5.69M
Category: geographygeography

Injenerlik geologiyasi fanining maqsadi va vazifalari

1.

Reja
Injenerlik geologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
Injenerlik geologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Injеnеrlik gеologiyasi fanining vujudga kеlish va rivojlanish tarixi
Injenerlik geologiyasi fanining ҳалқ хўжалиги ни
ривожлантиришдаги аҳамияти

2.

Muhandislik geologiyasi fani bu yer qobig‘i qatlamlari litosferasining eng
yuqorida odamzot yashaydigan va faoliyat yuritadigan qismini qurilish
nuqtai nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoot quriladigan hududning
muhandis geologik sharoitini (geologik yer usti sath tuzilishi, mavjud yer
osti suvlari, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari, tog‘ jinslarining tarkibi,
xossa va xususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va xodisalar)
vujudga kelishi, rivojlanishi, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, kerakli
ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi.

3.

Bu fanni asosiy vazifasi ana o’sha yer qobig‘i qatlamida uzoq geologik
davrlar mobaynida yuz bergan va xozirgi vaqtda yuz berayotgan tabiiy
geologik va tabiiy bo‘lmagan Muhandislik geologik (texnogen) jarayon va
hodisalarni o‘rganish. Bu jarayon va hodisalarni bundan keyingi davrda,
ya’ni shu hududda u yoki bu inshoot qurilib bitkazilganidan, ishga
tushirilganidan keyin yuz beradigan hodisalarning qay darajada sodir
bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora tadbirlar ishlab
chiqishdan iborat.

4.

Har qanday inshoot. Ya’ni
kishilar yashaydigan
binolardan tortib temir yo‘llar,
avtomabil trassalari,
gidrotexnik inshootlar,
to‘g‘onlar, suv omborlari,
ko‘priklar, aerodromlar qurilishi
kerak bo‘lgan joylar oldindan
o‘rganiladi. Geologik
geomorfologik tuzilishi,
gidrogeologik tektonik sharoiti
to‘g‘risidagi mavjud
ma’lumotlar to‘planadi va har
tomonlama tahlil qilinadi.

5.

Shundan keyingina u yoki bu maydonda u yoki bu tipdagi inshoot qurish mumkin degan taxminiy
ko‘rsatma beriladi. So‘ngra ana shu taxminan mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi muhandislik
geologik tekshiruv ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu
taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan joyda bino va inshootlar qo‘rish mumkin
yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona haqiqiy ko‘rsatma beriladi.
Agar qurilish ishlari boshlab yuborilgan
bo‘lsa, ana shu hududda doimiy
(statsionar) kuzatish, tekshirish ishlari
olib borilaveradi. Chunki har qanday
bino va inshoot qad ko‘targan joyning
avvalgi tabiiy holati shu bino va inshoot
qat ko‘tarish jarayonida va qurilib
bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada
o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suvi
sathining
ko‘tarilishi,
cho‘kish
hodisasinng sodir bo‘lishi va rivojlanishi,
tog‘ jinslari qatlamlarining o‘pirilishi,
yorilishi, surilishi, qulashi yoki suv
omborlari qurilayotgan bo‘lsa yer osti
bo‘laklari jins g‘ovaklari bo‘ylab sizib
singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi
mumkin.

6.

Shunday qilib, Muhandislik geologiyasi
fanining o‘rganish obyekti juda keng.
Tekshirish ishlarini olib borishda
geologiya, tektonika, gidrogeologiya,
geofizika geomorfologiya, kimyo, fizika
va mаtematika fanlarining usul va
uslublaridan keng foydalaniladi.
Muhandislik geologiyasi fani o‘zining yechadigan
masalalariga
va
vazifalariga
qarab
quyidagi
yo‘nalishdagi
tarmoqlarga
bo‘linadi:
regional
muhandislik geologisi, muhandislik geodinamikasi,
gruntshunoslik, shaharlar muhandislik geologiyasi,
qazilma konlari muhandislik geologiyasi, lyosshunoslik
muhandislik
seysmologiyasi,
muhandislik

7.

Muhandislik
geologiyasining
bu
tarmog‘i yirik regionlarning muhandislik
geologik sharoitini vujudga kelishi,
rivojlanish
va
odamlar
faoliyati
natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini
o‘rganadi va ilmiy bashorat qiladi. Ana
shu regionlarning muhandislik geologik
sharoitini o‘zgarishiga ta’sir etuvchi
tabiiy geologik va texnogen omillarini
aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100
000 va bundan kichik) xaritalar tuzish
uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi.
Bu
tarmoq
yordamida
olingan
ma’lumotlar xalq xo‘jaligi inshootlarini
qurish joylarini oldindan aniqlashda va
rejalashda katta ahamiyatga ega

8.

Yerning ichki qismida (endogen) va
uning ustki qismida (ekzogen) sodir
bo‘ladigan
geologik
va
texnogen
(insonlarning xo‘jalik va muhandislik
faoliyati bilan hosil bo‘lgan) jarayon va
hodisalarni vujudga kelish, sodir bo‘lish,
rivojlnish va barxam topish sabablarini
hamda qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Ularni, ayniqsa ekzogen jarayon va
hodisalarning
zararli
oqibatlarini
kamaytirish, bartaraf etish va ma’lum
vaqt mobaynida hudud maydoni uchun
miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari
ustida ilmiy izlanishlar olib boradi va
chora tadbirlar ishlab chiqadi.

9.

Yerning
ustki
qobig‘i
qatlamlarida
vujudga
keluvchi hamma jarayon va
hodisalar,
ana
shu
qatlamlarni tashkil qiluvchi,
tog‘
jinslari
-gruntlarga
bog‘liq holda sodir bo‘ladi,
rivojlanadi va o‘zgaradi.
Gruntlarning tarkibini, fizik
va mexanik xossa va
xususiyatlarini,
ularning
xolatini, vujudga kelishi,
o‘zgarish qonuniyatlarini va
masalalari
bilan
gruntshunoslik
fani
shug‘ullanadi

10.

Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi
bilan, bu omillarning bir biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda
yuqoriligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda shahar aholisi tez
suratlar bilan oshib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har
xil yer osti va yer usti muhandislik inshootlari ( suv berish, gaz,
kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va
b.q.) barpo etilmoqda. Bu bino va inshootlarning xammasi shahar
maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari
oralig‘ida barpo etilmoqda, joylashtirilmoqda. Natijada yer osi
suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat yo‘nalishlarining
bo‘zilishlariga, tog‘ jinslarining tabiiy holati tarkibi, fizik va mexanik
xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni
(zaxlash, cho‘kish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir bo‘lishiga sababchi
bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar muhandislik geologiyasining
asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog` jinslarining, yer osti
suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo`jalik va Muhandislik
faoliyati oqibatida o`zgarganlik darajalarini va vujudga kelishi mumkin
bo`lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o`zgarish qonuniyatlarini
o`rganish, bu jarayonlardan qutilish yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish va

11.

Muhandislik geologiyasi fanining
bu tarmog‘i qazilma konlar
joylashgan
va
qazib
olish
hududining muhandislik geologik
sharoitini,
ya’ni
ana
shu
hududning geologik tuzilishini,
tog‘ jinslarini , ularning tarkibi,
xossa
va
xususiyatlarini.
Gedrogeologik sharoitini, yer sath
tuzilishini, tabiiy geologik va
texnogen
jarayonlarning
tarqalish, joylashish holatlarini
o‘rganadi, qazilma konlarining
ishlatish
davrida
ularning
o‘zgarishini, yangidan vujudga
kelish,
rivojlanishini
ilmiy
bashorat qiladi, chora tadbirlar
ishlab chiqadi va belgilaydi.
English     Русский Rules