Similar presentations:
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
1.
RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VAMA’RIFAT MARKAZI
Toshkent-2021
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTISHAVKAT MIRZIYOYEVNING
YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI
kitobining taqdimoti.
Toshkent-2021
3.
«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgidavrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini
belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng
ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.
Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.
Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
«Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
«Xalqparvar davlat»
«Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
«Adolatli ijtimoiy siyosat»
«Ma’naviy taraqqiyot»
«Xavfsizlik va tashqi siyosat»
«O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».
4.
Mazkur asar kitobxonlarda Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy demokratikqiyofasi qanday yaratilayotgani mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga
ko‘tarishini biz belgilab olgan strategik yoʻl toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hosil qilish
imkonini beradi.
1-BO‘LIM: YANGI OʻZBEKISTON STRATEGIYASI
Yangi O‘zbekiston orzusi
Yangi O‘zbekiston fenomeni
Yangi Oʻzbekiston: yangilanish va taraqqiyot omillari
Yangilanayotgan Oʻzbekiston
5.
YANGI OʻZBEKISTON ORZUSIXalqimizning orzu-intilishlari Mirzo Ulugʻbek, Qozizoda Rumiy, Ali
Qushchi, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Bobur kabi ikkinchi uygʻonish davrining buyuk siymolarini uygʻotdi, ularning
asarlari va faoliyatida oʻz talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil
inson gʻoyalarida namoyon boʻldi.
Shu tariqa uzoq oʻtmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz
negizida shakllanib kelgan, turli gʻoya va amaliy harakatlarda oʻz ifodasini
topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston
tushunchasida jamuljam boʻldi.
Barchamiz “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan
yagona maqsad atrofida birlashib, masʼuliyat va javobgarlikni chuqur his etgan
holda, fidokorona mehnat qilib, farzandlarimiz, kelgusi avlodlar uchun gullabyashnagan, ozod va obod mamlakatni meros qilib qoldiramiz.
6.
7.
YANGI OʻZBEKISTON FENOMENIYangi Oʻzbekiston – bu “Xalq manfaati hamma narsadan ulugʻ” degan
ezgu gʻoya amaliy ishlar bilan oʻz tasdigʻini topayotgan zamondir. Yangi-yangi uyjoylar, zamonaviy korxonalar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod
qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshayotgan tarixiy bir davrdir.
Yangi Oʻzbekiston – “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari
xalqqa xizmat qilishi kerak” degan hal qiluvchi tamoyil amalda oʻz tasdigʻini
topayotgan mamlakat.
Donishmand xalqimizning oʻzi bu kabi urinishlarga qatʼiy javob bermoqda.
Yangi Oʻzbekiston bunday kimsalar oʻylagan yoʻldan bormaydi, islohotlar jarayoni
ortga qaytmaydi.
“Uchinchi Renessans poydevorini yaratish” gʻoyasi ham tasodifan va
quruq yerda paydo boʻlmagan, albatta. Yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy
resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga egaligi bu boradagi hayotbaxsh
rejalarga asos berayotgani shubhasiz.
8.
YANGI OʻZBEKISTON: YANGILANISH VA TARAQQIYOT OMILLARIDono xalqimiz “Til bilgan - el biladi”, deydi. O‘z tilini hurmat qilgan maʼrifatli
xalq boshqalarning tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Bu borada buyuk bobolarimiz
ibrat va namuna koʻrsatganlar.
Avvalambor, Yangi Oʻzbekiston strategiyasining mustahkam tayanchi va suyanchi
boʻladigan tarixiy-maʼnaviy omil, yaʼni bizning eng katta boyligimiz – xalqimizning
ulkan madaniy merosi, intellektual salohiyati mavjudligidir.
Jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotgan ushbu ilmiy-maʼnaviy
meros dunyo madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyotiga bebaho hissa qoʻshilgani maʼlum.
Aynan ana shu omil Yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishda, ilm-fan, maʼnaviy va
madaniy faoliyat, taʼlim-tarbiya sohalarini keng rivojlantirish va yangi bosqichga olib
chiqish uchun asos boʻlmoqda.
9. Biz oʻn yillar, asrlar davomida amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “Inson – jamiyat –davlat” tamoyiliga
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONBiz oʻn yillar, asrlar davomida amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson”
tamoyilini “Inson – jamiyat –davlat” tamoyiliga oʻzgartirdik. Yurtimizda “Davlat –
inson uchun” gʻoyasi amal qila boshladi. Qonun va adolat ustuvorligini
taʼminlash – Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, qonun ustuvorligini taʼminlash sifat
jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va
liberallashtirish ishlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda, sud hokimiyatining fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini
oshirmoqdamiz. Konstitutsiya va qonun normalari soʻzsiz ishlashi uchun ishonchli
huquqiy kafolat yaratilmoqda. Inson huquqlari sohasida ham holat tubdan oʻzgardi.
Majburiy mehnat va bolalar mehnati toʻliq bartaraf etildi. Inson huquqlari
boʻyicha milliy strategiyani qabul qildik. Oʻzbekiston BMTning Inson huquqlari
boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylangani olib borayotgan siyosatimizning yuksak
xalqaro eʼtirofidir.
10.
2- BO‘LIM: XALQPARVAR DAVLAT“Davlat - inson uchun” tamoyili - demokratik islohotlar mezoni
Davlat organlari -xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi
Davlat boshqaruvining sivilizatsiyaviy imkoniyatlari
Hududiy masalalarni hal qilish masʼuliyati
Qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti
Mustaqil va odil sud tizimi
Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati
Ijtimoiy masʼuliyatli ommaviy axborot vositalari
11.
“DAVLAT-INSON UCHUN” TAMOYILI – DEKMOKRATIKISLOHOTLAR MEZONI
Aslida esa, avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha
davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi boʻlishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat
siyosati ana shu gʻoyaga tayanishi hamda “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida tashkil etilishi
darkor.
Eng asosiysi, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar,
erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh
maqsadiga aylanib bormoqda. 2030-yilgacha moʻljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari
mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan
“hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini
kuchaytirish, “Xalq – qonunlarining tom maʼnoda yagona manbai va muallifi hisoblanadi”
hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida” jamoatchilikning fikrini
hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda
turmush tarzini tubdan oʻzgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo
etamiz” degan ulugʻvor maqsad umumxalq harakatiga aylandi.
12.
DAVLAT ORGANLARI – XALQQA XIZMAT QILISHNINGSAMARALI VOSITASI
Biz shu asnoda Oʻzbekistonni innovatsion, zamonaviy va samarali davlatga
aylantiramiz.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi – fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularning orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarish,
ilgʻor tashabbuslarini amalga oshirish, hayotiy muammolarini hal etish, turmush
darajasini yuksaltirish, mustaqil ravishda oʻz moddiy farovonligini oshirishi uchun
yetarli va zarur sharoitlarni yaratish deganidir.
Davlat boshqaruvida biz uchun nisbatan yangi, lekin koʻplab rivojlangan
demokratik mamlakatlarda amal qilayotgan “Davlat xalqqa xizmat koʻrsatishi
shart” gʻoyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturi
ishlab chiqiladi, “Davlat xizmatlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinadi.
13.
HUDUDIY MASALALARNI HAL QILISH MASʼULIYATIXalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining mahalliy
hokimliklardan haqiqiy mustaqilligini taʼminlash, ulardagi siyosiy partiyalar
guruhlari rolini yanada kuchaytirish va vakolatlarini kengaytirish masalalariga
ustuvor ahamiyat beriladi.
Aholimiz, fuqarolarning siyosiy-huquqiy saviyasini oshirib borish
bilan hokimlarni toʻgʻridan-toʻgʻri saylash tizimiga oʻtiladi. Hokimlarning
tegishli vakillik hokimiyatini boshqarish vakolati bekor qilinadi. Shu
munosabat bilan “Xalq deputatlari Kengashlari toʻgʻrisida” va “Hokimning
maqomi toʻgʻrisida”gi qonunlarni qabul qilish zarur.
Asosiy maqsadimiz – Oʻzbekistonning dunyodagi davlat boshqaruvi
sifati yuqori boʻlgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy
etilgan 30 ta davlati qatoriga kirishini taʼminlashdan iborat.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi ijro etuvchi hokimiyatni tom maʼnoda
xalqqa xizmat qiluvchi organga aylantirishni nazarda tutadi.
14.
QONUN IJODKORLIGI VA HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTIQadimgi Rimning mashhur shoiri Publiliy Sirning bir fikrini eslash joiz
deb bilaman. “Qonunlar kuchli boʻlgan joyda, xalq ham kuchlidir”, deb yozgan
edi u. Darhaqiqat, xalq vakillari boʻlgan deputatlar oʻz vakolatiga asoslanib, jasur,
talabchan va qatʼiyatli boʻlishi, fuqarolarning manfaatiga xizmat qilmaydigan
qonunlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Qonun ijodkorligi borasidagi faoliyat sifatini tubdan yaxshilash,
qonunchilik bazasini tizimlashtirish va qonunosti hujjatlari sonini keskin qisqartirish,
qonun ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modelini yanada keng qoʻllash borasidagi
ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi. Huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash
faoliyatini oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini
rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Har bir qonunning, taʼbir joiz boʻlsa, koʻzi, oyogʻi, ijrosi boʻlishi lozim.
Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda oʻzgarish boʻlishi kerak.
15.
16.
MUSTAQIL VA ODIL SUD TIZIMIBuyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan
“Adolat – davlatning asosi va hukmdor – shioridir”, Alisher Navoiy bobomizning esa “Zulm qilma,
insofli boʻl, xalq uchun adl qasri, yaʼni adolat qoʻrgʻonini bunyod et”, deb aytgan hikmatli
soʻzlarida aks etgan ulugʻvor gʻoyalar insonning qadr-qimmatini oliy darajaga koʻtarish borasidagi
amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylanmoqda.
Sud ostonasida qadam qoʻygan har bir inson hosil qilishi adolat hukm surayotganiga toʻla
ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, “Adolat
yoʻqolgan paytda hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi”.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasida ushbu sohadagi ustuvor vazifamiz –
Oʻzbekistonning dunyodagi “Qonun ustuvorligi indeksi” yuqori darajada boʻlgan davlatlar
qatoriga kirishini taʼminlash va aholining adolatli sudlovga ishonchini oshirishga yordam beradi.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi mustaqil advokatura faoliyatini samarali tashkil etishni
nazarda tutadi.
Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bu borada “Mustaqil advokatura konsepsiyasi”
ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Tergov va sudning barcha bosqichlarida advokatning roli
yanada oshiriladi, Advokatlar akademiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
17.
ERKIN VA OCHIQ FUQAROLIK JAMIYATIFuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar quyidagilardan
iborat:
Davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy,
demokratik hamda ochiq-oshkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi
tizimli va samarali muloqotini yoʻlga qoʻyish;
Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik
yoʻnalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb
masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish
tendensiyalarini tahlil qilish;
Davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining
zamonaviy
mexanizmlarini,
ularning
faoliyatini
qoʻllab-quvvatlash
va
rag‘batlantirish choralarini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida
fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus koʻrsatish,
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy
natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda oʻrganish, umumlashtirish
va tahlil qilishni tashkil etish;
18.
IJTIMOIY MASʼULIYATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIBugungi kunda OAV tom maʼnoda “Toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanib bormoqda.
Achchiq gap va tanqidiy materiallar joylardagi koʻplab amaldorlarga yoqmasligi, ularning
tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap.
Oshkoralik va soʻz erkinligi bu — davr talabi, bugun Oʻzbekistonda olib borilayotgan
islohotlarning talabi.
Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda
ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni koʻrsatib, ularni ish uslubini
oʻzgartirish va masʼuliyatini oshirishga majbur qilmoqda.
Mamlakatimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi Oʻzbekiston jurnalistikasi
ham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi shakllanish jarayonini boshidan
kechirmoqda.
Axborot va matbuot erkinligi, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishi,
davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi – Yangi Oʻzbekistonning sifat
koʻrsatkichlaridan biriga aylandi.
Bu yoʻlni davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz va qatʼiy
davom ettiramiz.
19.
3-BO‘LIM: MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHIqtisodiyot – jamiyat hayotining tanasi
Xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish
Qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish
Suv resurslari samaradorligini oshirish
Hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti
Turizm – Oʻzbekiston iqtisodiyotining drayveri
Raqamli iqtisodiyot sari
20.
IQTISODIYOT — JAMIYAT HAYOTINING TANASIAmaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari
– iqtisodiy islohotlarimizning oʻzak masalasidir.
Harakatlar strategiyasining natijasi oʻlaroq, Yangi Oʻzbekiston
iqtisodiyotining huquqiy asoslari yaratildi.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy oʻsishni
taʼminlashga qaratilganini taʼkidlash lozim.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohotlarning mustahkam
poydevoridir. Kelgusidagi iqtisodiyotning kamida 5 foizga oʻsishi, byudjet defitsiti
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizdan oshmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar
belgilanadi.
2030 yilga borib oʻrtacha yillik iqtisodiy oʻsish surʼatlari 6,3-6,5 foiz, kapital
q oʻyilmalar 8,0-8,5 foiz, eksport 9,0-10,0 foizni tashkil etishiga erishamiz.
21.
XUSUSIY MULK VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHAlohida taʼkidlash lozimki, Yangi Oʻzbekiston modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga
tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy
mulk huquqlarini himoya qilish va uning rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom
ettirish zarur.
Yangi Oʻzbekiston – keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir.
Iqtisodiy siyosatimizning asosiy tamoyillaridan biri – har bir fuqaro boy boʻlsa – davlat
boy boʻladi, har bir oila farovon boʻlsa –mamlakat farovon boʻladi.
Biz taqdim etayotgan iqtisodiy strategiyada tadbirkorlik uchun zarur shartsharoitlar yaratish birlamchi vazifa deb belgilanadi.
Iqtisodiy strategiyamizning muhim bandi 2030-yilga qadar munosib haq
toʻlanadigan 10 millionta yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni bartaraf etish,
ishsizlik darajasini 2030-yilda 5,2 foizga, inflyatsiyani esa 15,2 foizdan 4,3 foizga
pasaytirishga erishamiz.
22.
QISHLOQ XOʻJALIGINI JADAL RIVOJLANTIRISHHozirgi kunda Oʻzbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro
valyuta jamgʻarmasi mezonlariga koʻra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz
hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy
kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi. Ularning natijalari
toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini
koʻpaytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xoʻjaligida
hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish.
Avvalo, fermer va dehqonlarning yerdan manfaatdorligini oshirish kerak.
Manfaatdorlik va adolat boʻlgan joyda, albatta, oʻzgarish va oʻsish
boʻladi. Bu borada yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni bozor
aktivlariga aylantirish masalasini koʻrib chiqish vaqti keldi.
23.
24.
SUV RESURSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHBugungi kunda Oʻzbekiston oldida turgan, hal qiluvchi ahamiyatga ega
masalalardan yana biri – suv resurslari taqchilligi, atrof-muhit va atmosferaning
ifloslanishi, tuproq qatlamining yemirilishi va choʻllanish muammolari bilan bogʻliq.
Suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng
hisobga olishdan boshqa oqilona yoʻli yoʻq. Oʻzbekiston BMTning preventiv diplomatiya
boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo
havzalari suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi konvensiyalar loyihalarini qoʻllabquvvatlaydi.
Bugungi kunning eng oʻtkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokati, Orol
fojiasi boʻyicha masalada ortiqcha izohga hojat yoʻq. Dengizning qurishi bilan bogʻliq
oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo
etmoqda.
BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr koʻrgan aholiga amaliy yordam
koʻrsatish boʻyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur toʻliq amalga oshirilishi
boʻyicha chora- tadbirlar ishlab chiqish lozim
25.
HUDUDLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTIBarcha aholi punktlaridan, shahar va qishloqlarimizdan poytaxtimizga, eng yirik shaharlar
va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, oʻzaro bogʻlangan transport
tarmogʻi yaratiladi.
Shu bilan birga, mazkur sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar shtabi faoliyatini yanada takomillashtirish;
Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida “tuman
(shahar) — viloyat — respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish
hamda faoliyatini nazorat qilish boʻyicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq
idoralarida joriy etilgan vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganish natijalari boʻyicha respublika darajasida
yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga
oshirilishini tashkil etish; har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha hududiy
va respublika “yoʻl xaritalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda
nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilash;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha manzilli topshiriqlar belgilash
hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish.
26.
TURIZM – OʻZBEKISTAN IQTISODIYOTINING DRAYVERIYangi Oʻzbekistonni barpo etishda quyidagilar turizmni rivojlantirish boʻyicha
strategik vazifalar sifatida belgilandi:
Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini
takomillashtirish;
Turizm sohasida viza, litsenziya berish va ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
Xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Yangi turizm yoʻnalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish,
ularning jozibadorligini oshirish.
Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmogʻiga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa
boʻlib qoladi. Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri — yaqin yillarda yurtimizga
keladigan turistlar sonini 10 millionga yetkazishdan iborat.
27.
RAQAMLI IQTISODIYOT SARIHozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari “Toʻrtinchi sanoat inqilobi”, “Aqlli
iqtisodiyot” “Innovatsion iqtisodiyot”ga oʻtayotgani bilan xarakterlanadi.
Pandemiya raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi. Axborot texnologiyalari
iqtisodiy oʻsishning tom maʼnodagi “drayveri”ga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini
keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida elektron hukumatni yanada rivojlantirish
muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori boʻlgan
elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini
raqamli shaklga oʻtkazish, shu jumladan koʻrsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini
2030-yilga qadar 90 foizga yetkazish lozim.
Taʼlim sohasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida, avvalo, taʼlim
pogʻonasining boshlangʻich bosqichida oʻquvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish
orqali raqamli koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, kelajakda zarur boʻladigan
keng koʻlamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va koʻnikmalar berish bilan
bogʻliq tizimli tadbirlar amalga oshirilishi darkor.
28.
4-BO‘LIM: ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSATKuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar
Sogʻliqni saqlash: muammolar va yechimlar
Sogʻlom turmush tarzi madaniyati: jismoniy tarbiya va sport
Taʼlim va tarbiya: yangi imkoniyatlar
Ilm-fan — innovatsion taraqqiyot asosi
Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtlidir
Yoshlar – Yangi Oʻzbekistan bunyodkori
29.
KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT: MOHIYAT VA IMKONIYATLARYangi Oʻzbekistonni oʻz hayotidan rozi, baxtli insonlar
mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish
ushbu yoʻnalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir.
Bizning oldimizda aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish
boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan zarur choralarni ko‘rish kabi muhim
vazifa turibdi.
Ijtimoiy sohada bizni qiynaydigan bir qancha savollar bor, jumladan:
mamlakatimizda barcha ishsizlar ish bilan taʼminlanayaptimi? Buning uchun
yana nimalar qilish kerak? Xorijga ish qidirib ketganlarning qaysi muammolari
hal etilmagan? Biz bir narsani toʻgʻri tushunishimiz kerak: bitta ishsiz odam —
oʻnta muammo degani. Bu muammolar ishsiz odamning oʻziga, oilasi va
mahallasiga, jamiyatga keltiradigan zararini hisoblasak, masalaning naqadar
jiddiy ekani yanada oydinlashadi.
30.
SOGʻLIQNI SAQLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLARBarcha uchun sifatli va professional tibbiyotni yaratish – biz taqdim
etayotgan strategiyaning muhim yoʻnalishidir.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni tizimli ravishda davom
ettirish eng muhim vazifalarimizdan biri boʻladi.
Ona va bola sogʻligʻiga eʼtibor — jamiyatga, kelajakka eʼtibordir.
Shu maqsadda 2021-yildan boshlab 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va homilador
ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari
bepul tarqatilmoqda. Bu jarayon bilan 2021-yilda – 11 million nafar, 2022-yilda –17
million nafar aholi qamrab olinadi.
Tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va
mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish zarur.
Dunyoda sogʻliqni saqlash tizimida yuksak samaradorlikka erishgan,
aholini oʻrtacha umr koʻrish darajasi yuqori boʻlgan eng ilgʻor mamlakatlar
qatoridan joy olish strategik vazifamizdir.
31.
SOGʻLOM TURMUSH TARZI MADANIYATI: JISMONIY TARBIYA VA SPORTJamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya
va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifalarimiz qatoriga kiradi.
Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga
erishgan sportchilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga bundan buyon ham
katta ahamiyat berishimiz lozim.
Shu sababdan keyingi yillarda 70 dan ziyod jismoniy tarbiya va sport
muassasasini bunyod etish, barcha bogʻcha va maktablarni sport jihozlari bilan
taʼminlash, tuman markazlari va shaharlarda maxsus piyodalar va velosiped
yoʻlaklari barpo etish rejalashtirilmoqda.
Bu sohaga qaratilgan keng qamrovli ishlar natijasida aholini ommaviy
sport turlariga jalb qilish orqali yillik qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga
yetkaziladi.
32.
TAʼLIM VA TARBIYA: YANGI IMKONIYATLARBuyuk yunon olimi, Sharqda “Birinchi muallim” deb ulugʻlanadigan Aristotelning
“Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari, qarang, miloddan 350-yil avval
aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon taʼlim va tarbiya
masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy boʻgʻin hisoblangan maktabgacha taʼlim
tizimining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi.
Bu yoʻnalishni tizimli rivojlantirish boʻyicha aniq davlat dasturlari qabul qilinadi.
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2 baravarga oshirilib, 100 foizga
yetkaziladi.
Biz “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ulugʻ gʻoya asosida
mamlakatimizda maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish boʻyicha boshlagan
ishlarimizni yangi bosqichga koʻtaramiz.
Xususiy maktablar tizimini yanada takomillashtirish, bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan
qamrab olish darajasini 2030-yilda 60-70 foizga yetkazish –asosiy vazifamizdir.
Biz maktab muammosiga birinchi darajali masala, deb qarashni davom ettirishimiz lozim.
Maktab – faqatgina taʼlim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak maʼnaviyat
beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga oʻrgatuvchi dargohga aylanishi zarur.
33.
ILM-FAN — INNOVATSION TARAQQIYOT ASOSIMamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari,
eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan
qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bogʻliq.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy
oʻquv yurtlari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari,
kichik innovatsion markazlar va boshqa ilmiy-texnikaviy tuzilmalar faoliyat
yuritmoqda.
Endigi vazifa — nafaqat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyaviy
qoʻllab-quvvatlash, balki ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga
qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratishdan iborat.
34.
AYOL BAXTLI BOʻLSA, JAMIYAT BAXTLIDIROnalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum,
hayotimizda baraka bor. Maʼlumki, muqaddas Qurʼoni karimning eng katta
suralaridan biri — “Niso”, yaʼni, “Ayollar” deb ataladi. Alloh, taolo ushbu surada
insonlarni ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga daʼvat etadi va bu ilohiy soʻzlar
zamirida, albatta, teran hikmat mujassam.
Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeini yanada
mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib
qolaveradi.
Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opasingillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimizga munosib sharoit yaratib berish
uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim.
Ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qoʻllab–quvvatlash hamda joylarda
aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun byudjetdan har yili qoʻshimcha
ravishda 1 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirish lozim.
35.
YOSHLAR – YANGI OʻZBEKISTAN BUNYODKORIMeni doimo oʻylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala
bu — yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir soʻz
bilan aytganda, tarbiyasi bilan bogʻliq. Biz bu yoʻnalishda katta ishlarni amalga
oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yanada kuchaytirish uchun bir qator
masalalarga jiddiy eʼtibor berishimiz zarur.
Xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish
doimiy eʼtiborimiz markazida boʻlishi lozim. Farzandlarimizga moʻljallangan badiiy
adabiyotlarni koʻpaytirish va ularning mualliflarini ragʻbatlantirish maqsadida
“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda mualliflarga birinchi oʻrin uchun — 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun —
75 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun — 50 million soʻm mukofot beriladi.
36.
5-BO‘LIM: MA’NAVIY TARAQQIYOTMaʼnaviy yangilanish: imkoniyat va istiqbollar
Yangi maʼnaviy makonni yaratish borasidagi vazifalar
Maʼrifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi
Yangi Oʻzbekiston va maʼnaviy yangilanish
Maʼrifatli jamiyat sari
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi
37.
MAʼNAVIY YANGILANISH: IMKONIYAT VA ISTIQBOLLARBiz uchun maʼnaviyat – insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va
eʼtibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar,
ibratli fazilatlar majmuasidir.
Boshqacha aytganda, maʼnaviyat — jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy
munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.
Bu poydevor qancha mustahkam boʻlsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi.
Uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim va
bunda oʻsib kelayotgan avlodning yosh xususiyatlari va intilishlarini hisobga olish
zarur. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti.
Targʻibotning ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalari va yangi shakllarini,
tahdidlarga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqadigan vaqt keldi, deb
hisoblayman. Takror aytaman: ilmga asoslanmagan sohaning kelajagi boʻlmaydi.
38.
YANGI MAʼNAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI VAZIFALARYangi maʼnaviy makon nima? Mening nazarimda, u — biz orzu qilayotgan
Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan
va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan maʼrifatli jamiyatdir.
Shu sababli biz mamlakatimizda maʼnaviy tarbiya tizimining yangi
strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni
sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarishimiz kerak.
Bugungi kunda dunyoning juda koʻp mintaqalarida insoniy qadriyatlar
yemirilmoqda. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ayrim oʻlkalarda betoqatlik,
tajovuzkorlik kayfiyatlari kuchayib bormoqda. Mana shunday keskin vaziyatda, ulugʻ
mutafakkirlar aytganidek, dunyoni ezgulik, mehr-shafqat, insoniylik qutqaradi.
Mamlakatimiz aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan
islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yoʻnalishdagi maʼnaviy-maʼrifiy
ishlarning taʼsirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr talabiga aylanib
bormoqda.
39.
MAʼRIFIY ISLOHOTLAR VA BARKAMOL INSON TARBIYASIUzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim.
“Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi”, degan chuqur maʼnoli gapni koʻp takrorlaymiz. Lekin,
afsuski, joylarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti.
Bu borada bogʻcha, maktab, oliy taʼlim, mahalla tizimining har biri alohida ish olib
borayotgani, yaʼni, oʻzaro hamkorlik va uygʻunlikning yoʻqligi ishimizning samarasiga salbiy
taʼsir koʻrsatmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz,
aniqsa, yoshlarimizga milliy ruxda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish
kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi.
Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul
qilib, har tomonlama chuqur oʻrganishimiz zarur.
Oʻtmishdagi yutuq va gʻalabalardan kuch-quvvat olib, xato va
magʻlubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq oʻzining taraqqiyot yoʻli
va kelajagini toʻgʻri belgilay oladi.
Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga oʻrgatishimiz, ularni tarix
ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda
tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarali amalga oshirishimiz lozim.
40.
YANGI OʻZBEKISTAN VA MAʼNAVIY YANGILANISHBiz — gʻururi, oriyati, maʼnaviyati baland xalqmiz. Bu, hech shubhasiz, katta
boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yoʻqotib
qoʻysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha — bu fazilatni xalqimizni,
millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy
gʻururi baland xalqning qadr- qimmati ham baland, maʼnaviyati, irodasi kuchli
boʻladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga yetish mumkin.
Aynan ana shunday fazilatlarimizga tayanib, biz boshqalarga ergashuvchi
emas, aksincha, doimo ergashtiruvchi xalq boʻlib kelganmiz. Bilim, maʼrifat,
madaniyat bilan boshqalarga oʻrnak boʻlganmiz. Bu — bizning qon-qonimizga, zotu
zurriyodimizga singib ketgan, milliy qadriyatimizga aylangan fazilat.
Maʼnaviyatimiz uchun eng katta xavf — bu aksariyat odamlarimizdagi
loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida, desak, bu ham ayni haqiqat
boʻladi. Siyosatshunoslar oʻrtasida: “Sen uxlaganingda, dushman uygʻoq boʻladi”,
degan gapi bor.
41.
MAʼRIFATLI JAMIYAT SARIShu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini
maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Albatta, xalqaro maydonda munosib oʻrin egallash yoʻlida zamonaviy innovatsion
gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan islohotlarni amalga oshirish
milliy taraqqiyot strategiyamizning ustuvor jihatidir.
Yangi Oʻzbekiston — maʼrifatparvar davlat.
42.
MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYGʻUNLIGIMaʼlumki, qadimiy va saxovatli zaminimizda koʻp asrlar davomida turli
millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab keladi.
Mehmondoʻstlik, ezgulik, qalb saxovati va tom maʼnodagi bagʻrikenglik
xalqimizga doimo xos boʻlgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila
farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda.
Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat
yuritmoqda. Etnik oʻziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada
uygʻunlashtirishda 140 ga yaqin milliy madaniy markaz yetakchi rol oʻynamoqda. Ular
oʻziga xos madaniyati, tili, urf-odat va anʼanalarini, xalq xunarmandchiligini
rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini oʻzaro boyitishiga, har birimizda
koʻpmillatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Biz uchun eng muhim boʻlgan ana shu masalaga bundan buyon ham ustuvor
ahamiyat qaratamiz, jumladan, milliy madaniy markazlar faoliyatini amaliy jihatdan
qoʻllab - quvvatlash boʻyicha zarur barcha ishlarni bajaramiz.
43.
6-BO‘LIM: XAVFSIZLIK VA TASHQI SIYOSATMamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyati
Ochiq va pragmatik faol tashqi siyosat — ustuvor vazifamiz
BMT va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
Markaziy-Janubiy Osiyo va Oʻzbekiston taraqqiyoti
44.
MAMLAKAT XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATIShuni inobatga olgan holda, biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning dastlabki
davridayoq tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashni faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri
sifatida belgilab oldik. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bu boradagi vazifalar
turkumiga quyidagilar kiritildi:
Oʻzbekistan Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini
muhofaza qilish;
Davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Oʻzbekistan Respublikasi Qurolli
Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
Axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni
tashkil etish;
Fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
Atrof-tabiiy muhit, aholi sogʻligʻi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik
muammolarni bartaraf etish;
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
45.
OCHIQ VA PRAGMATIK FAOL TASHQI SIYOSAT — USTUVOR VAZIFAMIZMamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yoʻnalishi dunyoning
yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda
hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bizning bunday
yondashuvimiz iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash,
Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifalarining samarali hal
qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Oʻzbekiston uchun dunyoning Rossiya, Xitoy, AQSH kabi yetakchi davlatlari, Osiyo–Tinch
okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya,
Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan
oʻzaro manfaatli, samarali va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
46.
BMT VA XALQARO TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIKMamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan muloqotni va hamkorlikni
rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratmoqda. Soʻnggi yillarda BMT va uning institutlari —
Inson huquqlari boʻyicha oliy komissar boshqarmasi va Inson huquqlari kengashi bilan oʻzaro
hamkorlik darajasini oshirishga erishdik.
Orol muammosini hal etishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti bilan tuzilgan Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash
boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi oʻz amaliy faoliyatini boshladi.
Biz qatiy ishonamiz — Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro
munosabatlarda hal qiluvchi oʻrin tutadi. Oʻzbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich
isloh etilishi tarafdoridir. Oʻzbekiston Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos
ravishda kengaytirish boʻyicha oʻz pozitsiyasida sobit turadi.
47.
MARKAZIY-JANUBIY OSIYO VA OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIBiz oʻtgan davrda “Oʻzbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo — bosh ustuvor
yoʻnalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdik. Natijada, mushtarak siyosiy
irodamiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida mintaqamiz yaxshi
qoʻshnichilik, oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda barqaror rivojlanish makoniga
aylanib bormoqda.
Oxirgi toʻrt yilda Oʻzbekistonning kushni davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmi
salkam besh barobar oʻsdi. 2016-yilgacha Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari
bilan yillik tovar aylanmasi hajmi oʻrtacha 100-150 million AQSH dollarini tashkil
etgan boʻlsa, 2020-yil yakuni boʻyicha ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 53 foizga koʻpaydi.
Tovar aylanmasi Qirgʻiziston bilan 8 barobar, Tojikiston va Turkmaniston bilan 5
barobar, Qozogʻiston bilan esa 1 milliard dollarga oʻsdi.
48.
7-BO‘LIM: OʻZBEKISTON VA UMUMBASHARIY MUAMMOLARDavrimizning global muammolari va Oʻzbekiston taraqqiyoti
Iqlim oʻzgarishlari, ekologik boʻhronlar, Orol va ona tabiatni asrash zarurati
Radikalizm, ekstremizm va terrorizm — barqaror taraqqiyot kushandasi
Korrupsiyadan xoli dunyo — umumbashariy orzu
Kambagʻallik: umuminsoniy va milliy muammolar
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya
siyosati
Pandemiya tahdidi va unga qarshi kurash tajribamiz
49.
DAVRIMIZNING GLOBAL MUAMMOLARI VA OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIAvvalo globallashuv hodisasining oʻzi alohida mavzuga aylandi va bu haqda alohida
globalistika fani shakllandi. Global jarayonlar va muammolarning paydo boʻlish tarixi, bugungi
xususiyatlari va darajalari, milliy hamda umuminsoniy jihatlari bilan bogʻliq masalalarga eʼtibor
ortib bormoqda.
Insoniyat tarixining hozirgi davri va bugungi dunyo taraqqiyoti bundan 40-50 yil oldingi
hayot voqeliklaridan keskin farq qiladi. Biz endilikda globallashuv jarayonlari har tomonlama avj
olayotgan, butun jahonda u bilan bogʻliq oʻzgarish va yangilanishlar shiddat bilan sodir
boʻlayotgan zamonda yashamoqdamiz.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida roʻy berayotgan keskin oʻzgarishlar
tobora ortib borayotgan beqarorlik va kutilmagan hodisalar bilan izohlanadi.
Bunda, ayniqsa, ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega boʻlgan Osiyo qitʼasi va
Markaziy Osiyo mamlakatlari murakkab jarayonlarga duch kelmoqda.
Bu, avvalo, yuqorida taʼkidlab oʻtilgan ekologiya, demografiya, migratsiya, hayot va
taʼlim darajasi pastligi bilan bogʻliq muammolardir. Ular, aslida, ijtimoiy nizolarning asosiy
manbai, ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishi uchun sharoit yaratadigan muhitdir.
50.
IQLIM OʻZGARISHLARI, EKOLOGIK BOʻHRONLAR,OROL VA ONA TABIATNI ASRASH ZARURATI
“Biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar, biz nafas oladigan havo, biz ichadigan suv, biz
yashaydigan sayyoraga hayot bagʻishlovchi iqlim — barchasi tabiat tufayli. Ustiga- ustak,
hozir tabiatning oʻzi bizga belgi bermoqda — oʻz haqimizda qaygʻurish uchun avvalo
tabiatga gʻamxoʻrlik qilishimiz kerak.
Hozir – uygʻonish davri. Muammolarni payqash uchun, ovozimizni koʻtarish
uchun... Insoniyat uchun, Yer sayyorasi uchun yaxshiroq muhit yaratish vaqti. Bu xalqaro
atrof- muhitni muhofaza qilish kuni — tabiat vaqtidir” deyiladi “Xalqaro atrof-muhitni
muhofaza qilish — 2020” kun tartibida.
Keyingi besh yil ichida 32 million gektar oʻrmon maydoni inson omili natijasida
qisqargan. Soʻnggi 150-yil davomida global o‘sish negizida suv havzalaridagi korall riflaridan
iborat tirik qoplama ikki baravarga qisqargan — ular qurib, rangsizlashib bormoqda.
Dunyo okeanlarining shoʻrlanish darajasi ortib borayapti. Muzliklar katta tezlik bilan
erimoqda. Bu — okean suvlarining ortishi va suv boʻyiga yaqin hududlarning suvostida qolish
ehtimolini oshiradi, issiqlikning namlikka nisbati buzilishiga sabab boʻladi. Yovvoyi hayvonot
dunyosi qirilib ketmoqda — keyingi 10 yil ichida yovvoyi jonivorlarning tur rang-barangligi
chorak qismga qisqarishi mumkin.
51.
RADIKALIZM, EKSTREMIZM VA TERRORIZM —BARQAROR TARAQQIYOT KUSHANDASI
Ekspertlarning xulosalariga koʻra, soʻnggi 10 yil ichida diniy ekstremizm va terrorizm
tufayli dunyo iqtisodiyoti 583 trillion AQSH dollari miqdorida zarar koʻrgan boʻlsa, 15 yil
ichida 100 mingdan ziyod begunoh insonlar terrorchilik xujumlari oqibatida halok boʻlgan.
Faqatgina 2019-yilning oʻzida dunyo boʻyicha zoʻravonlik, ekstremizm va
terrorizmning umumiy salbiy global taʼsiri — shunga eʼtibor bering — 14,1 trillion AQSH
dollarini yoki jahon YAIMning 11,2 foizini, iqtisodiy zarar — 33,19 milliard AQSH dollarini
tashkil etgan.
Ayniqsa, yoshlar oʻrtasidagi radikallashuv jarayoni katta tashvish uygʻotmoqda.
Ekstremistik faoliyat va zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan
yoshlar tomonidan sodir etilayotgani, bugungi dunyo yoshlari — son jihatidan butun insoniyat
tarixidagi eng yirik avlod boʻlib, ular 2 milliard kishini tashkil etishini eʼtiborga olsak,
masalaning naqadar jiddiy ekanini tushunish qiyin emas.
Hozirgi kunda ekstremizm va terrorizm xalqaro hamjamiyatga ham, Markaziy Osiyo
davlatlari, jumladan, Oʻzbekistonga ham tahdid solishda davom etmoqda.
52.
KORRUPSIYADAN XOLI DUNYO — UMUMBASHARIY ORZUOlis oʻtmishda mintaqamizda dunyoga kelgan zardushtiylikning muqaddas kitobi
Avestoda “haqqoniy hukm chiqarish, pora olmaslik, toʻgʻri guvohlik berish va toʻgʻri
gapirish” ijobiy xislatlar sifatida ulugʻlangan boʻlsa, aksincha, “koʻrib turib adolatsizlik,
nohaqlik” qilgan amaldorlarning “aytgan va qilgan yomon fikr, yomon kalom va yomon
amallari” qattiq qoralangan.
Maʼlumki, har qanday jamiyat alohida insonlardan tashkil topadi. Adolatli va yetuk,
komil jamiyatni faqatgina komil insonlarni tarbiyalash orqali qurish mumkin.
Insoniyat, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz ham, qadim zamonlardan beri
poraxoʻrlik va korrupsiyadan xoli davlat va jamiyat qurish orzusi bilan yashab kelganlar.
Hozirgi kunda insoniyatning kelajagiga raxna solayotgan ushbu illatga qarshi
global, mintaqaviy hamda alohida davlatlar miqyosida keng qamrovli va koʻp taraflama
yondashuvga asoslanib kurash olib borilmoqda.
Soʻnggi yillarda tub islohotlar davriga qadam qoʻygan Oʻzbekistonda ham
taraqqiyot kushandasi boʻlgan illat — korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.
53.
KAMBAGʻALLIK: UMUMINSONIY VA MILLIY MUAMMOLARQadimdan ota-bobolarimiz har bir inson farovon va baxtli yashashga haqli
ekanligini, insonlarni yaxshi yashashga intilgani uchun ayblab boʻlmasligini, ayni vaqtda,
kambagʻallik domiga tushib qolgan har bir fuqarodan ham oʻz hayotini oʻzgartirishga boʻlgan
kuchli xohish, yangilanishlardan qoʻrqmaslik va doimo oldinga intilish talab etilishini eʼtirof
etib keladilar.
Afsuski, hozirgi kunda ham jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib
qolayotgani, ziddiyat va zoʻravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa
zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambagʻallikning global muammolarini yanada
kuchaytirmoqda.
BMTning maʼlumotlariga koʻra, Yer yuzida 700 milliondan ortiq odam
qashshoqlikda kun kechiradi. Kambagʻallikning yuqori darajasi asosan turli nizolar mavjud
boʻlgan mamlakatlarga toʻgʻri keladi.
54.
XAVFSIZ, TARTIBLI VA QONUNIY MEHNAT MIGRATSIYASIHAMDA SAMARALI MIGRATSIYA SIYOSATI
Bugungi kunda migratsiyaning oshishi, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-huquqiy hamda
aholi farovonligini oshirish va barqaror rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi iqlim va
haroratning keskin oʻzgarishi, suv resurslarining kamayishi, tabiiy ofatlarning koʻpayishi va
qishloq xoʻjaligi unumdorligining pasayishi kabi omillar bilan bogʻliq. Ushbu omillar,
ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlariga koʻproq taʼsir koʻrsatadi.
Dunyo tajribasida ushbu salbiy holatlarning oldini olishning ikkita samarali usuli
mavjud.
Bu — mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholida tadbirkorlik
bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish koʻnikmasini oshirish hamda
xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishni nazarda tutadi.
Shu boisdan, ham Yangi Oʻzbekiston BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning
xavfsiz, tartibli va qonunii migratsiya siyosatini amalga oshirish borasidagi saʼyharakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
55.
PANDEMIYA TAHDIDI VA UNGA QARSHI KURASH TAJRIBAMIZBugungi kunda insoniyat global ofatni — koronavirus pandemiyasini boshidan
oʻtkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida soʻnggi yuz yilda roʻy bermagan,
desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun — har oyda qariyb 400 milliard dollar
miqdorida zarar keltirmoqda.
Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi va barcha
tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga oʻtkazildi.
Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega boʻlgan
qator davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy
diagnostika vositalari bilan taʼminlandi.
Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan,
chet ellik yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.
Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda
qiyin ahvolga tushib qolgan 200 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar koʻrsatildi.
56.
XOTIMAJahonda koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davom etayotgan hozirgi murakkab
sharoitda mamlakatimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish
sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom boʻlishini taʼminlash eng asosiy vazifamiz
boʻlishi shart.
Buni bizning mustaqillik yillarida bosib oʻtgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga,
sharafli tarixiy yoʻlimiz, bugun amalga oshirayotgan demokratik islohotlarimizning mantig‘i va
falsafasi taqozo etadi.
Shu bois, oʻtgan davrda bosib oʻtgan yoʻlimizni, erishgan katta yutuq va natijalarimizni
yana bir bor sarhisob va tahlil qilib, oldimizda turgan marralarimizni aniq- ravshan belgilab oldik.
Men barchamizning umidimiz, tayanchimiz va suyanchimiz boʻlgan, hal qiluvchi kuch
boʻlib maydonga chiqayotgan aziz farzandlarimiz, navqiron avlodimizga murojaat qilib
aytmoqchiman:
Qadrli oʻgil-qizlarim, siz istiqlol farzandlari, ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida
hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uchun eng katta baxt, katta davlatdir. Men ishonaman, sizlar
zamonaviy bilim va taraqqiyot choʻqqilarini puxta egallab, biz boshlagan ulug‘ ishlarni munosib
davom ettirasiz.
Aminmanki, yuksak salohiyatli xalqimiz oʻzining g‘ayrat- shijoati va fidokorona mehnati
bilan yurtimizda Yangi Oʻzbekistonni - Uchinchi Renessansni bunyod etishga albatta qodir.
57.
58.
E’TIBORINGIZUCHUN
RAHMAT