Similar presentations:
8-sinf. Geografiya. Dehqonchilik
1.
DЕHQОNCHILIK2.
• Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmidanortiqrog‘i dehqonchilikdan, qolgani esa
chorvachilikdan olinadi. Dehqonchilikda tuproq
iqllm sharoiti qat’iy hisobga olinadi.
• Dehqonchilik dalachilik, bog‘dorchilik va
uzumchilikdan iborat. Ekin turlari bo‘yicha don
ekinlari, texnika ekinlari, yem-xashak, sabzavot,
kartoshka va poliz ekinlari xo‘jaliklariga
bo‘linadi.
3.
4.
• Ekinlar hosiliga o‘simlikning vegetatsiya davri,yorug‘lik, issiqlik va namlikning yalpi miqdori
ta’sir ko‘rsatadi. Vegetatsiya davri – sutkalik
o‘rtacha harorat +5 darajadan kam bo‘lmagan
kunlar.
• O‘zbekistonda sug‘orib dehqonchilik qilish keng
tarqalgan. Sug‘oriladigan yerlar mamlakat yer
boyliklarining 9,2 foizini tashkil etsa-da, qishloq
xo‘jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning
98,5 foizi shu yerlarda yetishtiriladi.
5.
• Dehqonchilikda paxtachilik katta o‘rinegallaydi . O‘zbekistonda asosiy texnik ekin
bo‘lgan paxta qishloq xo‘jaligining deyarli
barcha sohalari va sanoatning ko‘pgina
tarmoqlari yuksalishining bosh omilidir .
Paxta barcha texnik ekin maydonlarining
katta qismini egallaydi.
6.
7.
8.
• Paxtachilik yuksala borgani sariiqtisodiyotning turli tarmoqlari
bilan uning ishlab chiqarish aloqasi
kengayib, paxtachilik maj muasi
vujudga keldi. Paxta beda,
makkajo‘xori va sholi bilan
almashlab ekilsa, tuproq tarkibi
yaxshilanadi, uning sho‘ri
kamayadi, paxta kasallikka
chalinmaydi. Beda, makkajo‘xori
ekilishi tufayli chorva mollari
uchun ozuqa ham olinadi.
9.
10.
11.
• Ayni vaqtda donli ekinlar ekishni rivojlantirishga hamkatta e’tibor berilmoqda. Mustaqillikka qadar jami ekin
maydonining 20 foiziga yaqin qismida donli ekinlar
ekilgan bo‘lsa, endilikda donli ekinlar maydonlari
hissasi 50 foizdan oshdi. Natijada mamlakatimiz don
mustaqilligini ham qo‘lga kiritdi. Donning asosiy
qismini bug‘doy, arpa, sholi, makkajo‘xori va oq
jo‘xori tashkil qiladi. Bug‘doy va arpa ko‘proq
bahorikor yerlarga ekiladi. Qishning yumshoq va nam
kelishi hamda bahorgi yog‘ingarchilik kuzgi g‘alla
uchun qulay sharoit yaratadi. Bug‘doyning kuzgisi
lalmi bug‘doyga qaraganda serhosil bo‘ladi (58-rasm).
12.
13.
• Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham kattaginao‘rin tutadi. Sholi vegetatsiya davri uzoq, serquyosh,
suv ga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi. U hosildorllk
jjhatidan faqat makkajo‘xoridan keyyn turadd. Sholi
Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent
viloyatida, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida ko‘p
ekiladi. Amudaryo quyy oqimi sohillaridagi unumdor
qo‘riq yerlarni ishga solish va ularni sug‘orish uchun
suv boyligidan foydalanish ko‘plab sholi yetishtirish
imkonini bermoqda. Endilikda yetishtirilgan guruchni
chetga eksport qilish imkoniyati tug‘ildi.
O‘zbekistonda ko‘p yyllik taran (teri oshlashda
ishlatiladigan xomashyo), zig‘ir, kunjut, maxsar, tamaki
ham o‘stirilmoqda.
14.
15.
• Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilikdeyarli barcha viloyatlarda rivojlangan. U
Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik
shaharlar atrofida katta maydonlarni egallaydi.
O‘zbekiston qovunlari xush bo‘y va shirinligi
bilan qadimdan mashhur. Ular Xorazm,
Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda
Qoraqalpog‘istonda ko‘plab yetishtiriladi.
16.
17.
18.
• Bog‘dorchilik va uzumchilik tabiiy sharoit, xalqningasrlar bo‘yi to‘plagan boy tajribasiga muvofiq har bir
viloyatda alohida tarmoq sifatida ixtisoslashgan. Quva
(Farg‘ona viloyati) va Dashnobod (Surxondaryo
viloyati) anorlari, Andijon uzumi, Samarqand mayizi
azaldan mashhurdir. Oltiariqda uzumchilik va bodring
yetishtirish, Farg‘ona viloyati adirlarida (O‘qchi,
Rishton, Chimyon, Mindon) o‘rik, shaftoli yetishtirish,
Oqqo‘rg‘onda (Buvayda) anjjr yetishtirish rivojlangan.
Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda
bog‘ va tokzor maydonlar birmuncha kamroq.
19.
20.
21.
22.
• Sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumlarmamlakatimizdan shimolda joylashgan
yurtlardagiga nisbatan 60–70 kun erta yetiladi.
Demak, bu sohada ham O‘zbekiston talay eksport
imkoniyatlariga ega. O‘zbekistonda bog‘dorchilik
va uzumchilikka ixttsoslashgan ko‘plab
xo‘jaliklar bor. Ularning aksariyati o‘zi
yetishtirgan mahsulotni shu yerda qayta ishlab,
sharbat va konserva tayyorlaydi. Ana shunday
sanoat korxonalari bo‘lgan xo‘jaliklar negizida
agrosanoat birlashmalari vujudga kelmoqda
23.
24.
Topshirqilar• 1. Mavzularni o`qish
• 2. Yozuvsiz xaritadan Paxtachilik, sholi,
kartoshka, sabzavot, bog`dorchilik,
Bug`doy, (shartli belgi birga)
• 3.,56-,57-rasmlarni daftarga chizib
kelamiz.
• 4. 26-mavzulardagi globuslarni yozish
• 5. savol-javob
geography
industry