Similar presentations:
1-§. Jahonning siyosiy xaritasi
1. 1-§. Jahonning siyosiy xaritasi
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм1-§. Jahonning siyosiy xaritasi
Qambarov Sirojiddin @geography_method
2. Siyosiy xarita, davlat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), eng yirik va «mitti» davlatlar, orol davlatlar, yarimorol
davlatlar,ichki kontinental davlatlar, mustaqil davlatlar.
3. Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko‘ra, 240 dan ortiq mamlakat bo‘lib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan
mustaqilligi rasman tan olingan194 ta suveren davlat mavjud.
4. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a’zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-davlat bo‘lib ishtirok etmoqda.
5. Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday muhim jihatlaridan biri hududning kattaligi
Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralibturadi. Bunday muhim jihatlaridan biri hududning
kattaligi hisoblanadi.
6. Jahondagi 29 ta mustaqil davlatning maydoni 1 mln km2dan katta bo‘lib, jumladan 12 tasining hududi 2 mln km2dan, 6 tasining
maydoni 5 mln km2dan kattadir.7. Shu bilan birga dunyodagi davlatlar orasida bir guruh hududiy jihatidan mayda, yoki «mitti» davlatlar ham o‘ziga e’tibor
Shu bilan birga dunyodagi davlatlar orasida bir guruhhududiy jihatidan mayda, yoki «mitti» davlatlar ham
o‘ziga e’tibor tortadi (1-jadvalga qarang).
8. 1-jadval Jahonning 10 ta eng yirik va 10 ta eng kichik davlatlari
№Davlatlar
1
Rossiya
Hududi
(ming km2)
17075
№
Davlatlar
2
Kanada
9976
186
Maldiv Respublikasi
0,3
3
Xitoy
9599
187
Sent-Kits va Nevis
0,26
4
Amerika Qo‘shma Shtatlari
9519,4
188
Marshall orollari
0,18
5
Braziliya
8515,7
189
Lixtenshteyn
0,16
6
Avstraliya
7692,0
190
San-Marino
0,06
7
Hindiston
3287,2
191
Nauru
0,02
8
Argentina
2780,4
192
Tuvalu
0,02
9
Qozog‘iston
2724,9
193
Monako
0,002
10
Jazoir
2381,7
194
Vatikan
0,0004
185
Malta
Hududi (ming
km2)
0,32
9. Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km2 ga yetmaydigan 24 ta mustaqil davlat bor. Bunday davlatlar turli qit’alarda,
Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km2ga yetmaydigan 24 ta mustaqil davlat bor. Bunday
davlatlar turli qit’alarda, xususan Yevropada (Vatikan,
Monako, San-Marino, Lixtenshteyn va boshqalar),
Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn),
Amerikada (Sent-Kits va Nevis, Grenada, Barbados va
boshqalar), Okeaniyada (Nauru, Tuvalu, Marshall
orollari va boshqalar) joylashgan.
10. Davlatlar geografik o‘rni nuqtayi nazaridan, birinchi navbatda, dengizga chiqish imkoniyatiga ega hamda bunday imkoniyati yo‘q
Davlatlar geografik o‘rni nuqtayi nazaridan, birinchinavbatda, dengizga chiqish imkoniyatiga ega hamda
bunday imkoniyati yo‘q davlatlarga bo‘linadi.
11. Dengizga chiqish imkoniyati bor davlatlar orasida esa orol, yarimorol va dengizbo‘yi kontinental davlatlar ajratiladi.
12. Orol davlatlar qatoriga Indoneziya, Filippin, Yaponiya, Shri-Lanka kabi Osiyo, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya singari
Yevropa, Madagaskar, Kabo-Verde,Komor orollari kabi Afrika, Kuba, Gaiti, Yamayka
singari Amerika davlatlari hamda Okeaniyadagi PapuaYangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Fiji va boshqalar
kiradi.
13. Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, Vyetnam kabi davlatlarni esa yarimorol davlatlariga
Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Norvegiya,Koreya Respublikasi, Vyetnam kabi davlatlarni esa
yarimorol davlatlariga misol qilib keltirish mumkin.
14. Dengizbo‘yi kontinental davlatlar esa materiklarning asosiy qismida joylashgan bo‘lib, dengizga chiqish yo‘llariga ega. Bunday
davlatlar dunyoda ko‘p(Fransiya, Germaniya, Polsha, Xitoy, Misr, AQSH va
h.k.).
15. Dunyo okeani va uning dengizlariga bevosita tutash bo‘lmagan davlatlar ichki kontinental davlatlar guruhini tashkil etadi.
Dunyo okeani va uning dengizlariga bevosita tutashbo‘lmagan davlatlar ichki kontinental davlatlar guruhini
tashkil etadi. Bunday geografik joylashuvga ega
davlatlar jahon siyosiy xaritasida 44 ta. O‘zbekiston
Respublikasi ham ichki kontinental davlat hisoblanadi.
16. Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi turli tarixiy jarayonlar ta’sirida shakllangan. Ayniqsa, Birinchi va Ikkinchi jahon
urushlari, mustamlaka tizimining yemirilishi,sotsialistik tuzumning barham topishi kabi jarayonlar
alohida e’tiborga loyiqdir.
17. Ushbu tarixiy voqealar ta’sirida XX va XXI asrlar mobaynida dunyoda mustaqil davlatlar soni muttasil o‘sib keldi (2-jadval).
18. 2-jadval Jahon va qit’alarda mustaqil davlatlar sonining o‘zgarib borishi
Mustaqil davlatlar soniHudud
1900-y.
1945-y.
1990-y.
2000-y.
2018-y.
Yevropa
24
31
33
43
44
Osiyo
9
18
40
47
48
Afrika
4
3
52
53
54
Amerika
20
22
35
35
35
Avstraliya va Okeaniya
0
2
12
13
13
Jahon
57
76
172
191
194
19. Jahonning siyosiy xaritasida so‘nggi davrda eng katta o‘zgarishlarni keltirib chiqargan tarixiy voqea 1991-yilda sobiq Sovet
Jahonning siyosiy xaritasida so‘nggi davrda eng kattao‘zgarishlarni keltirib chiqargan tarixiy voqea 1991yilda sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi bo‘ldi.
20. Buning natijasida 15 ta yangi mustaqil davlat vujudga keldi: Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya,
Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon,Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O‘zbekiston.
21. Yevropada 1991–1992-yillarda Yugoslaviyaning parchalanishi natijasida Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda
Makedoniya (2019-yildanboshlab Shimoliy Makedoniya deb nomlanadi) mustaqil
bo‘ldi.
22. Yugoslaviya tarkibida o‘shanda faqat Serbiya bilan Chernogoriya qoldi. 2006-yilda esa Chernogoriya Serbiyadan ajralib, mustaqil
davlatga aylandi.23. 1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya davlati o‘rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalari barpo bo‘ldi.
1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya davlati o‘rnidaChexiya va Slovakiya mustaqil respublikalari barpo
bo‘ldi.
24. Jahon siyosiy xaritasidagi bu o‘zgarishlar xalqaro sotsialistik tuzumining barham topishi bilan bog‘liq.
25. Shuningdek, ushbu jarayon bilan bog‘liq ravishda 1990-yilda Yevropada ikki nemis davlati (Germaniya Federativ Respublikasi va
Shuningdek, ushbu jarayon bilan bog‘liq ravishda 1990yilda Yevropada ikki nemis davlati (GermaniyaFederativ Respublikasi va Germaniya Demokratik
Respublikasi) qo‘shilishi natijasida yagona Germaniya
Federativ Respublikasi,
26. Osiyoda esa Yaman Arab Respublikasi va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi hisobiga yagona Yaman Respublikasi
tashkil etildi.27. Boshqa siyosiy jarayonlar ta’sirida ham jahonning siyosiy xaritasida yangi suveren davlatlar paydo bo‘lishi davom etdi.
Afrikada 1993-yilda ko‘p yillik urushnatijasida Eritreya Efiopiya tarkibidan ajralib, suveren
davlat maqomiga ega bo‘ldi.
28. Okeaniyada 1994-yilda Palau davlati AQSHning nazorati ostidagi hududdan mustaqil davlatga aylandi.
29. Janubi-sharqiy Osiyoda 2002-yilda Sharqiy Timor mustaqil davlatlar qatorini to‘ldirdi.
Janubi-sharqiy Osiyoda 2002-yilda Sharqiy Timormustaqil davlatlar qatorini to‘ldirdi.
30. Afrika qit’asida 2011-yil 9-iyulda referendum natijalariga ko‘ra, Sudan tarkibidan Janubiy Sudan davlati ajralib chiqdi.
31. 1. Jahonning siyosiy xaritasidagi XX va XXI asrlar davomida ro‘y bergan o‘zgarishlar asosan qanday tarixiy voqea va jarayonlar
bilan bog‘liq bo‘ldi?2. Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida qaysi davlatlar
mustaqillikka erishdi?
3. Atlasdagi jahonning siyosiy xaritasi yordamida bitta
katta orolda hamda yirik orollar guruhlarida joylashgan
davlatlarni aniqlang.
32. Foydalanilgan adabiyotlar:
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V.Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent –
“O‘zbekiston” – 2019
33. Internet manbalari:
www.wpclipart.com
www.eduportal.uz
www.camper-c.ru
www.polgeonow.com
www.wikipedia.org
www.youtoube.com
www.statista.com
www.multiurok.ru
www.yaklass.ru
www.britannica.com
www.webplus.info
www.economictimes.indiatimes.com