Similar presentations:
6-mavzu
1.
O’ZBEKISTONNING ENGYANGI TARIXI
6-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik
jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga
oshirilgan siyosiy islohotlar.
1
2. Reja:
1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistondahokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. Prezidentlik instituti.
2. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquqtartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
3. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va
uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
4. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning
siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining
faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
5. O‘zbekistonda
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya
qilish.
3.
• Monteskye hokimiyatlarbo‘linishi
nazariyasining teng,
mustaqil va bir-birini
nazorat etuvchi
hokimiyatlar
modelining muallifidir:
hokimiyatlar o‘rtasidagi
munosabatlar shunday
qurilishi kerakki, ular
davlat vazifalarini
mustaqil hal qilgani
holda, har biri o‘z
huquqiy vositalari bilan
bir-birini muvozanatga
solishi va biror organ
hokimiyatni bir
tomonlama egallab
olishining oldini ola
bilishi lozim. Bu model
hozirgi AQSH
Konstitutsiyasining
negizini tashkil etadi.
Sun-Yatsen model
Monteskye modeli
Lokk modeli
• «kelishuvli»
modelda
qonunchilik
hokimiyati
boshqalardan
ustun va, shu
bilan birga,
hokimiyatlar
o‘rtasida doimiy
o‘zaro
hamkorlik va
o‘zaro ta’sir
mavjud. Lokk
modeli
zamonaviy
parlament
monarxiyalari
yoki
respublikalarida
rivojlantirildi.
• Sun Yatsen
hokimiyatni
uchga emas,
mamlakat
an’analaridan
kelib chiqqan
holda, beshga
bo‘lishni
taklif etgan.
Qonunchilik,
ijro va sud
hokimiyatlari
qatoriga
nazorat va
imtihon
hokimiyatlarini
kiritgan.
3
4.
Hokimiyatlarbo’linishi
nazariyasining
asosiy
tamoyillarini qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin:
hokimiyatning yagona manbai (xalq) mavjudligi; hokimiyatlar
bo‘linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har bir hokimiyat
tarmog‘i o‘z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati
cheklanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra qonunchilik, ijro va sud
hokimiyati turli odamlarga va turli organlarga topshiriladi; har
bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga solib
turish mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila
olmaydi; barcha hokimiyatlar mustaqil va biri ikkinchisini
hokimiyatdan chetlata olmaydi; hech bir hokimiyat boshqasiga
berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy
hokimiyat emas va shu tariqa siyosiy ta’sirlardan holi – u faqat
qonun asosida faoliyat yuritadi.
4
5.
11-modda.O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining
tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
5
6.
67.
BMT ga a’zo 193 davlatdan 143 tasida Prezident(lotincha
prae-“oldinda”+sedere-“o‘tiruvchi”)
lavozimi
mavjud.
7
8.
89. Prezidentlik hokimiyati
“Prezident” so‘zi “oldinda o‘tiruvchi” degan manoni bildiradi1990-yil 24-mart kuni O‘zbekistonda prezidentlik hokimyati
joriy etiladi.
1990-yil 24-mart kuni Islom Karimov Oliy Kengashining birinchi
sessiyasida xalq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li
bilan saylandi.
1991-yil 18-noyabr «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida»gi qonun qabul qilingan.
1991-yil 29-dekabrda O‘zbekistonda ilk bor umumxalq
prezidentlik saylovlari bo‘lib o’tadi.
2002-yil O’zbekistonda prezidentlik vakolati muddati 5 yildan 7
yilga uzaytirildi.
2011-yil 12-dekabrda prezidentlik vakolati muddati 7 yildan 5
yilga qisqartirildi.
9
2023-yil 1-mayda kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga
ko‘ra prezidentlik vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
10.
2003-yil 24-apreldan O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi 89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasinig raisi
hisoblanadi” degan ikkinchi xatboshi olib tashlandi.
2007-yil 11-apreldan esa O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 89-moddasining “ijro etuvchi hokimiyat
boshlig‘idir” degan normasi olib tashlanib, Prezidentning
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda
faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi
belgilandi.
10
11.
O‘zbekistonda davlat boshqaruv tizimiPREZIDENT
Har uch yo‘nalishdagi davlat hokimiyatining
faoliyatlarini muvofiqlashtirib turadi
Qonun chiqaruvchi
hokimiyat – Oliy Majlis
Ijro etuvchi hokimiyat
Sud hokimiyati
Yuqori palata Senat 100
(14x4+9=65) senat
a’zolari (senatorlar)
Bosh vazir
Sudlar konstitutsiyaviy,
Oliy, harbiy, jinoyat
ishlari, fuqarolik,
ma’muriy va iqtisodiy
ishlar bo‘yicha
ixtisoslashgan
Quyi palata Qonunchilik
palatasi 150 deputat
(doimiy faoliyat yuritadi)
Vazirliklar (21 ta),
Qo‘mitalar (5 ta),
Agentliklar (6 ta),
Hokimiyatlar (14 ta),
Jamg‘arma (1 ta)
11
12.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqomi O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining XIX bobida belgilab berilgan
105-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
106-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan,
davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston
hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasining
Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
107-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq
to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik
1
2
faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza
etiladi.
13.
AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarAQSHda tug‘ilgan bo‘lishi, 35 yoshdan katta va 14 yil mobaynida
AQSH hududida istiqomat qilgan bo‘lishlari kerak.
Prezidentlik muddati 4 yil. 1947-yilda Konstitutsiyaga
kiritilgan o‘zgartishlarga asosan, nomzod prezidentlikka faqat 2
marotaba saylanishi mumkin. Konstitutsiya qabul qilinayotgan
paytda esa bunday cheklov bo‘lmagan va faqat Franklin
Ruzveltgina 2 martadan ortiq, ya’ni 4 marta prezidentlikka
saylangan (1933-yildan 1945-yilgacha). Hatto nomzod to‘g‘ridanto‘g‘ri saylov orqali ko‘pchilik saylovchilar ovozini qo‘lga kiritgan
bo‘lsada, saylovchilar kollegiyasi ovozlari bo‘yicha yetarli ovozga
ega bo‘lmasa, u saylovda yutqazadi. Bu tarixda bir necha marta
bo‘lgan va eng oxirgisi 2016-yilgi saylovlarda Hillari Klinton
Donald Trampdan 3 million ko‘proq ommaviy saylovchilar ovozini
to‘plab, lekin saylovchilar kollegiyasi ovozlari bo‘yicha
yutqazganida bo‘lgandi. O‘shanda Donald Tramp saylovchilar
kollegiyasining taxminan 57% ovozini qo‘lga kiritib, prezident etib
saylangan.
13
14.
Agar hech qaysinomzod saylovchilar
kollegiyasining 270
ta ovozini ololmasa,
prezidentni tayinlash
Kongressning Vakillar
palatasi zimmasiga
o‘tadi. Har bir shtat
bittadan ovozga ega
bo‘ladi va 26 ta ovoz
to‘plagan nomzod
Prezident etib
tayinlanadi. Vitseprezident esa
Kongressning
Senatorlari tomonidan
tanlanadi.
14
15.
109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti,
xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir
qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan
ish ko‘radi;
3) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va
bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va
uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
4) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch
va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun
nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish
huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda
1
5
tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
16.
109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan
keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
10) qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka
muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
raisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni
lavozimidan ozod etadi;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining
rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni
taqdim etadi;
1
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar6 va
Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
17.
109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan
ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim sha’ni va qadr-qimmatiga
dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini
to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida
raislik qilishga haqli;
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunni o‘z
e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda
urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch
kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,
epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy
etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
1
7
Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi
qonun bilan belgilanadi;
18.
109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi,
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy
harbiy unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi,
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid
masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining
sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va
unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni
shakllantiradi;
25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki
1
8
mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
19.
ПAРЛAМEНТ ИНСТИТУТИ ТУШУНЧАСИ«Пaрлaмeнт»
сўзининг
луғaвий мaънoси фрaнцуз
тилидaн
oлингaн
бўлиб,
«гaпирмoқ»
мaънoсини
aнглaтaди. Пaрлaмeнтaризм
кaттa тaрaққиёт бoсқичини
бoсиб ўтди вa унинг чинaкaм
тaриxи буржуa инқилoблaри
дaвридaн бoшлaнaди.
Парламент
тарихи
асрлар
билан
ўлчанади.
Замонлар
ўзгариши
билан
парламентларнинг роли ҳам изчил ўзгариб,
унинг моҳияти янги ғоялар, тамойиллар
билан, шаклланиш ва фаолият кўрсатиш
тажрибаси
билан
бойиб
бормоқда.
Парламентаризм ғояси биринчи минг йиллик
бўсағасида Римда, Англия ва Испанияда халқ
мажлислари шаклида юзага келган бўлиб,
шундан сўнг давлат анжумани даражасига
кўтарилгунга қадар яна бир неча тараққиёт
босқичларидан ўтди.
20.
ПAРЛAМEНТ ИНСТИТУТИ ТУШУНЧАСИAҚШ
Кoнгрeсси
Исроил
Кнессети
Xитoй Xaлқ
Рeспубликaси
Умумxитoй
Xaлқ вaкиллaри
мaжлиси
Миср
парламенти
Рoссия Фeдeрaл
Мaжлиси
Франция
Миллат
Мажлиси
21.
2122.
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raislari(14 nafar)
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi
raislari (11 nafar)
22
23.
ShavkatMuxitdinovich
Yoʻldoshev (1943yil) 1991-yil 12iyundan Oʻzbekiston
Oliy Kengashining raisi
lavozimida faoliyat
yuritgan va 1993-yil
dekabrgacha bu
lavozimda ishlagan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi (Oʻzbekiston
SSR Oliy Soveti) Sovet davrida mamlakatda asosiy
qonun chiqaruvchi organ sifatida faoliyat
koʻrsatgan. 1938-yil iyul oyida Butun oʻzbek
sovetlari qurultoyidan so‘ng 53 yil davomida
faoliyat yuritgan Oliy Sovet davrida 12 ta chaqiriq
amalga oshirilgan:
1-chaqiriq – 1938 – 1946-yillar
2-chaqiriq – 1947 – 1950-yillar
3-chaqiriq – 1951 – 1954-yillar
4-chaqiriq – 1955 – 1959-yillar
5-chaqiriq – 1959 – 1962-yillar
6-chaqiriq – 1963 – 1966-yillar
7-chaqiriq – 1967 – 1970-yillar
8-chaqiriq – 1971 – 1974-yillar
9-chaqiriq – 1975 – 1979-yillar
10-chaqiriq – 1980 – 1984-yillar
11-chaqiriq – 1985 – 1989-yillar
12-chaqiriq – 1990 – 1991-yillar
23
24. Ўзбeкистoндa пaрлaмeнт институтининг шaкллaниши вa ривoжлaниши
Биринчи давр: 1991-1994 йилларЎтиш даври парламенти деб аташ мумкин бўлган охирги чақириқ
Олий Кенгаш давлат бошқарувининг мутлақо янги органларини
ташкил
этишнинг,
ижтимоий
йўналтирилган
бозор
иқтисодиётига асосланган адолатли демократик жамият
қуришнинг ҳуқуқий негизи бўлган Ўзбекистон Республикаси
Конституциясини қабул қилди.
Иккинчи давр: 1995-2004 йиллар
Олий Кенгаш ўрнига Ўзбекистон Республикасининг бир
палатали парламенти — Олий Мажлис шакллантирилди.
Биринчи чақириқ (1995-1999 йиллар) Олий Мажлис таркибида 4
та сиёсий партия ва ҳокимият вакиллик органларидан
кўрсатилган шахслар ташкил этди. Олий Мажлиснинг
Қонунчилик палатасига сайлов ва икки палатали парламента
ўтиш (2004 йил декабрь — 2005 йил январь).
Учинчи давр: 2005 йилдан кейинги давр
Миллий парламентаризм ривож топишининг учинчи даври Олий
Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2005 йил 28
январдаги қўшма мажлисидан бошланиб, бунда янги икки
палатали Олий Мажлис депутатлари ва сенаторлари амалда ўз
ишларига киришдилар. Икки палатали парламент ташкил
этилгач, Ўзбекистон Республикасида қонун чиқарувчи ҳокимият
ўз тараққиётида янги поғонага кўтарилди.
25.
26. *O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARLAMENTI - OLIY MAJLISNING TASHKIL ETILISHI
•1990-1994-yillarda mamlakatimizda 150 deputatdan iborat Oliy Kengashfaoliyat olib boradi. 1993-yil 28-dekabida bo’lib o’tgan Respublika
Oliy Kengashining XIV-sessiyasida “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida“ qonun qabul
qilingan.
•1994-yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan XVI sessiyada “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida” qonun qabul qilindi. 1995-yil
Oliy Kengash Oliy Majlisga aylantirildi va u 250 deputatni o‘z ichiga
oladi. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 19951999-yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2ta
milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga
jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy
Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro
konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi.
27.
Erkin Hamdamovich Xalilov (1955) 1993-yil dekabr –1995-yil fevralgacha Oliy Kengash raisi vazifasini
bajaruvchi, 1995-yil fevralidan 2005-yil 27-yanvarigacha
bir palatali Oʻzbekiston Oliy Majlisining raisi,
2005-yil 27-yanvar – 2008-yil 23-yanvargacha
Qonunchilik palatasi spiikeri bo‘lgan.
27
28.
Dilorom GʻofurjonovnaToshmuhamedova (1962-yil 19dekabr, Toshkentda tavallud
topgan) 2007-yil 20-yanvardan –
2015-yil 5-yanvargacha
Qonunchilik palatasi spikeri
28
29.
Nurdinjon MoʻydinxonovichIsmoilov (1959-yil, Namangan
viloyati) 2015-yil 12-yanvarda
Qonunchilik palatasi spikeri
etib saylangan.
29
30.
•Senat raislari:1. Murat
Sharifxo‘jayev (2005
yil 27 yanvar – 2006yil 24-fevral)
2. Ilgizar Sobirov
(2006 24-fevral –
2015-yil 22-yanvar)
3. Nig‘matilla
Yo‘ldoshev (2015-yil
22-yanvar – 2019-yil
21-iyun)
4. Tanzila Kamolovna
Norbaeva (2019-yil
21-iyundan
hozirgacha)
30
31.
Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrgabo'linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar; ikkinchisi: 1995-2004 yillar;
uchinchi davr: 2005-yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr: 1991-1994-yillar
O'tish davri parlamenti deb atash mumkin bo'lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat
boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo'lgan
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini
mustahkamlashga qaratilgan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi, «O'zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o'n ikkinchi sessiyasi 1994-yil 23-sentyabrda O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994-yil 25-dekabrda o'tkazish to'g'risida qaror
qabul qildi. Uch bosqichda (1994-yil 25-dekabrda, 1995-yil 8- va 22-yanvarda) bo'lib o'tgan
saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi.
Saylov ko'p partiyaviylik asosida o'tkazildi.
32.
Ikkinchi davr: 1995-2004-yillarOliy Kengash o'rniga O'zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis
shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999-yillar) Oliy Majlis tarkibida O'zbekiston Xalq-demokratik
partiyasidan ko'rsatilgan 69 nafar, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan taraqqiyoti»
partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan ko'rsatilgan 7 nafar deputat bo'lib,
deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko'rsatilgan shaxslar tashkil etdi. Ikkinchi
chaqiriq (2000-2004-yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir katorda beshta
siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo'lib o'tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy
Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 10 nafar
deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasi, 20 nafar deputatga ega bo'lgan
«Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraktsiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-demokratik
partiyasi fraktsiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 107 nafar kishidan
iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor
guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro'yxatga olindi. Keyinchalik «Vatan taraqqiyoti» va
«Fidokorlar» partiyalari bitta «Fidokorlar» partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq
Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraktsiyalari a'zolari ham birlashib, 54 nafar
deputatni birlashtirgan bitta fraktsiyani tashkil etdilar.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraktsiyalari va deputatlar bloklaridan
tashqari 13 ta qo'mita ham faoliyat ko'rsatdi.
33.
Uchinchi davr.Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo'shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy
Majlis deputatlari va senatorlari amalda o'z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun
chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
dasturiy ma'ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran
asoslantirilgan kontseptsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005-yilda va uzoq muddatli
istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi. Ikki
palatali parlament tashkil etilgach, O'zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o'z
taraqqiyotida yangi pog'onaga ko'tarildi. eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha
murakkablashgan bo'lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi.
Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning
fraktsiyalarida oldindan ko'rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar
loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi.
34.
Qonunchilik palatasi kengashi tarkibi 19 kishidan iborat. Qonunchilik palatasi rahbariyati 8Kishidan iborat. 5 ta fraksiya, 12 ta qo‘mita, 3 ta komissiya mavjud.
35.
36.
37.
Senat kengashi tarkibi 11 kishidan iborat. Senat rahbariyati 3 kishidan iborat.10 ta qo‘mita, 3 ta komissiya mavjud.
38. IKKI PALATALI PARLAMENT
* 2002-yil 27-yanvarda 2 palatali parlament tashkil etishmasalasida O’zbekistonda referendum bo‘lib
o’tadi
* 2002-yil 4—5-aprel kunlari bo’Iib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
sakkizinchi sessiyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to’g’risida" Konstitutsiyaviy qonun va „2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston
Respublikasi Referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining
asosiy yo’nalishlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini
boshlashga huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.
*2002-yil 12-13-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning X sessiyasi „O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati to’g’risida" va „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to’g’risida" konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003-yil 24-aprelda „O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun
qabul qilindi.
* 2005 yildan O’zbekistonda ikki palatali parlament o’z ish faoliyatini boshladi
* Oliy Majlis tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata —Senat, quyi palata —Qonunchilik palatasi,
deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati —5 yil etib belgilangan.
3
8
39. IKKI PALATALI PARLAMENT
OLIY MAJLIS100
(65)
SENAT
150
250
(215)
QONUNCHILIK PALATASI
*O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridan 6 (4) kishidan senator saylanadi
*Senatining 16 (9) a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining
boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar
orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
3
9
40.
ПрезидентОлий органи орқали
Қорақалпоғистон Рес-си
ҚОНУНЧИЛИК
ТАШАББУСИ
ҲУҚУҚИГА ЭГА
СУБЪЕКТЛАР
Қонунчилик палатаси
депутатлари
Вазирлар Маҳкамаси
Конституциявий суд
Олий суд
Бош прокурор
Қонунчилик
ташаббуси ҳуқуқи
субъектлари
томонидан қонун
лойиҳасини
Қонунчилик
палатасига киритиш
орқали амалга
оширилади
41.
Қонунчиликпалатаси Кенгаши
Қонунчилик
палатаси масъул
қўмитаси
РЕСПУБЛИКА ПРЕЗИДЕНТИ
ОЛИЙ МАЖЛИС
Сенатнинг
масъул қўмитаси
Мувофиқлаштирувчи
гуруҳ
Қонунчилик
палатаси
Сенат
3-ўқиш
2-ўқиш
Келишув
комиссияси
1-ўқиш
Қонунчилик ташаббуси
субъекти
ҚОНУННИНГ ЭЪЛОН ҚИЛИНИШИ
ВА КУЧГА КИРИШИ
42.
4243.
4344.
4445.
4546.
4647.
4748.
4849. Vazirlar Mahkamasi
50.
Vazirlar Mahkamasi1990 yil 15 noyabr “Prezident huzuridagi
Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash
to’g’risida” farmon chiqadi
1993 yil “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”
qonun qabul qilinadi
O’zbekiston Bosh vazirlari:
1990-1992 yillar Shukrullo Mirsaidov (vitseprezident) 1992-1995 yillar Abdulhoshim
Mutalibov
1995-2003 yillar O’tkir Sultonov
2003-2016 yillar Shavkat Mirziyoyev 2016yildan Abdulla Aripov
51. VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBI
Bosh vazirBosh vazir o’rinbosarlari
(5 nafar)
Vazirlar
21 nafar
Qo‘mitalari raislari
Qoraqalpog’iston Yuqori Kengashi
Mahkamasi tarkibiga kiradi.
rasisi lavozimi bo’yicha Vazirlar
52.
5253.
5354.
5455.
5556.
57.
5758.
2030yilgachaO‘zbekiston
Jahon odil
sudlov
loyihasining
Huquq
ustuvorligi
indeksi bo‘yicha
0,64 ballni
to‘plashga
erishishni
maqsad qilgan.
58
59.
Fuqarolik jamiyati – jamiyattaraqqiyotining avvalgi bosqichlarida
davlat hokimiyati organlari bajarib
kelgan bir qancha vazifalarni jamoat
tashkilotlari zimmasiga o‘tishi, davlat
faoliyati ustidan ijtimoiy nazorat
o‘rnatilishidir.
59
60.
Fuqarolikjamiyatining
nazariy
asoslarini
mukammal ilmiy ta’limot sifatida ilk bor Gegel o‘zining
«Huquq falsafasi» nomli asarida yaratdi. Gegel fuqarolik
jamiyati ikki asosiy prinsipga asoslanishini isbotlab
beradi.
Uning
fikricha,
fuqarolik
jamiyatida,
birinchidan, individlar, ya’ni odamlar faqat va faqat
o‘z xususiy manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadilar;
ikkinchidan, jamiyat a’zolari hisoblangan odamlar
o‘rtasida ijtimoiy aloqalar yuzaga keladi va ular tabiiy
ravishda bir-birlariga muhtojlik his etishadi.
Fuqarolik jamiyati haqidagi Gegel ta’limotiga
asosan, inson, ya’ni fuqaro o‘z ijtimoiy mavqei, shaxsiy
manfaatlari va ehtiyojlari bilan bunday jamiyatning
asosini tashkil qiladi. Gegelning fikricha, «fuqarolik
jamiyati − eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan
ehtiyojlar tizimi, shuningdek oila, tabaqa, davlat
tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim-tarbiya,
qonunlar va ulardan kelib chiqadigan
insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardan iborat».
60
61.
39-modda. O‘zbekiston Respublikasifuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy
partiyalarga
va
boshqa
jamoat
birlashmalariga
uyushish,
ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqiga
egadirlar.
Siyosiy
partiyalarda,
jamoat
birlashmalarida, ommaviy harakatlarda,
shuningdek davlat hokimiyati vakillik
organlarida ozchilikni tashkil etuvchi
muxolifatchi
shaxslarning
huquqlari,
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim
kamsitishi mumkin emas.
62. Партия атамаси
Лотинча “партс”сўзидан келиб чиққан бўлиб,
“қисм”, “бўлак” деган маъноларни англатади.
Сиёсий
партия деганда фуқароларнинг муайян
сиёсий мақсадлар атрофида бирлашган ва муайян
сиёсий ташкилотларга уюшган қисми, бўлаги
тушунилади.
63. Партиялар тарихи
Қадимги Юнонистонда ҳудудий бўлиниш асосида ташкил топганпартияларни Платон, Аристотел ва бошқалар салбий баҳолаган.
Улар асосан жамиятдаги турли синфларнинг манфаатларини эмас, балки
қулдорлар синфи ичидаги хилма-хил сиёсий оқимлар манфаатларини
ифода этган. Афинада гетериялар (фуқароларнинг расман тан олинган
ёки махфий асосан олигархик характердаги сиёсий иттифоқлари) сиёсий
партия вазифасини бажарган.
Денгиз
соҳилида
64. Партиялар тарихи
Қадимги Римда у ёки бу император сиёсатини қўллаб-қувватловчигуруҳни партия дейишган. Римда оптимат ва популярлар антик
даврда сиёсий партия вазифаларини бажарган.
Цезар
партияси
Сулла
партияси
65. Партиялар тарихи
Ўртаасрларда
партиялар
• жамиятда зиддиятлар кучайганда юзага келган
кланлар ва махфий ташкилотлар эди. Кланлар
асосан қариндошлик алоқалари билан боғланган
кишилардан иборат эди. Арабистонда алавийлар
(«Али партияси»),
Англияда Йорклар ва
Ланкастерлар. Осиё давлатларида ҳозирги кунда
ҳам
қариндошлик
ва
юртдошлик
принципларининг
сиёсий
партияларнинг
шаклланиши ва фаолият кўрсатишида аҳамияти
катта.
Замонавий
сиёсий
партиялар
• Маълум бир ижтимоий гуруҳнинг
манфаатларини уюшган ва изчил тарзда
ифода эта оладиган вакиллик сифатида
XVII-XVIII асрларда инглиз ва француз
буржуа
инқилоблари
даврида
шаклланди.
66. М. Вебер таклиф этган сиёсий партиялар шаклланиш тарихига кўра
Зодогонларсиёсий
тўгараги
Сиёсий клуб
Сиёсий
партия
клаб”
Англияда •• “Чарлтон
асосида Консерваторлар
1834 йилдаги партиясига (торилар)
1859 йилдаги
• “Реформ клаб” асосида
• Либерал
партияга
(вигилар) асос солинган.
67. Францияда сиёсий партиялар XVIII асрга келиб шаклланди.
Якобинчиларпартияси 1791 йилда
448 провинциал
гуруҳларга эга эди
Жирон
-дачилар
Якобинчилар
Сўл
Марказ
Эберистлар
XIX асрнинг 30-йилларида
утопик социалистик ва
коммунистик партияларга
асос солинди(Ш. Фурье,
Сен-Симон)
Ўнг
Анархистлар
68.
6869.
6970.
7071.
Toshkentda “Shoʻroi Islomiya” (1917-yil 14-mart), “Turon”,“Shoʻroi Ulamo” (1917-yil iyun), “Ittifoqi muslimin”, Qoʻqonda
“Gʻayrat”,
Buxoroda
Yosh
buxoroliklar,
Xivada
Yosh
xivaliklardan tashqari, Samarqandda “Ittifoq”, “Mirvaj ul-islom”,
“Miftah ul-maorif” kabi tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi. Bularning
ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini belgilashda Munavvarqori, Ubaydullaxoʻja
Asadullaxoʻjayev, Mahmudxoʻja Behbudiy, Majid Qori Qodiriy, Ashurali
Zohiriy, Zakiy Validiy, Mustafo Choʻqay, Fitrat, Fayzulla
Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sherali Lapin, Mirkomilboy
Mirmoʻminboyev,
Obidjon
Mahmudov,
Polvonniyoz
hoji
Yusupov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar faollik koʻrsatdilar.
1917-yil
27-noyabr1918-yil
19-fevral
Turkiston
muxtoriyati
71
72.
“Birlik” 1988-yil 16-noyabrda xalqharakati sifatida tashkil topgan va shunga
koʻra “Birlik Xalq Harakati” deb
nomlangan. Harakatga oʻzbek ziyolilarining
bir qancha vakillari va dissidentlar asos
solgan. Harakatning dastlabki maqsadi
oʻzbek tiliga Oʻzbekiston SSRda davlat tili
maqomini berish edi, chunki aslida
respublikaning yagona rasmiy tili rus tili
boʻlgan, oʻzbek tili esa ikkinchi darajali til
hisoblangan. Harakat shu talab bilan ko'plab
mitinglar uyushtirdi. 1989-yil 21-oktabrda
harakat o‘z talablariga erishdi va o‘zbek tili
O‘zbekiston SSRning davlat tili deb tan
olindi. Harakat 1989-yil oxiridan boshlab
Oʻzbekistonning SSSR tarkibidan mustaqil
boʻlishini va mamlakatda demokratik
oʻzgarishlarni targʻib qila boshladi.
1994-yilda harakat Adliya
vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘ta
olmagan. 1995-yilda Moskvada
qurultoy o'tkazdi. 2003-yil 26avgustda Qoʻqon shahrida harakat
faollaridan birining shaxsiy uyida
“Birlik” partiyasining yashirin
taʼsis qurultoyi boʻlib unda
Oʻzbekistondagi bir qancha harakat
faollari bevosita ishtirok etgan,
ayrim aʼzolar va faollar xorijdan
kelgan, muxolifat yetakchilari esa
internet
orqali
qurultoyga
qoʻshilgan. Unda “Birlik” xalq
harakati
“Birlik”
partiyasiga
aylantirilishi
e’lon
qilingan.
Abdurahim Po‘lat partiya raisi etib
saylangan.
72
73.
“Erk” demokratik partiyasi - 1990yil 30-aprelda Toshkent shahrida tashkiletilgan oʻng qanot muxolifatdagi siyosiy
partiya. Mustaqil O‘zbekiston tarixida
birinchi rasmiy ro‘yxatga olingan siyosiy
partiya – partiya O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 1991-yil 3-sentabrda
ro‘yxatga olingan.
1994-yilda partiya “Siyosiy partiyalar
va
tashkilotlar
to‘g‘risida”gi
yangi
qonunlarga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘ta
olmagan.
73
74.
74-modda.Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va
guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan
vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok
etadilar.
Siyosiy
partiyalar
o‘z
faoliyatining
moliyalashtirilishi manbalari haqida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda
oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
74
75.
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O’z XDP) – 1991-yil 1noyabrda tashkil topgan. O’zXDP o’z saflarida keng elektoratni:ziyolilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar, 50 ga
yaqin millat va ellatlarni birlashtirgan. Ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy
birdamlik, ijtimoiy demokratiya partiya siyosiy mafkurasining asosiy
qadriyatlari hisoblanadi.
2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, partiya a‘zolarining umumiy soni
520 ming kishidan ziyodni tashkil etadi. Partiya a‘zolarining 49 foizi
ayollar, 51 foizga yaqini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Partiya ko‘p
millatli tarkibga ega va 47 millat va elat vakillarini birlashtiradi.
Partiya tuzilishiga ko‘ra, 1 ta markaziy, 14 ta hududiy –
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahar hamda
22 shahar va 179 tuman tashkilotlari, shuningdek, partiya a‘zolarini ish
joyi va yashash joyi bo‘yicha birlashtirgan 10 mingdan ziyod
boshlang‘ich tashkilotlari mavjud.
76.
7677. O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi – 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. 2024-yil 24-iyul holatiga a’zolari 1
O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi – 1995-yil 18fevralda tashkil topgan. 2024-yil 24-iyul holatiga a’zolari 1 109 458nafarni tashkil etadi. Ulardan 595 ming 208 nafari yoxud 54 foizi xotinqizlar, 430 ming 689 nafari yoki 39 foizi yoshlar hissasiga toʻgʻri keladi.
8 ming 131 ta boshlangʻich partiya tashkiloti mavjud. Elektoratning
asosiy tarkibi shifokorlar, pedagoglar, ijtimoiy soha vakillari, huquqni
himoya qiluvchi soha xodimlari, yoshlar. Hozirgi kunda partiyaning
hududiy kengashlari soni 14 taga, mahalliy kengashlar 209 taga yetgan.
Qurultoy – partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi
tomonidan kamida 5-yilda bir marta chaqiriladi. Gazetasi – Adolat.
78.
Maxmudova Robaxon AnvarovnaLavozim:O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi
Tug‘ilgan sana:1958-11-09
Tug‘ilgan joyi:Farg'ona viloyati
Millati:O'zbek
Ma'lumoti:Toshkent davlat universiteti
78
Mutaxassisligi:huquqshunos
79. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 1995-yil 3-iyunda tashkil topgan. 2008-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston
O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 1995-yil 3iyunda tashkil topgan. 2008-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston «Milliytiklanish» demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik
partiyasining birlashib, yangi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik
partiyasi (O‘zMTDP) tashkil etildi. Partiya O’z elektoratida ko‘proq
ziyolilarga suyanadi. Ijtimoiy qatlam sifatida o’rta tabaqani biriktirgan.
Partiyaning bosh maqsadi – milliy manfaatlar zaminida yangi O’zbek
davlatining asoslarini yaratish, huquqiy davlatni qurish.
Partiya shiori: “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”.
MTP ning matbuot organi: “Milliy tiklanish” haftalik gazetasi.
80.
8081. O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLDP) – 2003-yil 15- noyabrda tashkil topgan. Elektorati: tadbirkorlar: mulkdorlar
O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLDP) – 2003-yil 15noyabrda tashkil topgan. Elektorati: tadbirkorlar: mulkdorlar qatlami,kichik biznes vakillari, fermerlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ishlab
chiqarish mutaxassislari, ijodkorlar, olimlar va barcha fuqarolarning
manfaatlarini va siyosiy irodalarini ifodalovchi siyosiy tashkilot
hisoblanadi. Maqsadi: 2050 yilga borib O‘zbekistonni dunyoning
50 ta rivojlangan, raqobatbardosh demokratik davlatlari qatoriga
kiritish.
Matbuot nashri – XXI asr gazetasi.
82.
8283.
O‘zbekiston ekologik partiyasi – 2019-yilning 8-yanvarda tashkiletilgan. 2019-yil 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olingan. Partiyaning maqsadi: mamlakatning
barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak
avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni
saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash;
atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat
va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga
ko‘maklashish.
453 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi,
ulardan 46.8 foizi ayollar, 39.8 foizi yoshlardir.
84.
8485.
86. XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari 69-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik
jamiyatining asosini tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining
faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
70-modda.
O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari,
faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning
boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof
etiladi.
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini
taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina
amalga oshiriladi.
.
87.
88.
71-modda.Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va
xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy
adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi
siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining,
shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning,
harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
72-modda.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat
tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat
tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
88
89.
№Fuqarolik jamiyati institutlariga oid asosiy qonunlar nomi
Qabul qilingan yili
1.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy
institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin
emas.
30.04.2023
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOAT
BIRLASHMALARI TO‘G‘RISIDA
15.02.1991
3.
KASABA UYUSHMALARI TO‘G‘RISIDA
06.12.2019
4.
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA
26.12.1996
5.
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDA
14.04.1999
6.
FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
TO‘G‘RISIDA
22.04.2013
90.
№Fuqarolik jamiyati institutlariga oid asosiy qonunlar nomi
Qabul qilingan yili
7.
IJTIMOIY SHERIKLIK TO‘G‘RISIDA
25.09.2014
8.
JAMOATCHILIK NAZORATI TO‘G‘RISIDA
12.04.2018
9.
“Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik
jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni
04.05.2018
10.
“2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmon
04.03.2021
91. Умумий эътироф этилган таснифга кўра, Ўзбекистондаги нодавлат нотижорат ташкилотлари қуйидаги гуруҳларни ўз ичига олади:
1-гуруҳ - аҳолининг муайян йирик тоифаларининг ижтимоий манфаатларига хизматкўрсатишга ихтисослашган умуммиллий структуралар (хайрия жамғармалар,
Хотин-қизлар ташкилотлари, Ногиронлар Жамияти, ёшлар ва фахрийлар
ташкилотлари ва бошқалар).
• 2-гуруҳ - экология, маданият ва саломатликка ихтисослашган миллий-халқаро
жамғармалар («ЭКОСАН» жамғармаси, «Олтин мерос» жамғармаси, «Соғлом
авлод учун» жамғармаси, Амир Темур маданий-тарихий жамғармаси, Оролни
қутқариш жамғармаси, Марказий Осиё мамлакатларининг фан ва маданият
ходимлари жамғармаси ва бошқ.).
3-гуруҳ - профессионал манфаатларга оид ижтимоий муассасалар, улардан энг кўзга
кўринганлари қуйидагилар: «Ижтимоий фикр» маркази, «Маънавият ва маърифат»
маркази, Журналистларни қайта тайёрлаш Халқаро маркази ва бошқ.
• 4-гуруҳ - умуммиллий хайрия жамиятлари, фондлар (Болалар жамғармаси,
«Улуғбек» иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси, Ўзбекистон
миллий рақс жамғармаси, «Устоз» Республика жамғармаси, меҳрибонлик уйлари
тарбияланувчиларини ижтимоий ҳимоялаш жамғармаси, Республика талабалар
жамғармаси ва бошқ.).
92. Умумий эътироф этилган таснифга кўра, Ўзбекистондаги нодавлат нотижорат ташкилотлари қуйидаги гуруҳларни ўз ичига олади:
5-гуруҳ -ҳуқуқни ҳимоя қилувчи ноҳукумат ташкилотлар (Ўзбекистон судяларАссоциацияси, Ўзбекистон адвокатлар Палатаси, Ўзбекистон аёл юристларнинг
Жамоат бирлашмаси, Шахс ҳуқуқини ҳимоя қилиш қўмитаси, Инсон ҳуқуқлари
бўйича Ўзбекистон мустақил ташкилоти ва бошқ.)
• 6-гуруҳ - ижодий интеллигенциянинг миллий жамоат ташкилотлари (Ёзувчилар
уюшмаси, Ўзбек химия жамияти, Журналистлар уюшмаси, Бастакорлар
уюшмаси, Меъморлар (архитекторлар) жамияти, Кинематографчилар жамияти ва
бошқалар).
7-гуруҳ -Ўзбекистонда истиқомат қилаётган майда миллат вакилларини
бирлаштирувчи миллий маданият марказлари – маданият, маънавият, урф-одатлар ва
анъаналар, шунингдек хорижий мамлакатлар билан тузилган дўстлик жамиятлари
• 8-гуруҳ - жойларда ижтимоий аҳамияти ва ижодий қизиқишига кўра ташкил
этилган бирлашмалар (Жангчи фахрийлар уюшмаси, Авто-мотоҳаваскорларнинг
кўнгилли жамияти, Ихтирочилар ва рационализаторлар жамияти, Сайёҳлар ва
ҳаваскорлик қўшиқларининг клублари, Ногирон болалар ота-оналарининг
уюшмаси ва бошқ.)
93.
1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorattashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasida:
Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik
shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad
(foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda
olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari)
o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik
qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni
qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa
ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
93
94.
Ijtimoiy sheriklik – bu davlat organlariningnodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining
boshqa
institutlari
bilan
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturlarini, tarmoq, hududiy dasturlarni,
shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni
hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga
daxldor
bo‘lgan
boshqa
qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga
oshirish borasidagi hamkorligidir. Davlat
organlari va fuqarolik jamiyati institutlari
ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi.
94
95.
“Yangi O‘zbekistonni barpoetishda biz uchun eng muhim va
asosiy poydevor bu – xalq ovozi,
xalq fikri ustuvor bo‘lgan
mahalladir”.
Sh.Mirziyoyev
95
96. Ҳоким ёрдамчисининг маънавий қиёфаси
давлат идоралари ёкихонадонларга борганда
аввало ўзини
таништириши
тоза, озода кийиниши
ташқи қиёфасига
эътибор бериши (соч,
соқол, тирноқ ва ҳ.к.)
иш пайтида спиртли
ичимликлар
истеъмол
қилмаслиги
кишилар билан хуш
муомалада бўлиши,
қўполликка йўл
қўймаслиги, ҳақоратли
сўзларни ишлатмаслиги
муомала
маданиятига риоя
қилиши
Ҳоким ёрдамчиси
давлат
раҳбарининг
жойлардаги
ишончли вакили
бўлиб, у ўз
шаънига нолойиқ
ишларни
қилмаслиги ҳамда
қуйидаги одобахлоқ қоидаларга
амал қилиши зарур
қариндош-уруғчилик,
танишбилишчиликка
йўл
қўймаслиги
фуқаролар билан
мулоқот чоғида оғирбосиқ бўлиши, уларнинг
мурожаатларини
тинглай олиши
адолатлилик,
ҳалоллик ва холислик
тамойилларига амал
қилиши
97.
«Mamlakatimizdademokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish
konsepsiyasi»
12.11.2010
I. Davlat hokimiyati
va boshqaruvini
demokratlashtirish
II. Sud-huquq
tizimini isloh etish
III. Axborot
sohasini isloh qilish,
axborot va so‘z
erkinligini
ta’minlash
IV. O‘zbekistonda
saylov huquqi
erkinligini
ta’minlash va saylov
qonunchiligini
rivojlantirish
V. Fuqarolik
jamiyati
institutlarini
shakllantirish va
rivojlantirish
VI. Demokratik
bozor islohotlarini
va iqtisodiyotni
liberallashtirishni
yanada
chuqurlashtirish
97