Similar presentations:
3a-AMALIY MASHG'ULOT TMM
1. 2-AMALIY MASHGʻULOTI. Ish joyining mehnat sharoitlari boʻyicha mehnat jarayonini og'irligi koʻrsatkichlari ta'sirini integral
TRASNPORTDA MEHNAT MUHOFAZASIFani boʻyicha
2-AMALIY MASHGʻULOTI.
Ish joyining mehnat sharoitlari boʻyicha mehnat jarayonini
og'irligi koʻrsatkichlari ta'sirini integral balli baholash hisobi
61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (transport)
2.
Kasbiy mahoratga ega (professional) ishchi–xodimlar guruhiningbajaruvchi mehnatining zo‘riqishli darajasini baholash mehnat faoliyatini
va uning struktura tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi, bunda kamida bir
hafta davomida xronometraj tavsifidagi kuzatishlar yo‘li bilan butun ish
kunining dinamikasi o‘rganiladi. Bunda amalga oshiriluvchi tahlil
noqulay asab–emotsional holatning (zo‘riqish) yuzaga kelishini darakchi
sifatida belgilab beruvchi butun ishlab chiqarishga oid omillar (turtkilar,
qo‘zg‘atuvchilar) majmuasini hisobga olishga asoslanadi.
Mehnat jarayonida barcha omillar (ko‘rsatkichlar) miqdoriy va sifat
jihatidan ifodalanish tavsifiga ega hisoblanadi va yuklamalar turlari
bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratildi: ya’ni, intellektual, sensor tabiatiga
ega, emotsional, bir xillikdagi (monoton), rejim tipidagi yuklamalar.
3.
«Ishning tarkibi» bajarilishi belgilangantopshiriqning
ko‘rsatadi:
murakkablik
ya’ni,
oddiy
darajasini
vazifalarni
bajarishdan tortib ishni bajarish tartibi
ketma–ketligi (algoritm) mavjud bo‘lmagan
sharoitda murakkab tavsifdagi topshiriqni
bajarish uchun ijodiy (evristik) yondashuv
asosida ish bajarishgacha darajalarni nazarda
tutadi.
4.
Nisbatan oddiy hisoblangan topshiriqlarni laborantlar bajarishi belgilanadi(mehnat sharoitlarining 1–sinfi), oddiy topshiriqlarni tanlash (mavjud ko‘rsatmalar
bo‘yicha) asosida bajarishni talab qiluvchi faoliyat esa tibbiy hashiralar, telefon
aloqasi mutaxassislari, telegraf mutaxassislari va hakozo kasb bilan
shug‘ullanuvchilar uchun xos hisoblanadi (2–sinf). Oldindan ma’lum bo‘lgan
algoritm bo‘yicha hal qilinuvchi murakkab vazifalar (ko‘rsatmalar seriyalar bo‘yicha
bajariluvchi ishlar) rahbarlik ishi, ishlab chiqarish korxonalarida ustalar, transport
vositalari haydovchilari, aviadispetcherlar va boshqalar uchun xos faoliyat
hisoblanadi (3.1–sinf). U yoki bu darajadagi evristik (ijodiy) faoliyatni talab qiluvchi,
tarkibi bo‘yicha nisbatan murakkab ishlar ilmiy xodimlar, konstruktorlar, turli xil
sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan shifokorlar uchun xos faoliyat hisoblanadi (3.2–sinf).
«Signallarni (axborotlarni) qabul qilish va ularni baholash» – mehnat
jarayonining qarab chiqilayotgan omili bo‘yicha signallarni (axborotlarni) qabul
qilish va navbatdagi bosqichda harakatlarga tuzatishlar kiritish bilan birgalikda
keltirilgan 2–sinfga oid operatsiyalarni (lobarantlarga tegishli ishlar) bajarishni
nazarda tutadi.
5.
Signallarnibosqichda
qabul
mavjud
qilish
navbatdagi
ko‘rsatkichlar
(axborotlar) qiymatlarini talab qilinuvchi
nominal
darajadagi
qiymatlar
bilan
solishtirish asosida faoliyat yuritish tibbiyot
hamshiralari telefon aloqasi mutaxassislari,
telegraf aloqasi mutaxassislari va boshqa
shunga
o‘xshash
kasblar
bilan
shug‘ullanuvchilar (3.1–sinf) faoliyatida
qayd qilinadi.
6.
Mehnat faoliyati signallarni qabul qilish va navbatdagi bosqichda ishlabchiqarishga oid barcha ko‘rsatkichlarni (axborotlarni) majmuaviy baholash talab
qilinuvchi mehnat faoliyati qarab chiqilsa, u holda zo‘riqish darajasi bo‘yicha ushbu
turdagi mehnat faoliyati 3.2–sinfga kiritiladi (ya’ni, ishlab chiqarish korxonasi
rahbari, transport vositalari haydovchilari, aviadispetcherlar, shifokorlar, ilmiy
xodimlar va boshq.).
«Topshiriqning murakkablik darajasi bo‘yicha funksiyalarning taqsimlanishi».
Har qanday mehnat faoliyati ishchi–xodimlar o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi
bilan tavsiflanadi. Mos ravishda, ishchi–xodimlarga qanchalik ko‘p miqdorda
funksiyalar yuklatilgan bo‘lsa, uning bajarayotgan mehnat faoliyatining zo‘riqtiruvchi
ta’siri shunchalik darajada yuqori bo‘lishi qayd qilinadi.
7.
Shunday qilib, ishlov berish va aniq topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirilgan,tarkibi oddiy funksiyalardan tashkil topgan mehnat faoliyati mehnatni bajarishda
zo‘riqishning sezilarli darajada yuqori bo‘lishiga olib kelmaydi. Bunday faoliyat
turlariga misol sifatida laborantlarning ishini (1–sinf) keltirish mumkin. Qayta
ishlash va navbatdagi bosqichda bajarilgan topriqlarni tekshirish amalga
oshiriluvchi mehnat faoliyatida zo‘riqish darajasi nisbatan ortishi qayd qilinadi (2–
sinf), bu tavsifidagi ish faoliyati tibbiyot hamshiralari, telefon aloqasi mutaxassislari
va shu kabi tavsifdagi kasblar bilan shug‘ullanuvchilar mehnat faoliyatida
kuzatiladi.
Qayta ishlash, tekshirish va bundan tashqari, bajariluvchi topshiriqlarni nazorat
qilish holatida ishchi–xodimlar tomonidan bajariluvchi funksiyalarning
murakkablik darajasi yanada ortishi va o‘z navbatida, mehnatning zo‘riqtiruvchi
ta’sir darajasi yuqori bo‘lishi yuzaga kelishi qayd qilinadi (ishlab chiqarish
korxonasi ustasi, telegraf aloqasi mutaxassislari, konstruktorlar, transport
vositalarining haydovchilari va boshq.; 3.1–sinf).
8.
Nisbatan murakkab funksiya – bu, dastlab tayyorgarlik ko‘rish va navbatdagibosqichda topshiriqlarning boshqa shaxslarga taqsimlanishi amalga oshirilishi (3.2–
sinf) bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat ishlab chiqarish korxonasining rahbariyati,
aviadispetcherlar, ilmiy xodimlar, shifokorlar va boshqalar uchun xos faoliyat
hisoblanadi.
«Bajariluvchi ishning tavsiflari» – ishning yakka tartibdagi bajarilishi holati
qarab chiqilishi vaziyatida mehnatning zo‘riqish darajasi yuqori bo‘lmasligini kabi
holatlarni nazarda tutadi (1–sinf: laborantlar). Agar, ishni bajarish qat’iy tartibda
belgilangan grafik asosida amalga oshirilsa va talab qilingan vaziyatlarda ushbu
grafik tarkibiga tuzatishlar kiritilishi mumkinligi e’tiborga olingan bo‘lsa, u holda
zo‘riqtiruvchi ta’sir darajasi nisbatan ortadi (2–sinf: tibbiyot hamshiralari, telefon
aloqasi mutaxassislari, telegraf aloqasi mutaxassislari va boshq.). Ishning bajarilishi
vaqt tanqisligi sharoitida amalga oshirilsa, u holda mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’siri
darajasi yana ham ortishi qayd qilinadi (3.1–sinf: ishlab chiqarish korxonasi ustasi,
ilmiy xodimlar, konstruktorlar).
9.
Nisbatan yuqori darajadagi zo‘riqish holati (3.2–sinf) vaqt va shuningdek,axborotlar tanqisligi sharoitida amalga oshiriluvchi ishlar uchun xos xususiyat
hisoblanadi. Bunda bajarilayotgan ishning yakuniy natijalari uchun yuqori
darajada ma’suliyat/javobgarlik belgilanadi (shifokorlar, ishlab chiqarish
korxonasi
rahbariyati,
transport
vositalarining
haydovchilari,
aviadispetcherlar).
1) «Oddiy topshiriqlarni yoki ko‘p sonda takrorlanuvchi operatsiyalarni
amalga oshirish uchun talab qilinuvchi tarkibiy elementlarning (usullar)
soni» – bu holatda, bajariluvchi usullarning soni qanchalik kam bo‘lsa, ko‘p
marta takrorlanuvchi yuklamalar bilan ifodalanuvchi mehnatning zo‘riqtirish
darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha
nisbatan yuqori zo‘riqtiruvchi ta’sir konveyer tipida mehnat sharoitlarida ish
bajaruvchi ishchi–xodimlar uchun xos xususiyat hisoblanadi (3.1–3.2–sinflar).
10.
2) «Ishlab chiqarishga oid oddiy topshiriqlarni yoki takrorlanuvchioperatsiyalarni bajarishning davomiyligi (s)» – bunda vaqt qanchalik qisqa
bo‘lsa, mos ravishda yuklamalarning bir xillik darajasi shunchalik yuqori
bo‘lishi qayd qilinadi. Ushbu ko‘rsatkich oldingisi kabi, nisbatan ko‘proq
darajada konveyer tipida mehnat sharoitlarida ish bajaruvchi ishchi–xodimlar
uchun xos xususiyat hisoblanadi (3.1–3.2–sinflar).
3) «Faol harakatlar vaqti (smena davomiyligiga nisbatan % hisobida).
Texnologik jarayonning borishini kuzatish «faol harakat» hisoblanmaydi.
Faol harakatlarni bajarish vaqti qanchalik kam bo‘lsa va shuningdek, ishlab
chiqarish jarayonining amalga oshishini kuzatish vaqti qanchalik ko‘p bo‘lsa,
mos ravishda yuklamalarning bir xillik darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi
qayd qilinadi. Ushbu ko‘rsatish bo‘yicha nisbatan yuqori darajadagi bir xillik
kimyoviy ishlab chiqarishni pult yordamida boshqaruvchi operatorlar uchun
xos xususiyat hisoblanadi (3.1–3.2–sinflar).
11.
4) «Ishlab chiqarish sharoitining bir xilligi (texnik jarayonning amalgaoshishini nofaol tarzda kuzatish vaqtining smena vaqtiga nisbati; % hisobida)» –
texnologik jarayonning amalga oshishini nofaol tarzda kuzatish vaqti qanchalik
katta qiymatga ega bo‘lsa, ish bajarishning bir xillik (monoton) darajasi shunchalik
yuqori bo‘lishi qayd qilinadi. Ushbu ko‘rsatkich, oldingisi kabi nisbatan ko‘proq
darajada operator tipidagi mehnat turlarida, kutish rejimida ish bajaruvchilar
faoliyatida (kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, elektrostansiyalar ishlashini pult
yordamida boshqaruvchilar, ishchilari va boshq.) namoyon bo‘ladi (3.2–sinf).
Sensor yuklamalar B.3–jadvalda keltirilgan.
«Diqqat–e’tibor bilan kuzatish davomiyligi (smena vaqtiga nisbatan %
hisobida)» – bunda, smena davomida diqqat–e’tibor bilan kuzatishga sarflangan
vaqt davomiyligi qanchalik yuqori % qiymatini tashkil qilsa, zo‘riqish darajasi
shunchalik yuqori bo‘lishi qayd qilinadi. Bunda umumiy smena vaqti davomiyligi
100% sifatida qabul qilinadi.
12.
Texnologik jarayonning amalga oshishini diqqat–e’tibor bilan kuzatish nisbatanko‘proq darajada operatorlik kasblarida: jumladan, telefon aloqasi mutaxassislari,
telegraf aloqasi mutaxassislari, aviadispetcherlar, transport vositalari haydovchilari
faoliyatida qayd qilinadi (ya’ni, smena vaqti davomiyligining 75% qismidan ko‘proq
qiymati kuzatiladi; 3.2–sinf). Ushbu ko‘rsatkichning nisbatan biroz past qiymatga ega
bo‘lishi (51–75%) shifokorlar faoliyatida kuzatiladi (3.1–sinf). Ushbu ko‘rsatkichning
25% dan 50% gacha oraliqda tebranishga ega bo‘lishi tibbiyot hamshiralari, ishlab
chiqarish korxonalari ustalari faoliyatida qayd qilinadi (2–sinf). Bu ko‘rsatkichning
eng past qiymatda bo‘lishi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, ilmiy xodimlar,
konstruktorlar mehnat faoliyatida kuzatiladi (1–sinf: smena umumiy davomiylik
vaqtining 25% igacha).
«1 soat ish bajarish davomida signallar va habar tipidagi ma’lumotlarning
(yorug‘lik, tovush) zichligi» – bunda qabul qilinuvchi va uzatiluvchi signallar
(habarlar, topshiriqlar) bandlik darajasini, ishchi–xodimlarning faoliyatining o‘ziga xos
spesifik jihatlarini baholash imkonini beradi.
13.
Qabul qilinuvchi va uzatiluvchi signallarning son miqdori qanchalik ko‘pbo‘lsa, zo‘riqish darajasi ortishiga olib keluvchi axborotlarga oid yuklamalar
shunchalik yuqori darajada bo‘lishi qayd qilinadi. Axborotlarning taqdim etilishi
shakli (uslubi) bo‘yicha signallar maxsus qurilmalar yordamida (yorug‘lik,
tovush signallarini uzatish qurilmalari, qurilmalar shkalalari, jadvallar, grafiklar
va diagrammalar, simvollar, matn, formulalalr va boshq.) va gapirish orqali
so‘zlar yordamida (telefon va radiofon aloqasi orqali, bevosita ishchi–xodimlar
bilan suhbatlashish orqali) uzatiluvchi turga ajratildi.
Amalga oshiriluvchi aloqa va signallarni uzatish nisbatan yuqori qiymatda
(300 tadan ortiq) quruqlikda faoliyat yurituvchi turli xil xizmatlar va samolyot
ekipajlari bilan o‘rnatiluvchi aloqa shaklida aviadispetcherlarda qayd qilinadi
(3.2–sinf).
Transport vositalarini boshqarish vaqtida ishlab chiqarish faoliyatida bu
ko‘rsatkich qiymati nisbatan pasroq bo‘lishi qayd qilinadi, ya’ni 1 soat davomida
o‘rtacha 200 ta atrofidagi signalar uzatilishi amalga oshiriladi (3.1–sinf).
14.
Ushbu sinfga telegraf aloqasi mutaxassislari faoliyati ham kiritiladi. Telefonaloqasi mutaxassislari faoliyatida 1 soat davomida 75 tadan 175 tagacha diapazonda
signallar kelib tushishi qayd qilinadi (ya’ni, bunda 1 soat davomida 25 tadan 150
tagacha abonentga xizmat ko‘rsatiladi). Tibbiyot hamshiralari va jonlantirish
bo‘limida ishlovchi shifokorlar (bemorning tezkor chaqirig‘i, bemorning holatini
monitor orqali signallar vositasida kuzatish) faoliyati ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2–
sinfga kiritiladi.
Signallar va habarlar uzatilishining nisbatan kam sonda bo‘lishi 1–sinfga mansub
laborantlar, rahbarlar, ustalar, ilmiy xodimlar, konstruktorlar faoliyatida qayd
qilinadi.
«Bir vaqtning o‘zida kuzatiluvchi ishlab chiqarish ob’ektlarining soni» – bir
vaqtning o‘zida kuzatiluvchi ishlab chiqarish ob’ektlarining soni ortishi bilan
bajariluvchi mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’sir darajasi ortishini ko‘rsatadi. Operator
turidagi ish faoliyati uchun bir vaqtning o‘zida kuzatish talab qilinuvchi ob’ektlar
sifatida turli xil indikatorlar, displeylar, boshqarish organlari, tugmachalar
jamlamasi (klaviatura) va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
15.
Bir vaqtning o‘zida kuzatish talab qilinuvchi nisbatan ko‘p sondagi (13tagcha) ob’ektlar aviadispetcherlar faoliyatida qayd qilinadi va bu turdagi kasbiy
faoliyat 3.1–sinfga kiritiladi, shuningdek bu ko‘rsatkich qiymati telegraf aloqasi
mutaxassislarida kuzatiladi, ya’ni bunda 8–9 tagacha teletayp bilan ishlash talab
qilinadi, bundan tashqari ushbu holat avtotrasport vositalari haydovchilarida
kuzatiladi (2–sinf). Bir vaqtning o‘zida 5 tagacha ob’ektlarni kuzatish telefon
aloqasi mutaxassislari, ustalar, rahbarlar, tibbiyot hamshiralari, shifokorlar,
konstruktorlar faoliyatida kuzatiladi (1–sinf).
«Diqqat–e’tibor davomiyligi (smena vaqti davomiyligiga nisbatan) sharoitida
ob’ektlarning o‘lchamlari farqlanishi». Diqqat–e’tibor bilan kuzatiluvchi predmet
(maxsulot, tarkibiy qismlar, raqamli va harfli axborotlar va boshq.) o‘lchamlari
qanchalik kichik bo‘lsa va kuzatish vaqti davomiyligi qanchalik uzoq bo‘lsa,
ko‘rish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklamaning qiymati shunchalik yuqori
bo‘lishi qayd qilindi.
16.
Mos ravishda mehnat faoliyatining zo‘riqish darajasini belgilab beruvchi sinfikattalashishi kuzatiladi. Ob’ektlarning o‘lchamlari asosida farqlanishi sifatidagi
qiymatlarni SMVQ 23–05–95 «Tabiiy va su’niy yoritilish» tarkibida ko‘rish
bilan bog‘liq ishlar kategoriyalaridan olish mumkin.
«Diqqat–e’tibor bilan kuzatish davomiyligini (ish smenasining umumiy
davomiylik vaqtiga nisbatan % hisobida) talab qiluvchi optik qurilmalar
(mikroskop, kattalashtiruvchi lupa va boshq.) bilan ishlash». Xronometraj
tavsifidagi kuzatishlar natijalari asosida optik qurilmalar bilan ishlash vaqti (soat,
minut) aniqlanadi. Ish kunining davomiyligi 100% deb qabul qilinadi va
mikroskop, lupa bilan diqqat–e’tibor asosida qayd qilingan ishlash vaqti ushbu
umumiy vaqtga nisbatan % hisobida ifodalanadi, ushbu holatda keltirilgan
vaqtning % qiymati qanchalik katta bo‘lsa, demak ko‘rish analizatoriga ta’sir
ko‘rsatuvchi zo‘riqishning rivojlanishiga olib keluvchi yuklama qiymati
shunchalik yuqori bo‘lishi qayd qilinadi.
17.
«Videoterminal ekranini kuzatish (ish smenasi davomida soat hisobida)». Ushbuko‘rsatkichga muvofiq, bevosita displey ekranida videoterminalni kuzatishdan
foydanuvchining bajaruvchi ish faoliyati bo‘yicha butun ish kuni davomida ma’lumotlarni
kiritish, matnlar va dasturlarni tahrirlar, harfli, raqamli, grafik axborotlarni ekranga
chiqarish va o‘qish bilan bog‘liq ishlarga sarflanuvchi vaqt qayd qilinadi. Ushbu qarab
chiqilayotgan holatda videoterminal ekranini kuzatishdan foydalanuvchi tomonidan
ekranni kuzatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga sarflanuvchi vaqt qiymati qanchalik katta
bo‘lsa, demak ko‘rish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi zo‘riqish yuklamasi va o‘z
navbatida, mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’siri darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi qayd
qilinadi.
18.
«Eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklamalar». Eshitshanalizatorining zo‘riqish darajasi gapirish tovushlarining intensivligi va ortiqcha
shovqinlar darajasi o‘rtasidagi nisbatlarning foiz hisobida ifodalanishi bo‘yicha
so‘zlarni ajratib olish darajasi asosida aniqlanadi. Bunda ortiqcha shovqinlar
mavjud bo‘lmagan sharoitda so‘zlarni farqlay olish darajasi 100% deb qabul
qilinadi – ya’ni, 1–sinfni tashkil qiladi. Gapirish davomida shovqinlar 10–15 dB
dan ortishi sharoitida va so‘zlarni farqlash darajasi 90–70% ga teng bo‘lishi yoki
3,5 metr masofa uzoqligidan gaplarni aniq eshitish mumkin bo‘lishi holati 2–sinf
sifatida belgilanadi.
19.
«Ovoz apparatiga ta’sir ko‘rsatuvchi zo‘riqishlar (hafta davomida so‘zlashvaqtining umumiy yig‘indisi; soat hisobida)». Ovoz apparatining zo‘riqish
darajasi gapirish yuklamalarining davomiylik vaqtiga bog‘liq hisoblanadi. Bunda
dam olmasdan, nisbatan uzoq vaqt davomiyligida gapirish faoliyatida ovoz
apparatining me’yoridan ortiqcha zo‘riqishi kuzatiladi.
Gapirish bilan bog‘liq mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda
(pedagoglar, bolalar muassasalari tarbiyachilari, vokalchilar, aktyorlar,
suhandonlar, ekskursovodlar va boshq.) nisbatan ushbu turdagi zo‘riqish darajasi
yuqori bo‘lishi qayd qilinadi (3.1– yoki 3.2–sinf). Bu ko‘rinishdagi zo‘riqish
yuklamalari nisbatan kamroq darajada ayrim kasbiy faoliyat turlarida
(aviadispetcherlar, telefon aloqasi mutaxassislari, boshliqlar va boshq.) kuzatiladi
(2–sinf). Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng past qiymatda bo‘lishi
lobarantlar, konstruktorlar, avtotransport vositalari haydovchilari kabi kasbiy
faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi (1–
sinf).
20.
Emotsional yuklamalar sharoitida yuzaga keluvchi zo‘riqishlar B.4–jadvaldakeltirilgan.
«O‘z faoliyati natijasi uchun javobgarlik darajasi. Yo‘l qo‘yilgan xatolarning
ahamiyati» – ishchi–xodimlarning turli xil murakkablik darajalari sharoitida amalga
oshiriluvchi o‘z mehnati natijalariga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
Bunda murakkablik darajasi ortishi bilan javobgarlik darajasi ham ortadi, ushbu
sharoitda yo‘l qo‘yiluvchi xatolar ishchi–xodimlar yoki butun jamoa tomonidan
qo‘shimcha kuchlar jalb qilinishiga olib keladi va o‘z navbatida, emotsional
zo‘riqish darajasi ham ortadi.
Ishlab chiqarish korxonasi rahbarlari va ustalari, aviadispetcherlar, shifokorlar,
avtotransport vositalari haydovchilari va boshqa kasblar uchun bajariluvchi ishning
yakuniy natijasi uchun javobgarlik darajasining eng yuqori bo‘lishi qayd qilinadi,
bunda yo‘l qo‘yilgan xatolar esa texnologik jarayonning to‘xtab qolishiga olib
kelishi, odamlar hayoti uchun xavfli vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi
mumkin (3.2–sinf).
21.
Agar, ishchi–xodim o‘ziga yuklatilgan asosiy topshiriq turi uchunjavobgarlikni o‘z zimmasiga olsa, yo‘l qo‘yilgan xatolar esa butun jamoa
tomonidan qo‘shimcha kuch bilan ishlashga olib kelsa, u holda ushbu qarab
chiqilayotgan vaziyatda emotsional yuklama nisbatan pastroq darajada bo‘lishi
(3–sinf) va kuzatilib, bu holat tibbiyot hamshiralari, ilmiy xodimlar,
konstruktorlar ish faoliyatida qayd qilinadi.
Javobgarlik darajasi qo‘shimcha topshiriqlarning sifat darajasi bilan bog‘liq
bo‘lishi kuzatiluvchi vaziyatda, yo‘l qo‘yiluvchi xatolar esa yuqorida turuvchi
rahbariyat (jumladan, brigada boshliqlari, smena boshliqlari va hakozo)
tomonidan qo‘shimcha kuch jalb qilinishiga olib keluvchi holatda ushbu
ko‘rsatkich qiymati bo‘yicha qarab chiqilganda emotsional zo‘riqish darajasi
yana ham pastroq darajada ifodalanishi qayd qilinadi (2–sinf): ya’ni, bu tipdagi
faoliyat telefon aloqasi mutaxassislari, telegraf aloqasi mutaxassislari ish
faoliyatida kuzatildi.
22.
Bundan tashqari qarab chiqilayotgan ko‘rsatkich qiymatining nisbatan pastbo‘lishi laborantlar ish faoliyatida kuzatiladi, bunda ishchi–xodimlarning
javobgarligi faqat ishlab chiqariluvchi yakuniy maxsulotning alohida tarkibiy
elementlarini bajarishdan tashkil topadi, ushbu sharoitda yo‘l qo‘yiluvchi xatolar
esa faqat ishchi–xodim tomonidan kuchlanish oshirilishiga olib keladi (1–sinf).
«Shaxsiy hayot uchun havf–xatar darajasi» va «Boshqa shaxslarning
xavfsizligi uchun javobgarlik darajasi» emotsional ahamiyatga ega bo‘lgan
omillarni ifodalaydi. Bir qator kasblarda (aviadispetcherlar, jonlantirish bo‘limi
shifokorlari va boshq.) javobgarlik faqat boshqa shaxslarning xavfsizligi va
shaxsiy havfsizlik (kosmonavtlar, uchuvchilar va boshq.) bilangina tavsiflanadi
(3.2–sinf).
Biroq, bir qator ishlar kategoriyalarida o‘zi uchun va shuningdek, boshqa
shaxslarning hayoti uchun tahdid soluvchi xavf–xatarning yuzaga kelish
ehtimolligi mavjud hisoblanadi (infeksionist–shifokorlar, avtotransport vositalari
haydovchilari va boshq.).
23.
Ushbu holatda emotsional yuklama darajasi sezilarli yuqori qiymatga egabo‘lishi kuzatiladi, shu sababli ushbu ko‘rsatkichlar alohida mustaqil tarzdagi
turtkilar sifatida baholanishi talab qilinadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar to‘liq
holatda mavjud bo‘lmagan bir qator kasblar ham qayd qilinadi (laborantlar, ilmiy
xodimlar, telefon aloqasi mutaxassislari, telegraf aloqasi mutaxassislari va
boshq.), ularning mehnat faoliyati zo‘riqish darajasi bo‘yicha 1–sinfga kiritiladi.
Turli xil rejimdagi ishlarda yuklamalar B.5–jadvalga keltirilgan.
«Ish kunining haqiqiy mavjud davomiyligi» – boshqa klassifikatsiyalardan
farq qilib, alohida mustaqil rubrika sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Bu holat shu bilan
bog‘liqki, ya’ni ish smenalari va ritmidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish
sharoitlarida haqiqiy mavjud ish kunining davomiyligi 6–8 soatgacha (telefon
aloqasi mutaxassislari, telegraf aloqasi mutaxassislari va boshq.), 12 soatgacha
va undan ortiq vaqtgacha (ishlab chiqarish korxonasi rahbariyati) tebranishi
kuzatiladi.
24.
Bir qator kasblarda ish smenasi davomiyligi 12 soat va undan ortiqvaqtni tashkil qiladi (shifokorlar, tibbiyot hamshiralari va boshq.).
Ishning davomiyligi qanchalik uzoq bo‘lsa, smena davomida
yuklamalaring umumiy yig‘indi qiymati shunchalik yuqori bo‘lishi va
o‘z navbatida, mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’siri yuqori bo‘lishi qayd
qilinadi.
«Ishning smenalari almashinishi» qarab chiqilayotgan ishlab chiqarish
korxonasida, tashkilotlarda mehnat tartibini reglament sifatida belgilab
beruvchi ishlab chiqarish ichidagi xujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda
tungi vaqt davomida ishning smenalari almashinishi muntazamlikka ega
bo‘lmaganligi bilan tavsiflanuvchi, eng yuqori qiymat 3.2–sinf bo‘yicha
kuzatiladi (tibbiyot hamshiralari, shifokorlar va boshq.).
25.
«Reglament sifatida belgilangan tanaffuslar mavjudligi va ularning davomiyligi(tushlikdagi tanaffusdan tashqari)». Qarab chiqilayotgan tashkilotda mehnatning
tashkil qilinishida ish vaqti hisobidan reglament sifatida belgilangan tanaffuslarning
kiritilishi ishchi–xodimlar organizmining funksional holatini yaxshilash imkonini
beradi va ularning bajarayotgan mehnat faoliyati ish unumdorligi yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi.
Tanaffuslar davomiyligining yetarli emasligi yoki reglament sifatidagi belgilangan
tanaffuslarning mavjud emasligi, ya’ni bunda ishlab chiqarish muhiti va mehnat
jarayoniga tegishli omillarning salbiy ta’siridan vaqt yordamida qisqa muddatli
himoyalash mavjud emasligi mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’sirini chuqurlashtiradi.
Ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va ustalarida reglament sifatida
belgilanmagan va davomiylikka ega bo‘lmagan tanaffuslardan (3.1–sinf) farq qiluvchi,
aviadispetcherlar, shifokorlar, tibbiyot hamshiralari va shu kabi kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi ishchi–xodimlarning mavjud ish rejimida reglament sifatida
belgilangan tanaffuslar mavjud emasligi qayd qilinadi (3.2–sinf).
26.
Shu bilan bir vaqtda, konstruktorlar, ilmiy xodimlar, telegraf aloqasi mutaxassislari,telofon aloqasi mutaxassislari va boshqa shu kabi kasbiy faoliyat turlarida
tanaffuslarning ahamiyati muhim o‘rin tutadi, biroq bunda ularning davomiylikka
yetarli hisoblanmasligi ta’kidlanadi (2–sinf).
Mehnat jarayonining zo‘riqtiruvchi ta’sirini umumiy baholash quyidagi ko‘rinishda
keltiriladi.
1) Qanday kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, B.1–B.5–jadvallarda
sanab o‘tilgan barcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bunda mehnat ta’sirida yuzaga
keluvchi zo‘riqishlarni umumiy baholash uchun qandaydir alohida tanlash asosidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2) Har bir ko‘rsatkich bo‘yicha alohida holatda mehnat sharoitlarining o‘z sinflariga
aniqlik kiritiladi. Bu holatda agar, tavsifi bo‘yicha yoki kasbiy faoliyatning o‘ziga xos
xususiyatlari bo‘yicha qandaydir ko‘rsatkichlar taqdim etilmagan bo‘lsa, u holda ushbu
ko‘rsatkich mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’siri yengil darajada bo‘lgan, ya’ni 1–sinfga
(optimal darajadagi) kiritiladi.
27.
Mehnatning zo‘riqtiruvchi ta’siri darajasini yakuniy tarzda baholashda quyidagi holatlargaaniqlik kiritiladi:
1) Agar, 17 ta yoki undan ortiq ko‘rsatkichlarning baholanishi 1–sinfga kiritilsa va qolgan
ko‘rsatkichlar esa 2–sinfga kiritilsa, u holda «optimal» (1–sinf) daraja sifatida belgilanadi.
Bunda 3–sinfga kiritiluvchi (ya’ni, zararli) ko‘rsatkichar mavjud hisoblanmaydi.
2) «Ruxsat etilgan» daraja (2–sinf) quyidagi holatlarda qayd qilinadi:
– 1 tadan 5 tagacha ko‘rsatkichlar zararlilik darajasi bo‘yicha 3.1–sinf va/yoki 3.2–sinfga
kiritilsa, qolgan ko‘rsatkichlar esa 1–sinf va/yoki 2–sinfga kiritilgan holatda ushbu daraja
belgilanadi;
3) «Zararli» hisoblangan 3–sinf 6 ta yoki undan ortiq ko‘rsatkichlar 3–sinfga kiritilgan
holatda qayd qilinadi.
Bunda 1–darajali zo‘riqishli mehnat (3.1) quyidagi holatlarda qayd qilinadi:
– 6 ta ko‘rsatkich faqat 3.1–sinfga kiritilsa, qolgan ko‘rsatkichlar 1–sinf va/yoki 2–
sinfga kiritilgan holatda;
– 3 tadan 5 tagacha ko‘rsatkichlar 3.1–sinfga kiritilsa, qolgan 1 tadan 3 tagacha
ko‘rsatkichlar 3.2–sinfga kiritilgan holatda;
28.
Mehnatning 2–darajali zo‘riqishga egaligi (3.2) quyidagi holatlarda qaydqilinadi:
6 ta ko‘rsatkich 3.2–sinfga kiritilgan holatda;
6 tadan ko‘p ko‘rsatkichlar 3.1–sinfga kiritilgan holatda;
1 tadan 5 tagacha ko‘rsatkichlar 3.1–sinfga kiritilsa, 4 tadan 5 tagacha
ko‘rsatkichlar 3.2–sinfga kiritilgan holatda;
4) Agar, 6 tadan ortiq ko‘rsatkichlar 3.2–sinfga kiritilishi orqali baholansa, u
holda mehnatning zo‘riqishli darajasi bitta daraja yuqori hisoblanadi – ya’ni, 3.3–
sinfga kiritiladi.
29.
Mehnatning og‘irligi va zo‘riqishli ta’sirini integral balli baholashIshchi muhitining har bir omiliga bog‘liq holatda, haqiqiy sharoitda odamga
ta’sir ko‘rsatuvchi ishning og‘irlik kategoriyalarini aniqlash uchun (V.1–jadval),
balli shkala bo‘yicha mehnatning og‘irligi va zo‘riqishli ta’sirini integral balli
baholanishi amalga oshiriladi.
Ruxsat etilgan me’yor darajasidan ortib ketuvchi mehnat sharoitlarining
sinfini aniqlash uchun me’yoriy sharoitlar darajasi qarab chiqilayotgan
texnologik jarayon uchun tipik hisoblangan bitta smena davomida qayd qilinishi
mumkin. Bir hafta, bir oy kabi alohida holatlar uchun (epizod) ishchi–xodimlarga
ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omil (qarab chiqilayotgan texnologik jarayon uchun
tipik hisoblangan yoki tipik hisoblanmagan va ishchi–xodimlarning funksional
majburiyatlariga mos kelmaydigan) baholanishi sharoitida ushbu ko‘rsatkich
qiymatining hisobga olinishi va mehnat sharoitlarining baholanishi Davlat
sanitariya–epidemiologiya nazorati hududiy markazi bilan kelishilgan tartibda
amalga oshiriladi.
30.
Ishlab chiqarish omillarining kombinatsion va birgalikdagi ta’siri qayd qilinuvchimehnat sharoitlarini baholash amalga oshiriluvchi o‘lchashlar natijalari asosida
bajariladi. Bunda alohida omillar uchun mehnat sharoitlari baholanadi. Ishlab
chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli omillarini baholash natijalari
zararlilik va havflilik darajasi bo‘yicha mehnat sharoitlarini umumiy baholash
jadvaliga kiritiladi. Keyin esa, quyidagi holatlar bo‘yicha zararli omillarni baholash
amalga oshiriladi:
– zararlilikning nisbatan yuqori sinflari va darajalari bo‘yicha;
– mehnat sharoitlarining umumiy baholanishi 3.2–sinfga mos kelishi sharoitida,
3.1–sinfga kiritiluvchi 3 ta va undan ortiq omillarning birgalikdagi ta’sir ko‘rsatishi
sharoitlarida;
– 2 ta va undan ortiq omillarning 3.2–, 3.3–, 3.4–sinflarga kiritilishi sharoitida
mehnat sharoitlari mos ravishda, bitta daraja yuqori baholanadi.
Mehnatning og‘irligi va zo‘riqishli ta’sirini integral balli baholanishi quyidagi
formula bo‘yicha aniqlandi:
31.
U yerda: xmax – amalga oshirilgan balli baholashning (n) eng yuqori qiymati; n –omillarning umumiy soni; xi – hisobga olinayotgan omillardan i –tartibdagi balli
baholash; bitta xmax omilni hisobga olmagan holatda, hisoblanuvchi omillarning
sonini ifodalaydi.
Agar, hisobga olinayotgan har bitta omil butun ish kuni davomida, ya’ni 8 soat
(480 minut) davomida ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinsa, u holda ushbu formula amal
qiladi. Agar, ushbu omillardan birortasi 8 soatdan kam vaqt davomiyligida ta’sir
ko‘rsatsa, u holda haqiqiy baholash quyidagi formula bilan ifodalanadi:
ti
xФi xi tсолишт.i
480
32.
Bu yerda: tsolisht.i – ish kunining umumiy davomiyligida i–tartibdagi omilning solishtirma ta’sirvaqti; ti – omilning ta’sir vaqti davomiyligini ifodalaydi (minut).
Integral balli baholashni (1.1) formula bo‘yicha hisoblashdan keyin, 3.1–jadval bo‘yicha
bajariluvchi ishning og‘irlik va zo‘riqishliligi kategoriyalari va shuningdek, 3.2–jadval bo‘yicha
oylik moyanaga qo‘shimcha to‘lov miqdori (% hisobida) aniqlanadi.
3.1-jadval
Bajarilgan ishning og‘irlik va zo‘riqishliligi toifalari
3.2-jadval
Ballarga asosan qo‘shimcha to‘lov miqdori
33.
Mehnat og‘irligining integral ko‘rsatkichi mehnat sharoitlarining inson faoliyatiga ta’sirinianiqlashga imkon beradi. Buning uchun avval charchoq darajasi shartli birliklarda hisoblanadi.
Mehnat og‘irligi va charchoqning integral ko‘rsatkichi o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi tenglama
bilan ifodalanadi:
n
У
x 15,6
i 1
i
6,4
,
bu erda: U - shartli (nisbiy) birliklarda charchoq ko‘rsatkichi;
15,6 va 0,64 - bu regressiya koэffiцientlari.
Charchoq ko‘rsatkichlari bilib, ishlash darajasini, charchoqqa qarama-qarshi qiymatni
quyidagi ifodaga ko‘ra aniqlash mumkin:
R 100 У
bu erda R - nisbiy birliklarda ishlash darajasi.