28.54M

3-MA RIFAT DARSI. KELAJAK SOATI. 27.10.2025

1.

“MA’RIFAT DARSI” “KELAJAK SOATI”
Mavzu: “O'zbekiston va jahon”
MA’RUZACHI:
Dotsent D.H. Karimova

2.

Bugungi O‘zbekiston – tenglar ichra teng mustaqil
respublika. Qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, bizning
maqsadlarimizga,
g‘oyalarimizga,
tashabbus
va
sa’y-
harakatlarimizga boqing! Uchinchi Renessans poydevori
ham shu o‘lkada qo‘yilajak! “O‘zbekiston faqat tinchlik,
hamkorlik va barqarorlik tarafdoridir”. Shavkat Mirziyoyev

3.

Agar sizga “O‘zbekistonni uchta so‘z bilan tasvirla” desalar, nima
der edingiz?
Dunyo O‘zbekistonni qayerdan biladi? Kitobdan emas, xaritadan ham
emas. U biz haqimizda tasavvurni bizning hatti-harakatimiz,
yutuqlarimiz, fikrlarimiz orqali hosil qiladi.
Demak, savol tug‘iladi: “Biz jahon sahnasida kimmiz?”
– Bu savol faqat siyosatchilar yoki olimlar uchun emas. Bu – har bir
yosh uchun, har bir “men kimman?” deb o‘ylay boshlagan inson
uchun. Chunki har biringiz dunyoning qandaydir burchagida
O‘zbekiston haqida birinchi taassurot qoldiradigan norasmiy elchisiz.
Demak, bugungi mavzumiz “O‘zbekiston va jahon” deb nomlanadi.
Lekin bu dars faqat geografiya yoki siyosat haqida emas.
Bu – g‘urur haqida.

4.

Bir daqiqa ko‘zlaringizni yuming va tasavvur qiling: siz xorijdasiz,
balki samolyotda, yoki universitetda o‘qiyapsiz yo konferensiyaga
bordingiz, yoki xalqaro musobaqada ishtirok etyapsiz. Kimdir
sizning familiyangizni va qayerdan kelganingizni o‘qib, “Ooo, u
O‘zbekistondan ekan! U yerda Mirzo Ulug‘bek yashagan va
mukammal yulduzlar jadvalini tuzgan” deb hayrat bilan qarayapti.
Shu onda yuragingizda nima tuyg‘u paydo bo‘ladi?

5.

Ana shu tuyg‘uni “milliy g‘urur” deyiladi. Bu tuyg‘u har bir insonni
harakatga chorlaydi. Bugungi darsimiz ham shu haqida – bizning
Vatanimiz dunyoda qay darajada tanilayotgani va nima uchun bu
muhim ekani haqida. Bilasizlarmi, dunyo xaritasida har bir
davlatning o‘z rangi, o‘z ovozi bor. Ayrim davlatlar fan va
texnologiyasi bilan, ba’zilari sport yoki madaniyati bilan tanilgan.
Endi savol: Biz o‘zbeklar dunyoga nima bilan tanilyapmiz?

6.

To‘g‘ri. Lekin bugungi kunda O‘zbekiston dunyoga
nafaqat tarixi, balki yangi avlodi bilan tanilyapti.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
aytganlaridek,
“Uchinchi Renessans poydevorini aynan siz, yoshlar
qurasizlar”. Demak, bu tarixning yangi sahifasi – aynan
sizlar yozadigan sahifa.

7.

Renessans – bu faqat kitobdagi so‘z emas, bu o‘qish va
mehnat qilish uchun, ya’ni rivojlanish uchun rag‘bat
(motivatsiya)dir. Ilm, texnologiya, san’at, sport – qaysi
sohada bo‘lishidan qat’i nazar, har bir o‘zbek yigiti va qizi
o‘z salohiyati bilan dunyoga chiqishimumkin.

8.

Ko‘pincha “jahon” so‘zi bizga juda ulkan, bizdan uzoqdek
tuyuladi. Lekin aslida jahon –
bu sen bilan men yashaydigan yagona makon. Dunyo seni
ko‘rishini xohlasang, sen ham unga qara. Eng muhimi – “Mening
Vatanim jahonda qanday o‘rinda, men bu jarayonda nima qila
olaman?” degan savolga javob izlaymiz.

9.

Yaxshi bilasiz, bizning yurtimiz dunyo xaritasida kecha paydo bo‘lib
qolgan davlat emas. Milodgacha va milodning o‘tgan 21 asrlik
tarixida siz bilan biz yashayotgan mamlakatimiz hududida buyuk
saltanatlar qurilgan, ularga ulug‘ shaxslar hukmronlik qilgan. Sharq
bilan G‘arbni, Shimol bilan Janubni bir-biriga bog‘lovchi karvon
yo‘llari yirik tamaddunlarni o‘zaro bog‘lovchi rolini bajargan.
Shuning uchun bu o‘lkada ma’lumot va bilim ko‘p bo‘lgan, olim va
kitob mo‘l edi.

10.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Uchinchi Renessans
poydevorini yaratish g‘oyasining dadil ilgari urilishi mantiqli va
oqil ishdir. Bu faqat ezgu orzu emas, balki real, amaliy sa’yharakatlar bilan erishish mumkin bo‘lgan maqsaddir.
Mamlakatimizda
ta’limga, fanlar rivojiga, innovatsion
g‘oyalarga, ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellektni faol
qo‘llashga katta e’tibor ko‘rsatilayotgani sababi ham shu.

11.

Ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishga qodir Prezident
maktablari,
ijod
va
ixtisoslashtirilgan
maktablar
ochildi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilib,
xorijdagi
reytingi
yuqori
universitetlarga
kirgan
yoshlarning o‘qish va yashash xarajatlari qoplab
berilyapti. Yoshlarimiz ham katta natijalarga erishib,
TOP
universitetlarga
kirishyapti,
olimpiadalarda g‘olib bo‘lishyapti va hokazo.
xalqaro

12.

Yurtimizga dunyoda qiziqish ortganini yurtimizga
kelayotgan turistlar oqimi ortganidan ham bilish mumkin.
O‘tgan yili yurtimizga 10 million nafar sayyoh kelgan –
bu tarixiy natija. Ushbu natijaga mamlakatimizning jahon
miqyosida imijini oshirish va kelayotgan sayyohlar uchun
sharoitlar yaratilgani bilan izohlash mumkin.

13.

Shu bilan birga mamlakatimiz fuqarolarining xorijga
ish, o‘qish va sayohat uchun chiqishi ham ko‘paydi.
Instagramda va yutubda sayohat bo‘yicha o‘zbek tilidagi
bloglar
ko‘payganidan
ham
buni
sezgandirsiz.
Mamlakatimizdan chiqish va unga kirishda eng katta
darvozalarimizdan biri – Toshkent xalqaro aeroporti
ekanini bilasiz.

14.

Ilgari dunyo bizni “Buyuk Ipak yo‘li”, “Samarqand”, “Amir
Temur” orqali tanigan bo‘lsa, hozir butun dunyo Yangi
O‘zbekiston haqida gapiryapti.
Bu yurt endi faqat boy tarixi bilan emas, balki yangi
tashabbuslari, tinchlik va hamkorlik siyosati bilan ham tanilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shunday so‘zlari bor:
“O‘zbekiston faqat tinchlik, hamkorlik va barqarorlik
tarafdoridir.”
Bu gap shunchaki shior emas.
siyosatimizning asosiy yo‘nalishidir
Bu
yangicha
tashqi

15.

O‘zbekiston jahonning 150 dan ortiq mamlakati bilan
diplomatik aloqa o‘rnatgan. Toshkentda 50 ga yaqin chet el
elchixonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy mamlakatlarda va
xalqaro tashkilotlarda esa O‘zbekiston Respublikasining 59 ta
diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100
dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli
xil
ko‘p
tomonlama
hamkorlik
sherikchilikni rivojlantiryapti.
tuzilmalari
bilan
o‘zaro

16.

Masalan, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) bilan hamkorlikda
mamlakatimiz taklifi bilan bir qator muhim rezolyutsiyalar qabul qilindi:
• “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”, • “Orolbo‘yini ekologik
innovatsiyalar zonasi sifatida e’lon qilish”, • “Markaziy Osiyoda
barqaror turizm va rivojlanish”, • “Iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik”.
Shu
tashabbuslar
sabab
dunyo
O‘zbekistonni
tinchliksevar davlat sifatida qabul qilmoqda.
insonparvar,

17.

Nima deb o‘ylaysiz, shunday tashabbuslar faqat diplomatlar
uchunmi yoki oddiy fuqarolar uchun ham foydasi bormi? Har bir
fuqaro o‘z yurtining elchisidir. Sizning odobingiz, nutqingiz,
internetdagi munosabatingiz ham mamlakat haqida tasavvur hosil
qilishga
xizmat
qiladi.
Shuning
uchun
diplomatiya
faqat
elchixonada emas, hayotning har bir jabhasida kerak bo‘ladigan
ko‘nikma.

18.

O‘zbekiston tashqi dunyo bilan – yaqin va uzoqdagi davlatlar bilan
o‘zaro aloqaga kirishar ekan, birinchi navbatda, o‘zining milliy
manfaatlari kelib chiqib harakat qiladi. O‘zbekistonning asosiy
manfaatlari bular: - mustaqilligi, tinchligi va xavfsizligini saqlash, o‘sha aloqalar mamlakatimizning xalqaro mavqeiga qanday hissa
qo‘shishini inobatga olish, - respublikamizning iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy-ma’rifiy rivojiga ko‘rsatadigan ta’sirini nazarda tutish, -
aloqalarning milliy yuksalishimizga qo‘shishi mumkin bo‘lgan ijobiy
hissasi.

19.

Lekin bu degani ayni maqsadlarga boshqa mamlakatlar va
xalqlarning xuddi shunday intilishlarini inkor etish evaziga erishiladi,
degani ham emas, albatta. Shuning uchun ham hujjatlarda “o‘zaro
manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat” iborasi ishlatilmoqda.
Demak, bizning tashqi siyosatimiz aloqaga kirishayotgan boshqa
davlatlar va xalqlar ham bundan teng ulushda manfaat topishi,
o‘zbekcha qilib aytganda, rozi bo‘lib gaplashishiga qaratilgandir.

20.

O‘zbekistonning tashqi siyosatda so‘nggi 8 yilda quyidagi
tarixiy yutuqlarga erishdi.
1. Markaziy Osiyo bilan qo‘shnichilik va tinchlik – Qozog‘iston,
Qirg‘iziston,Tojikiston va Turkmaniston bilan chegara masalalari hal
etildi, savdo 5 baravar oshdi.
2. Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ga a’zo bo‘ldik, bu bizning
madaniy va iqtisodiy maydonimizga aylandi. O‘zbekiston bugun
turkiy dunyodagi ilmiy va ta’lim markazlarini birlashtirayotgan
yetakchi davlatlardan biri bo‘lmoqda.

21.

3. BMT, SHHT, MDH, YXHT kabi tashkilotlarda faol ishtirok
etyapmiz, bu nafaqat siyosiy nufuz, balki amalda investitsiyalar, ta’lim
almashinuvi, texnologiyalar sohasida katta natijalar keltiryapti.
4. Uzoq xorij davlatlari (Yevropa, AQSH) bilan hamkorlik yangi
darajaga chiqdi, ayniqsa, “yashil energiya”, “raqamli iqtisodiyot”
yo‘nalishlarida.
5. Sharq mamlakatlari bilan aloqa – Xitoy, Koreya, Yaponiya va Arab
davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy sheriklik kuchaydi.

22.

Masalan, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar hajmi 3 barobar oshgan, eksport hajmi esa 40 foizga
ko‘paygan. Bu degani, har bir yangi investor, har bir hamkorlik
ortida yangi ish o‘rni, yangi imkoniyat, yaxshilangan turmush sifati
bor. Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash uchun maxsus Trast fondi faoliyat yuritmoqda. BMT va
“BMT oilasi”ga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda qariyb 140
ta dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

23.

Jahonda 7 mingga yaqin tilda gaplashadigan, 2 mingdan
ortiqroq xalqlar, millat va elatlar yashaydi. Ulardan boryo‘g‘i 250 dan ortiqrog‘ining o‘z davlati bor xolos. To‘g‘ri.
Bu har 8 ta xalqdan bittasigina o‘z davlatiga ega, deganidir.
Bu necha foizni tashkil qiladi?! (12.5 foiz)

24.

Mustaqil mamlakatlar orasida aholisi 1.5 milliardlik Xitoy va
Hindiston ham, bor-yo‘g‘i 500 ming fuqarosi bo‘lgan Bosniya va
Gersegovina ham, hududi jihatidan nihoyatda katta Rossiya, AQSh,
Kanada ham, kichik va bittagina shahardan iborat Monako, Andorra,
Singapur, Vatikan (Rim shahrining bir bo‘lagi) kabi mitti davlatlar
ham bor. Ularning har biri xalqaro munosabatlarning teng huquqli
subyekti, BMTning boshqalar bilan teng a’zosi sifatida e’tirof
qilingan.

25.

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini qanday tushunasiz?
Dunyo mamlakatlari bilan teng va o‘zaro manfaatlar asosida
munosabatlar o‘rnatish, mustahkam xavfsizlik, barqaror taraqqiyot
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi turmush darajasini
ko‘tarish, konstitutsion tuzum asoslarini mustahkamlash, millatlar
ahilligini, xalqlar do‘stligini ta’minlash, fuqarolar erkinliklari va
haq-huquqlarini muhofaza qilish respublikamiz tashqi siyosatining
asosiy maqsadlari hisoblanadi.

26.

O‘zbekistonning jahondagi obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani, eng
avvalo, quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
– “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilga asoslangan
islohotlarining ijobiy natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan
e’tirof etilayotgani;– davlatimizning butun dunyoda, ayniqsa
mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga
qaratilgan tashabbuslarida; – har tomonlama puxta ishlangan “ko‘p
vektorli” tashqi siyosatda.

27.

O‘tgan yillarda ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish
jarayonida jahon hamjamiyati bilan aloqalarni samarali
yo‘lga qo‘yish uchun tashqi siyosiy faoliyatning milliy
mexanizmlari yaratildi.

28.

Mustaqillik yillarida ayniqsa, keyingi o‘n yillikda O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi nufuzini oshirish jarayoni qanday ta’minlangani haqida kengroq
gaplashaylik:
Ushbu jarayon tadriji quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasi
1991-yilda istiqlolga erishgandan so‘ng, xalqaro munosabatlar tizimida o‘z
o‘rni va nufuzini belgilash borasida faol tashqi siyosati olib bora boshladi. Bu
davrda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qoʻyish dolzarb vazifaga aylandi. Xalqaro
hamkorlik esa dunyo davlatlari hamda turli xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro
teng huquqli va manfaatli hamkorlikni talab etadi.

29.

2. Mamlakatimiz mustaqillikning birinchi yillaridan nufuzli xalqaro
va moliyaviy tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyo tan oldi
va ko‘plab mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

30.

3. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martdan buyon BMTning, ko‘plab
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy
tuzilmalarning a’zosidir. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) va uning
ixtisoslashgan muassasalari YUNISEF, YUNESKO, butun jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (BSST), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(YHHT), shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO), Yevropa ittifoqi
(YI), iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ESO), mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
(MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli tuzilmalar shular
jumlasidandir.

31.

Bularning barchasi “Ona – Vatan”, “Istiqlol”, “Mustaqil
davlat”, “Mustaqil tashqi siyosat” degan iboralar oddiy
so‘zlar emas, balki har birimiz uchun eng katta yutuqlarimiz
asosi, eng buyuk boyligimiz, deb bilishimiz, qadriga
yetishimiz shart. Ularni asrash, himoya qilish va yanada
mustahkamlash har birimizning burchimizdir.

32.

Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan
bog‘liq
jarayon
bevosita
muhtaram
prezidentimiz
Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevning oqilona siyosati samarasidir.
Hozir hurmatli Prezidentimizning shu yo‘ldagi sa’y-harakatlari
haqida videorolik tomosha qilamiz.

33.

34.

O’zbekiton va jahon
Har bir xalqning o‘z taraqqiyot yo‘li, o‘ziga xos
qadriyati va orzusi bo‘ladi. Mustaqil O‘zbekiston bugungi
kunda jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan,
tinchlik va taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakat
sifatida tanilgan.

35.

O‘zbekiston
dunyo
davlatlari
bilan
hamkorlikni
mustahkamlab, yangi texnologiyalar, ilm-fan, ta’lim va
iqtisodiy sohalarda ham sezilarli yutuqlarga erishmoqda.
Mamlakatimizda
har
bir
yoshning
dunyoqarashga
ega
bo‘lishi
uchun
bilimli,
zamonaviy
keng
imkoniyatlar
yaratilgan. Shu bois O‘zbekiston bugun nafaqat Markaziy
Osiyoda, balki jahon sahnasida ham ishonchli hamkor sifatida
tan olinmoqda.

36.

Prezidentimiz
xalqaro
tashabbusi
tashkilotlar

bilan
O‘zbekiston
BMT,
YUNESKO,
YUNISEF, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti va
boshqa ko‘plab davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini
rivojlantirmoqda.
Bu
esa
Vatanimizning
tinchlikparvar siyosatini, do‘stlik va hamjihatlik
yo‘lini ko‘rsatadi.

37.

Yurtimizdagi yoshlar esa kelajakka ishonch bilan
qaraydilar. Chunki bugungi kunda dunyo eshiklari ularga
keng ochilgan — xorijiy tillarni o‘rganish, ilg‘or
texnologiyalarni egallash, xalqaro loyihalarda ishtirok
etish imkoniyati mavjud.

38.

S

39.

Ti

40.

Ti

41.

di.

42.

a.
English     Русский Rules