sudini qarorlari
Sud qarorlarining o‘zgarishi yoki bekor
qilinishining amaliy tahlili
Qayta kassatsiya tartibida ish yuritish
9.
XULOSA. JINOYAT PROTSESSIDA KASSATSIYATARTIBIDA ISH YURITISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI
Jinoyat protsessida
kassatsiya tartibida ish
yuritishda xorij tajribasini
o‘rganish
Jinoyat protsessida
kassatsiya tartibida ish
yuritishning takomillashtirish
masalalari.
10.
TAKLIFLAR:Birinchidan, JPKning 502-moddasida kassatsiya shikoyati, protestini qaytarishning asoslari o‘rganib chiqilib,
qanday ishlar kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilmasligini alohida belgilanishi va holatga aniqlik kiritilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz;
Ikkinchidan zararni qoplash bilan bog‘liq muammo bo‘yicha esa ish bo‘yicha apellyatsiyada zarar
qoplanmagan bo‘lsa lekin kassatsiya kelib zarar qoplangan hozirda kassatsiya apellyatsiyaga ishni
qaytarashini hisobga olib ushbu ishni qaytarmasdan kassatsiya o‘zi qo‘rib chiqishi lozim deb hisoblaymiz;
Uchinchidan esa, avvalgi ishni takrorlovchi qayta kassatsiya instituti bekor qilinishi kerak deb hisoblaymiz yoki
ish bo‘yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidangina ushbu kassatsiya faoliyatiga yo‘l qo‘yilishi lozim;
To‘rtinchidan, kassatsiya shikoyati, protesti JPKning 522-moddasida nazarda tutuvchi asoslar mavjud bo‘lgan
holatda rad etilishi va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha jinoyat ishi yurituvini qaytadan boshlashnishini
inobatga olgan holda, JPKning 509-moddaning 2-qismida rad etilgan kassatsiya shikoyati, protestini Jinoyat
ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun kiritilishini qayta ko‘rib chiqilishi lozim deb hisoblaymiz;
Beshinchidan, davlatimizning jahon hamjamiyatiga chuqur integratsiyalashuvini inobatga olib, ilg‘or
mamlakatlar yuridik tajribasidan foydalanib, o‘z milliy qadriyatlarimizga mos ravishda qonunchilikni
rivojlantirib, huquq tartibotni mustahkamlanib borishi ilmiy metodologik asoslarini jinoyat protsessida
kassatsiya institutiga nisbatan qo‘llash va o‘rganishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz;