Similar presentations:
9-sinf. Geografiya. Amerika Qo'shma Shtatlari
1. ASSALOMU ALAYKUM !
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2. 56-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм56-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3.
4.
Maydoni: 9519,4 ming km²Aholisi (2020): 329,9 mln
Poytaxti: Vashington
5. Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-,
6. aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi.
7. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo‘yicha zamonaviy dunyoning yetakchi davlatlaridan
biri.8. AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o‘rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning
shimoli-g‘arbidajoylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari.
9. AQSH 3 ta — Atlantika, Tinch okean va Shimoliy Muz okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. U quruqlikda faqat Kanada va Meksika
bilan chegaradosh.AQSH – Meksika chegarasi
10. AQSH va Kanadaning chegarasi jahon bo‘yicha ikkita davlat o‘rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi.
11. Bering bo‘g‘izi orqali AQSH Rossiya bilan chegaradosh.
12. AQSH — prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi.
Jo Bayden13. AQSH poytaxti – Vashington shahri.
AQSh parlamenti - Kongress14. Siyosiy-hududiy tuzilishi nuqtai nazaridan, AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat federatsiyadir.
15. 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa
48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri)kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50shtat esa Gavayi.
16. Tabiiy sharoiti va resurslari.
AQSH hududi yirikligi uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil.17. Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari asosan tekisliklardan iborat,
18. g‘arbiy qismidan esa Kordilyera tog‘larining bir nechta tarmoqlari o‘tgan.
19. Alyaska va Gavayi shtatlarining relyefi ham asosan tog‘li.
Yo‘lni kesib o‘tayotgan los, Alyaska20. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi — balandligi 6194 metr bo‘lgan Denali (oldingi nomi — Mak
Kinli) cho‘qqisi joylashgan (151-rasm).21. Materikning eng past nuqtasi — Ajal vodiysi (-86 metr) ham AQSHda, Kaliforniya shtatida joylashgan (152-rasm).
-86Долина
Смерти
22. AQSH ko‘mir, neft, tabiiy gaz, temir, turli rangli metallar rudalari, mineral tuzlarning yirik zaxiralariga ega. Ayniqsa,
mamlakatningg‘arbiy tog‘li hududlari mineral resurslarga boy.
23. Ammo AQSHda sanoat ishlab chiqarish hajmining yirikligi tufayli mamlakat mineral xomashyoning ko‘p turlarini import qiladi.
24. Kontinental shtatlar hududi asosan mo‘tadil va subtropik,
25. Alyaskaning katta qismi subarktika va arktika,
26. Florida yarimoroli hamda Gavayi orollari esa tropik iqlim mintaqasida joylashgan.
27. Meksika ko‘rfaziga tutash hududlarda tropik dovullar (tornado) ko‘p sodir bo‘ladi.
28. AQSHning asosiy tabiat zonalari — aralash va keng bargli o‘rmonlar,
29. dasht va o‘rmon-dasht.
30. Mamlakat g‘arbida chalacho‘l va cho‘llar ham ko‘p uchraydi.
31. AQSH suv va gidro energetika resurslariga boy.
32. Mamlakatning eng yirik daryolari — Missisipi,
133. Missuri,
234. Rio Grande,
335. Kolorado,
436. Kolumbiya.
437. Kanada bilan chegarasida Yuqori, Michigan, Eri, Guron va Ontario ko‘llaridan iborat Buyuk ko‘llar tizimi joylashgan.
38. Aholisi.
AQSHning tub aholisi amerikalik hindular hisoblanadi.39. Lekin hozirgi davrda hindular mamlakat aholisining juda kichik qismini tashkil etadi.
40. Amerikaliklar tarkibida Yevropa mamlakatlaridan turli davrlarda ko‘chib kelganlarning avlodlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
41. Shu bilan birga, AQSH aholisi tarkibida Lotin Amerikasi davlatlari (ayniqsa, Meksika) dan ko‘chib kelganlar,
42. qoratanlilar, mulatlar
43. va boshqa irqiy guruhlarning ulushi ancha katta hamda borgan sari ortib bormoqda.
44. AQSHda 1790-yildan boshlab har 10 yilda muntazam ravishda aholi ro‘yxatga olinadi. 1790-yildan 2020-yilgacha AQSH aholisi soni
salkam 85barobarga oshgan va uning o‘sishi hozirgacha davom etmoqda.
45. Hozirgi bosqichda AQSH aholisining tabiiy ko‘payishi yillik hisobda 0,3–0,4% ni tashkil etib, jahon bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichdan (1,1%) ancha past, ammo rivojlangan davlatlaro‘rtacha ko‘rsatkichiga (0,0%) nisbatan birmuncha yuqori.
46. Migratsion ko‘payish esa yillik hisobda 0,2% ga teng. Ta’kidlash o‘rinliki, AQSH xorijiy migrantlarning soni (46 mln kishi)
bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.47. AQSHda shahar aholisining ulushi 82% (2020-y.).
48. Eng yirik shaharlari — Nyu York (153-rasm),
49. Los Anjeles,
50. Chikago,
51. Xyuston,
52. Filadelfiya.
53. Urbanizatsiya jarayoni rivojlanishi natijasida AQSH hududida 3 ta megalopolis shakllangan: shimoli-sharqdagi
“Boston-Vashington” (BosVash), Buyuk ko‘llarbo‘yidagi “Chikago-Pitsburg” (ChiPits) va Tinch okean bo‘yidagi “San-FransiskoSan-Diyego” (SanSan).
Bosvash (Boston –
Vashington)
Chpits (Chikago –
Pitsburg)
San-San (San- Fransisko
– San-Diego)
54. AQSHda eng ko‘p qo‘llanadigan til ingliz tilidir.
55. Shuningdek, mamlakat aholisining 50 mln kishiga yaqin qismi kundalik hayotda ispan tilida so‘zlashadi.
56. Ispanzabon amerikaliklar ulushi Meksika chegarasiga yaqin joylashgan Nyu Meksiko, Kaliforniya, Texas, Arizona, Nevada
shtatlarida ayniqsa yuqori (20–45%).Nevada
Arizona
Nyu Meksiko
Texas
57. AQSHda aholi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichi 1 km2 ga 35 kishiga teng, lekin mamlakatning turli qismlarida u ancha farq
qiladi (154-rasm). Bunga asosan tabiiysharoit kuchli ta’sir etadi. Shimolisharqiy, janubi-sharqiy va g‘arbiy okeanbo‘yi
shtatlarida aholi zichligi eng yuqori bo‘lsa, tog‘li shtatlar va ayniqsa, Alyaskada
aholi ancha siyrak joylashgan.
58.
59. © Foydalanilgan adabiyotlar:
• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva–Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi, 2022
• @edurtm_uz
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko –
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
60. © Internet manbalari:
www.wikipedia.org
www.yaklass.ru
www.shutterstock.com
www.nasa.gov
www.usaestaonline.com
@national_geograph1c
www.monateka.com
www.profinance.ru
www.flickr.com
www.usacustomsclearance.com
www.reuters.com
www.interesnosti.com
www.ruswi.com
www.mom.com
www.doi.com
61. © Internet manbalari:
www.npr.org
www.britannica.com
www.livescience.com
www.hullam-del-ray.livejournal.com
www.dreamsite.com
www.y-axis.com
www.ru.freepik.com
www.worldstride.com
www.geomap.com.ua
www.freeenglishhelp.com
www.сезоны-года.рф
www.sputnikipogrom.com
www.thenation.com
www.9gag.com
62.
Rossiyalik tajribali o‘qituvchilar ishidan foydalanildi.© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method