14.72M
Category: financefinance

Individual va bozor talabi. Ishlab chiqarish

1.

MA’MUN
UNIVERSITETI
MIKROIQTISODIYOT
1-SEMINAR
MAVZU: INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI.
ISHLAB CHIQARISH.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI.

2.

MUNDARIJA
01
INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI
02 ISHLAB CHIQARISH
03 ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI

3.

KIRISH
Iqtisodiyot - bu shaxslar, korxonalar, hukumatlar va jamiyatlarning
cheksiz istak va ehtiyojlarni cheklangan resurslar orqali maksimal
darajada qondirishni o'rganadigan ijtimoiy fan.
Mikroiqtisodiyot ma'lum bozorlarda shaxslar, korxonalar va
tarmoqlarning xatti-harakatlarini o'rganadi. U etishmayotgan
resurslarni samarali taqsimlash uchun ishlab chiqarish, iste'mol va
narxni belgilash bo'yicha qanday qarorlar qabul qilishini tahlil qiladi.
Asosiy mavzular talab va taklif, iste'molchi va ishlab chiqaruvchining
xatti-harakati, bozor tuzilmalari, daromadlarni taqsimlash kabilarni
o'z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot esa milliy daromad, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy
o'sish, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati kabi jami hodisalarni
o'rganib, iqtisodiyotni bir butun sifatida o'rganadi. U iqtisodiy
faoliyatning umumiy darajasi, bandlik va narxlar qanday aniqlanishi
va hukumat siyosati va tashqi omillar iqtisodiyotning
ko'rsatkichlariga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Makroiqtisodiyot
iqtisodiy faoliyatdagi kengroq tendentsiyalar va tebranishlarni
tushunish va tahlil qilish va barqaror iqtisodiy o'sishga yordam
beradigan siyosatni shakllantirishga qaratilgan.

4.

1.1. INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI
Individual (yakka) talab chizig‘i alohida bir iste’molchining
xarid qilishi mumkin bo‘lgan tovar miqdori bilan shu tovar
narxi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Uning ikkita xususiyati
mavjud:
1. Iste’mol jarayonida erishish mumkin bo‘lgan naflilik
darajasi chiziq bo‘ylab o‘zgarib boradi. Tovarning narxi
qancha past bo‘lsa, olinadigan naflilik shuncha ortib boradi.
Buni tovar narxi pasayganda iste’molchining xarid qobiliyati
oshishi bilan izohlash mumkin.
2. Individual (yakka) talab chizig‘i ustidagi bir ne’matni
ikkinchi ne’mat bilan chekli almashtirish normasi shu
ne’matlarning narxlari nisbatiga teng bo‘lish (MRSX,Y =
PX/PY) sharti bajariladigan har qanday nuqtada iste’molchi
naflilikni maksimallashtiradi.

5.

1.1. INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI
“Narx-iste’mol” chizig‘i. Faraz qilaylik, bir kg parranda
go‘shti narxi 20 ming so‘m, bir kg mol go‘shti narxi 50 ming
so‘m va iste’molchining budjeti 400 ming so‘m. Iste’molchi
uchun naflilikni maksimallashtiruvchi tanlov B nuqtada
joylashgan va bu holatda u 4kg mol go‘shti (50 000 × 4 =
200 ming so‘m) va 10 kg parranda go‘shti (20 000 × 10 = 200
ming so‘m) xarid qilishi mumkin

6.

1.1. INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI
XIX asrdayoq real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne’matlariga
talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne’matlariga talab oshib borishi
isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo‘lib daromad
o‘zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining
daromadga nisbatan o‘zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel chiziqlari
deyiladi
Oliy kategoriyali tovarlar - Super tez
internet, organik qimmat qahva, Netflix
TV, Bugatti, Baliga ta’til va h.k.
Standart sifatli sanoat mahsulotlari o’rtacha tezlikdagi internet, oddiy
televizor litsenziyasi, Chevrolet Cobalt
avtomobili, yashash joyiga yaqin joyda
dam olish.
Kundalik ehtiyoj tovarlari - oddiy choy,
avtobus sayohati, istrihoat bog’ida bir
kun.

7.

1.2. BOZOR TALABI
Bozor talabi alohida bozordagi iste’molchilarning individual
talablari yig‘indisi, bozor talabi chizig‘i bozordagi
iste’molchilarning individual talablari chiziqlarini qo‘shish
orqali olinish mumkin. Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida
(masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B va V
iste’molchilar harakat qiladi deylik. Quyidagi jadvalda har bir
iste’molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga bo‘lgan
talabi keltirilgan.
Market Economic
System
Mixed Economic
System

8.

2. ISHLAB CHIQARISH
Ishlab chiqarish – korxonalarining asosiy faoliyat
turi bo‘lib, u kerakli mahsulotlarni tayyorlash
uchun ishchi kuchi, mashina va uskunalar hamda
xomashyo-materiallardan
ma’lum
nisbatda
(kombinatsiyada) foydalanish jarayonidir.
1. Texnik ma’noda ishlab chiqarish jarayoni –
inson
ehtiyojlarini
qondirish
maqsadida
resurslarni tayyor mahsulotga aylantirishga
qaratilgan texnologik jarayonlardir.
2. Iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish jarayoni –
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarga
qaraganda yuqori qiymatga ega mahsulot
yaratish jarayonini anglatadi.
1. “Yer” kategoriyasiga ishlab chiqarishga
jalb etiladigan barcha tabiiy resurslar
2. “Kapital” barcha ishlab chiqarilgan
ishlab chiqarish vositalarini
3. Xomashyo materiallari
4. “Ishchi kuchi” termini insonning tovarlar va
xizmatlar yaratish jarayonida
foydalaniladigan barcha aqliy va jismoniy
qobiliyati
5. Tadbirkorlik qobiliyati

9.

2. ISHLAB CHIQARISH
1. “Yer” kategoriyasiga ishlab chiqarishga
Bir o‘zgaruvchili omil bilan ishlab chiqarish
ishlab chiqarishda bitta omil, ya’ni faqat mehnat saflansa chekli mahsulot jalb etiladigan barcha tabiiy resurslar
quyidagicha aniqlanadi:
Formul
a

10.

3. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Firmaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa
firma moliyaviy faoliyati natijasida yuzaga kеladigan
хarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin :

11.

3. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Firmaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga kеladigan xarajatlar quyidagilardan iborat:
– mahsulot tannarхiga kiritiladigan хarajatlar;
– davr хarajatlari;
– moliyaviy faoliyat bo‘yicha хarajatlar;
– favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish хarajatlari bеvosita ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish bilan bog‘liq quyidagi хarajatlardan tashkil
topadi:
– bеvosita moddiy material хarajatlari;
– bеvosita mеhnatga haq to‘lash хarajatlari;
– ishlab chiqarishga taalluqli ustama хarajatlar.
Noishlab chiqarish хarajatlari tarkibiga:
– mahsulotni sotish bilan bog‘liq хarajatlar;
– boshqaruv хarajatlari;
– boshqa operatsion хarajat va zararlar;
– moliyaviy faoliyat bo‘yicha хarajatlar;
– favqulodda zararlar kiradi.

12.

3. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Iqtisodiy xarajatlar – firma tomonidan resurslarni yetqazib
beruvchilarga bu resurslarni muqobil variantlarda ishlatishdan
saqlash uchun to‘lanadigan to‘lovdir.
Tashqi va ichki xarajatlar. Firmaga tashqaridan xomashyo,
yoqilg‘i, energiya va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar,
turli xizmatlar ko‘rsatuvchilar hamda ishchi va xizmatchilarga
to‘lanadigan to‘lovlar - tashqi xarajatlar deb ataladi.
To‘lanmaydigan yoki ichki xarajatlar sifatida quyidagilar
qaraladi: a) tadbirkorning o‘ziga tegishli bo‘lgan ichki
resurslaridan foydalanish xarajatlari;
b) tadbirkorni shu biznes sohasida ushlab turish uchun zarur
bo‘lgan normal foyda (tadbirkorlik qobiliyati uchun to‘lov).
Muqоbil хаrаjаtlаr - iqtisоdiy tаnlоvdа rеsurslаrdаn sаmаrаli
fоydаlаnish bilаn bоg‘liq eng yaхshi аltеrnаtiv vаriаntdаn vоz
kеchish nаtijаsidа bоy bеrilgаn imkоniyatlаrni (оlinmаgаn fоydаni)
аks ettirаdi.

13.

3. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
O‘zgarmas (doimiy) xarajatlar (Total Fixed Costs (TFC) bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladigan
xarajatlar sanaladi (mahsulot ishlab chiqarish hajmi
oshsa ham, kamaysa ham o‘zgarmaydigan xarajatlar).
O‘zgarmas (doimiy) xarajatlarga binodan, texnikadan,
inshootlardan,
ishlab
chiqarish
uskunalaridan
foydalanish bilan bog‘liq
xarajatlar, sug‘urta
xarajatlari, ijara haqi, ekspluatatsiya xarajatlari,
ma’muriy xarajatlar kiradi.
O‘zgarmas (doimiy) xarajatlar firma ishlab chiqarishni
vaqtincha to‘xtatgan taqdirda ham amamlga oshirishga
to‘g‘ri keladi. Bu xarajatlarni faqat firma yopilgan
taqdirdagina qilmaslik mumkin.

14.

3. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
O‘zgaruvchan xarajatlar (Total Variable Costs (TVC)) mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki
kamayganda o‘zgaradigan xarajatlar. O‘zgaruvchan
xarajatlarga ishchilarning ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i va
energiya, butlovchi va yordamchi materiallarga bo‘lgan
xarajatlar
kiradi.
Xarajatlarni
o‘zgarmas
yoki
o‘zgaruvchanga bo‘lish qaralayotgan vaqt oralig‘iga
bog‘liq. Uzoq muddatli davrda (bir yildan ortiq) barcha
xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘lsa, qisqa muddatli oraliqda
ularni o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchanga bo‘lish mumkin.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli
orliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish
uchun
sarflangan
o‘zgarmas
va
o‘zgaruvchan
xarajatlarning yig‘indisiga teng: TC=TFC + TVC(Q). Bu
yerda: TFC- o‘zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o‘zgaruvchan
xarajatlar.

15.

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
"Iqtisodiyotda tanqislik bizga har bir
tanlovning qiymatini o'rgatadi,
samaradorlik esa cheklangan
resurslarimizdan maksimal
darajada oqilona foydalanishga
yo'naltiradi."
English     Русский Rules