22.87M

10-sinf. Geografiya. Fransiya Respublikasi

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
28-§. Fransiya Respublikasi

3.

4.

Maydoni: 547 ming km2
Aholisi (2020): 64,9 mln
Poytaxti: Parij

5.

Geografik o‘rni
Yevropadagi
eng yirik
davlatlardan
biri —
Fransiya
Respublikasi
qit’aning
g‘arbida
joylashgan.

6.

Mamlakat qirg‘oqlari g‘arb va shimoli-g‘arbdan Atlantika okeani,
janubi-sharqdan esa O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. La Mansh
bo‘g‘izi
Fransiyani Buyuk Britaniyadan ajratib turadi.
Biskay qo‘ltig‘i

7.

Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib, eng uzun chegaralari
Germaniya, Italiya, Ispaniya davlatlari bilan o‘tgan. O‘rta dengizdagi
Korsika oroli Fransiyaga tegishlidir.
Korsika oroli

8.

Shuningdek, Fransiyaning 10 tadan ziyod dengizorti hududlari, ya’ni
mustamlakalari ham mavjud. Ular asosan Tinch okean va Karib
dengizida joylashgan.
Fransiya Polineziyasi
1. Sen_Pyer va Mikelon
2. Sen-Marten
3. Sen_Bartelemi
4. Gvadelupa
5. Martinika
6. Klipperton
7. Martinika
8. Mayotta
9. Reyunon
10. Fransiya Janubiy va
Antarktika hududi
11. Yangi kalefoniya
12. Uollis va Futuna
13. Fransiya Polineziyasi

9.

Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi.
Fransiya parlamenti – Milliy Assambleya
Emmanuel Makron

10.

Mamuriy-hududiy tuzilishi
Siyosiy-hududiy
jihatdan Fransiya
unitar davlat bo‘lib,
18 ta hudud
(region)ga bo‘linadi.
Ulardan 12 tasi
Fransiyaning asosiy
kontinental qismida,
1 tasi O‘rta
dengizdagi Korsika
orolida joylashgan,
qolgan 5 tasi
dengizorti
hududlardan
iboratdir.

11.

Fransiya poytaxti Parij shahri mamlakatning shimoliy qismida, Sena
daryosi vodiysida joylashgan.
Parij shahri

12.

Tabiiy sharoiti va resurslari.
Fransiya hududining 2/3 qismini
tekisliklar egallaydi.

13.

Shu bilan birga, mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy
hududlarida Alp, Pireney, Ardenna, Vogeza, Markaziy massiv (55rasm), Yura singari turli balandlikdagi tog‘lar mavjud.
Markaziy massiv

14.

Alp va Pireneydan tashqari Fransiyadagi tog‘ tizmalari kuchli
parchalangan keksa yoshdagi tog‘lar hisoblanadi.
Alp tog‘i

15.

Foydali qazilmalardan temir, uran va boksit rudalari konlari mavjud.
Boksit (alyuminiy) rudasi

16.

Fransiyaning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo‘tadil dengiz iqlimi,
sharqiy hududlarida mo‘tadil kontinental, janubida esa O‘rta dengiz
tipidagi subtropik iqlim shakllangan.
1
2
3

17.

Yozi issiq, qishi esa iliq va yomg‘irli bo‘ladi. Yog‘inlar yanvardan
aprelgacha eng ko‘p kuzatiladi.

18.

Fransiyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng uzun daryosi — Luara (56rasm), eng sersuvi esa Rona. Shuningdek, Sena va Garonna ham
yirik daryolar sirasiga kiradi.
Luara daryosi

19.

Aholisi.
Fransiya
Yevropa
mamlakatlari
ichida aholisi
soni bo‘yicha
to‘rtinchi
o‘rinda turadi.
2020-yil holatiga
ko‘ra, Fransiya
aholisi 65 mln
kishiga yaqin.

20.

Aholining tabiiy ko‘payishi juda past, yillik hisobda 0,2% ga teng. Aholi
soni
o‘sishining muhim manbai tashqi migratsiya hisoblanadi. Migrantlar
ichida
o‘tmishda Fransiya mustamlakalari bo‘lgan turli Afrika davlatlaridan
ko‘chib
kelganlar ancha ko‘p.

21.

Fransiyada hozirgi paytda shaharlashuv darajasi 80% dan ortgan.
Parij
atrofida qit’adagi eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri
shakllangan bo‘lib, uning aholisi 10 mln kishidan ziyod.
Parij shahri

22.

Yirik mintaqaviy markazlar qatoriga Lion, Marsel, Lill, Tuluza, Bordo
shaharlari kiradi.
Marsel
Lion
Lill
Tuluza
Bordo

23.

Etnik tarkibi
4
2
3
Fransuz
6
1
5
7
Mamlakatning tub
millatlari qatoriga
fransuzlardan tashqari,
basklar, bretonlar,
elzasliklar, lotaringlar,
katalonlar,
oksitaniyaliklar va
korsikaliklar kiradi.
Fransiya
Konstitutsiyasiga binoan
bu 7 millatning tillari
mintaqaviy tillar
maqomiga ega.

24.

Mamlakat aholisining diniy tarkibida katoliklar yetakchilik qiladi.

25.

Aholi Parij aglomeratsiyasi, Belgiya va Germaniyaga chegaradosh
hududlar hamda O‘rta dengiz sohilida eng zich joylashgan. Tog‘li
hududlarda esa aholi zichligi birmuncha pastroq.

26.

Iqtisodiyoti.
Fransiya
Respublikasi
Yevropa va jahon
bo‘yicha eng yirik
iqtisodiy
salohiyatga ega
bo‘lgan
davlatlardan biri
hisoblanadi. U
“Katta yettilik”
guruhiga mansub.

27.

Fransiya sanoati tarkibida mashinasozlik, kimyo, qora va rangli
metallurgiya hamda oziq-ovqat sanoatlari yetakchi ahamiyatga ega.
Avtomobilsozlik

28.

Sanoat mahsulotlari
Samolyot
Mamlakat avtomobil,
kema, samolyot,
dastgohlar, mineral
o‘g‘itlar, soda,
polimerlar,
parfyumeriya,
kosmetika, vino,
pishloq va boshqa
ko‘plab
mahsulotlarni ishlab
chiqarish va jahon
bozoriga
yetkazishda alohida
ajralib turadi.

29.

Fransiya elektr energetikasida AESlar birinchi darajali ahamiyatga
ega. Atom elektr stansiyalarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasi tarkibidagi ulushi deyarli 80% ga teng. Bu jihatdan
Fransiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

30.

Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i go‘sht-sut chorvachiligi
hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: bug‘doy, qandlavlagi,
kartoshka, makkajo‘xori, uzum, zig‘ir.
Bug‘doy
Uzum

31.

Dengiz sayozliklarida marikultura, ya’ni turli dengiz organizmlarini
sun’iy
ravishda ko‘paytirish yaxshi rivojlangan.

32.

Turizm
Fransiya jahon
mamlakatlari
ichida turistlar
eng ko‘p tashrif
buyuradigan
davlat
hisoblanadi.
Ayrim yillari
xorijiy
sayyohlarning
soni 75 mln
kishidan ortadi.

33.

Turizmning bunday darajada rivojlanishiga tabiiy iqlim sharoiti, butun
dunyoga mashhur dengizbo‘yi kurortlar (Nitstsa (rasmda), Sen Trope,
Kann va boshqalar),

34.

Sayyohlik obyektlari
Notrdam (Parij
Eyfel
Luvr
Momo)
minorasi
muzeyi
Versal
saroyiibodatxonasi
Fransiya
shaharlari
ayniqsa Parijda
mashhur madaniy
obyektlarning
ko‘pligi bilan
bog‘liq. Masalan,
Parijdagi Luvr
muzeyi dunyo
bo‘yicha tashrif
buyuruvchilar
soni jihatidan
yetakchi o‘rinni
egallaydi (58-

35.

Topshiriqlar
• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Jadval to`ldirish
• 3. Davlat bayrog`ini chizib kelish

36.

Savollar
Boshqaruv shaklini to`liq yozing
Chegaradosh davlatlarini yozing
Qirg`oqlarini yuvib turuvchi dengiz, qo`ltig`, okean, bo`g`iz
Relyef (tog`, tekislik)
Iqlimi
Eng yirik daryolar
Aholisi soni
Din
eng yirik shaharlari
qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari
sanoatining yetakchi tarmoqlari
Foydali qazilma konlari
javobi

37.

38.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva–
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi, 2022
• @edurtm_uz
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko –
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019

39.

© Internet manbalari:
www.wikipedia.org
www.yaklass.ru
www.france.promotour.info
www.earrth.com
www.frenchmoments.eu
www.thelocal.fr
www.france.promotour.info.
www.womansday.com
www.shutterstock.com
www.aa-migration.com
www.hotels.com
www.wikiway.com
www.enjourney.ru
www.culture.gouv.fr
www.travelmen.ru
www.xenophora.org

40.

© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method
English     Русский Rules