109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 01.11.1990 yildagi 156-XII-son Davlat boshqaruvining uyg‘un sistemasini yaratish, qonun
O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda
1995 yilda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. “Parlament”
Milliy parlamentarizm rivoj topishining muhim davri  2005 yil 28 yanvardan boshlandi. Mamlakatimizda ikki palatali Oliy Majlis:
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari.
Sud hokimiyati
3- masala. Mahalliy davlat hokimiyati hamda O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida asos solin­gan.
Vatan Taraqqiyoti Partiyasi 1992 yilda tuzilib 2000 yilgacha faoliyat yuritdi.
Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi.  1995 yil 18 fevralda tuzilgan.
O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (O’zMTDP) 1995 yil, 3 iyunda tuzilgan.
Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998 yildan 2008 yilgacha faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003 yil 15 noyabrda tuzilgan.
O‘zbekiston Ekologik harakati. 2008 yilda tuzilgan, 2019 yil yanvarda O‘zbekiston Ekologik partiyasiga aylangan.
Takrorlash uchun savollar:
Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi
1.52M
Category: educationeducation

5-мавзу

1.

«O’ZBEKISTONNING ENG YANGI
TARIXI»
MAVZU -5
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati
asoslarining shakllantirilishi, amalga
oshirilgan siyosiy islohotlar

2.

Reja:
1. O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi, hokimiyatlar
bo‘linishi prinsipi.
2. O‘zbekistonda parlament tizimi, ijroiya va sud hokimiyatidagi
islohotlar.
3. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning
jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
4. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi. Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati.

3.

1-masala.
• Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 160 dan ortiq`ida
Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
• Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash tomonidan 1990 yilning
24 martida joriy etildi.
• O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi, O‘zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini
takomillashtirish maqsadida ta’sis etildi uning konstitutsiyaviy maqomi
O‘zbekiston Respublikasining boshlig‘i etib belgilandi.
105-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta’minlaydi.

4. 109-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi
suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat
tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur choratadbirlar ko‘radi;
2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi;
3) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va
bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga
va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

5.

• 4) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning
ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
• 5) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
• 6) O‘zbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga
ega;
• 7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda
tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
• 8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdim etadi;
• 9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;

6.


10) qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka
muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
raisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni
lavozimidan ozod etadi;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi
raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

7.


15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod
etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan
xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to‘xtatadi,
bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunni o‘z
e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati,
umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;

8.


19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,
epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini
uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi,
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy
unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi,
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni
hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan
hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

9.

• 24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik
kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
• 25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

10. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 01.11.1990 yildagi 156-XII-son Davlat boshqaruvining uyg‘un sistemasini yaratish, qonun

chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish, davlat organlari
faoliyatida parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organlarni
boshqa organlar vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan
mustahkamlash, davlat, xo‘jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma
jabhalarida intizom va tartib o‘rnatish ayniqsa muhim ekanligini hisobga olib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti qaror qiladi:
I. 1. Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv
hokimiyati qo‘shib yuborilsin. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti O‘zbekiston
SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirilsin, O‘zbekiston
SSR Prezidenti ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR Prezidentining va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining
apparati O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilsin.

11. O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri

sifatida milliy parlamentni
rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Oliy Kengash tomonidan
davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning
huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi,
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
1994 yil 23 sentyabr kuni Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245
nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.

12. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud

hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga
asoslanadi.

13. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda

mamlakatimizda prezidentlik
saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib
o‘tdi.
Prezident
(davlat boshlig'i)
Oliy Majlis
(qonun chiqaruvchi
hokimiyat)
Vazirlar
Mahkamasi (ijroiya
hokimiyati)
Sud
(sud hokimiyati)

14. 1995 yilda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. “Parlament”

1995 yilda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali
parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi.
“Parlament” so‘zi universal va deyarli dunyoning har bir mamlakatida tushuniladi. Ammo
turli davlatlarda bu organning boshqacha qabul qilingan nomi mavjud. Masalan, “kongress”
so‘zini birinchi bo‘lib amerikaliklar qo‘llagan, keyinchalik bu tushuncha Lotin Amerikasi va
ba’zi bir Osiyo davlatlarida qabul qilingan. Masalan, Venesuela va Filippinda Parlament
kongress deb ataladi, Chilida esa Parlament milliy kongress deb ataladi. Mazkur tushuncha,
shuningdek Deputatlar palatasi (Lyuksemburg), Milliy yig‘ilish (Portugaliya, Iordaniya,
Janubiy Koreya, Panama, Pokiston va boshqalar), Federativ yig‘ilish (federativ
mamlakatlarda), majlis (kengash), Andorada — Bosh majlis, San-Marinoda — Katta bosh
majlis, Monakoda — milliy majlis, Shvesiyada — riksdag, Islandiyada — alting,
Daniyanida — folketing, Norvegiyada — storting, Ukrainada – rada, Possiya
Federasiyasida – Duma, Germaniyada- Bundestag, Tojikiston- madjlisi oli,
Turkmaniston- majlis, Qirg`iziston- Jogorku Kenesh, Qozog`iston -majlis sifatida ham
qo‘llanilib kelinmoqda.

15. Milliy parlamentarizm rivoj topishining muhim davri  2005 yil 28 yanvardan boshlandi. Mamlakatimizda ikki palatali Oliy Majlis:

Milliy parlamentarizm rivoj topishining muhim davri
2005 yil 28 yanvardan boshlandi. Mamlakatimizda ikki palatali Oliy Majlis:
doimiy faoliyat ko‘rsatadigan professional organ — Qonunchilik
palatasi hamda hududlar manfaatini ifoda etadigan vakillik organi –
Senatdan iborat parlament shakllantirildi.

16.  

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
91-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik
organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan —
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata)
iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
va Senati vakolat muddati - besh yil.

17.  

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
92-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan
iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar
orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng
miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at,
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega
bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi. (14*4=56, 56+9=65 )
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi
bo‘lishi mumkin emas.
150 nafar qonunchilik palatasi deputatlari
65 nafar Senat senatorlari

18.  

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
93-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish;
10) O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
12) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va uning o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma
majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini o‘tkazish;
21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatida
ko‘rib chiqiladi.

19.  

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
94-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va
ma’qullash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan,
shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib
chiqish va ma’qullash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi
ma’ruzasini eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning
o‘rinbosarlarini saylash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
10) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari
yuzasidan qarorlar qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.

20.  

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
95-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika
korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga
nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar
o‘tkazish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa
vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari
bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
15) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya
va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi
bilan qaror qabul qilishi mumkin.

21.

Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko`ra:
- davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi
qonunlashtirildi.
- Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan
chambarchas bog‘liqdir.
- Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 112-modda.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq
muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari.

1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
- Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi,
Prezident uning Raisi bo‘ldi.
- Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga
rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.
- 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
- Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003yil) Qonuni asosida olib boradi.
- Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati Oliy Majlisning qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat
organidir.

23.

- 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi»
degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
- O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladigan
bo’ldi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.
- Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari
nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda
tasdiqlanadi.
- Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
- Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri,
uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari,
davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining Raisi kiradi.

24.

1-modda. Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasining Hukumati
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasining Hukumati — iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy
sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning boshqa qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi
organlariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga oid bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va mazkur Qonunga muvofiq o‘zining vakolatiga kiruvchi davlat va xo‘jalik
boshqaruvining barcha masalalarini hal etishga haqlidir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.

25. Sud hokimiyati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2021-yilda qabul
qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining
huquqiy asosidir.
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.
1) 1991–2016-yillar;
2) 2017-yildan keyingi davr.

26.

Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi
sudlar kirgan:
• 32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining
tarkibi
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari —
fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek
xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish
yuritadi:
• rayosat;
• Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
• Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
• Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.
• O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga
oshirilishi mumkin.
• Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi

27.

Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad:
- O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud
orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va
erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir.
- Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi.
- 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga
sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati:
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
- Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib,
fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona
oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi.

28.

2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini
kuchaytirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
farmoniga ko‘ra:
- sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy
aniqlik kiritildi.
- sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga,
- ikkinchi marotaba – o‘n yil,
- keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi.
Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga
olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.

29. 3- masala. Mahalliy davlat hokimiyati hamda O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni

demokratlashtirishdagi o‘rni.
- 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta
tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
- Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro
organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
- 1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta
shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati hokimiyatlar tuzildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati
asoslari» deb nomlanadi
- unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi
mustahkamlandi.
- Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb
o‘zgartirildi.
- Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari
Kengashlari vujudga keltirildi.

30.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch
bo‘g‘inli tizimi mavjud edi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in
hisoblanardi;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
- Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni
quyi bo‘g‘in olib tashlandi
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati,
hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
- Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini
jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi.
- Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.

31.

Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy
mansabdor shaxs hisoblanadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati –
besh yil.
- Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq
tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
- Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan
ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
- Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston
Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi.
- Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari,
prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza
qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.

32.

Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda,
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».
- 1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»,
- 2004- yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
- 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
- Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining
uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

33.

4- masala. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi. Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati.
1991-yil 15-fevralda “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishini
huquqiy jihatlarini ta’minlab berdi.
1991 yilning noyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda saylovning ko‘ppartiyaviylik asosida
o‘tkazilishi huquqiy jihatdan e’tirof etildi.

34. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida asos solin­gan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi. Partiyaga
1991 yilning 1 noyabrida asos solingan.
• Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining
millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib
chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy
farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar
yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va
insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni,
qadrqimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi
deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining
ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari
manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi.

35. Vatan Taraqqiyoti Partiyasi 1992 yilda tuzilib 2000 yilgacha faoliyat yuritdi.

• Partiyaning maqsad va vazifalari:
erkin bozor munosabatlari asosida
Oʻzbekistonning iqtisodiy va
maʼnaviy mustaqilligini
rivojlantirish, demokratik jamiyat
taraqqiyotini jadallashtirishga
qadam-baqadam taʼsir koʻrsatish,
ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar
manfaatini ifoda etish, xususiy
mulkchilikni har tomonlama
muhofaza qilishni rivojlantirish
2000 yilda Vatan Taraqqiyoti
Partiyasi
qarashlari juda yaqin
bo’lgan «Fidokorlar»
milliy
demokratik partiyasi bilan birlashdi
va “Fidokorlar” nomi bilan atala
boshladi.
- 2008 yil 20 iyunda O‘zbekiston
“Fidokorlar”
milliy
demokratik
partiyasining o’zi ham O‘zbekiston
“Milliy
tiklanish”
demokratik
partiyasi bilan birlashdi.

36. Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi.  1995 yil 18 fevralda tuzilgan.

Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi.
1995 yil 18 fevralda tuzilgan.
• Partiyaning bosh maqsadi — Vatan
mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning
jadallashuviga, huquqiy demokratik, adolatli
fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida,
Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar
safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa
qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial
demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi.

37. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (O’zMTDP) 1995 yil, 3 iyunda tuzilgan.

• Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy
yakdillikni taminlash, huquqiy davlatni barpo
etish va O’zbekistonni jahonning etakchi
davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar
qilish. O’zMTDP millatning o’z-o’zini anglashi,
fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat
tuyg’ularini to’la shakllantirish, bozor
munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish,
milliy tiklanish yo’lidan rivojlanishga erishish,
milliy meros va an’analarni ro’yobga chiqarish,
millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish
va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi.

38. Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998 yildan 2008 yilgacha faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik
partiyasi (FMDP) 1998 yildan 2008 yilgacha faoliyat
yuritgan.
• Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati
negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini
taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush
darajasiga yetkazish, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidan munosib oʻrin olishiga amaliy
hissa qoʻshishdan iborat bo’lgan. 2008 yil 20 iyun
kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik
partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib
o‘tdi.

39. O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003 yil 15 noyabrda tuzilgan.

• O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
umummilliy siyosiy tashkilot sifatida
mulkdorlar qatlami, kichik biznes,
fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari,
ishlab chiqarishning yuqori malakali
mutaxassislari va boshqaruv xodimlari,
ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi
va himoya qiladi.

40. O‘zbekiston Ekologik harakati. 2008 yilda tuzilgan, 2019 yil yanvarda O‘zbekiston Ekologik partiyasiga aylangan.

• Bu partiyaning asosiy maqsadi barqaror
rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish,
hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni
saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga
yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga
chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza
qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat,
jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining
vazifasi boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga
qaratilgan.

41.

O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning rivojlanishi uchun
huquqiy asos yaratildi.
- 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. ushbu qonunda ilk
marotaba siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish turlari belgilab
qo‘yildi.
- Siyosiy partiyalarning huquqiy asoslardan biri sifatida - Oliy Majlis
Qonunchilik palatasiga kiritilgan va parlament tomonidan qabul qilingan “Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunini ko‘rsatish mumkin.

42.

Dastlabki bosqich – 1991-2000 yillarda mustaqil O‘zbekiston siyosiy tizimi
poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo‘ldi.
Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil qiluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
- “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991),
-“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993),
- “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994),
- “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994),
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995-1996),
- “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996), -“
- Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (1999) qonunlarni keltirib o‘tish
mumkin.

43.

Ikkinchi bosqich (2001-h.v.). Bu bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlarning
barchasini o‘ziga qamrab olgan eng muhim vazifa:
- mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishi
jarayonlarini yanada erkinlashtirishdan iborat bo‘ldi.
- Bu bosqichda mustaqil rivojlanish yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish va
umumlashtirish, rivojlangan mamlakatlarning davlat qurilishi va boshqaruvi
bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish
- Shu asosida ijobiy tajribani o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan milliy tajribamiz
bilan uyg‘unlashtirish bilan jamiyatimizni demokrat¬lashtirish va yangilash
konsepsiyasini,
- shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh
etish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

44.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining
faoliyati.
Dastlab fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga e’tibor berilgan
bo’lsa, 2000-yildan – bugungi kunga qadar davrni qamrab olgan bosqichda
mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari
kuzatildi.
- Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini
mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga
bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga
oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita
masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.

45.

Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat
tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish
jarayonlarini chuqurlashtirish,
- «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish
- Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun
oldida barchaning tengligini ta’minlash,
- «fuqaro – jamiyat – davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik
jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida
mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.
- «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»,
«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining
iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilindi.

46.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir
qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun 2018 yil 12
aprel.
- “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. 2013 yil 27 dekabr.
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti
yo‘lga qo‘yildi.
- Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi.
- 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir choratadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
- Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari
hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

47.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat
qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlarni yanada rivojlantirish orqali
amalga oshirilmoqda.
- O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasidagi
«O’zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar» deyilgan.
Hozirgi davrda O’zbеkistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar va
siyosiy partiyalar faoliyati 1991 y. 14 fеvralda qabul qilingan O’zbеkiston
Rеspublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1997 y.
aprеlda qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan),

48.

O’zbеkiston Rеspublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari
va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y. iyul),
- O’zbеkiston Rеspublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996
y. dеkabr),
- O’zbеkiston Rеspublikasining «Vijdon erkinligi
to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y. may),
va
diniy
tashkilotlar
- O’zbеkiston Rеspublikasining «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y. aprеl),
- O’zbеkiston Rеspublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi
Qonuni (1999 yil aprеl) kabi qonunlar vositasida muvofiqlashadi.

49.

O’zbеkistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) quyidagicha tasniflash
mumkin:
1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy
tuzilmalar («Mahalla» xayriya jamg’armasi, O’zbеkiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar
qo’mitasi, Nogironlar jamiyati, «Nuroniy» jamg’armasi va boshq.).
2.Ekologiya, madaniyat va sog’liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro
jamharmalar («Ekosan», «Ibn Sino», «Sog’lom avlod», Orolni qutqarish, Amir Tеmur va
boshq. halqaro jamg’armalar).
3.Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo’yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Rеspublika
«Ma’naviyat targ’ibot» markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi va
boshq.).
4.Umum milliy hayriya jamiyatlari va jamg’armalari (Bolalar jamg’armasi, «Mеhr nuri»
jamg’armasi va boshq).
5.Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O’zbеkiston sudlar uyushmasi, Advokatlar
palatasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbеkiston Rеspublikasi Milliy markazi va boshq.).

50.

6. Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar
uyushmasi, Kompozitorlar uyushmasi, Arxitеktorlar uyushmasi, Kinеmatografistlar
uyushmasi va boshq.)
7.Milliy-madaniy markazlar (ular O’zbеkistonda yashayotgan milliy jamoalar
(ozchilik) vakillarini milliy va etnik bеlgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar
bilan do’stlik jamiyatlari va boshq.).
8.Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo’yicha birlashmalar (Vеtеran
jangchilar birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko’ngilli jamiyati, Ixtirochilar va
ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo’shiqchilar klubi va boshq.).
9.Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
10.Kasaba uyushmalari;
11.Diniy tashkilotlar;
12.Turli sport fеdеratsiyalari va uyushmalari .

51.

Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani
tashkil etgan bo’lsa,
- 2000 yilda ularning soni 2300 taga,
- 2010 yilda – 5100 taga еtdi.
- “2017 yilning 1 noyabr holatiga binoan 9158 ta NNT, 2244 ta diniy
tashkilot (shundan, 2070 tasi islomiy, 174 tasi noislomiy) faoliyat
yuritdi.
- 2017 yilning o’zida 669 ta yangi tashkil etilgan NNT ro’yxatga
olindi”.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning
muhim sharti hisoblanadi.

52.

Mamlakatimiz birinchi Prеzidеnti Islom Karimovning 2010 yil 12
noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi”da davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi
ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning
tizimli va samarali mеxanizmini yaratish zarurligi ta’kidlandi.
- 2014 yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan o’zgarishlar jamoatchilik nazoratiga
konstitutsiyaviy maqom bеrdi.
- 2018 yil 12 aprеlda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi O’zbеkiston
Rеspublikasi qonuni qabul qilindi.
- Bugungi kunda OAV, siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari,
mahallalar, kasaba uyushmalari kabi fuqarolik institutlari jamoatchilik nazorati
ishlarida faol ishtirok etmoqda.

53.

2014 yilda mamlakatimizda “Ijtimoiy shеriklik to’g’risida”gi Qonun qabul
qilindi.
- XX asr oxiri va XXI asr boshlarida “sеktorlararo ijtimoiy shеriklik”
kontsеptsiyasi ko’p mamlakatlarda, shu jumladan MDHga a’zo mamlakatlarda
kеng tarqala boshladi.
- Mazkur kontsеptsiyaga ko’ra, ijtimoiy shеriklik sub’еktlari hokimiyat, biznеs
va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat.
- “Sеktorlararo ijtimoiy shеriklik” ikki yoki uch sеktor:
- davlat,
- biznеs,
- notijorat sеktor ijtimoiy muammolarini hal qilishda o’zaro kеlishilgan
konstruktiv harakatlarni amalga oshirishni ifodalaydi.

54.

- Ijtimoiy shеriklik turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlarini
maksimal darajada hisobga olish, muvofiqlashtirish va imkon boricha to’laroq
ro’yobga chiqarishni nazarda tutadi.
• O’zaro hamkorlikdan maqsad - jamiyatda mavjud bo’lgan qashshoqlik,
jinoyatchilik, atrof-muhitning ifloslanishi, еtimlik singari ijtimoiy
muammolarni hal qilish uchun zarur.

55.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Shavkat Mirziyoev. Biz milliy rivojlanish yo‘limizni yangi bosqichda ishonch bilan davom
ettiramiz. 1-jild. T: “O‘zbekiston”, 2017 yil.
2. Karimov I. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish kontsepsiyasi.-T: “O‘zbekiston”, 2010 yil.
3. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T: “O‘zbekiston”, 2011 yil.
4. Sobirov A. O‘zbekistonning yangi tarixi: o‘rganish metodologiyasi masalalari bo‘yicha //
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy va metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi,
manbalari va usullari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – T: 2013 yil.
5. Rahimov M. O‘rta Osiyoda zamonaviy xalqaro munosabatlarni o‘rganishda fanlararo
usullardan foydalanish. O‘zbekistondagi og‘iz tarixi: nazariya va amaliyot. –T: O‘zR II AN,
2011 yil.
6. Rahimov M., Tursunova R. O‘zbekistonning zamonaviy tarixi. Qo‘llanma. –T: JIDU, 2014
yil.

56. Takrorlash uchun savollar:

1. O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllantirilishi deganda nimani tushundingiz?
2. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan bosqichlarini va
mohiyatini keltirib o`ting.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi
qonunlar asosida yuritadi?
4. Hokimyat organlarining bo’linish prinsplarini izohlab bering ?
5. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
6. Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va
bog‘liqliklar bor ?
7. Virtual qabulxona ochilishining zaruratini nimalarda ko‘rasiz?
8. 2010 yil 12 noyabr…….?
9. Nodavlat va notijorat tashkilotlari qanday tashkilotlardan iborat?
10. “Ijtimoiy sherikchilik” munosabatlarining mohiyatini tushuntirib bering.

57. Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi

E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!
Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi
TOSHKENT - 2025
English     Русский Rules