Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 19-maktabning geografiya fani o’qituvchisi Axmedov Valijonning Nigerya
Aholisi
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxari
Tabiiy sharoiti va resurslari
Iqtisodiyoti
Topshiriqlar
5.76M
Category: geographygeography

Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 19-maktabning geografiya fani o’qituvchisi Axmedov Valijonning Nigerya

1. Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 19-maktabning geografiya fani o’qituvchisi Axmedov Valijonning Nigerya

Federativ Respublikasi.
Mavzusida tayyorlagan slaydi.
KOSONSOY 2020yil.

2. Aholisi

• Nigeriya aholi soni bo'yicha jahonda 7-o'rinda turadi va u dunyoning 10 ta
peshqadam davlati orasida tabiiy ko'payishning eng yuqori sur'atlari bilan
ajralib turadi. Nigeriya aholisi yiliga 4-4,5 million kishiga ko'paymoqda.
• Nigeriya aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Nigeriyada 6 ta
«millioner» shahar mavjud. Gvineya qo'ltig'i sohilida joylashgan Lagos
shahri nafaqat Nigeriya, balki butun Afrikadagi eng yirik shahar hisoblanadi.
Lagos 1991-yilgacha mamlakat poytaxti bo'lgan, lekin uning aholisi juda
ko'pligi sababli poytaxt Abuja shahriga ko'chirildi.

3.

4.

5.

• Nigeriya Federativ Respublikasi G'arbiy Afrikada joylashgan. Qirg'oqlari
janubdan Atlantika okeanining Gvineya qo'ltig'i suvlari bilan yuviladi.

6.

7.

8.

• Boshqaruv shakli - prezidentlik respublikasi. Nigeriya federativ davlat bo'lib,
36 ta shtat va federal poytaxt hududidan iborat. Nigeriyaning shtatlari,
asosan, etnik tamoyil asosida ajratib qo'yilgan. Poytaxti - Abuja shahri mamlakatning markazida joylashgan.

9. Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxari

10. Tabiiy sharoiti va resurslari

• Nigeriyaning hududi Niger va Benue daryolari bilan relyefi jihatdan farq
qiladigan ikki qismga bo'linadi. Shimolda relyef, asosan, yassi tog'liklardan
iborat, mamlakatning janubiy qismi esa pasttekisliklar bilan band.
• Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi - uning neft zaxiralari. Neft konlari
ko'proq mamlakatning janubiy qismida joylashgan.

11.

12.

• Mamlakat, asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida
joylashgan. Yil bo'yi issiq harorat saqlanadi. Yog'in miqdori janubiy
dengizbo'yi hududlaridan shimolga tomon kamayib boradi. Ekvatorial
iqlimli qismida yillik yog'in miqdori 3 000 mm atrofida. Doimiy va fasliy
nam o'rmonlar hamda savannalar Nigeriyaning asosiy tabiat zonalaridir.
• Nigeriyadagi daryolardan eng yirigi Niger daryosi hisoblanadi. U Gvineya
qo'ltig'iga quyilishida katta deltani hosil qiladi. Niger deltasi
mamlakatning muhim iqtisodiy rayoni hisoblanadi.

13.

14.

15.

16.

• Nigeriya Tropik Afrikadagi aksariyat mamlakatlar singari ko'pmillatli
davlat bo'lib, aholisining etnik tarkibi 250 tadan ziyod mahalliy millat
va elatlardan iborat. Eng yirik millatlari - xausa, yoruba va igbo (har
biri jami aholining tahminan 20 % ini tashkil qiladi). Davlat tili ingliz. Nigeriyaning shimoliy va g'arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy
va janubiy shtatlarida esa xristian dini ko'proq tarqalgan.
• Aholi zichligi mamlakatda o'rtacha hisobda 1 km2 ga 200 kishidan
ziyodroq bo'lsa, qirg'oqbo'yi hududlarida bundan 3-4 barobar
yuqoridir.

17.

18. Iqtisodiyoti

• Nigeriya YIMning umumiy hajmi bo'yicha Afrikada 1-o'rinda turadi,
YIMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa uncha
yuqori emas - 6 000 AQSH dollari atrofida. Ammo bu Tropik
Afrikadagi ko'p davlatlarga nisbatan birmuncha balandroq
ko'rsatkichdir (mintaqa bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 3 600 AQSH
dollariga teng).

19.

• Mamlakat iqtisodiyotining asosi va davlat byudjeti daromadining bosh
manbayi - neft eksporti. Neftni qazish va uni qayta ishlash sanoati
Nigeriya sanoatining eng rivojlangan tarmog'idir. Mamlakatda o'rmon,
to'qimachilik, oziq-ovqat va tog'-kon sanoati ham birmuncha
rivojlangan.

20.

21.

• Qishloq xo'jaligi - aholi bandligining asosiy sohasi. Nigeriyada
yeryong'oq, makkajo'xori, sholi, sorgo, tabiiy kauchuk, paxta, sholi,
turli sabzavot va meva ekinlari yetishtiriladi. Qoramolchilik,
qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik Nigeriya chorvachiligining
asosiy tarmoqlari hisoblanadi.

22.

23. Topshiriqlar

•1. Mavzuni o`qish
•2. Davlat bayrog`ini va
ma’lumotlarini yozib kelish
•3. Jadval to`ldirish

24.

Savollar
Boshqaruv shakli va ma’mumriy bo`linishi
Chegaradosh davlatlarini yozing (atrofidagi dengiz va okeanlar)
Eng yirik daryolar
Aholisi soni, joylashuvi, etnik tarkibi
Din
eng yirik shaharlari
qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari
sanoatining yetakchi tarmoqlari
Relyefi (tog`, tekislik, cho`l)
Foydali qazilma konlari
javobi
English     Русский Rules