Similar presentations:
Mustaqillik - huquq demakdir
1.
Mustaqillik - huquq demakdirBajardi: Yodgorov Husan
2.
Reja:1. Mustaqillik – o‘zlikni anglash huquqi
demakdir
2. Mustaqillik – siyosiy o‘zlikni anglash
huquqidir
3. Konstitutsiyamiz – bosh qomusimiz
4. Hurriyat – egalik huquqidan boshlanadi
3.
Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safidaO'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va
kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir.
Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida
o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda
prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha
sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin
ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib
saylandi.
4.
Bu sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardanyana biri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» dir. «Mustaqillik
Deklaratsiyasi»da O'zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi e'lon qilingan.
5.
O`ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI• I. O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlar
ida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
• 2. O`zbekistOH SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yiknay tur
ib, o`zgartirilishi mumkin emas.
• 3. O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ust
idan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
• 4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O`zbekiston SSR Oliy
Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi.
• 5. O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha
masalalar kiradi.
• 6. O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
• 7. O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy v
a boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
• 8. O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, m
adhiya) o`zi ta'sis etadi.
• 9. Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi
ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`i
ston MSSR manfaatlarinihimoya qiladi.
• 10. O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshiri
sh uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarki
bini va qurilishini belgilaydi.
• 11. O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror
qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy,
etnik, madaniy huquqlargahamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
• 12. Ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishla
b chiqish uchun asosdir.
6.
O'zbekiston davlatmustaqilligini jahon xamjamiyati,
Xalqaro jamoatchilik qo'llabquvvatladi. Xozir dunyodagi 165
mamlakat O'zbekiston davlat
mustaqilligini tan olgan. Tarixda
ilk bor, 1992 yilning 2 martida
O'zbekiston Xalqaro huquqining
teng huquqli sub'ekti, mustaqil,
yosh suveren davlat sifatida
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
qabul qilindi va BMT binosi oldida
uning Davlat Bayrog'i kutarildi.
Mustaqillik siyosiy sohada –
O'zbekistonning milliy manfaatlari
va istiqboliga mos keladigan ichki
va tashqi siyosatni o'zi
istaganicha, biron-bir buyuk
davlatning ta'siri doirasiga tushib
qolmasdan, buyruklarga quloq
solmasdan, o'z xalqi irodasi
asosida olib borish va amalga
oshirish huquqiga ega bo'lishdir.
7.
O‘z davlat mustaqilligini qo‘lgakiritish uchun boshlangan bu harakat
natijasi o‘laroq, 1991 yil 31- avgustda
O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n
ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari
oltinchi sessiyasida Prezidentimiz
tomonidan O‘zbekistonning davlat
mustaqilligi e’lon qilindi. Va shu
kunning o‘zida O‘zbekiston
Respublikasining Mustaqillik
deklaratsiyasi va Davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi bayonotga asoslanib
Respublika Oliy Kengashi “O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining
asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonunni qabul qildi.
8.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar vaqabul qilingan Konstitutsiyaviy
qonun keyingi bosqichda, aniqrog‘i
1992 yil 8 dekabrda inson huquqlari,
erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot
majmuini, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni, xalqaro huquq
printsiplari va normalarini
ifodalaydigan huquqiy demokratik
davlat qurish va adolatli fuqarolik
jamiyati barpo etishning istiqbolli
yo‘llarini belgilab bergan
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining qabul qilinishiga
asos bo‘lib xizmat qildi.
9.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiyprinsiplari
- Davlat suvereniteti.
- Xalq xokimiyatchiligi.
- Fuqaro (inson) erkinliklari va huquqlarining
dahlsiz va ustivorligi.
- Demokratizm.
- Davlat va shaxsning o'zaro mas'ulligi.
- Qonuniylik.
- Konstitusiyaning ustunligi.
- Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud xokimiyatiga bo'linishi.
- Maxalliy o'z-o'zini boshqarish.
- Sud (idoralari) tuzilishi va sudlov.
10.
Mustaqillik Qomusi deb nom olgan O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi ungacha bo‘lgan
davrda amal qilgan konstitutsiyalardan tubdan
farq qilgan holda, inson, uning hayoti,
erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida e’tirof
etib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
davlat manfaatlaridan ustun qilib belgiladi.
11.
Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiqurishning siyosiy va huquqiy kafolotlari Konstitutsiyamiz va
qonunlarimizda o‘z ifodasini topdi. Natijada jamiyatda
ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish uchun imkoniyat
yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
to‘g‘risida”gi qonunlar, saylovlarga oid qonunlar va boshqa
bir qator huquqiy hujjatlar mamlakatimizda
ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi
uchun zarur sharoitlarni yaratdi.
1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni ham aynan Konstitutsiyaga
muvofiq qabul qilindi.
12.
Ezgulikka xizmat qiluvchi har bir faoliyat zaminida avvaloshunga munosib mazmundagi huquq tushunchasi, shu
tushuncha orqali amal qiladigan imkon va kafolatlar
mavjud. Davlatimiz rahbarining chuqur va keng
mazmundagi «mustaqillik — huquq demakdir» degan teran
iborasida barcha sohalarni qamragan islohotlar rivoji
uchun huquq va erkinliklar, imtiyoz va kafolatlar berilishi,
inson manfaatlarining to‘la himoyalanishi ifodalangan.
13.
Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizdan milliy g‘ururtuyg‘usini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni
mustahkamlash yo‘lidan bordi. 1990 yildan boshlab
azaliy milliy madaniy qadriyatimiz bo‘lgan Navro‘zni
milliy bayram sifatida nishonlash qarorini qabul qildi.
Ayni shu yildan boshlab Yurtboshimiz tashabbusi va
qat’iyati bilan ateizm, ya’ni xudosizlik tashviqoti
yurgizilayotgan sho‘rolar davlatida ikki muqaddas
diniy bayramimiz – Qurbon va Ramazon hayitlarini
umumxalq bayramlari sifatida nishonlash boshlangani
tom ma’noda ma’naviy jasorat edi.
14.
Konstitutsiyamiz qoidalariga muvofiq qabul qilingan bir qatorkodekslar hamda «Fuqarolarning murojaatlari
to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik
faoliyati erkinliginiing kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Odam
savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi va boshqa shu kabi
ko‘plab qonunlarning izchil ijrosini ta’minlash, doimiy
nazorat qilishga eng muhim jihat deb qaralmoqda.
Jumladan, bu borada Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan
vazifalardan kelib chiqib tahliliy mulohaza yuritsak, inson
huquqlari sohasiga oid erishilgan ijobiy natijalarning yorqin
ifodasini ko‘ramiz.
15.
Mustaqillik – bu huquq degani o‘zlikni anglash,har bir fuqaroning o‘z millatiga mansub
bo‘lgan barcha boyliklarga egalik huquqini
fidokorona himoya eta olish salohiyatini
namoyon etadi. Istiqlol tufayli o‘zbek xalqi
Prezident Islom Karimov rahnamoligida aynan
ana shu oqilona yo‘ldan bordi va bugungi
kunda farovon hayot yaratdi, nurafshon
istiqbolni bunyod etmoqda
16.
1.2.
3.
4.
5.
6.
7.
O`zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”. 2008.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. –T.:
“O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.:
“O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.:
“O‘zbekiston”, 1999.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard
maqsadimiz. 8-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2000.