Similar presentations:
9-sinf. Geografiya. Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi
1.
Yevropaning tabiiy sharoitiva resurslari, aholisi
2.
• Tabiiy sharoiti va resurslari. Yevropamamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
tabiiy sharoitining ma’lum xususiyatlari ta’sir
ko‘rsatgan. Bunday tabiiy geografik omillar
qatoriga nisbatan iliq va nam iqlim, transport
sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘
tizmalarining kamligi, suv va o‘rmon
resurslarining yetarliligi, dengiz portlarini
qurish uchun qulay qirg‘oqbo‘yi hududlarning
ko‘pligini kiritish mumkin.
3.
4.
• Yevropada yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir,qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar
yirik konlari mavjud. Toshko‘mirning yirik konlari
Germaniya, Rossiya va Ukrainada ochilgan.
Qo‘ng‘ir ko‘mirning yirik konlari Germaniya,
Chexiya va Polshada joylashgan. Yonuvchi
slaneslarning katta zaxiralari Estoniyada mavjud.
Yevropada neft va tabiiy gazning asosiy zaxiralari
Rossiyaning turli hududlari hamda Shimoliy va
Norvegiya dengizlari sayozliklarida ochilgan. Bu
yerdagi neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk
Britaniya, Norvegiya va Niderlandiyaga tegishli
5.
6.
• Temir rudalarining yirik konlari Rossiya,Ukraina, Shvetsiya, Fransiya va Germaniyada
joylashgan. Polsha, Bolgariya, Ruminiyada
mis-molibden konlari, Fransiya va Gretsiyada
boksit, Italiya, Ispaniya, Ukrainada simob
rudalarining yirik zaxiralari mavjud.
7.
• Yevropada yer va suv resurslaridan intensivtarzda foydalanilmoqda. Qit’a tabiiy sharoiti
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun, umuman
olganda, qulay hisoblanadi. Bu jihatdan G‘arbiy va
Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib
turishini aytib o‘tish lozim. Janubiy Yevropa
mamlakatlarida iqlim sharoitining birmuncha
qurg‘oqchilligi tufayli sun’iy sug‘orish ancha keng
tarqalgan.
• Yevropa o‘rmon resurslari bilan yaxshi
ta’minlangan. Bu borada, ayniqsa, Rossiya,
Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya
alohida ajralib turadi.
8.
9.
10.
AHOLISI11.
Aholisi.• Aholisi. Yevropada, 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, 746
mln. kishi istiqomat qiladi (Rossiyaning Osiyodagi qismi
bilan birga). Bu dunyo aholisining 9,8 % ini tashkil
etadi. Yevropaning jahon aholisidagi ulushi aholi tabiiy
ko‘payishining o‘ta pastligi tufayli borgan sari kamayib
bormoqda. Umumiy hisobda Yevropa mamlakatlarida
tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari deyarli bir xil, tabiiy
ko‘payish esa yo‘q. Tug‘ilish darajasi o‘limdan ko‘ra past
bo‘lib, aholining tabiiy kamayishi ro‘y berayotgan
Yevropa davlatlari soni yildan yilga ko‘paymoqda.
Germaniya, Gretsiya, Portugaliya, Bolgariya, Serbiya,
Latviya, Litva, Estoniya, Ukraina, Ruminiya, Moldova,
Vengriya va boshqa mamlakatlarda bunday vaziyat uzoq
vaqtdan buyon kuzatilmoqda.
12.
13.
• Tug‘ilishning pastligi tufayli Yevropamamlakatlarida aholi qarishi jarayoni ro‘y
bermoqda. 2018-yil holatiga ko‘ra, qit’a
aholisining 16 % ini 14 yoshgacha bolalar
tashkil etgan holda, 65 yoshdan katta bo‘lgan
aholi qatlamining ulushi 18 % ga teng.
14.
15.
• Yevropa xalqaro migratsiyaning yirik markazihisoblanadi. Ayniqsa, G‘arbiy Yevropaning eng
rivojlangan mamlakatlari dunyodagi yirik
immigratsiya markazlari hisoblanadi. G‘arbiy
Yevropaga Osiyo va Afrikadan aholi ko‘chib
kelishining sabablari, asosan, iqtisodiy mohiyatga
ega, ya’ni G‘arbiy Yevropa davlatlarining mehnat
bozorida ish o‘rinlarining ko‘pligi hamda turmush
darajasining yuqoriligi bilan izohlanadi. G‘arbiy
Yevropaga qit’aning iqtisodiy jihatdan birmuncha
sustroq rivojlangan janubiy va sharqiy qismidagi
mamlakatlar aholisi ham faol ravishda ko‘chib
bormoqda.
16.
17.
18.
• Yevropa davlatlarida, dunyoning boshqa mintaqalariganisbatan, urbanizatsiya jarayoni ertaroq boshlangan
edi. Hozirgi vaqtda Yevropa qit’asining urbanizatsiya
darajasi 75 % ga yaqin. Shaharlashuv darajasi,
ayniqsa G‘arbiy va Shimoliy Yevropadagi rivojlangan
davlatlarda yuqori bo‘lib, ba’zi hollarda 90 % dan
ortib ketgan. Janubiy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida shahar aholisining ulushi biroz
pastroq, lekin deyarli barcha davlatlarda 50 % dan
oshadi. Qit’ada urbanizatsiya ko‘rsatkichi faqatgina
Moldova hamda Bosniya va Gersegovinada 50 % dan
pastroq.
19.
20.
21.
22.
• Yevropa mamlakatlari o‘rtasida aholi zichligibo‘yicha katta tafovutlar mavjud. Bunga tabiiy
sharoit, ayniqsa iqlim va relyef katta ta’sir
ko‘rsatgan. G‘arbiy va Janubiy Yevropaning
daryo vodiylari va dengizbo‘yi tekisliklarida aholi
zichligi eng yuqori. Shimoliy Yevropa
mamlakatlarida aholi zichligi ancha past. Bu
mamlakatlarda aholining katta qismi ularning
janubidagi dengizlarga tutash hududlarida
mujassamlashgan.
23.
Yevropa aholisiningzichligi
24.
• Yevropada eng keng tarqalgan din xristianlikhisoblanadi. Shimoliy Yevropada protestantlar, Janubiy
Yevropa davlatlarida (Gretsiyadan tashqari) esa
katoliklar yetakchilik qiladi. G‘arbiy Yevropa
davlatlarida xristianlikning bu ikki mazhabi aralash
holda tarqalgan. Sharqiy Yevropa davlatlarida katolik
va pravoslav xristianlik asosiy dinlar hisoblanadi.
Pravoslavlar soni jihatidan Rossiya, Ukraina,
Ruminiya, Bolgariya, Belarus, Serbiya kabi davlatlar
alohida ajralib turadi. Shuningdek, qit’adagi 2 ta
davlatda mahalliy aholisi tarkibida musulmonlarning
ulushi 50 % dan yuqori – bular Bolqon yarimorolida
joylashgan Albaniya hamda Bosniya va Gersegovinadir.
25.
26.
27.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Yozuvsiz xaritadan Shimoliy
Yevropa davlatlarini bo`yab
kelish
• 3. Muhim ma’lumotlarni yozish
Aholi mavzusi bo`yicha
• 4. Jadvalni to`ldirish