51-§. Janubiy Afrika Respublikasi
Drakon va Kap tog‘lari, Veld platosi, tropik cho‘llar, subtropik iqlim, afrikanerlar, afrikaans tili, tog‘-kon sanoati.
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit’asining chekka janubiy qismida joylash­gan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika,
Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Poytaxti – Pretoriya shahri. U yerda faqat pre­zident va hukumatning qarorgohlari
Tabiiy sharoiti va resurslari.
JAR yirik mineral boyliklarga ega davlat. Mamlakatda ko‘mir, marganes, xrom, uran, oltin, olmos, platina, vanadiy va turli
JARning markaziy va g‘arbiy hududlarida issiq va qurg‘oqchil tropik iqlim shakllangan. Mamlakat janubi va sharqidagi
Aholisi..
JARda urbanizatsiya darajasi 65 % ga teng va bu ko‘rsatkich Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan ancha yuqori. Mam­lakatning
Janubiy Afrika Respublikasi aholisi­ning salkam 80 % ini turli mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Af­rika
Yevropaliklarning katta qismini afrikanerlar – XVII–XIX asrlarda ko‘chib kelgan gollandlarning avlodlari tashkil etadi. Ular
Mamlakatning shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori
Iqtisodiyoti.
Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashi­nasozlik, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan.
Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga JARda tog‘-kon sanoati yuqori darajada rivojlangan. JAR ko‘mir, temir
Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv rivoj­langan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning
Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Chor­vachilikning asosiy tarmoqlari –
JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i – tuyaqushlarni boqish ham rivojlangan (80-rasm). JARning janubiy dengizbo‘yi qismida
Topshiriqlar
© Foydalanilgan adabiyotlar:
© Internet manbalari:
9.15M
Category: geographygeography

Janubiy Afrika Respublikasi

1. 51-§. Janubiy Afrika Respublikasi

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
51-§. Janubiy Afrika
Respublikasi

2.

Maydoni – 1219,9 ming km².
Aholisi (2018-y) – 57,7 mln.
Poytaxti – Pretoriya

3. Drakon va Kap tog‘lari, Veld platosi, tropik cho‘llar, subtropik iqlim, afrikanerlar, afrikaans tili, tog‘-kon sanoati.

4. Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit’asining chekka janubiy qismida joylash­gan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika,

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit’asining chekka janubiy
qismida joylashgan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika, janubisharqda Hind okeani suvlari bilan yuviladi. JAR muhim va
serqatnov xalqaro dengiz yo‘llari bo‘yida joylashgan. JARdagi
Keyptaun shahri Janubiy yarim shardagi eng yirik portshaharlardan biri (79-rasm).
Keyptaun shahri

5. Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Poytaxti – Pretoriya shahri. U yerda faqat pre­zident va hukumatning qarorgohlari

Boshqaruv shakli – parlamentar
respublika. Poytaxti – Pretoriya
shahri. U yerda faqat prezident va
hukumatning qarorgohlari
joylashgan, parlament
Keyptaunda, Oliy sud esa
Blumfonteyn shahrida faoliyat
ko‘rsatadi.
Pretoriya
Keyptaun

6. Tabiiy sharoiti va resurslari.

Drakon tog‘lari
JAR hududining relyefi xilma-xil. Sharqiy qismida Drakon tog‘lari,
janubida esa Kap tog‘lari joylashgan. Mamlakatning shimoliy va
markaziy qismlari Veld platosi bilan band, g‘arbiy hududlari esa
tekislik relyefi bilan ajralib turadi.

7. JAR yirik mineral boyliklarga ega davlat. Mamlakatda ko‘mir, marganes, xrom, uran, oltin, olmos, platina, vanadiy va turli

nodir metallarning katta zaxiralari mavjud.

8. JARning markaziy va g‘arbiy hududlarida issiq va qurg‘oqchil tropik iqlim shakllangan. Mamlakat janubi va sharqidagi

dengizbo‘yi hududlarda esa nam subtropik iqlim kuzatiladi.
Mamlakatning qurg‘oqchil iqlimli qismida suv resurslari taqchilligi
mavjud.
tropik
subtropik

9. Aholisi..

JAR qit’a davlatlari orasida aholi soni bo‘yicha 6-o‘rinda turadi.
Aholi tabiiy ko‘payishi sur’atlari aksariyat Afrika davlatlariga
nisbatan pastroq bo‘lib, yillik hisobda 1–1,2 % ga teng. JAR
aholisi qo‘shni davlatlardan ko‘chib kelayotganlar hisobiga ham
ko‘paymoqda.

10. JARda urbanizatsiya darajasi 65 % ga teng va bu ko‘rsatkich Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan ancha yuqori. Mam­lakatning

JARda urbanizatsiya darajasi 65 % ga teng va bu ko‘rsatkich
Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan ancha yuqori. Mamlakatning
eng yirik shahri va iqtisodiy poytaxti Yoxannesburg hisoblanadi.
Yoxannesburg shahri

11. Janubiy Afrika Respublikasi aholisi­ning salkam 80 % ini turli mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Af­rika

Janubiy Afrika Respublikasi aholisining salkam 80 % ini turli
mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Afrika
davlatlaridan yevropaliklarning nisbatan yuqori ulushi (10 % ga
yaqin) bilan ajralib turadi.

12. Yevropaliklarning katta qismini afrikanerlar – XVII–XIX asrlarda ko‘chib kelgan gollandlarning avlodlari tashkil etadi. Ular

niderland tili
asosida shakllangan
afrikaans tilida
so‘zlashadi.

13. Mamlakatning shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori

bo‘lsa,
g‘arbiy va shimolig‘arbiy cho‘l
hududlarida aholi juda
siyrak joylashgan.

14. Iqtisodiyoti.

Janubiy Afrika
Respublikasi
qit’adagi iqtisodiy
jihatdan eng
rivojlangan davlat
hisoblanadi.
Pul birligi - Rand

15. Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashi­nasozlik, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan.

Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, ko‘p
tarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan.

16. Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga JARda tog‘-kon sanoati yuqori darajada rivojlangan. JAR ko‘mir, temir

Ko‘mir qazib olish
Kullian olmos koni
Turli foydali qazilmalarning
boy zaxiralari hisobiga
JARda tog‘-kon sanoati
yuqori darajada
rivojlangan. JAR ko‘mir,
temir rudasi, marganes,
oltin, platina, palladiy,
olmos va boshqa mineral
resurslarni qazib olish
bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida yetakchi
o‘rinlarni egallaydi. JAR
jahondagi eng yirik ko‘mir
eksportyorlaridan biridir.

17. Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv rivoj­langan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning

Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv
rivojlangan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning
taqchilligi bilan bog‘liq. Ammo, shunga qaramasdan, JARda
dehqonchilik va chorvachilikning turli tarmoqlari yuqori darajada
rivojlangan.

18. Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Chor­vachilikning asosiy tarmoqlari –

Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va
uzumchilik hisoblanadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari –
qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik.

19. JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i – tuyaqushlarni boqish ham rivojlangan (80-rasm). JARning janubiy dengizbo‘yi qismida

JARda
chorvachilikning
noodatiy tarmog‘i –
tuyaqushlarni boqish
ham rivojlangan (80rasm). JARning
janubiy dengizbo‘yi
qismida hamda
mamlakat
ichkarisidagi yirik
shaharlarda turizm
yaxshi rivojlangan.

20. Topshiriqlar

•1. Mavzuni o`qish
•2. Davlat bayrog`ini
chizib kelish
•3. jadval to`ldirish

21.

Savollar
Boshqaruv shakli va ma’mumriy bo`linishi
Chegaradosh davlatlarini yozing (atrofidagi dengiz va okeanlar)
Eng yirik daryolar
Aholisi soni, joylashuvi, etnik tarkibi
Din
eng yirik shaharlari
qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari
sanoatining yetakchi tarmoqlari
Relyefi (tog`, tekislik, cho`l)
Foydali qazilma konlari
javobi

22. © Foydalanilgan adabiyotlar:

• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V.
Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent –
“O‘zbekiston” – 2019

23. © Internet manbalari:


www.wikipedia.org
www.eduportal.uz
www.yaklass.ru
www.ft.com
www.en.numista.com
www.m.polity.org.z
www.weadapt.org
www.proagri.co.za
www.southafrica.co.za
www.theconservation.com
www.borgenproject.org
www.eworldtrade.com
www.ru.infoglobe.cz
www.ruafrica.com

24.

© Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi. Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
• @География методика
https://t.me/@geography_method
English     Русский Rules