Similar presentations:
10-sinf. Geografiya. Germaniya Federativ Respublikasi
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм26-§. Germaniya Federativ
Respublikasi
2.
Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi, Kil kanali,parlamentar respublika, federal kansler,
federal yerlar, tashqi migratsiya, lyuteran
cherkovi.
3.
Maydoni – 357,4 ming km².Aholisi (2018-y) – 82,8 mln.
Poytaxti – Berlin.
4.
Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatiGermaniya Federativ Respublikasi qit’aning markazida
joylashgan. Germaniya maydoni bo‘yicha qit’a
mamlakatlari orasida 6-o‘rinda turadi.
5.
Qirg‘oqlari shimoli-g‘arbda Shimoliy dengiz, shimolisharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan chegaralangan.1
2
Shimoliy dengiz
Boltiq dengizi
6.
Germaniya hududidan eng muhim xalqaro kanallardanbiri – Shimoliy va Boltiq dengizlarini tutashtiradigan
Kil kanali o‘tadi.
7.
Quruqlikda 9 ta davlat bilan chegaradosh.1. Daniya
2. Polsha
3. Chexiya
4. Avstriya
5. Shveysariya
6. Fransiya
7. Lyuksemburg
8. Belgiya
9. Niderlandiya
8.
Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi Yevropaningturli qismlaridagi davlatlarni tutashtiruvchi yirik
avtomobil, temir va suv (daryo va kanallar) yo‘llarining
o‘tganligi bilan belgilanadi.
9.
Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Davlatrahbari – prezident, ammo ijro hokimiyatining rahbari
va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi,
ya’ni federal kansler hisoblanadi.
Germaniya parlamenti –
Reyxstag
Prezident –
Frank-Valter Shtaynmayer
Federal kansler –
Olaf Sholts
10.
Siyosiy-hududiy tuzilishi jihatidan Germaniya federativdavlat bo‘lib, 16 ta federal yerga bo‘linadi. Mamlakat
poytaxti – Berlin – GFRning sharqiy qismda joylashgan.
16 ta federal yer (budesländer) ning 13 tasi davlatviloyat, 3 tasi shahar-davlat.
11.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Germaniya hududiningrelyefi shimoldan janubga tomon ko‘tarilib boradi
(22-rasm).
12.
Mamlakatning shimoliy qismini Shimoliy Germaniyapasttekisligi egallagan, markaziy hududlari past va o‘rta
tog‘lardan iborat, janubida esa balandligi deyarli 3 000
metrga boradigan Alp tog‘lari joylashgan.
Deyarli 3 000 metrga boradigan Alp
tog‘lari
13.
GFRda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, osh vakaliy tuzlarining konlari mavjud.
tosh ko‘mir
qo‘ng‘ir ko‘mir
osh tuzi
temir rudasi
kaliy tuzi
14.
Mamlakat hududi mo‘tadil iqlim mintaqasidajoylashgan. Ob-havo tez-tez o‘zgaradi, yog‘inlar ko‘p
yog‘adi.
15.
Qish odatda yumshoq, qattiq sovuqlar kam sodirbo‘ladi. Dengizbo‘yi hududlarida kuchli shamollar
doimo kuzatiladi va bu energetika sohasida qo‘l keladi.
16.
Germaniyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng yirikdaryolar Reyn, Dunay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi.
Elba
Reyn
Oder
Dunay
Vezer
17.
GFRdagi barcha yirik daryolar kanallar bilan o‘zarobog‘langanligi tufayli uning ichki suv transport yo‘llari
Dunay orqali Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini
Qora dengiz portlari bilan bog‘laydi.
Shimoliy dengiz
Boltiq dengiz
Qora dengiz
18.
Aholisi. Germaniya deyarli 83 mln. kishilik aholisi(2018-yil ma’lumotlari bo‘yicha) bilan Yevropada
Rossiyadan keyingi 2-o‘rinni egallaydi.
19.
Tug‘ilishning pastligi sababli Germaniyada aholiningtabiiy ko‘payishi 1972-yildan buyon manfiy qoldiqqa
ega. Germaniyada aholi ko‘payishining manbayi tashqi
migratsiya hisoblanadi.
20.
Germaniya xorijiy migrantlar soni (12 millionga yaqinkishi) bo‘yicha jahonda AQSHdan so‘ng 2-o‘rindagi
davlat.
21.
Xorijiy migrantlar tarkibida Turkiya, Italiya, Gretsiya,sobiq Yugoslaviya davlatlari, Polsha hamda ayrim arab
mamlakatlaridan ko‘chib kelganlar son jihatdan ajralib
turadi.
Turkiyalik
Polshalik
22.
Xorijiy migrantlar ko‘proq g‘arbiy va shimoliy federalyerlaridagi yirik shaharlarda mujassamlashgan.
23.
Germaniyaliklarning 75 % dan ko‘prog‘i shaharlardaistiqomat qilishadi.
24.
GFRning eng yirik shaharlari – Berlin, Gamburg,Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Bremen.
Berlin
Gamburg
Myunxen
Kyoln
Frankfurt-Mayn
Bremen
25.
Mamlakat aholisining milliy tarkibida 90% dan ko‘proqqismi nemis millatiga to‘g‘ri keladi.
26.
GFRning shimoliy, markaziy va sharqiy hududlaridayashovchi nemislar orasida protestantlar (lyuteranlar)
ko‘pchilikni tashkil etsa, mamlakatning janubida
ko‘proq katoliklar istiqomat qilishadi.
protestantlik
katolik
27.
Germaniya aholisi yirik daryolarning vodiylarida judazich holda joylashgan. Bu borada, ayniqsa Reyn vodiysi
alohida ajralib turadi.
Daryo vodiysi
Reyn daryosi
28.
Aholi eng yuqori darajada mujassamlashgan hudud –Rur sanoat rayoni – aynan shu daryo havzasida
joylashgan. Tog‘li hududlarida hamda mamlakatning
shimoli-sharqida esa aholi nisbatan siyrak joylashgan.
Rur
Rur sanoat rayoni
29.
Iqtisodiyoti. Germaniya iqtisodiy salohiyati vaaholining turmush darajasi jihatidan jahondagi yetakchi
davlatlardan biri, «Katta yettilik» guruhiga a’zo davlat.
30.
Yevropada Germaniya YIM va sanoat ishlab chiqarishihajmi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. GFR turli sanoat
mahsulotlarining yuqori sifati bilan butun dunyoga
mashhur.
31.
Germaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatorigamashinasozlik, kimyo, farmasevtika, ko‘mir, qora
metallurgiya, oziq-ovqat sanoati kiradi.
32.
Mashinasozlik tarmoqlaridan esa stanoksozlik,avtomobilsozlik, elektrotexnika, mikroelektronika,
kemasozlik, aviakosmik mashinasozlik kabi tarmoqlari
juda yuqori darajada rivojlangan.
33.
Germaniya qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari sutg‘osht qoramolchiligi va cho‘chqachilik hisoblanadi.34.
Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida asosiyqishloq xo‘jalik ekinlari bug‘doy, arpa, makkajo‘xori,
kartoshka, qandlavlagi hisoblanadi.
bug‘doy
arpa
makkajo‘xori
kartoshka
qandlavlagi
35.
Janubdagi tog‘ yonbag‘irlari va tog‘ oralig‘idagi vodiylarida uzum, tamaki hamda pivo ishlab chiqarishdaqo‘llaniladigan xmelni yetishtirish rivojlangan.
36.
Germaniya iqtisodiyotida transport, bank-moliyasektori, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari
ham muhim ahamiyatga ega.
37.
Jumladan, Yevropadagi eng yirik aeroportga egaFrankfurt-Mayn shahri qit’adagi asosiy bank-moliya
markazlaridan biri hisoblanadi (23-rasm).
38.
Germaniyaning sharqiy yerlari (sobiq GDR)mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning pastroq ko‘rsatkichlari bilan
ajralib turadi.
sobiq GDR hududi
39.
1. Germaniya iqtisodiy geografik o‘rniningqulayligini izohlang.
2. Germaniya aholisining tabiiy va migratsion harakatiga qanday xususiyatlar xos?
3. Mamlakatning qishloq xo‘jaligi qaysi tarmoqlarga
ixtisoslashgan?
4. Frankfurt-Mayn shahrining iqtisodiy geografik
salohiyati qanday omillar bilan belgilanadi?
40.
© Foydalanilgan adabiyotlar:• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V.
Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent –
“O‘zbekiston” – 2019
• Atlas (Materik va Okeanlar geografiyasi), 6-sinf,
O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri qo‘mitasi, Toshkent 2020
41.
© Internet manbalari:• www.wikipedia.org
• www.britannica.com
• www.kids.nationalgeographic.com
• www.tourism.de
• www.ec.europe.eu
• www.yaklass.ru
• www.obrazovaka.ru
• www.travelask.ru
• www.orangesmile.com
42.
© Internet manbalari:www.1zoom.me
www.camper-s.ru
www.germanculture.com.ua
www.immigration-residency.com
www.сезоны-года.рф
www.pikabu.ru
www.dw.com
www.fertiglobal.com
www.mms-germany-de
www.dandc.com.ua
43.
© Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi vatartiblandi. Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method