Similar presentations:
8-sinf.Geografiya. Sanoat va ekologik muammolar
1.
SANOAT VA EKOLOGIKMUAMMOLAR
2.
3.
• Sanoat tabiatga katta ta’sir ko‘rsatuvchi,atrof-muhitni ifloslantiruvchi xo‘jalik
tarmog‘i hisoblanadi. Chunki sanoat
tabiiy xomashyoni olish va uni qayta
ishlashdan to yakuniy mahsulotga ega
bo‘lguncha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga
oladi, shuningdek, ushbu jarayonga
sanoat chiqindilarini atrof-muhitga
tashlanishi ham kiradi.
4.
5.
• Sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga ta’siriyo‘nalishiga ko‘ra farqlanadi:
• – atmosferaning ifloslanishiga ta’sir qiluvchi
tarmoqlar: issiqlik energetikasi, metallurgiya,
neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish;
• – suv resurslarini ifloslanishiga ta’sir qiluvchi
tarmoqlar: kimyo, neftkimyo sanoati, yog‘ochni
qayta ishlash, ko‘mir, sut-go‘sht sanoati;
• – yer resurslarini i oslanishi va buzilishiga
ta’sir qiluvchi tarmoqlar: tog‘-kon sanoati va
qurilish mollarini ishlab chiqarish sanoati va
boshqalar.
6.
7.
• Bugungi kunda atrof-muhitni asrab qolishgaqaratilgan barcha chora-tadbirlar sanoatning
ekologizatsiyasi deb atala boshlangan.
• Sanoat korxonalarini joylashtirishda ekologik
omillarni hisobga olish. Odatda, sanoat
korxonalarini joylashtirishda xomashyo, yoqilg‘i,
transport, energetika, suv va mehnat resurslari
kabi bir qator an’anaviy omillar inobatga olinadi.
8.
9.
• So‘nggi 10 yilliklarda esa ular qatoriga engmuhim omil sifatida ekologik omil ham
qo‘shildi. Mazkur omil talablari
quyydagicha bo‘ladi: qurilishi
rejalashtirilayotgan sanoat korxonasi o‘z
faollyati davomida atmosfera va atrofmuhitga yetkazadigan zarari oldindan
bashoratlanadi; suv va yer resurslariga
yetkaziladigan zarar, sanoat korxonasi
faoliyati davomida chiqaradigan
chiqindilar miqdori, bunday
chiqindilarning utilizatsiyasi masalalari
va utilizatsiya jarayonida atmosfera, suv,
yer resurslariga yetkaziladigan zarar
miqdori aniqlanadi.
10.
11.
• Ekologik omil ma’lum bir hududda ma’lumbir sohadagi sanoat turini ishga tushirish
yoki tushirmaslikka to‘laqonli asos bo‘la
oladi. Chunki iqtisodiy nuqtayi nazardan
ma’lum sanoat korxonasi hududni
rivojlantirishi mumkin bo‘lsa-da, ekologik
jihatdan u keskin salbiy natija berishi mumkin.
12.
13.
• Har bir sanoat korxonasini joylashtirishdanoldin u yerda ekologik ekspertiza o‘tkazilishi
shartdir. Ekologik ekspertiza natijalariga
ko‘ra, qurilishi rejalashtirilayotgan sanoat
korxonasidan olinadigan foyda buzilgan
tabiatni tiklash va ushbu korxona faollyati
natijasida yuzaga kelgan muammolarnn
bartaraf etishga ketadigan sarf-xarajatlardan
yuqoriroq bo‘lsagina, bunday korxonaga
faollyat yuritishiga ruxsat beriladi.
14.
15.
• Mеtallurgiyaning atrof-muhitga ta’siri.Mеtallurgiya majmuasi mamlakatimizda tеz
rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lishi bilan
birgalikda atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchilardan ham hisoblanadi. Mеtallurgiya
tabiiy majmualarning barcha tarkibiy qismlariga
ta’sir etadi. Tog‘-kon sanoati tuproq qatlamini
buzib, landshaftlarning «yo‘qolishiga» sabab
bo‘ladi. Mazkur sanoat tufayli katta karyеrlar va
yеr ostida g‘orlar paydo bo‘lmoqda. Ular bosib
qolish va antropogеn yеr silkinishi хavfini
tug‘diradi. Ko‘p yеrlarni mеtallurgiya chiqindilari
egallab yotibdi
16.
17.
• Boyitish fabrikalarida ishlatilgan suvni oqarsuvlarga tashlash ushbu suvlarni yaroqsiz holga
ollb kеlmoqda. Mеtallurgiya zararli moddalarning
ko‘p miqdorini atmosfеraga chiqaradi. Jumladan,
gaz qoldiqlari (oltingugurt va boshqalar), tarkibida
mеtall bo‘lgan chang va boshqa elеmеntlar juda
хav idir.
• Bularning barchasi atrof-muhitda tеmir,
qo‘rg‘oshin, mis, simob miqdorining ko‘payishiga
olib kеladi. Ular tuproq, o‘simlik va hayvonlar
tanasida yig‘ilib, inson a’zosiga o‘tganidan kеyin
asta-sеkin uni zaharlay boshlaydi.
18.
19.
• Og‘ir mеtallar kishilarorganizmidagi immunitеtni
pasaytirib, kasallanish darajasining
yuqori bo‘lishiga ta’sir etadi, aholi
va tabiat uchun katta хavf-хatar
tug‘diradi.
• Metallurgiya sanoati chiqindilari
atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko‘rsatishining oldini olish uchun bu
chiqindilarga to‘liq ishlov berib,
ularni foydali mahsulotlarga
(masalan, shlakli qurilish
materrallga) aylantirish,
zararsizlantirish, atmosferaga va suv
havzalariga chiqadigan chiqindilarni
tozalash zarur.
20.
21.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. savol-javob
• 3. 51-rasmni daftarga chizib
kelish
• 4. Globusvoylarni yozib kelish