2.19M

1-MAVZU

1.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
HSM
O’ZBEKISTONNING ENG
YANGI TARIXI
01
MAVZU
KIRISH. “O‘ZBEKISTONNING ENG
YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING
PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI,
NAZARIY-METODOLOGIK
TAMOYILLARI.
1

2.

Reja:
1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va
vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
2. O‘zbekiston tarixini davrlarshtirish masalasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va
saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
2

3.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik.
T.,O‘zbekiston, 2017.
2.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. T. 1. – T. O‘zbekiston.: 2017.
3.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– T.: O‘zbekiston. 2017.
4.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. – T.: Sharq, 1998.
5.Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011.
6.Oblomurodov N.H. O’zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. T.: Iqtisod-moliya. 2022.
7.Oblomurodov N.H. O’zbekiston tarixi. Darslik. – T.: Yangi asr avlodi, 2022.
8.Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya. 2016.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I

4.

1-reja. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,
maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy
asoslari.

5.

Tarix fani insoniyatning o‘tmishi, aholining turmush tarzi, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga oid sodir
bo’lgan voqea va hodisalarni, insoniyatning barcha evolyutsion rivojlanish jarayonlarini o‘rganadi
Vatanimiz tarixi jahon tarixining ajralmas qismi
bo‘lib, u ajdodlarimizning bosib o‘tgan tarixiy
yo‘li, turmush tarziga oid ma’lumotlarni ma’lum
izchillikda
va
ketma-ketlikda
o‘rganadi.
O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish orqali biz
ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi xususida
tushunchalarga ega bo‘lish barobarida, ularning
jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotiga qo‘shgan
hissalari haqida zarur ma’lumotlarga ega
bo‘lamiz.
Tarix xususida xolis ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun
fanning predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilab olish
muhim ahamiyatga ega. Zero, hozirgi kunda tarixchilar
oldida turgan muhim masalalardan biri bu, o‘zbek xalqi
va uning davlatchilik tarixini fanning predmeti va uni
o‘rganish ob’ektidan kelib chiqib, ma’lum nazariymetodologik tamoyillarga suyangan holda haqqoniylik,
xolislik asosida yoritishdan iboratdir.
Tarix fani ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar
kabi mustaqil fan hisoblanadi. U barcha fanlar
qatori alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib,
ijtimoiy-gumanitar va boshqa ayrim fanlar bilan
uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.
U o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘tmish haqida saboq beradi,
insonlarni sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida
kerakli xulosalar chiqarishga undaydi, kishilarni
ajdodlarimizning o‘tmishdagi hayot tarzini, ular
yaratgan moddiy va ma’naviy merosini qadrlashga
undaydi.

6.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish
Bugungu kunda yaqin va uzoq tariximiz bilan birgalikda, tarixning eng yangi
davrini ham o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi
O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishning ahamiyati shundaki, bunda
biz nafaqat mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilsohot va o’zgarishlar haqida
malumotlarga ega bo’lamiz yoki o’rganamiz.
Buyuk kelajak bilan bog‘liq istiqboldagi strategik maqsadlarimizni ham teran
anglaymiz.

7.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining obekti
Tarix fanida obekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy
mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog’liq
jarayonlar bo’lib, ular voqea va xodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab
oladi. O’zbekistonning eng yangi tarixi fani obekti mustaqillik yillarida sodir
bo’lgan barcha voqea va hodisalardir
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti
O‘zbekistonning eng yangi tarixining predmeti mustaqillik yillarida
O’zbekistonda sodir bo’lgan jamiki voqea-hodisalar, ulardagi
umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar,
umuman, O’zbekiston tarixidagi barcha tarixiy jarayonlarni
o’rganishdir.

8.

“O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANINING
USLUBIY TAMOYILLARI”
Tarixiylik tamoyili
Xolislik tamoyili
Manbalar bilan asoslanganlik tamoyili
O‘zbekiston tarixining mintaqa va jahon
tarixi bilan bog‘liqligi tamoyili
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
8

9.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi
O‘zbekiston tarixini o‘qitish orqali o‘quvchilar yurtimiz hududida
kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni mustaqil tahlil qilishga
o‘rganadi, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va
oqibatlarini tushunib hamda ochib berish orqali yoshlarning ilmiy
dunyoqarashlarini shakllantirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy
salohiyatlarini yuksaltirish ajdodlar an’analariga sadoqat, milliy
o‘zlikni anglashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib belgilanadi.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
9

10.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining vazifalari
O‘zbekiston tarixi fani jahondagi ilg‘or, taraqqiyparvar, demokratik
kuchlar hamda davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida
xalqimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash madaniyatini
shakllanti-rish, taraqqiyotning umum e’tirof etilgan tamoyillariga
asoslangan yo‘llarini to‘g‘ri belgilab olishga ko‘maklashish, o‘tmish
xatolarini takrorlamaslik, ulardan zarur saboqlar chiqarish, taraqqiyotga,
millat kelajagiga xavf soluvchi asosiy omillarni oldindan ko‘ra olish va
ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, qo‘shni va dunyo xalqlari bilan
hamjihatlikda, tinch totuv yashashini ta’minlash.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
10

11.

2-reja. O‘zbekiston tarixini davrlarshtirish masalasi.

12.

O‘ZBEKISTON TARIXINI DAVRLASHTIRISH
Tarixchi olimlar o’tmishni ma’lum bir davrlarga bo’lganlar. Bu davrlar inson tarixida
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar taraqqiyot bosqichlari bilan bog’liq. Xususan,
O’zbekiston tarixi 5 ta davrga bo’lingan. Ular quyidagilar:
• Eng qadimgi davr: Miloddan avvalgi 1 mln. – milodiy IV asr oxirigacha
• O‘rta asrlar davri: V – XIX asr boshlari
• Turkiston Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida: XIX asr o’rtalari – XX asr boshlari
• O’zbekistonda sovetlar hukmronligi davri: 1917-1991 yillar
• Mustaqillik davri: 1991-yildan boshlab
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
12

13.

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXINI
DARLASHTIRISH
O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrini bizningcha, O’zbekiston Respublikasining
mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’lining mazmun-mohiyati, o’rni va
xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkin:
O’zbekistonning mustaqillikka erishish ostonasi davri – 1989-1991 yillar
Milliy davlatchilik asoslari va bozor iqtisodiyotining shakllanish davri – 1991-2000 yy.
Faol ijtimoiy-iqtisidiy yangilanishlar va modernizatsiyalar davri – 2000-2010 yillar
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada
chuqurlashtirish bosqichi – 2010-2016 yillar
5. Yangi O’zbekiston va uning strategik taraqqiyoti davri 2016 yildan hozirgi kungacha
1.
2.
3.
4.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
13

14.

O‘zbekiston tarixiga oid asosiy yozma manbalar
• Avesto
Qadimgi Eron va Hind manbalari
Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»
Yunon va Rim manbalari:
Xeradot «Tarix»
Kvint Kursiy Ruf «Buyuk Iskandar tarixi»
Arrian Flaviy «Iskandarning yurishlari»
Pompey Trog «Filipp tarixi»
Gay Pliniy Sekund «Oddiy tarix»
Polibiy «Umumiy tarix»
Strabon «Geografiya»
Ptolomey Klavdiy «Geografiya»
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
• Xitoy manbalari:
Sima syan «Shi szi» - («Tarixiy
esdaliklar»)
Byan Gu «Syan Xan shu» - («Avvalgi xan
sulolasining tarixi»)
Li Yan-shou «Bey shu» («Shimoliy
sulolalar tarixi»)
Fan Xua «Xou Xan shu» («Keyingi xan
sulolasi tarixi»)
14

15.


IX-XII asr arab tilidagi manbalar:
Muhammad Muso al Xorazmiy «Kitob at-tarix» - («Tarix kitobi»)
Madoiniy Abluhasan Ali ibn Muhammad «Kitob al mag‘oziy» («Urushlar haqida kitob»)
Al-Ya’qubiy «Kitob al buldon» («Mamlakatlar haqida kitob»)
Balazuriy «Kitob futuh al-buldon» («mamlakatlarni zabt etilishi»)
At-Tabariy «Tarixi ar-rusul va-muluk» («Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi»)
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor ul-boqiya an al-qurun an-holiya»)
Mahmud Qoshg‘oriy «Devonu lug‘at at-turk» («Turkiy so‘zlar lug‘ati»)
XIII-XIV asr fors tilidagi manbalar:
Narshaxiy «Buxoro tarixi»
Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma»
Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»
Mirzo Ulug‘bek «To‘rt ulus tarixi» («Tarixi arba’ ulus»)
O‘zbek tilidagi manbalar:
Yusuf Xos Xojib Bolasog‘uniy «Qutadg‘u bilik» («Saodatga yo‘llovchi bilim»)
«Temur Tuzuklari»
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» («Vaqoyi’»)
Muhammad Solih «Shayboniynoma» va boshqalar
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
15

16.

Yordamchi tarix fanlar
• Arxeologiya
• Antropologiya
• Etnografiya
• Lingvistika
• Epigrafika
• Numizmatika
• Xronologiya
• Geneologiya
• Manbashunoslik
• va boshqalar
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
16

17.

3-reja. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy
xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.

18.

2018 yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Milliy universitetida oliy o‘quv yurtlari
va
ilmiy-tadqiqot
muassasalari
rahbarlari,
akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan
uchrashuv o‘tkazdi, unda u tarixni o‘rganishning
muhimligini ta’kidladi
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
18

19.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Shavkat Mirziyoev ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy
xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risida fikr bildirib, mustaqillik yillarida
haqqoniy tariximizni o‘rganish borasida ko‘plab ilmiy va nazariy xulosalarni
berib kelmoqda. Bu borada o‘z fikr mulohazalarini bildirgan Prezidentimiz
quyidagilarni qayd etadi: ”Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan
davrlarda arxeologik tadqiqotlar etarli darajada olib borilmadi. Shuning
uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari
faoliyatini, oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet
ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur”.
Prezident
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
19

20.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Tarix fani va unga oid bilimlar jamiyat manfaatlariga, insonlarning ma’naviy dunyosiga ijobiy
ta’sir qilishi, kishilarda tarixiy xotira, ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘ota olishi
lozim. Bu borada o‘z fikrlarini bayon qilgan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2018 yil 28
dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomada, oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga
oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur.
Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini
kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz
lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy
qarashlardan xoli bo‘lishi zarur, degan edi.
Aynan ushbu Murojaatnomada xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyatini keng
jamoatchilikka etkazish hamda jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi negizida “O‘zbekiston tarixi telekanali” ni tashkil qilish taklifini ilgari
surgan edi. Mazkur taklif asosida 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ushbu telekanal o‘z ish
faoliyatini boshladi.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
20

21.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi
2020
yilda Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomada Prezident Shavkat
Mirziyoev “bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: Biz buyuk tarix, buyuk
davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz – hech qachon mehnatdan
qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan,
azmu shijoatli buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, yakdil va ahil
bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har
qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tarixning yangi sahifasini
yaratishga qodirmiz. Bu yo‘lda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar bo‘lmasin,
barchasini mardona engib o‘tishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga
Yaratganning o‘zi, buyuk ajdodlarimizning pok ruhlari madadkor bo‘ladi, deb
ishonaman, deganligi yanada ahamiyatli bo‘ldi.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
21

22.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Xalqimiz
yangi tarixining muhim voqelaridan biri sifatida Prezidentimiz
tashabbusi bilan poytaxt Toshkent shahrining Olmazor tumanida ikkinchi jahon
urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “G‘alaba
bog‘i”, “Shon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi”, “Mangu jasorat”
monumenti barpo etildi. Mazkur ulug‘vor majmuaning barpo etilishi xalqimiz
tarixining hamda shonli o‘tmishining yorqin namunasi bo‘ldi. CHunki
o‘zbekistonliklar ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan yakunlanishida ulkan
hissa qo‘shdilar. Lekin shu paytgacha bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib
beradigan yaxlit majmua hali respublikamizda yo‘q edi. Davlatimiz ilmiy-ijodiy
jamoatchiligining takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tez orada
alohida badiiy-me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya asosida
g‘alaba sharafiga ulug‘vor va betakror majmua bunyod etildi.
O ’Z B E K I S TO N TA R I X I
22
English     Русский Rules