Similar presentations:
Jamoa shartnomasi taqdimot
1.
Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasiQoshtepa tuman bo‘linmasi kengashi
Raxmonov Dilshod Orinboyevichning
"Jamoa shartnomasi loyihasini muhokama
qilish va qabul qilish"
mavzusidagi
Taqdimoti
2.
“Biz inson va mehnat huquqlarinihimoya qilish, xodimlarning
ijtimoiy himoyasini ta’minlash
bo‘yicha barcha zarur sharoitlarni
yaratdik va buning uchun
mustahkam huquqiy asoslar ishlab
chiqdik. Bu — yangi O‘zbekiston
taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishidir.”
SH. Mirziyoyev
3.
JAMOA SHARTNOMASI TUSHUNCHASIJamoa shartnomasi —
ish beruvchi bilan
xodimlar o‘rtasidagi
mehnatga oid,ijtimoiyiqtisodiy va kasbga oid
munosabatlarni tartibga
soluvchi normativ
huquqiy hujjat.
Jamoa shartnomasi
xodimlar manfaatlarini
himoya qilishga xizmat
qiladi.
Shartnoma xodimlar
huquqlarini kengaytirishi
mumkin, ammo
cheklashga yo‘l
qo‘yilmaydi.
4.
JAMOA SHARTNOMASINING MAQSADIJamoa shartnomalari hodimlar bilan ish
beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini
shartnoma asosida tartibga solishga va ularning
ijtimoiy – iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga
yordam berish maqsadida tuziladi, chunki amaldagi
qonun hujjatlarida hodimlarning huquq va kafolatlari
borasidagi faqat eng kam miqdoridagi ijtimoiy
zarurat belgilab beriladi
5.
JAMOA SHARTNOMASI QACHON TUZILADITashkilotda kasaba uyushmasi yoki
xodimlar vakillari mavjud bo‘lsa
Amaldagi shartnoma muddati
tugayotgan bo‘lsa
Mehnat sharoitlarida muhim
o‘zgarishlar yuz bersa
Xodimlar yoki ish beruvchi tashabbusi
bilan
6.
JAMOA SHARTNOMASI TUZISH TARTIBIRo’yhatdan
o’tkazish
TARAFLARDAN
BIRINING
TASHABBUSI
JAMOA
SHARTNOMASI
Ekspertiza
7.
БОШЛАНГИЧ КАСАБА УЮШМА КУМИТАСИНИНГ ЙИГИЛИШИҚўштепа тумани 1-умумий урта таълим мактаби касаба уюшмаси қўмитаси йиғилишининг
БАЁНИ №14
2025 йил 23 декабрь
Олтиарик ш.
Касаба уюшмаси қўмитаси аъзолари сони – 5 киши.
Иштирок этдилар:
Қўмита аъзолари: Н.Акболаева, Ш.Махмудов, У.Муродов, М.Акбарова,
Таклиф этилганлар: касаба уюшмаси фаоллари (рўйхат бўйича).
Раислик қилувчи: И.Юсупова – касаба уюшмаси қўмитаси раиси
КУНТАРТИБИ:
1. Қўштепа тумани 1-умумий урта таълим мактабининг 2026-2028 йиллар учун жамоа шартномасини тузиш юзасидан иш берувчи билан
музокараларни ташкил этиш тўғрисида.
ЭШИТИЛДИ:
1. Қўштепа тумани 1-умумий урта таълим мактабининг 2026-2028 йиллар учун жамоа шартномасини тузиш юзасидан иш берувчи билан
музокараларни ташкил этиш тўғрисида.
Мазкур масала юзасидан А.Мамажонов, Ш.Қосимова сўзга чиқдилар.
ҚАРОР ҚИЛИНДИ:
1. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 60-моддасига биноан 2026-2028 йиллар учун янги жамоа шартномасини тузиш юзасидан
музокаралар бошлаш таклифи иш берувчига расман киритилсин.
2. Иш берувчига Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 49- ва 62-моддасига биноан музокаралар олиб бориш ва жамоа шартномаси
лойиҳасини тайёрлаш учун тенг ҳуқуқлилик асосида тегишли ваколатларга эга бўлган ҳар тарафдан уч кишидан иборат ижтимоий-меҳнат масалалари
бўйича икки томонлама комиссия тузиш таклиф этилсин.
3. Касаба уюшмаси қўмитаси томонидан музокаралар олиб бориш учун қуйидаги таркибда ижтимоий-меҳнат масалалари бўйича комиссия тавсия
қилинсин:
8.
1. С.Камбарова2. А.Бахтиозина
3. М.Дадахонова
Касаба уюшмаси қўмитаси аъзоси;
Касаба уюшмаси қўмитаси аъзоси;
Касаба уюшмаси қўмитаси аъзоси;
4. Иш берувчи вакилларининг шахсий таркиби, музокараларнинг муддати, ўтказиладиган жойи ва кун тартибини иш
берувчининг буйруғи билан тасдиқлаш мақсадга мувофиқ деб ҳисоблансин.
5. Жамоа шартномаси лойиҳасини тайёрлаш учун музокаралар олиб борувчи комиссия ишини ҳар ҳафтанинг
Сешанба куни Қўштепа тумани 1-умумий урта таълим мактаби кичик мажлислар залида ўтказилиши,
музокараларни 2 ой давомида олиб бориб, жамоа шартномасини феврал ойида имзолаш таклифи киритилсин.
Қарор бир овоздан қабул қилинди.
Касаба уюшмаси қўмитаси раиси
Б.Парпиев
9.
TARAFLARNING BIRINI TASHABBUSI1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori M.Yunusovaga
Qoshtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi
qo‘mitasi 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 62-moddasiga binoan 2026-2028 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlashni taklif
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 62-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash
uchun teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan har tarafdan uch kishidan iborat vakillar tarkibida komissiya tuzishni taklif
etamiz.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan muzokaralar olib borish uchun quyidagi vakillar tavsiya qilinadi:
1. S.Qambarova
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
2. A.Baxtiozina
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
3. M.Dadaxonova
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o‘tkaziladigan joyi va kun tartibini buyruq bilan tasdiqlash maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz.
O‘z tomonimizdan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya ishini har haftaning
seshanba yoki shanba kunlari Sizlarga qulay bo‘lgan vaqtda, maʼnaviyat xonasida o‘tkazilishini, muzokaralarni 1 oy davomida olib borib,
jamoa shartnomasini mart oyida imzolashni taklif qilamiz.
Boshlang‘ich kasaba uyushmasi
qo‘mitasi raisi:
B.Parpiyev
10.
KOMISSIYA TUZISH1-umumiy o‘rta taʼlim makabining
№ ____-sonli BUYRUG‘I
2026 yil 5 yanvar
Qoshtepa tumani
2026-2028 yillar uchun jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha muzokaralarni tashkil etish to‘g‘risida
1. 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 62-moddasiga binoan 2026-2028
yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan xodimlar va ish beruvchi vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 62-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun teng huquqlilik asosida tegishli
vakolatlarga ega bo‘lgan har tarafdan uch kishidan iborat quyidagi vakillar tarkibida komissiya tasdiqlansin:
Ish beruvchi vakillari:
1. F.Abdurahimova
kadrlar bo’yicha menedjer
2. R.Shodmonova
-O’IBDO’
3. D.Tojiyev
XIBDO’
Hodimlar vakillari:
1.
S.Qambarova
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
2.
A.Baxtiozina
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
3.
M.Dadaxonova
-
kasaba uyushma qo’mita a’zosi, o’qituvchi
Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiyaga:
2026 yilning 1-fevralgacha bo‘lgan davrda o‘z ishini har haftaning seshanba va shanba kunlari, soat 13.00 dan 15.00 gacha maktabning maʼnaviyat xonasida tashkil etish;
jamoa shartnomasiga kiritish uchun takliflar yig‘ish;
jamoa shartnomasi loyihasini ishlab chiqib, uni muassasada muhokama qilish uchun hamda tuman taʼlimva fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo’linmasi kengashiga ekspertiza
uchun taqdim etish;
tushgan takliflarni inobatga olib, loyihani ishlab takomiliga yetkazish va mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritish topshirilsin.
4. Komissiya aʼzolariga muzokaralarni olib borish vaqtida o‘rtacha ish haqi hamda jamoa shartnomasi bilan belgilab qo‘yilgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
Maktab direktori :
________ M.Yunusova
Kasaba uyushma qo’mita raisi:
________B.Parpiyev
11.
JAMOAVIY MUZOKARALAR TUSHUNCHASIJamoa shartnomasi faqat jamoaviy
muzokaralar orqali tuziladi.
ish beruvchi
Muzokaralarda
Tomonlar teng huquqli hisoblanadi
xodimlar vakillari
(kasaba
uyushmasi)
ishtirok etadi
12.
MUZOKARALARNI BOSHLASH TARTIBITomonlardan biri yozma taklif bilan
chiqadi
Ikkinchi tomon muzokaralarni
boshlashdan bosh tortishga haqli emas
Muzokaralar belgilangan muddatda
boshlanishi shart
Zarur axborot va hujjatlar taqdim
etiladi
13.
"Jamoa shartnomasi loyihasini muhokamaqilish va qabul qilish"
Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi:
65-modda — jamoa shartnomasi tushunchasi
67-modda — jamoa shartnomasining
mazmuni va tuzilishi
69modda — jamoa Shartnomasining loyihasini
muhokama qilish
70-modda — Jamoa shartnomasini tuzish
tartibi
14.
LOYIHAGA KIRITILADIGAN ASOSIY NORMALARJamoa shartnomasida quyidagilar belgilanishi
mumkin (va ko‘p hollarda shart):
Ish vaqti rejimi va uni hisobga olish (MK 191 -200-moddalar)
Dam olish vaqti (MK 201-212-moddalar).
Ta’tillar (MK 213-242-moddalar)
Mehnatga haq to’lash (MK 243-268-moddalar)
kafolatli to’lovlar va kompensatsiyalar (MK 279-294-moddalar)
Mehnat intizomi (MK 295-311 moddalar)
Hodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni
malakasini oshirish (MK 367-391 moddalar)
15.
JAMOA SHARTNOMASI LOYIHASII. UMUMIY QOIDALAR
II. MAKTABNING IQTISODIY FAOLIYATI BO‘LIMI
1.Tashkilot faoliyatini yaxshilash maqsadida Ish beruvchi:
Tashkilot muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi ko‘tarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini oshirish, ish haqi va unga
tenglashtirilgan toTovlarni amaldagilariga nisbatan pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
ijtimoiy, iqtisodiy va mehnat munosabatlariga oid masalalarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish;
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillarini Maktab boshqaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;
ish beruvchi bilan xodimlarning manfaatlari nuqtai nazaridan doimiy muloqotda bo‘lish, masalani ijobiy hal qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda tuman
(shahar) kasaba uyushmasi kengashiga zudlik bilan xabar berish;
3. Xodimlar:
o‘z mehnat vazifalarini halol bajarish, Ish beruvchining qonuniy farmoyishlari va buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
mehnat huquqlari buzilayotgan yoki ahvoli og‘irlashayotgan paytda zudlik bilan maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini xabardor qilish majburiyatlarini o‘z
zimmasiga oladilar.
III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI BO‘LIMI
4.Xodimlarning mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olmay turib ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l
qo‘yilmaydi (MK. 164 - modda)
6. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga
o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Maktabdagi kapital ta’mir, karantin e’lon qilinishi (turli yuqumli kasalliklarning yuqish havfi oshishi), Anomal sovuq, Anomal issiq, xodimga ishlashi uchun
sharoit yo‘qligi, misol uchun, “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchilariga sport zalini bo‘lmasligi yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra xodimning aybisiz ishning
vaqtincha to‘xtatilishi BEKOR TURIB QOLISh deb hisoblanadi. Bu holatda xodimlarga majburiy tarzda ish haqi saqlanmagan ta’til berilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
7. Mehnat kodeksining 266 - moddasiga ko‘ra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy
sabablarga ko‘ra ishni vaqtincha to‘xtatib turish) xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan
tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.
16.
JAMOA SHARTNOMASI LOYIHASIIV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
8. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Xodimlarni kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi:
tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish zaruriyati
yuzaga kelganda;
o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetmaganda, bunda pedagoglar faqat funksional vazifalaridagi ishlarga jalb qilinishi
mumkin.
Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
bilan kelishib qabul qilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi (MK.217-modda).
9. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uch ish kunidan iborat ijtimoiy ta’tillar berish haqidagi iltimosini qanoatlantiradi:
xodimning yoki uning farzandini nikoh to‘yi munosabati bilan;
bola tug‘ilishi munosabati bilan bolaning otasiga;
xodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan;
favqulotda vaziyatlarda.
Shu kabi ijtimoiy ta’tillar berilgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Shuningdek mazkur ta’tillar navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritiladi (MK. 238modda).
Yaqin qarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi va uning turmush o‘rtog‘i hisoblanadilar.
17.
JAMOA SHARTNOMASI LOYIHASIV.MEHNATGA HAQ TO‘LASH.
KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
10. Maktabda oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari
va miqdorlari o‘rnatiladi:
qorovullarga tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to‘lanadi;
ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun -2 baravar miqdorda haq to‘lanadi;
xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini
ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi,
lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2012 yil 18 oktabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi
to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi) ;
xodimlarga yillik mehnat ta’tiliga chiqish oldidan sog‘liklarini tiklashlari uchun moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin;
ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun xojatxona farroshlarning lavozim maoshlariga 10 foiz
miqdorida kompensatsiya.
VI.MEHNAT INTIZOMI
11. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi, mehnat shartnomalari, lavozim yo‘riqnomalari, odob-ahloq
qoidalari, Maktab Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlanishini va nazorat qilinishini taraflar o‘z
zimmasiga oladilar.
Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar xodimlarga tanishtirilishi Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari
bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas.
18.
JAMOA SHARTNOMASI LOYIHASIVII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI
12. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga yetkazilgan
ziyonning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik j avobgarlikdir.
Bunda Ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi,
xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan Ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori
jabrlangan Xodimning o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan bir yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
Ish beruvchining majburiyatlari:
Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazishi va o‘qitishi, malakasi oshirilishi va
bilimlari tekshirilishini tashkil etadi (MK.362 -modda).
Maktabni kuz - qish mavsumida ishlashga, Anomal sovuq yoki Anomal issiqqa tayyorlash bilan bog‘liq barcha tadbirlarni har
yili 25 avgust va 1 oktabrgacha bajarilishini ta’minlaydi hamda sanitariya-maishiy binolarining uzluksiz ishlashini va ularning
tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada
kamida ikki soat ish vaqt ajratadi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qoladi.
IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR
19.
JAMOA SHARTNOMASI LOYIHASIX. XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH. ISHNI TA’LIM BILAN
BIRGA OLIB BORUVCHI XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR
XI. MADANIY-MA’RIFIY ISHLAR, JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISH, MEHNATKASHLAR VA ULARNING
OILA A’ZOLARINI SOG‘ LOMLASHTIRISH
XII. AYOLLAR MEHNAT INI TARTIBGA SOLISH. AYOLLAR VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISH BILAN MASHG‘UL
SHAXSLARGA BERILADIGAN QO‘SHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR
XIII. YOSHLAR UCHUN QO‘SHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR
XIV. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH
XV. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI
XVI. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHLNI NAZORAT QILISH
XVII. JAMOA SHARTNOMASI MAJBURIYATLARINING BUZILISHL YOKI ULARNI BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK
20.
LOYIHANI ISHLAB CHIQISH VA MUHOKAMA QILISHMaxsus ishchi komissiya tuziladi
Avvalgi jamoa shartnomasi ijrosi tahlil qilinadi
Xodimlarning taklif va ehtiyojlari o‘rganiladi
Loyiha bosqichma-bosqich shakllantiriladi
Loyiha bo‘limlar va yig‘ilishlarda muhokama
qilinadi
21.
UMUMIY YIG‘ILISH VA QABUL QILISHMehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi
o‘tkaziladi;
Loyiha muhokama qilinadi;
Ekspertizaga kiritiladi;
Ishlab takomiliga yetkaziladi;
Mehnat jamoasining umumiy yig’ilishida
muhokama qilinadi;
Umumiy yig’ilishda maqullangandan
so’ng qaror qabul qilinadi;
Qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi;
Uch kun ichida imzolanadi;
Ro’yhatdan o’tkaziladi
22.
IMZOLASH VA IJROJamoa
shartnomasi
ish beruvchi va
xodimlar
vakillari
tomonidan
imzolanadi
Imzolangan
kundan
kuchga kiradi
Ijrosi ustidan
doimiy nazorat
olib boriladi
Hisobotlar
eshitiladi
23.
XULOSA VA AMALIY AHAMIYATIJamoa shartnomasi xodimlar huquqlarining muhim
kafolatidir
Mehnat muhitida adolat va barqarorlikni ta’minlaydi
Ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlaydi
Samarali mehnat munosabatlariga xizmat qiladi
Hodimlarning ijtimoiy – iqtisodiy huquq manfaatlarini
himoya qiladi
marketing