Similar presentations:
Geografiya. Jahonning siyosiy xaritasi
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2.
1-§. Jahonning siyosiy xaritasi3.
Atamalar va savollar4.
Jahonning siyosiy xaritasida 2022-yil boshi holatiga ko‘ra jahonhamjamiyati, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan 194 ta suveren
davlat mavjud.
5.
Bulardan 193 tasi BMT faoliyatida a’zo davlatlarsifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi davlat bo‘lib
ishtirok etadi.
BMT Bosh Assambleyasi
BMT Bosh qarorgohi
6.
Davlat mustaqilligi BMTga a‘zo davlatlarning 2/3 qismitomonidan tan olinsa, u jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof
etilgan mustaqil davlat hisoblanadi. Falastin 195-mustaqil davlat
deb hisoblanmoqda. Chunki u BMTga a’zo 138 ta davlat
tomonidan tan olingan. Falastin 2012-yil BMTda kuzatuvchidavlat maqomiga ega bo‘ldi. Falastin BMTning to‘laqonli a’zosi
emas, chunki uni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari
bo‘lgan 3 ta davlat (AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya) tan
olmaydi.
7.
Biror davlat BMT ga a’zo bo‘lishi uchun BMT BoshAssableyasida ovoz berishda tashkilotga a’zo davlatlarning 2/3
qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak (hozirda bu 193 ta
davlatdan 129 tasi qo‘llab-quvvatlashi zarurligini bildiradi).
Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zolik, xususan, Xavfsizlik
Kengashining doimiy a’zosi tomonidan veto qo‘yilmasligi kerak.
8.
Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralibturadi. Bunday muhim jihatlaridan biri hududning
kattaligi hisoblanadi.
9.
Xususan, 29 ta mustaqil davlatning maydoni 1 mln km²dan katta bo‘lib, 12 tasining hududi 2 mln km² dan, 6
tasining maydoni 5 mln km² dan yirikdir (1-rasm).
10.
Maydoni 5 mln km2dan katta eng yirik davlatlar.11.
Shu bilan birga, dunyodagi davlatlar ichida hududiykattaligi jihatidan mayda, yoki “mitti” bir guruh
davlatlar ham o‘ziga e’tiborni tortadi (1-jadval).
12.
1-jadval. Jahonning 10 ta eng yirik va 10 ta eng kichikdavlatlari (2022-yil)
13.
Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km2 gayetmaydigan 24 ta mustaqil davlat bor.
14.
Bunday toifadagi davlatlar turli qit’alarda, xususan, Yevropada(Vatikan, Monako, San Marino, Lixtenshteyn va boshqalar),
Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn), Amerikada
(Sent Kits va Nevis, Grenada, Barbados va boshqalar),
Avstraliya va Okeaniyada (Nauru, Tuvalu, Marshall orollari va
boshqalar) joylashgan.
15.
Davlatlar geografik o‘rni nuqtayi nazaridan, birinchinavbatda, dengizga chiqish imkoniyatiga ega
hamda bunday imkoniyati yo‘q davlatlarga bo‘linadi.
Dengizga chiqa oladigan mamlakatlar
Dengizga chiqa olmaydigan mamlakatlar
16.
Dengizga chiqish imkoniyati bor davlatlar orasidaesa orol, yarimorol va dengizbo‘yi kontinental
davlatlar ajratiladi (2-rasm).
Jahon mamlakatlarining geografik o‘rni
dengizbo‘yi
ichki kontinental
orol va arxipelag mamlaktlar
17.
Davlatlarning geografik o‘rniga ko‘ra tasniflanishi18.
Eng yirik orol mamlakatlar19.
Orollari eng ko‘p mamlakatlar20.
Dunyo okeani va uning dengizlariga bevosita tutashbo‘lmagan davlatlar ichki kontinental davlatlar
guruhini tashkil etadi. Bunday geografik joylashuvga
ega davlatlar jahon siyosiy xaritasida 44 ta.
21.
O‘zbekiston Respublikasi ham ichki kontinental davlathisoblanadi.
22.
Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi turli tarixiy jarayonlar ta’siridashakllangan. Bular ichida Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari,
mustamlaka tizimining yemirilishi, sotsialistik tuzumning
barham topishi alohida e’tiborga loyiqdir.
1990-yil
23.
Ushbu tarixiy voqealar ta’sirida XX va XXI asrlarmobaynida dunyoda mustaqil davlatlar soni
muntazam o‘sib keldi (2-jadval).
24.
2-jadval. Mustaqil davlatlar sonining o‘zgarib borishi(1900 – 2022-yillar)
25.
Sovet ittifoqining parchalanishiJahon siyosiy xaritasida zamonaviy tarixiy davrda, ya’ni
1990-yildan keyin eng katta o‘zgarishlarni keltirib
chiqargan voqea — 1991-yil sobiq Sovet Ittifoqining
parchalanishi bo‘ldi.
26.
Buning natijasida 15 ta yangi mustaqil davlat vujudga keldi:Armaniston, Belarus, Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Moldova,
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi,
Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston.
6 53
2
7 14
11
4
18
10
13 15
12 9
Mustaqil
Davlat
Hamdo‘stligi
27.
Yevropada 1991–1992-yillarda Yugoslaviyaningparchalanishi natijasida Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya
va Gersegovina hamda Makedoniya (2019-yildan
Shimoliy Makedoniya deb ataladi) davlatlari
mustaqillikka erishdi.
Sloveniya
Xorvatiya
Bosniya va
Gertsegovina
Yugoslaviya
Makedoniya
28.
Yugoslaviya tarkibida o‘shanda faqat Serbiya bilanChernogoriya qoldi. 2006-yili esa Chernogoriya
Serbiyadan ajralib, mustaqil davlatga aylandi.
29.
1993-yil 1-yanvar kuni Chexoslovakiya davlati o‘rnidaChexiya va Slovakiya mustaqil respublikalari
tashkil topdi.
Chexiya
Slovakiya
30.
Jahon siyosiy xaritasidagi bu o‘zgarishlar xalqarosotsialistik tuzumning barham topishi bilan bog‘liq.
31.
Shuningdek, ushbu jarayon bilan bog‘liq ravishda1990-yil Yevropada ikki nemis davlati (Germaniya
Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik
Respublikasi) qo‘shilishi natijasida yagona Germaniya
Federativ Respublikasi,
GDR
GFR
32.
Osiyoda esa Yaman ArabRespublikasi va Yaman
Xalq Demokratik
Respublikasi birlashib,
yagona Yaman
Respublikasi tashkil etildi.
33.
Boshqa siyosiy jarayonlar ta’sirida ham jahon siyosiyxaritasida yangi suveren davlatlar paydo bo‘lishi davom
etdi. Afrikada 1993-yil ko‘p yillik urush natijasida Eritreya
Efiopiya tarkibidan ajralib, mustaqil davlat
maqomiga ega bo‘ldi.
Eritrey
Efiopiya
34.
Okeaniyada 1994-yil Palau davlati AQSH nazoratiostidagi hududdan mustaqil davlatga aylandi.
35.
Janubi-sharqiy Osiyoda 2002-yil Sharqiy Timormustaqil davlatlar qatorini kengaytirdi.
Indoneziya
Sharqiy Timor
Sharqiy Timor Indoneziyadan mustaqil
bo‘ldi.
36.
Afrika qit’asida 2011-yil 9-iyulda Sudan tarkibidanJanubiy Sudan davlati ajralib chiqdi. U hozirgi paytda
dunyodagi eng yosh mustaqil davlat hisoblanadi.
Sudan
Janubiy Sudan
37.
Dunyoning yosh mamlakatlari38.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Atlasdan Dunyoning siyosiy xaritasini
bo`yab kelish (davlatlar nomi, chegaralari
bilan)
• 3. Jadval va diagrammalarni chizib kelish
• 4. Muhim ma’lumotlarni yozish
• 5. Jadval to`ldirish
• 6. Kitobdan 1 va 3 topshiriqlarni bajarib
kelish
39.
YIL1991
1991–1992
1993-yil 1-yanvar
1990
1993
1994
2002
2011-yil 9-iyul
VOQEA
40.
© Foydalanilgan adabiyotlar:• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y.
Nazaraliyeva– Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
• Respublika ta’lim markazi, 2022. @edurtm_uz
41.
Internet manbalari:www.wikipedia.org
www.wpclipart.com
www.yaklass.ru
www.quora.com
www.seasia.co
www.flipboard.com
www.multiurok.ru
www.statista.com
www.touchstamps.com
www.m.economictimes.com
@edurtm_uz
42.
© Qambarov AlimbekRossiya o‘qituvchilari tajribasidan qisman foydalanildi.
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi.
• Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
https://t.me/geography_method