16.62M
Category: geographygeography

Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2.

5.14. Materik aholisi va uning
tabiatga ta’siri

3.

4.

Avstraliya aholisi va uning hududiy tarqalishi.
Avstraliyaning hozirgi aholisi kamchilikni tashkil etuvchi tubjoy aholi —
aborigenlardan va aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi ko‘chib kelganlardan
tashkil topgan.

5.

Aborigenlar avstroloid-negroid irqiga mansub. Ularning terisi to‘q
jigarrang, sochlari to‘lqinsimon, qora, burni yapaloq, qoshining usti
qabariq bo‘ladi (71-rasm).

6.

Taxminlarga ko‘ra, ular bu yerga Janubi-sharqiy Osiyodan kelgan. Yevropaliklar
kelgunga qadar avstraliyaliklar juda past taraqqiyot darajasida bo‘lgan.

7.

Aborigenlar dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham
shug‘ullanmagan. Ular ovchilik, termachilik bilan kun ko‘rgan.

8.

Tabiatda aniq mo‘ljal olishni bilgan, ko‘chmanchilik bilan hayot
kechirgan.

9.

Aborigenlar asosan Avstraliyaning tabiiy sharoiti inson hayoti uchun
qulay bo‘lgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida o‘rnashgan edilar.

10.

Keyinchalik materikka yevropaliklar kelganidan so‘ng va qo‘ychilik
rivojlanishi bilan

11.

ular qurg‘oqchil, yashash uchun noqulay yerlarga siqib chiqarildi.

12.

Kelgindi aholi yevropaliklarning avlodlaridan iborat. Asosan inglizlar — ingliz tilida
so‘zlashuvchi avstraliyaliklardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliya materigining aholisi 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 26 mln
kishi yashaydi.

13.

Aholi materikda juda notekis taqsimlangan. Aholisining asosiy qismi
materikning inson yashashi uchun qulay bo‘lgan janubi-sharqiy, sharqiy va
janubi-g‘arbiy chekkalarida to‘plangan. Materikda aholi zichligi yuqori emas.

14.

Tabiatiga insonning ta’siri.
Avstraliya tabiati yevropaliklar ko‘chib kelganidan so‘ng, ularning
xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez va kuchli darajada o‘zgardi.

15.

Tabiatiga insonning ta’siri.
Avstraliya tabiati yevropaliklar ko‘chib kelganidan so‘ng, ularning
xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez va kuchli darajada o‘zgardi.

16.

Ko‘plab miqdorda ovlash va yashash sharoitining o‘zgarishi natijasida
hayvonlarning ko‘pi qirilib ketdi.

17.

Kenguruning ba’zi turlari, xaltali bo‘ri, vombatlarning ayrim turlari
yo‘qolish arafasida.

18.

Ayniqsa, Avstraliyaning sharqiy, janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy aholi zich
yashaydigan qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan.

19.

Ilgarigi quruq siyrak o‘rmonlar va butazorlar o‘rnini endilikda antropogen
landshaftlar — bug‘doyzorlar, uzumzorlar, zaytunzorlar egallagan.

20.

Sanoatining rivojlanishi natijasida ko‘plab antropogen tabiat komplekslari
vujudga keldi.

21.

Tabiatni muhofaza qilish va yo‘qolib borayotgan kamyob o‘simlik va
hayvonlarni saqlab qolish uchun milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar bunyod etilgan.

22.

“Kakadu” milliy bog‘i,

23.

“Kossyushko” milliy bog‘i,

24.

“Lichfild Park” milliy bog’i (rasmda termitlar uyi),

25.

“Yanchep Park” milliy bog‘i,

26.

,
“Kent Grup” qo‘riqxonasi,

27.

“Barma” qo‘riqxonasi va boshqalar shular jumlasidandir (72-rasm).

28.

Tabiiy geografik o’lkalari
Avstraliya tabiati bir-biridan o‘zgacha
bo‘lgan 7 ta tabiiy geografik o‘lkaga
ajratiladi. Bular Shimoliy Avstraliya
(Keyp York, Arnemlend va Kimberli
yarimorollari), Shimoli-sharq (Katta
Suvayirg‘ich tizmasi va undan sharqdagi
hududlar), Janubi-sharq (Viktoriya
tog‘lari, Murrey va Darling daryolarining
quyilish qismi), Markaziy tekislik
(Avstraliyaning ichki oqim hududi, Eyr
Nord ko‘li, Darling va Kuper krik),
G‘arbiy Avstraliya (Gibson, Viktoriya
Katta cho‘li, Katta Qumli cho‘l, Nallarbor
tekisligi, materikning juda katta g‘arbiy
qismi), G‘arbiy Avstraliya (materikning
chekka janubi-g‘arbiy qismidan G‘arbiy
Avstraliya platosigacha bo‘lgan
hududlar) va Tasmaniya oroli tabiiy
geografik o‘lkalaridir (73-rasm).

29.

Topshiriqlar
• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Avstraliya materigining
tabiiy geografik o‘lkalari
xaritasini chizib kelish
• 3. Jadvallarni to`ldirish

30.

Savollar
Avstraliyaning tubjoy aholisi
Aborigenlar irqi
Aborigenlar tuzulishi
Aborigenlar kelgan hududi
Aborigenlar nima bilan shug‘ullanmagan? Nima bilan kun ko`rishgan?
Aborigenlar yashagan hudud
Avstraliya materigining aholisi soni
Aholisi asosiy qismi materikning qaysi qismida to`plangan
Qaysi hayvonlar yo‘qolish arafasida.
Avstraliyaning qaysi qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan
Qanday antropogen landshaftlar bor?
milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar nomini yozing
Javoblar

31.

Tabiiy geografik o‘lka
Shimoliy Avstraliya
Shimoli-sharq
Janubi-sharq
Markaziy tekislik
G‘arbiy Avstraliya
G‘arbiy Avstraliya
Tasmaniya oroli
Hududlar

32.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T.
HOJIYEVA , umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi.
• @edutrm_uz
• A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ www.eduportal.uz

33.

Rasmlar uchun foydalanilgan saytlar (qaysi sahifadagi qaysi
rasm):
www.wikipedia.org
www.travel-men.ru
www.ecoportal.info
www.900igr.net
www.reader.lecta.rosuchebnik.ru
www.сезоны-года.рф
www.fotoface.my1.ru
www.autogear.ru
www.obrazovaka.ru
www.svoiludi.ru
www.nations.su
www.goturist.ru
www.yaklass.ru
www.nabugre.com

34.

Rasmlar uchun foydalanilgan saytlar (qaysi sahifadagi qaysi
rasm):
www.worldatlas.com
www.obrazovaka.ru
www.pinterest.com.au
www.smh.com.au
www.scootle.edu.au
www.theconservation.com
www.theguardian.com
www.corfublues.blogspot.com
www.cbhsyearfivehistory.weebly.com
www.theaustralian.com.au
www.natworld.info

35.

© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
English     Русский Rules