Agroiqlimiy resurslar va agroiqlimiy rayonlashtirish. Reja:
1.08M
Category: geographygeography

Agroiqlimiy resurslar va agroiqlimiy rayonlashtirish

1.

2. Agroiqlimiy resurslar va agroiqlimiy rayonlashtirish. Reja:

Agroiqlimshunoslikda qo‘IlaniIadigan asosiy tushunchalar
Havo va tuproq haroratining turli darajadan o’tish
sanalarini aniqlash va baholash
Agroiqlimiy rayonlashtirish va rayonlashtirish turlari

3.

Agroiqlimshunoslikda qo‘IlaniIadigan asosiy tushunchalar. Agroiqlimshunoslik iqlim sharoitlarini
qishloq xo‘jaligi obyektlariva jarayonlari bilan uzviy bog‘lanishda o‘rganadi va qishloq xo‘jaligi
meteorologiyasi fanining maxsus bo‘limi hisoblanadi. Agroiqlimshunoslikning o‘ziga xos
tushuncha va atamalari bor. MDH ga kirgan mamlakatlarning agrometeorolog va
agroiqlimshunos mutaxassislari tomonidan hamkorlikda tayyorlangan va hamma uchun
foydalanishga tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi meteorologiyasidan izohli lug‘at” kitobida
agroiqlimshunoslikka doir tushunchalar, atamalar va ta’riflar keltirilgan. Chunki adabiyotlar
bilan mustaqil ishlar bajarilishida agroiqlimiy resurslar, agroiqlimiy sharoitlar, agroiqlimiy
baholash, agroiqlimiy o‘xshashliklar, bioiqlim potensiali, bonitirovka qilish kabi tushunchalar
uchrab turadi. Ularning mazmuni va ta'riflarini keltiramiz. Qishloq xo‘jalik ekinlarining
mahsuldorligi shakllanish majmuiy agroiqlim sharoitlari muayyan hududdagi agroiqlimiy
resurslarni tashkil etadi. Agroiqlimiy resurslar - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita iqlimiy
omillardan foydalanishdir. Maflumki, tabiiy resurslar qaytadan tiklanishi va tiklanmasligi bilan birbiridan farqlanadi. Agroiqlimiy resurslar (yorugflik, issiqlik) doimiy yoki qisman, shamol va
boshqalar aytarli darajada qaytadan tiklansa, aksincha qazilma boyliklar, ko‘pchilik minerallar
tiklanmaydi. Tuproq unumdorligi, o’rmonlar, hayvonot olami uzoq vaqt davomida qaytadan
tiklanadi. Hududlar bo‘yicha agroiqlimiy resurslaming farqlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining zonal xususiyatini belgilaydi. Mamlakatimiz viloyatlari va tumanlarining
agroiqlimiy resurslarini o‘rganish va baholash katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning agroiqlimiy resurslarini respublikamiz olimlari L.N. Babushkin, F.A. Mo‘minov,
A.Q. Abdullayev, H.M. Abdullayev, Sh.S. Zokirov, V.V. Karnauxova va boshqalar tomonidan
o’ganib chiqilgan.

4.

Agroiqlimiy resurslar- ma'lum hududda yetishtinlayotgan qishloq xo’jalik mahsuldorlik
miqdorini belgilovchi ko‘p yillk agroiqlimiy sharoitlar majmuidir.
Agroiqlimiy sharoitlar- biror joydagi ko’p yillik agrometrologik sharoitlar rejimini bildiradi.
Boshqacha tushuntiradigan bo’lsak, biror jovda ko‘p yiillar davomida kuzatilgan
agrometeorologik ma’lumotlar asosida isbotlab topilgan
o‘rtacha qiymatlar agroiqlimiy
sharoitni tashkil qiladi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda bevosita foydalinadigan iqlim elementlarini agroiqlim
resurslariga qo‘shish mumkin. Biror hudidning agroiqlimiy resurslariga shu hududga
tushadigan quyosh radiatsiyasi, shu hududdagi havo va tuproqning issiqlik, namlik resurslari
kiradi
Agroiqlimiy baholash-iqlimiy omillarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi obektlari va
jarayonlariga ta’sir etishda o‘rnatilgan soniy ko‘rsatgichlar va baholash mezonlaridir.
Asroiqlimiy baholash tarkibiga quyrdagilar kiradi.
-vegetatsiya
davri
va
uning
alohida
qismlanda
termik
va
qisman
yorug‘lik
resurslarini
baholash;
vegetatsiya
davri
va
uning
alohida fazalaridagi: yog‘inlar miqdorini, havo va tuproq namligini baholash;
o‘simliklarning
qishlash
sharoitlarini
baholash;
dehqonchilik
uchun
nomaqul bo’lgan meteorologik hodisalar, ob-havo va iqlimiy sharoitlarni baholash.
Hududlarni
agroiqlimiy
baholash
deganda
ekinlarini
yetishtirish
maqsadida
tekshirilayotgan
sharoitlarini baholash - hududlarni agroiqlimiy baholash tushuniladi
qishloq
hududlarni
xo’jalik
tqlimiy

5.

Agroiqlimiy
o‘xshahlik
(analog).
Muayyan
yil
uchun
qishloq
xo'ialigiga tezkor agrometeorologtk xizmat ko’rsatishda u yoki bu yilning avvalgi yillar
agroiqlimiy o’xshashligi (analogi)dan foydaniladi. Buning ma’nosi hududlarda qabul qilingan
dehqonchilik tizimini va ma’lum joydagi ekologik guruxga kiruvchi o’simliklarni mavjudligini
iqlimiy sharoitlari bo’yicha o’xshashligi tushiniladi. Nazariy jihatdan olganda agroiqlimiy
o’xshashlikni tanlashda umumiy iqlim tasnifi asosida tayanmasdan, balki qabul etilgan
dehqonchilik yoki vegitasiya davridagi maqbul bo’lgan asosiy iqlimiy kattaliklarga e’tibor
beriladi. O’xshashlikni aniqlashda o’simlikning eng muhim bo’lgan mahsuldorlik elementlari va
hosilni cheklovchi iqlim kattaliklari: bahorgi va kuzgi qora sovuq, haroratning pastligi, quriq
davrni, namlik ortiqchaligi kabilar hisobga olinadi.
Bioiqlimiy potensial (BIP). Bu ma’lum hududning tabiiy boyligi bo‘lgan agroiqlimiy ko‘rsatkich
yoki biologik mahsuldorlik qiymatini ballardagi ifodasidir. BIP ni taqqoslash asosida qishloq
xo‘jalik ekinlarining hosilini, umumiy biologik mahsuldorligini, tuproq unumdorligini
mintaqalararo baholash mumkin.
D.I.Shashko BIP ni quyidagi formula orqali ifodalashni taklif etgan
BIP K r
t
t (baz)
faol
faol
bu yirda: Kr(ku) - yil bo‘yicha namlanish ko‘rsatkichining o‘sish koeffitsiyenti yoki biologik
mahsuldorlik koeffitsiyenti, Ytfaoi - 10°C dan yuqori faol haroratlar yig‘indisi, Ytfaoi(baz) –
tekshirilayotgan hududlardagi tuproq mahsuldorligi bilan turli tuproq-iqlim zonalarda
mahsuldorlikni taqqoslash uchun vegetatsiya davrida qo‘llaniladigan faol havo haroratlarining
o‘rtacha sutkalik yig‘indisi-bazis qilib olingan.

6.

Masalan,
D.I.
Shashko
taklif
etgan
BIP
asosida
N.S.
Konovalova
O‘zbekiston
hududidagi
bahorikor
yerlarda
boshoqli
don
o‘simliklarini
yetishtirish
uchun
iqlimning
maqbul
darajasini
baholaganda
quyidagi
formuladan foydalanishni tavsiya etgan:
bu
yerda:
BIP-bioiqlimiy
potensial
nisbiy
qiymati,
Kr-o‘simlikning
namlik ta’minotiga bog‘liq bo‘lgan biologik mahsuldorligining hisoblab
topilgan
miqdori,
Σt-10°C
dan
yuqori
havo
haroratlari
yig‘indisi.
1000°C-shimoliy
hududlarda
ochiq
daladagi
dehqonchilik
uchun
haroratlar yig‘indisi kattaligi, 1000°C - shimoliy hududlarda dehqonchilikda havo
haroratlari yig‘indisiga teng kattalik.
Respublikamiz
bahorikor
yerlari
uchun
Davlat
nav
sinash
tajriba
uchastkalari
ma'lumotlaridagi
hosildorlikni
(Kr)
empirlk
usulda
topilgan.
Don
ekinlari
uchun
o‘tkazilgan
hisoblaming
ko‘rsatishi
bo‘yicha
eng
past
iqlim
mahsuldorligi,
ya'ni
namlik
yetishmasligi
sababli
janubiy
hududlarning tekis hududlarida BIP ko‘rsatkichi 0,8 ni tashkil etgan va
issiqlik resurslari potensialidan foydalanish 75-80 % ga teng bo‘ladi. Don mahsulotini
eng ko‘p yig‘ishtirish o‘rtacha balandlikdagi tog‘ hududlariga to‘g‘ri keladi. Bu
hududlar uchun BIP kattaliklari 2 dan 2,7 gacha o‘zgaradi.

7.

Agroiqlimshunoslikning vazifalari quyidagilar: 1) texnikaviy yoki boshqa ekinlar
uchun iqlimiy sharoitlaming maqhulligini aniqlash; 2) agroiqlimiy rayonlashtirish
maqsadida hududlaming iqlimiy xususiyatlarini tekshirish, qishloq xo‘jalik ekinlarira
maqbul joylashtirish hududlarini aniqlash; 3) yangi agrotexnik tadbirlarni iqlimiy
asoslash; 4) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun mikroiqhmnmg yaxshilanishi
mumkin
bo‘lgan
tomonlarini
o‘rganish;
5)
mikroiqlim
o‘zgarishini sodir etuvchilami, tashkil etilgan sug‘orish dalalarini, yarim himoyachi
o‘rmonzorlarni, agrotexnika tadbirlarini va boshqalarni hisobga olish.
Agroiqlimshunoslik iqlimni qishloq xo‘jaligi manfaati nuqtayi nazaridan qarab,
ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish, chorvachilikning mahsuldorligini oshirishda iqlim
sharoitlaridan to‘la foydalamshni o‘rganish va ulaming o‘zaro munosabatini
ifodalovchi bir xil agroiqlimiy hududlarni belgilovchi-ajratuvchi xaritalarni tuzish bilan
shug‘ullanadi.
2. Havo va tuproq haroratining turli darajadan o’tish sanalarini aniqlash va
baholash.
Qishloq xo‘jalik ekinlari rivojlanishida haroratning ekinlar uchun
eng pastki qiymatidan oshib borishi vegetatsiya davrining boshlanishini
aniqlab beradi. Masalan, bahorikor ekinlar: kungaboqar uchun haroratning pastki
qiymati 5°C bo‘lsa, makkajo‘xoriga 10°C, sholiga 15°C. Umuman havo, tuproq
haroratining bahor va kuzda har xil chegaralardan ko‘tarilish va pasayish sanalarini
aniqlash amaliy ishlar uchun judamuhimdir.

8.

Haroratning turli chegaralardan ko‘tarilishini yoki pasayishmi aniqlashda birmuncha
usullar mavjud. Uni aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
-havo yoki tuproq uchun o‘rtacha sutkalik harorat;
-o‘n kunlik uchun havo haroratining o‘rtacha qiymati,
-havo haroratining o‘rtacha oylik qiymati.
Haroratning u yoki bu darajadan o‘rtacha o‘ n kunlik yoki oylik miqdorining o‘tganligini
aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
haroratning o‘rtacha o‘n kunlik qiymatlari ma lum bo lsa,
buyerda: S - haroratning pastki qiymati chegarasidagi kunlar som; k-o‘tish sanasidagi
aniqlanadigan harorat; a - o‘n kunlik yoki oylik harorat (k dan past); b - o‘rtacha o‘n
kunlik (oylik) dagi harorat, lekin k dan yuqori, d -topilishi lozim bo‘lgan o‘n kunlik (oylik)
kunlar o’rtacha havo harorati; 5 va 15-koeffitsiyentlar.

9.

Havo yoki tuproq haroratining u yoki bu chegaradan o‘tish sanalari ob-havoning bahorda
yoki kuzda kelishiga bog liq holda har yili o‘zgarib turadi. Har yildagi haroratning aniq
darajadan o‘tish sanalarini ko‘p yillik sanalar bilan taqqoslanadi va undan erta yoki kech
kelishi baholanadi. Agrometeorolog va agroiqlimshunoslar meteorologik stansiya va
postlarda ko‘p yillar davomida kuzatilgan meteoiologik kattaliklarning o‘rtacha miqdorini
hisoblab
chiqqanlar
va
turli
ma’lumotlar
shaklida
chop
etganlar.
Meteorologik,
agrometeorologik va agroiqlimiy materiallarga ishlov berish, ya’ni ularning takrorlanishini,
ta’minotini hisoblash usullari maxsus raxnamolarda yoritilgan va chop etilgan.
Biolog, o‘simlikshunos
va
agronomlar
o‘simlikning
o‘sishidan
to
hosilini
yig‘ib-terib
olinishigacha vaqtni vegetatsiya davri deb aytishadi. Ammo agroiqlimshunoslikda ko‘p yillik
havo haroratining bahorda va kuzda 5, 10, 15°C lardan turg‘un o‘tish oralig‘idagi davr
davomiyligi ham vegetatsion davr deb ataladi. Bu vegetatsiya davrida quyosh radiatsiyasi
va yog‘dusi, haroratlar yig‘indisi, yog‘inlar va boshqalar agroiqlimiy resurslaming asosini
tashkil etadi.
Agroiqlimiy resurslaming hududlar bo‘yicha taqsimlanishi va o‘simliklar nuqtayi nazaridan
rayonlashtirish qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishining ahamiyati juda kattadir.

10.

3.Agroiqlimiy rayonlashtirish va rayonlashtirish turlari
Har bir mustaqil davlat o‘zining qishloq xo‘jaligiga oid turli-tuman hududlami mavsumiy yoki alohida rayonlashtirilgan
axborot-ma’lumotnomasiga xaritalariga ega. Umuman rayonlashtirish deganda hududiy tizimdagi rayonlarni
taksonomik (qanday ko ‘lamli birlik qabul qilinishiga qaramasdan) belgilarining o ‘xshashligi, lekin bir-biridan tabiiy,
qisitloq xo ‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sharoiti va xususiyatlari bilan farqlanishi tushuniladi, Hududlarni rayonlashtirish
mazmuni va qo‘yilgan maqsadiga qarab quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega:
1. Agroiqlimiy rayonlashtirish.
2. Agrogidrologik rayonlashtirish.
3. Zoometeorologik va yaylov hududlarni rayonlashtirish.
4.Yangi yaratilgan o‘simlik navlarini (gibridlarini) rayonlashtirish.
5. Tabiiy-qishloq xo‘jaligini rayonlashtirish.
Agroiqlimiy rayonlashtirish turlari. Agroiqlimiy rayonlashtirish-bu qishloq xojalik o‘simliklarining agroiqlimiy resurslarga bo
‘lgan ehtiyojiga mos ravishda hududlarga bo‘linishidir, yoki agroiqlimiy rayonlashtirish - bu agroiqlimiy sharoitlarning
o‘xshashligiga qarab hududlarni rayonlarga ajratishdir. Agroiqlimiy sharoitlarning o‘xshashlik darajasi bo‘yicha sohaviy
hududlarga boTishdan maqsad taksonomik agroiqlimiy birlikda (poyas, viloyat, zona v.b.) ajratish, lekin agroiqlimiy
ko‘rsatkichlari
va
qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish sharoitlari bilan farqlanishi, ularning geografik chegaralarini o‘rnatish (aniqlash) hamda turli
agroiqlimiy xaritalardunyo xaritasidan to alohida xo‘jalik uchun xaritalar tuzishdir. Umuman olganda, agroiqlimiy
rayonlashtirish - bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadi uchun iqlimni tadqiqotlashning tugallash bosqichi
hisoblanadi va tabiiy-qishloq xo‘jaligini rayonlashtirishning muhim bo‘limidir. Ko‘pgina mutaxassis agrometeorolog
olimlarning shu sohaga oid bajargan ishlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

11.

Umumiy rayonlashtirish - iqlimning qishloq xo‘jaligi uchun qulaylik darajasini miqdoriy
jihatdan ifodalaydigan asosiy elementlarining hudud bo‘yicha taqsimlanishini
tavsiflaydi va unda hududni vegetatsiya davr'ining issiqlik hamda namlik bilan ta’minoti
ko‘rsatkichlari, o‘simliklarning qishlov sharoitlari bo‘yicha turli qismlarga ajratadi.
Agroiqlimshunoslikning umumiy rayonlashtirish bo‘limida iqlimiy kattaliklarga va ulaming
hududlar
bo‘yicha
taqsimlanishiga
qarab
rayonlashtirishda e’tibor asosan umumiy vegetatsion davr asos qilib olingan. Eslatib
o‘tamiz, bunda vegetatsion davrning boshlanishi va tugashida havo haroratining
bahorda 10°C dan ko‘tarilishi va kuzda esa 10°C dan pasayish sanasi oralig‘idagi
davomiylik, faol yoki samarali haroratlar yig‘indisi va boshqa iqlimiy kattaliklarni
rayonlarga ajratishda foydalaniladi.
Ilmiy adabiyotlarda umumiy agroiqlimiy rayonlashtirishda iqlim tasnifiga turlicha
yondoshuvlar ko‘pchilikka ma’lum. Bunga G.T. Selyaninov (1955), P.I. Koloskov (1958)
va D.I. Shashko (1967) kabi olimlarning ishlarini umumiy agroiqlimiy rayonlashtirish
qatoriga kiritiladi.
Xususiy rayonlashtirish - bu alohida-alohida olingan o'simlik turi uchun iqlimiy
kattaliklarni hududlar bo‘yicha taqsimianishida uning fazalararo yoki butun vegetatsiya
davrida talab etiladigan agroiqlimiy sharoitlari va maxsus topilgan ko‘rsatkichlar
asosida iqlimiy sharoitlar va kattaliklardan foydalanilgan holda rayonlarga ajratishni
amalgam oshirilishidir.

12.

1. Arktik mintaqa. Bu mintaqada dehqonchilik himoya qilingan tuproqdagina olib
boriladi, yilning eng issiq oyida ham havoning o‘rtacha oylik harorati 10°C dan past
bo‘ladi.
2. Qutbiy mintaqa. Bu mintaqaga dehqonchilik uchun issiqlikka talabi kam bo‘lgan
tezpishar ekinlar kiritilgan va uning janubiy chegaralarida faol haroratlar yig‘indisi
1000-1200°C ni tashkil etadi.
3. Mo ‘tadil mintaqa. Mazkur mintaqa MDH hududlarining ancha katta qismini
egallagan bo‘lib, unda bu davlatlarning asosiy qishloqxo‘jalik hududlari joylashgan
(mintaqa o‘zi yana 5 ta kichik mintaqalarga bo‘linadi). Bu mintaqaning shimoliy
chegarasida faqatgina bahorgi don ekinlari, issiqlikni sevmaydigan sabzavot va
yem-xashak ekinlarigina issiqlik bilan ta'minlanganidan, ularni parvarish qilinadi.
Janubiy chegarasida esa faol havo haroratlarining yig'indisi 4000-5000°C gacha
yetadi. Bu yerlarda kechpishar sholi navlari, makkajo‘xori, o‘rtapishar g‘o‘za
navlarining pishishi issiqlik bilan ta'minlangan.
4. Subtropik mintaqalarda - sitruslar, choy, g‘o‘zaning kechpishar navlari issiqlik bilan
ta’minlangan. G.T. Selyaninov hududlarni namlanganlik sharoitlarini baholash uchun
taklif
etgan
gidrotermik
koeffitsiyent
(GTK)
sobiq
Ittifoqda
keng
foydalanilgan:

13.

1. Jaziramayokijuda issiq zona havo faol haroratlarining yig‘indisi (FHY) 4900°C dan yuqori
yoki samarali haroratlar yig‘indisi (SHY) (bir kecha-kunduzda 10°C dan yuqorisi) 2670°C dan
ortiq hududlarni o‘z ichiga oladi. Bunda issiqlik ta’minoti ingichka tolali juda kechpishar
g‘o‘za navlarining rivojlanish va mahsuldorlik elementlarining shakllanishiga maqbul sharoit
yaratiladi.
2. Issiq zonada - o‘rtapishar g‘o‘za navlarini yetishtirish mumkin. Bu zonada havoning faol
haroratlar yig‘indisi 4400°C dan to 4900°C gacha yoki samarali haroratlar yig‘ indisi 2260°C
dan 2670°C gacha yetadi.
3. M o‘tadil issiq zonada. teshpishar va juda tezpishar g‘o‘za navlari
yetishtiriladi. Bu zonada faol haroratlar yig‘indisi 4000°C dan to 4400°C
gacha yoki samarali haroratlar yig‘indisi 2020 dan 2260°C gacha
bo‘ladi.
4. Juda iliq zonada o‘rtapishar uzum yetishtiriladi. Bu zonada FHY-3500 dan to 4000°C
gacha, SHY-1645 dan 202Q°C gacha o‘zgaradi.
5. Iliq zonada uzumlarning ertapishar navlari yetishtiriladi, bu zonada FHY-3100 dan to
3500°C gacha bo‘ladi.
6. M o‘tadil iliq zonada juda ertapishar uzum navlari yetishtiriladi. FHY-2800 dan to 3100°C
gacha, SHY-1165 dan to 1410°C gacha o‘zgaradi.
7. Salqinroq zonada boshoqli don ekinlar yetishtiriladi. FHY-1100 dan 2800°C yoki SHY-0 dan
to 1165°C gacha o'zgaradi.
8. Sovuq zona dehqonchilik uchun yaramaydi. Bunda FHY-1100°C dan pastroq, SHY esa bu
zonada mavjud emas. Atmosfera yog‘inlari bo‘yicha O‘rta Osiyo hududi tabiiy namlanishi
5 ta zonaga ajratilgan:

14.

1. Juda quruq zona - don ekinlari uchun tuproqning namlik ta’minoti yiliga 0 foizga
yaqin. (G.T.Selyaninov gidrotermik koeffitsiyenti 0,11 dan kam).
2. O‘rta quruq zona - don ekinlari uchun tuproq namligi 100 yil ichida yiliga
nisbatan olinganda 25 % ta’minlangan (GTK 0,11 dan to 0,20 gacha).
3. Quruq zona - don uchun tuproq namligi yiliga 25-75 % ta’minlangan (GTK 0,20
dan to 0,30 gacha).
4. O‘rtacha namlangan zona - don ekinlari uchun tuproq namligi yiliga 75-100 %
ta’minlangan (GTK 0,30 dan to 0,50 gacha).
5. Namlangan zona. Har yili don ekinlari uchun tuproq namligi ta’minlangan (GTK
0,50 dan yuqori).
L.N. Babushkinning O'zbekiston hududini g‘o‘za o‘simligi yetishtirishning agroiqlimiy
rayonlashtirganligi diqqatga sazovordir. Bunda o‘simlikning o'sishi va holatini
meteorologik sharoitlar bilan miqdoriy ko'rsatkichlar asos qilib olingan (13.1 -rasm).
L.N. Babushkin O‘zbekiston Respublikasining umumiy hududini 10 ta agroiqlimiy
okrugga taqsimlagan va ular quyidagilar:
13.1-rasm . L.N. Babushkin bo‘yicha O'zbekistonning
agroiqlimiy okruglari
I - Ustyurt okrugi. Bu okrugda shimoldan janubga
tomon harorat o‘zgarib boradi: harorat yig‘indisi 3500°C dan
kam boTganligi uchun iliq rayonga kiritilgan, juda iliq harorat yig‘indisi 3500°C dan to 4000°C

15.

II - Quyi Amudaryo okrugi. Bu yerning shimoliy qismi juda iliq okrugga kiritilgan, harorat
yig‘indisi 4000°C dan kam, ammo janubisharqiy qismida harorat yig‘ indisi 4000°C dan to
4500°C gacha yetadi, bu okrugda tezpishar va juda tezpishar g‘o‘za navlari yetishtiriladi.
III-Qizilqum okrugi cho‘1 hududlarni qamrab olgan va nisbatan olinganda termik
resurslarga boy, harorat yig‘indisi okrugning shimoli - g‘arbiy qismida 4000°C dan, janubisharqida 5000°C gacha boladi.
IV-Quyi Zarafshon okrugi. Bu okrugda barcha tekis hududlar termik resurslarga boy
hisoblanadi,
harorat
yigTndisi
4500-5000°C
va
undan ortiqdir.
V-Surxondaryo
okrugi.
Bu
okrug
chegarasidagi
termik
zonalar:
juda issiq 5000°C va undan yuqori, mo'tadil issiq 5000°C dan to 4500°C gacha, juda iliq
4000°C dan to 3500°C gacha, iliq 3500°C dan to 3000°C gacha, salqin 3000°C dan to
1000°C gacha haroratlar yigindisiga ega.
VI - Qashqadaryo okrugi. Bu okrugda termik resurslar 4800-5300°C ni tashkil etadi.
VII - O‘rta Zarafshon okrugi. Okrugning barcha tekis qismida termik resurs - 4500°C dan to
4000°C gacha, tog‘larda esa musbat haroratlaming yigindisi 4300-4600°C chegarasida.
VIII -Mirz.acho‘1 okrugi. Bu okmgning hududi shimol va shimolig'arbiy tomondan ochiq, lekin
janub
va
janubi-sharqiy
tomondan
toglar
bilan chegaralangan. Okrugning aytarli qismida musbat haroratlar yig‘indisi 430(M-600°C ni
tashkil etadi.
IX-Chirchiq-Angren okrugi. Tekisliklarda musbat haroratlar yigindisi 4500-4600°C, tog’larda
esa 1000°C gacha.
X-Farg‘ona okrugi. Bu okrugda musbat haroratlar yigindisi 4300°C dan 4600°C gacha.

16.

1. Nam bilan ta'minlanmagan tekisliklar. Bu zona lalmi yerlarning eng quyi
qismiga joylashgan boMib, oxiri choMga borib taqaladi. Dengiz sathidan 200-450
m balandlikda joylashgan yerlar och tusli bo‘z tuproqdan iborat, yillik o‘rtacha
havo harorati 13,3°C, yog‘in miqdori 250 mm dan oshmaydi.
2 . Nam bilan o ‘rtacha ia 'minlangan adirlar. Dengiz sathidan 450- 750 m
balandlikda joylashgan. Yerlari tipik bo‘z tuproqli. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori
250-350 mm, yillik o‘rtacha havo harorati 11,6°C ga to‘g‘ri keladi.
3. Nam bilan ia’minlangan (tog‘ oldi) zona. Bu zona dengiz sathidan 600-900 m
balandlikda joylashgan. Yerlari to‘q bo‘z tuproqli, yiliik o‘rtacha yog‘ingarchilik
350-400 mm va undan ortiq bo‘ladi, havoning yillik o‘rtacha harorati 11-12°C.
4 . Nam bilan yaxshi ta’minlangan (tog‘li) zona. Bu zona dengiz sathidan 900-2000
m baiandlikdajoylashgan, yerlari unumdor, gumusga boy, ishqorii to‘q bo‘z
tuproqdan iborat. Yillik yog‘in miqdori 400-700 mm va undan ham ko‘proq
bo‘ladi, havoning yillik o‘rtacha harorati 10,1°C.
English     Русский Rules