11.24M
Category: geographygeography

1-amaliy

1.

SENTABR, 2025
TRANSPORT TIZIMINING UMUMIY
TAVSIFI
Fan o‘qituvchisi: Mirali Dehqonov

2.

Transportning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti to‘g‘risida ma’lumot
Transport vositasi kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat qurollari va vositalari hamda
kishilarning bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chirilishisiz biron iste’mol mahsuloti yaratish ham, boshqa biron
oqilona faoliyat ham bo‘lishi mumkin emas. Dastlabki davrlarda odamlar o‘zlarining transportga bo‘lgan
ehtiyojlarini oddiy vositalar bilan qondirganlar. O‘zlariga zarur bo‘lgan ozuqalarni, mehnat vositalarini, kiyimkechak tayyorlash yoki qulay uy-joy sharoitini yaratish uchun zarur bo‘lgan materaillarni, shuningdek, yoqilg‘ini
(asosan o‘tinni) o‘zlari ko‘tarib tashiganlar yoki sudraganlar. Keyinchalik esa har xil hayvonlarni o‘rgatish va
ularni ko‘paytirish orqali, yuk va odamlarni ko‘proq o‘shalardan foydalangan holda tashiganlar. Vaqtlar o‘tishi
bilan insonnig aqliy faoliyati va ilmiy salohiyati rivojlanishi natijasida mehnat unumdorligining o‘sishi,
metalldan yasalgan qurollarning paydo bo‘lishi va takomillashuvi, chorvachilikning rivojlanishi, transport
vositalarining yanada kengayishi va rivojlanishi olib keldi. Arzon mehnat evaziga ulkan inshootlar, shaharlar
qurildi, davlatlar paydo bo‘ldi. Bularning hammasi kishilarning transportga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada oshirdi.
Buyumlarni almashtirish va savdo-sotiqning o‘sishi, bojxona va boshqa shu kabi to‘lovlar yig‘ish, bosqinchilik va
mudofaa urushlari dengiz transportining tez rivojlanishiga olib keldi. Dengiz transportining takomillashuvi bilan
birga, daryo transporti ham paydo bo‘ldi va rivojlandi. Keyinchalik quruqlikda harakatlanuvchi transport ham
rivojlana boshladi. Katta-katta shaharlarni, davlatlarni birlashtiruvchi karvon yo‘llari paydo bo‘la boshladi.
Karvon yo‘llarining tarkib topa boshlashi natijasida transport ishini bir qancha engillashtirgan yuk tashish
shotilari (volokusha) va chanalar paydo bo‘la boshladi. Bunday shotilar va chanalar yirik hayvonlarning
kuchidan foydalanishga mo‘ljallanib yaratilgan edi.

3.

Keyinchalik esa og‘ir narsalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishni engillashtirish maqsadida
ularning tagiga qo‘yiladigan yumaloq g‘o‘lalardan foydalanishni g‘ildirakli transport yaratilishga
asos qo‘yilgan qadam desa bo‘ladi. G‘ildirak insoniyat dahosi yaratgan eng buyuk ixtirodir.
Buning izohi uchun shuni aytish kerakki, birinchidan, tabiatda g‘ildraksimon narsalar
bo‘lmaganligidan uni ixtiro qilish kerak bo‘ldi, ikkinchidan, shu ixtiro necha ming yillardan
buyon insoniyatga xizmat qilishi bilan birga hozirgi vaqtda ham quruqlikda ishlovchi transport
turlariga asos bo‘layotir. Quruqlikda transportining rivojlanishi natijasida ot-arava yo‘llari qurila
boshladi. Zamonlar o‘tishi bilan transportning ba’zi bir turlarini ham takomillashtirishdi. Ishlab
chiqarish kuchlarining o‘sishi bilan katta-katta shaharlar paydo bo‘lib, ularda hunarmandchilik,
savdo-sotiq rivojlana boshladi. Keyinchalik bir qancha omillarga ko‘ra sotishga mo‘ljallangan
tovarlarning ortga borishi transportga bo‘lgan ehtiyojni o‘stirdi. Shu sababdan ko‘pchilik
mamlakatlarda yuk tashish uchun dengiz va daryo, yo‘l va suv inshootlarini kengaytirish
ishlariga katta ahamiyat berila boshladi. XVIII asrning ikkinchi yarmida texnika sohasidagi
keskin o‘zgarish, ayniqsa, mashina yordami bilan mashina ishlab chiqarish savdo-sotiqning
o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va bu davr “sanoat inqilobi” davri bo‘ldi. O‘tmishdan meros bo‘lib
qolgan yelkanli va eshkakli kemalar hamda ot-arava va karvonlar endi bu davrdagi “sanoat
inqilobi” talabini qondira olmas edi. SHuning uchun ham sanoatning rivojlana boshlashi bilan
bir qatorda transport ham yangi asosdagi texnika talabi bilan rivojlana boshladi. Buning yorqin
dalili bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi bo‘ldi. Bug‘ kuchi vositasida tabiat injiqliklariga bog‘liq
bo‘lmagan va nazariy jihatdan har qanday quvvatga ega bo‘la oladigan transport vositalarini
yaritish imkoniyati tug‘ildi. Natijada birinchi bug‘ kemalari, parovozlar, quruqlikda yuruvchi
bug‘ mashinalari, keyinchalik esa bug‘ samolyotlari yaratildi.

4.

Infratuzilma atamasi lotincha infra - pastda, ostida va
structura - tuzilma, joylashuv (pastki tuzilma, poydevor)
so‘zlaridan kelib chiqqan. Bu atama harbiy leksikondan
olingan bo‘lib, u yerda XX asrning boshlarida paydo
bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan qurolli kuchlarning jangovar
tayyorgarligi va harakatlarini (o‘q-dorilar va boshqa
harbiy materiallar omborlari, aerodromlar, raketa bazalari,
poligonlar,
raketalarni
uchirish
boshqalar)
joylashtirishni,
maydonchalari
butlashni
va
va
qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlaydigan ichki inshootlar majmuasini
anglatgan.
Infratuzilma - muammoni (vazifani) hal qilish uchun
asosni tashkil etuvchi va (yoki) ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar majmui. Iqtisodiy
adabiyotlarda bu atama 40-yillarning oxirida qo‘llanila
boshlandi. U sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik tarmoqlari majmuini ifodalay
boshladi.

5.

Transport infratuzilmasi - transport ishiga xizmat ko‘rsatuvchi moddiy dunyo
obyektlari (muhandislik inshootlari) majmui. Transport harakatini ta’minlovchi
muhandislik inshootlari majmui.
Infratuzilma ikki guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
(ijtimoiy). Birinchi guruhga bevosita moddiy ishlab chiqarishga xizmat
ko‘rsatuvchi infratuzilma tarmoqlari; temir yo‘l va shosse yo‘llari, suv ta’minoti,
kanalizatsiya va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga ishlab chiqarish jarayoni bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan sohalar kiradi: kadrlar tayyorlash, maktab va oliy ta’lim,
sog‘liqni saqlash va boshqalar. Bizni ishlab chiqarish infratuzilmasi, xususan,
transport infratuzilmasi qiziqtiradi.
Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga transport infratuzilmasining ta’sirini
baholash qiyin: u iqtisodiy o‘sish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash uchun shart-sharoitlarni
ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda transport infratuzilmasining ko‘plab ta’riflari mavjud.
Ba’zi mualliflar transport infratuzilmasi – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarni
amalga oshiradigan tarmoqlar va korxonalar yig‘indisidir, degan nuqtayi
nazarga amal qiladilar. Barcha rivojlangan sivilizatsiyalar odamlarning muloqot
va aloqaga intilishi bilan tavsiflanadi, shuning uchun harakatlanish
imkoniyatlari insoniyat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Insonning hayot faoliyatini hududning bir nechta funksiyalari yig‘indisi sifatida
tasavvur qilish mumkin: yashash, ishlash, ijtimoiy ta’minot (maktab, teatr,...),
dam olish va ko‘kalamzorlashtirish. Odamlar va tovarlarning harakatlanishi
transport funksiyasi hisobiga sodir bo‘ladi, u zaruriy bog‘lovchi qism hisoblanadi.
Bu qoida har qanday ko‘lamda - kichik qishloqdan tortib katta hududlargacha
amal qiladi.

6.

TRANSPORT
TURLARI

7.

TEMIR YO‘L TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Temir yoʻl transporti (temir yoʻl) – umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri hisoblanib,
uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun
tashkilotlar bilan yagona ishlab chiqarish-texnologik kompleks boʻlib, boshqa davlatlarning temir
yoʻllari va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro munosabatlarda tashishga boʻlgan ehtiyojni
taʼminlaydi. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi - umumiy foydalanishdagi
temir yo‘llar va boshqa inshootlar, temir yo‘l stansiyalari, elektr ta’minoti qurilmalari, aloqa
tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka qilish tizimlari, axborot komplekslari va
harakatni boshqarish tizimi hamda ushbu kompleksning ishlashini ta’minlovchi boshqa binolar,
inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalarni o‘z ichiga olgan texnologik kompleks.Temir yo‘l - yil
davomida poyezdlarning belgilangan tezlikda uzluksiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan
yo‘naltiruvchi izli yo‘lni hosil qiluvchi muhandislik inshootlari va inshootlar majmuasi.

8.

AVTOMOBIL TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Avtomobil transporti – yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi sanoat va texnologik majmua boʻlib, u
yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladanpochta aloqasini (keyingi oʻrinlarda yoʻlovchilar, bagaj va
yuklarni) avtotransport bilan taʼminlashda iqtisodiyot va aholining ehtiyojlarini qondiradi.Avtotransport
infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avtomobil yo‘li va yo‘l muhandislik qurilmalari.
Avtomobil yo‘li - avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Asosiy elementlar
quyidagilardir: tuproq polotnosi, yo‘l to‘shamasi, yo‘l qismi, yo‘l yoqalari, sun’iy va chiziqli inshootlar va
barcha turdagi jihozlar.
Yo‘l muhandislik qurilmalari - harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash, yo‘lda yo‘lovchilar,
haydovchilar va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmui. Yo‘l
muhandislik qurilmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avtobus bekatlari, o‘tish-tezlashish polosalari;
avtomobil to‘xtash joylari va to‘xtash joylari; dam olish joylari va avtobuslarni kutish pavilonlari; yo‘llarni
qor ko‘chkilaridan, qor ko‘chkilaridan himoya qilish qurilmalari; aloqa liniyalari va yo‘llarni yoritish.

9.

HAVO TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Havo transporti bu – havo kemalari (samolyotlar) va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan
infratuzilmani oʻz ichiga olgan transport turi: aeroportlar, dispetcherlik va texnik xizmatlar. 2024-yilning
yanvar-iyun oylarida havo transportida yuk tashish hajmi 5,9 ming tonnani tashkil etib, bu esa 2023yilning mos davridagi yuk tashish hajmi darajasiga nisbatan 17,2 % ga oʻsishni qayd etdi. Koʻrib
chiqilayotgan davrda yuk aylanmasi 4,7 % ga oshib, 123,5 mln t-km ni tashkil etdi. 2024-yilning yanvariyun oylarida havo transporti orqali jami 3,3 mln yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga
nisbatan 1,3 barobar oʻsish qayd etildi. 2023-yilning yanvar-iyun oylarida joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 2,4
mln yoʻlovchini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 baravarga oʻsish qayd etildi. 2022yilda 2,0 mln yoʻlovchi (1,8 baravar), 2021-yilda – 1,1 mln yoʻlovchi (1,7 baravar) oʻsish, 2020-yilning
yanvar-iyun oylarida – 0,6 mln yoʻlovchi (60,3 % ga kamayish) qayd etildi.

10.

SUV TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Dastlabki portlar kemasozlik va kemachilikning boshlanishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Dastlab ular faqat kemalar qatnovi uchun qulay bo‘lgan
ko‘rfazlarda, qo‘ltiqlarda, daryolarning quyilish joylarida, orollar bilan qoplangan qirg‘oqlarda va boshqa joylarda paydo bo‘lgan. Suv yo‘llari orqali
tashiladigan yuklarning ko‘payishi bilan yangi portlar qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Texnikaning rivojlanishi to‘lqinlardan tabiiy himoyalanmagan va suvning
chuqurligi yetarli bo‘lmagan joylarda portlar qurish imkonini berdi. Shunga ko‘ra, port inshootlari takomillashgan va murakkablashgan. Bugungi kunda ular juda
katta murakkab tuzilmalar, moslamalar va mexanizmlar majmuasidir.

11.

QUVUR TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Quvur transporti - xomashyo (suyuqliklar yoki gazlar) va mahsulotlarni (quvurlar orqali harakatlanishi mumkin bo‘lgan har qanday kimyoviy barqaror
moddalarni) quvurlar orqali tashish. Magistral quvurlar – gazni qazib olish yoki ishlab chiqarish joyidan gaz taqsimlash stansiyalarigacha boʻlgan uzoq
masofalarga oʻtkazish uchun moʻljallangan quvurlardir. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida quvur yoʻli transporti orqali 31,4 mln tonna gaz quyilgan boʻlib,
2023-yilning mos davriga nisbatan 1,1 mln t yoki 3,5 % ga oʻsgan. 2020-2023-yillarning yanvar-iyun oylarida quyilgan gaz hajmi 2020-yilda 20,2 % ga, 2023yilda 5,1 % ga pasayishi kuzatildi. 2021-yilda esa 13,1 % ga sezilarli oʻsish qayd etildi. Nisbatan kichik oʻsish surʼati 2022-yilda 100,1 % qayd etildi. Rossiya va
Turkmanistondan tabiiy gaz tashish hajmining ortishi 2024-yilning tahlil qilinayotgan davrdagi oʻsish surʼatlariga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

12.

SHAHAR ELEKTR TRANSPORTI INFRATUZILMASI
Shahar elektr transporti – energiya manbai sifatida elektr-energiyasidan foydalanadigan
transport turi va tortish elektr motoridan foydalaniladi. Shahar elektr transportida
statistika kuzatuvi obyekti boʻlib yoʻlovchilarni tashish, harakatlanuvchi tarkib, undan
foydalanish, yoʻl stansiyalari, transport ishlarining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Statistika kuzatuvi birligini metropoliten, tramvay va trolleybus korxonalari tashkil etadi.
2024-yilning yanvar-iyunida shahar elektr transportida 133 934,3 ming yoʻlovchi tashilib,
2023-yilning mos davriga nisbatan 61,3 % yuqori oʻsish qayd etildi. Ushbu transportning
yoʻlovchi aylanmasi 976,2 mln yoʻlovchi-km ni tashkil etgan boʻlib, bu 2023-yilning mos
davriga nisbatan 61,1 % ga koʻpdir.

13.

TRANSPORTDA YUK TASHISH
Yuk tashish (yuk tashish hajmi) – transport orqali tashilgan yuklarning
tonnalardagi miqdori (pullik bagaj va pochtani qoʻshgan holda). Koʻrsatkich
transport turlari, qatnov, yuk turlari boʻyicha hisobga olinadi. Yuklarni tashish
jarayonining dastlabki daqiqasi “joʻnatilgan yuklar (joʻnatish)” koʻrsatkichi
bilan aks ettiriladi, yakuniy nuqta – “kelib tushgan yuklar (kelib tushishi)”
koʻrsatkichi hisoblanadi. Yuk tashish boʻyicha barcha kuzatilayogan transport
turlari orasida avtomobil transportining ulushi ustunlik qiladi (667,5 mln
tonna). Temir yoʻl orqali 36,1 mln tonna yuk tashildi. Quvur yoʻli orqali 31,4
mln tonna gaz tashildi. Yuk tashish boʻyicha nisbatan past koʻrsatkich havo
transportida qayd etildi – 5,9 ming tonna.

14.

Transport xizmatlarining hajmi – amaldagi narxlarda
transport turlari boʻyicha transport jarayoniga (yuklarni
tushirish
va
yuklash
ishlari,
transport-ekspeditorlik
xizmatlari, transport xizmati va boshqalar) bevosita
bogʻliq boʻlgan tashish va boshqa faoliyatdan olingan
daromad
summasi
sifatida
aniqlanadi.
2024-yilning
yanvar-mart oylarida transport xizmatlari hajmi 30 244,3
mlrd soʻmga yetdi, oʻsish surʼati 2023-yilning shu davriga
nisbatan 107,2 % ni tashkil etdi.
Koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 23,7 % ni tashkil etdi.
Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transportining ulushi 47,3 %
ni, quvurlar orqali tashish xizmatlari hajmi - 16,8 % ni tashkil etdi. Tovarlar va
yoʻlovchilarni havo transportida tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 13,1 %,
yordamchi transport faoliyati xizmatlari esa 12,1 % darajasida qayd etildi. Oʻz
navbatida, temir yoʻl transporti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar transport
xizmatlarining umumiy hajmida 10,7 % ni tashkil etdi. 2024-yil 1-aprel holatiga
koʻra, tashish va saqlash bilan bogʻliq faoliyat koʻrsatayotgan korxona va
tashkilotlar soni 17 174 birlikni yoki ularning umumiy sonining 5,1 % ini tashkil etdi,
shundan 16 972 birligi (98,8 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
English     Русский Rules