1.17M

6-mavzu. 2023

1.

O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
6-MAVZU
O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy
islohotlar

2.

Reja:
• 1. Oʻzbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi, hokimiyatlar
boʻlinishi prinsipi.
• 2. Oʻzbekistonda parlament tizimi
• 3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va
funksiyalari.
• 4. Sud hokimiyati islohotlari.
• 5.Mahalliy davlat hokimiyati organlari.
• 6. Saylov tizimi.

3.

• Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143
tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
• Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash
tomonidan 1990 yilning 24 martida joriy etildi.
• O‘zbekiston
Respublikasining
Prezidenti
lavozimi,
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi
oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish
maqsadida ta’sis etildi
• uning
konstitutsiyaviy
maqomi
O‘zbekiston
Respublikasining davlat boshlig‘i etib belgilandi.

4.

Prezident lavozimini joriy etish Qonuniga ko`ra:
- fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga
rioya etilishiga kafil bo‘lish.
- Respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
muhofaza etish.
- milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.
- mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish
ko‘rish.
- Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro
hayotning eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish.

5.

- ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod qilish
bo‘yicha vakolatlar.
- respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining
bahamjihat ishlashini ta’minlash.
- hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib
qo‘yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy
yorliqlar bilan mukofotlash.
- Respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid
masalalarni hal etish.
- sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va
boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi.

6.

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining
XIX
bobi,
89-moddasida:
- “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini
hamda
hamkorligini
ta’minlaydi”,
deyilgan.
1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining
tuzilishini
takomillashtirish
to‘g‘risida»gi
Qonuni
bilan:
- davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish
muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan
Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi.

7.

Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli
islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik
saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib
o‘tdi.
Prezident
(davlat boshlig'i)
Oliy Majlis
(qonun chiqaruvchi
hokimiyat)
Vazirlar
Mahkamasi (ijroiya
hokimiyati)
Sud
(sud hokimiyati)

8.

Demokratik
tamoyillar
va
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga ko`ra:
- davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi
qonunlashtirildi.
- Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil
bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas
bog‘liqdir.
- Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi.

9.

Parlament islohotlari
- Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi
nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga
bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr –
1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.
- Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik
palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi.
- Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylangan. Prezident tomonidan
tayinlanadigan 16 nafar el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar
Senatning a’zosi bo‘lishgan.

10.

Konistitutsiyaga 2023-yil 30-aprelda kiritilgan
oʻzgartirishga binoan:
• kelgusi parlament saylovlarida Senatorlar soni 100
nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta hududdan 6
nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident
tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni 16 nafardan 9
nafarga qisqaradi. Bu o‘zgarish 2024-yilda bo‘ladigan
parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik
palatasi deputatlari sonini (150 nafar) oshirmaslikka,
o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

11.

• Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar
tarkibida Xalq demokratik partiyasidan,
• «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan,
• «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan,
• «Milliy tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament
fraksiyalari tashkil etildi.
• 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi
(quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va
funksiyalari.
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
- Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi,
Prezident uning Raisi bo‘ldi.
- Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga
rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.
- 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
- Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003yil) Qonuni asosida olib boradi.
- Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati Oliy Majlisning qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat
organidir.

13.

Bosh vazir• - 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi»
degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
• - O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladigan
bo’ldi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.
- 2003-yildagi o‘zgartishiga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng
ko‘p o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata
tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi. 2023-yil 30-apreldagi yangi tahrirdagi
Konstitutsiyaga ko‘ra Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident
bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha
partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik
palatasi prezident taqdim etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning
yarmidan ko‘pi ma’qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi.

14.

Vazirlar mahkamasining tarkibi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning
nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi
tomonidan
ma’qullanganidan
keyin
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi..
- Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va
o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat
qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.

15.

Sud hokimiyati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan
mustaqil holda ish yuritadi.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul
qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining
huquqiy asosidir.
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.
1) 1991–2016-yillar;
2) 2017-yildan keyingi davr.

16.

Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga
saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy
sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari;
- harbiy sudlar. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

17.

Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad:
- O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud
orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va
erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir.
- Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi.
- 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga
sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati:
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
- Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib,
fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona
oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi.

18.

2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini
kuchaytirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
farmoniga ko‘ra:
- sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy
aniqlik kiritildi.
- sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga,
- ikkinchi marotaba – o‘n yil,
- keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi.
Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga
olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.

19.

2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga
ko‘ra:
- sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik
kiritildi.
- sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga,
- ikkinchi marotaba – o‘n yil,
- keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi.
Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan
holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.

20.

Mahalliy davlat hokimiyati hamda O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining
faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
- 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta
tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
- Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro
organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
- 1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta
shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati hokimiyatlar tuzildi.
- 1992-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy
davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanadi
- unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi
mustahkamlandi.
- Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb
o‘zgartirildi.
- Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari
Kengashlari vujudga keltirildi.

21.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch
bo‘g‘inli tizimi mavjud edi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in
hisoblanardi;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
- Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni
quyi bo‘g‘in olib tashlandi
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati,
hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
- Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini
jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi.
- Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.

22.

Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy
mansabdor shaxs hisoblanadi.
- Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 121-moddasi ( avvalgi 101-moddasi)ga ko‘ra hokimlarning
vakolat muddati – besh yil.
- Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq
tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
- Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan
ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
- Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston
Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi.
- Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari,
prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza
qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.

23.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Shavkat Mirziyoev. Biz milliy rivojlanish yo‘limizni yangi bosqichda ishonch bilan
davom ettiramiz. 1-jild. T: “O‘zbekiston”, 2017 yil.
2. Karimov I. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish kontsepsiyasi.-T: “O‘zbekiston”, 2010 yil.
3. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T: “O‘zbekiston”, 2011
yil.
4. Sobirov A. O‘zbekistonning yangi tarixi: o‘rganish metodologiyasi masalalari
bo‘yicha // "O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy va metodologik asoslari,
o‘rganish tajribasi, manbalari va usullari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari. – T: 2013 yil.
5. Rahimov M. O‘rta Osiyoda zamonaviy xalqaro munosabatlarni o‘rganishda
fanlararo usullardan foydalanish. O‘zbekistondagi og‘iz tarixi: nazariya va amaliyot. –
T: O‘zR II AN, 2011 yil.
6. Rahimov M., Tursunova R. O‘zbekistonning zamonaviy tarixi. Qo‘llanma. –T:
JIDU, 2014 yil.

24.

Takrorlash uchun savollar:
1. O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllantirilishi deganda nimani tushundingiz?
2. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan bosqichlarini va
mohiyatini keltirib o`ting.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi
qonunlar asosida yuritadi?
4. Hokimyat organlarining bo’linish prinsplarini izohlab bering ?
5. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
6. Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va
bog‘liqliklar bor ?
7. Virtual qabulxona ochilishining zaruratini nimalarda ko‘rasiz?
8. 2010 yil 12 noyabr…….?
9. Nodavlat va notijorat tashkilotlari qanday tashkilotlardan iborat?
10. “Ijtimoiy sherikchilik” munosabatlarining mohiyatini tushuntirib bering.

25.

E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!
Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi
TOSHKENT - 2023
English     Русский Rules