34.26M

7-sinf. Geografiya. Tabiiy_geografik_o‘lkalari_Materik_tabiatiga_insonning_ta'siri -1

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !

2.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
5.7. Tabiiy geografik o‘lkalari.
Materik
tabiatiga insonning ta’siri

3.

4.

Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra to‘rtta yirik tabiiy geografik o‘lkaga
ajratiladi.
Ular Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika deb ataladi (61rasm).
Shimoliy Afrika
Markaziy Afrika
Sharqiy Afrika
Janubiy Afrika

5.

Shimoliy Afrika
Janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan
shimolda O‘rta dengizgacha, g‘arbda Atlantika
okeani sohillaridan sharqda Efiopiya
tog‘larining etaklarigacha bo‘lgan hududlarni
egallaydi.

6.

Savannali Sudan (arabcha “qoralar o‘lkasi”), Sahroi Kabir va Atlas
tog‘lari shu o‘lkada joylashgan. Shimoliy Afrika o‘lkasi tarkibida birbiridan farq qiladigan uchta tabiat komplekslari bor.
3
2
1

7.

Bular: 1) qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonasi
(Atlas tog‘i), 2) qumli va toshloq cho‘lli Sahroi Kabir 3) o‘t o‘simlikka
boy savannali Sudan yoki Saxel hududlaridir.
Atlas tog‘ o‘lkasi
1
Sahroi Kabir
2
Sudan tekisliklari
Saxel
Atlas
Savannali
Sahroi
(Chalacho‘l)
tog‘iKabir
Sudan
o‘lkasi

8.

Markaziy (Ekvatorial) Afrika
Shimoliy Gvineya
Kongo kotlovinasi
Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo
havzasini qamrab oladi.

9.

Bu o‘lkada doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam
o‘rmonlar zonalarining noyob landshaftlari tarkib topgan.

10.

Markaziy Afrika o‘simliklari
Kauchuk
Muskat
olinadigan
Moyli
Qizil
daraxt
yong‘og‘i
palma
Geveya
Seyba
(paxta)
daraxtidaraxti
O‘lkada
qimmatbaho
mebellar
ishlanadigan
qizil daraxt,
yog‘ olinadigan
palma, seyba
va muskat
daraxtlari,
kauchuk
olinadigan
daraxtlar
o‘sadi.

11.

Markaziy Afrikada yashovchilar
O‘rmon
Setse
MittiGorilla
Okapi
pashshasi
bug‘ucha
odamlari
Mitti pigmey
qabilasi —
o‘rmon
odamlari,
bahaybat gorilla,
setse
pashshasi, mitti
bug‘ucha, okapi
va boshqalar
faqat shu
hududlarda
yashaydi.

12.

Sharqiy Afrika
Materikning baland tog‘li qismini egallaydi.
Bu o‘lkada quruqlikdagi eng katta yer
yorig‘i — Buyuk Afrika yer yorig‘i
joylashgan.

13.

Shu sababli o‘lkada tektonik ko‘llar ko‘p.Afrikaning eng baland nuqtasi
— Kilimanjaro vulqoni (5 895 m) shu yerda joylashgan.

14.

Sharqiy Afrikani ba’zan “Afrika materigining tomi” deb atashadi. O‘lka
asosan Efiopiya tog‘ligi va Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan iborat.
Efiopiya tog‘ligi
Sharqiy afrika
yassitog‘ligi
Efiopiya
Sharqiy
Afrikatog‘ligi
yassitog‘ligi

15.

Relyefi va iqlim xususiyatlariga bog‘liq holda o‘simlik va hayvonot
olami tarkib topgan.

16.

Balandlik mintaqalanishi aniq namoyon bo‘lgan.

17.

Janubiy Afrika o‘lkasi
Janubiy Afrika
yassitog‘ligi
Kap tog‘i
Madagaskar
Kongo — Zambezi daryolari
suvayirg‘ichidan janubdagi hududlarni
egallaydi. Bu o‘lkani kichik Afrika deb ham
atashadi.

18.

Sababi kichik hudud tabiati iqlimiga bog‘liq holda kenglik va uzoqlik
bo‘yicha almashib keladi.

19.

Tog‘larida balandlik mintaqalanishi mavjud.

20.

Madagaskar — paydo bo‘lishiga ko‘ra yirik materik oroli. Tabiatiga
okeanning ta’siri katta.

21.

Tropik o‘rmon va savannalar ko‘p.

22.

Orol hayvonlaridan Buqalamun va Lemur.

23.

Aholisi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Afrika
materigining aholisi 2020- yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 1 mlrd 338 mln
kishidan ortdi.

24.

Afrika aholisi asosan uchta irqqa — yevropeoid, negroid va mongoloid
irqlariga mansub.

25.

Yevropeoid irqi vakillari asosan materikning shimolida yashaydi.
Ularning terisi qoramtir bug‘doyrang, sochi va ko‘zlari qora, bosh
suyagi cho‘ziqroq, burni qirrador va yuzi biroz cho‘ziqroq bo‘ladi.

26.

Sahroi Kabirdan janubda negroid irqi vakillari yashaydi.

27.

Afrikaning eng bo‘ydor xalqlari materikning shimoliy qismidagi
savannalarida yashaydi (tutslar, ximlar va b.). Ular bo‘yining uzunligi
180—200 sm.

28.

Ekvatorial o‘rmonlarda pigmeylar yashashadi, ular past bo‘yli (150 cm
dan kam) bo‘ladi. Pigmeylar — o‘rmon odamlari, ular uchun o‘rmon
ham uy, ham yashash uchun zarur mahsulotlar manbaidir.

29.

Janubiy Afrikaning chalacho‘l va cho‘llarida bushmenlar bilan
gottentotlar yashaydi. Ular terisining rangi sarg‘ish-jigarrang, yuzi keng
yassi, shuning uchun mongoloidlarga o‘xshab ketadi.

30.

Afrika aholisi juda notekis joylashgan. Aholining joylashishiga birinchi navbatda
tabiiy sharoit ta’sir etgan bo‘lsa, keyingi navbatda tarixiy sabablar ta’sir ko‘rsatgan.
O‘rta dengiz sohillari, Gvineya qo‘ltig‘i va materikning janubi-sharqiy sohillarida
aholi zich joylashgan.

31.

Afrika tabiatiga insonning ta’siri. Milliy bog‘lari, qo‘riqxonalari.
XIX asr boshlarigacha materik tabiati deyarli o‘zgarmagan holda
saqlangan edi. Insonning tabiatga ta’siri, ayniqsa, yevropaliklar
materikka kirib kelganlaridan so‘ng kuchaydi.

32.

O‘rmonlar kesilib, o‘rnida ekinzorlar bunyod etildi.

33.

Hayvonlarning ko‘plab ov qilinishidan ayrim noyob hayvon turlari (fil,
karkidon, gorilla, zebra, antilopa va b.) kamayib boryapti.

34.

Foydali qazilmalarning qazib olinishi atrof-muhitga katta zarar
yetkazmoqda.

35.

Ekvatorial o‘rmonlar savannalarga, savannalar esa cho‘llarga aylanib
bormoqda.

36.

Keyingi yarim asr mobaynida Sahroi Kabir cho‘lining maydoni 650 000
km2 ga kengaygan.
Sahroi Kabir maydoni 8,6 mln (9,2 mln) km²

37.

Cho‘llarni savannalarga bostirib kelishidan saqlash uchun Sahroi
Kabirda uzunligi 1500 km bo‘lgan keng ihota o‘rmonlari bunyod
etilmoqda.

38.

Afrika tabiatini muhofaza qilish dolzarb masalaga aylangan. Materikda
o‘simlik va hayvonot olamini asrash maqsadida 392 ta milliy bog‘ va
qo‘riqxonalar tashkil etilgan.

39.

Kongo Demokratik Respublikasining 15% hududini milliy bog‘lar,
botanika bog‘lari, tajriba stansiyalari, Keniya davlatida 10% maydonni
milliy bog‘lar egallaydi.
Kongo
Keniya
DR

40.

Afrika tabiati inson tomonidan anchagina o‘zgartirib yuborilgan.Tabiatni
asrash maqsadida qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan. “Serengeti”,
“Rungva”, “Nyasa”, “Ngorongoro”, “Etosha” shular jumlasidandir (62-rasm).
41
2
3
5
Serengeti
Rungva
Nyasa
Ngorongoro
Etosha

41.

Topshiriqlar
• 1. Mavzuni o`qish
• 2. T A B I I Y G E O G R A F I K O ‘ L K A
L A R xaritasini chizib kelish
• 3. O`lkalar bo`limini ko`chiramiz.
• 4. Jadval to`ldirish

42.

Aholi soni
Irqlar
Negroid tashqi ko`rinishi
Pigmeylar
bushmenlar bilan gottentotlar
Aholi zich hududlar
Milliy bog`lar soni
Eng yirik milliy bog`lar nomi
English     Русский Rules