4.81M
Categories: geographygeography industryindustry

Jahon mashinasozlik va yengil sanoat geografiyasi

1.

Jahon mashinasozlik va yengil
sanoat geografiyasi
Xayitboyeva Yulduz

2.

Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol
buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir
sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan
taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika
progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati
Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining
asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan
mashina va asbob-uskunalar bilan taʼminlashdir.

3.

Kemasozlik — bu kemalar va boshqa suzuvchi
vositalar qurilishi. Kema yasash odatda,
„tersane“ deb nomlanadigan ixtisoslashgan
muassasada amalga oshiriladi. Kema ishlab
chiqaruvchilari kema ustalari deb ataladi.
Tijorat va harbiy sohalar uchun kema qurish va
taʼmirlash ishlari „dengiz muhandisligi“ deb ataladi.
Qayiqlarningqurilishi „qayiq qurilishi“ deb ataladigan
faoliyat turi hisoblanadi.
Kemalarni demontaj qilish „kema taʼmirlash“ deb
ataladi.

4.

Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari tashuvchi kemalar
ishlab chiqaruvchi mamalakatlar hisoblanadi. Italiya, Fransiya,
Finlandiya va Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari
kruiz kemalari (eng koʻp), muzyorarlar, kran kemalari va
boshqalarni ishlab chiqaruvchilar mamlakatlar hisoblanadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarining kemasozlik sonaotidagi koʻrsatkichlari
ham yuqoridagidek oʻzgarishlarga duch keldi[43][44]. Qoʻshma
Shtatlar dunyodagi eng yirik kema ishlab chiqaruvchilar orasida 10oʻrinni egallaydi. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi samolyot tashuvchi
va fregat kabi yirik dengiz kemalarini quruvchi eng yirik kompaniyalar
qatoriga Huntington Ingalls, Bollinger va General Dynamicskabilar
kiradi. AQSHdagi kichik va oʻrta hajmdagi harbiy kemalarni quruvchi
asosiy kompaniyalarga „Vigor Industrial“ va „VT Halter Marine“ kabilar
kiradi

5.

Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi;
avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish
moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar,
agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar,
mo-torollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish
korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Avtomobil sanoati 19-a oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH,
Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat
yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya,
Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham
rivoj topgan[1]. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln
avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10
mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar.
Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral
motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil
monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil
avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning
"Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari,
Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning
"Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish
bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannar-xini
kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida
xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Mas, "Ford"
konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar",
Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar
ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen"
Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning
"Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi
kungacha davom etib kelmoqda.

6.

7.

Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan
zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri
qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani
oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab
chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi.
Elektrotexnika sanoati — elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va isteʼmol qilish
uchun elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Bugʻ va gaz
turbinalari uchun generatorlar, gidrogeneratorlar, elektr mashinalari, shu jumladan,
elektrovozlar, oʻzgaruvchan tok elektrodvigatellari, kuch transformatorlari,
payvandlash transformatorlari, kabellar, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalari
jihozlari va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. 19-asrning 80-yillari paydo
boʻldi.
Chet ellarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda yirik Elektrotexnika sanoati
kompaniyalari faoliyat koʻrsatadi. "Jeneral elektrik" (AQSH), "Simens" (GFR),
"Xitati" (Yaponiya), "ASEA" (Shvetsiya), "Elektrosila" (Rossiya) va boshqalar
korxonalar jahon Elektrotexnika sanoatida elektr mashinalari, shu jumladan,
generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli uskunalar va boshqalar
mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi mavqeni egallab keladi

8.

9.

Toʻqimachilik sanoati — turli xildagi oʻsimlik tolalari, jun va sunʼiy sintetik tolalardan turli
gazlamalar, ip va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmogʻi.
Toʻqimachilik sanoati tarkibiga toʻqimachilik xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, ip
gazlama, zigʻir, kanop, jut tolasidan gazlama, shoyi, jun gazlama, notoʻqima materiallar,
toʻr toʻqish, toʻqimachilik attorlik, trikotaj, kigiznamat bosish sohalari kiradi. Toʻqimachilik
sanoati mahsulotlari kiyimbosh va poyabzal ishlab chiqarishda, shuningdek, mebel,
mashinasozlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati
yengil sanoatning yetakchi tarmogʻini tashkil etadi.

10.

Tikuvchilik — kasb-hunar turi; kiyim-kechak: koʻrpa-toʻshak va boshqa buyumlarni
tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalqlarning
moddiy va madaniy saviyasi, iqlim sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urf-odatlari
zaminida taraqqiy etgan (qarang Kiyim). Arxeologik qazishlar natijasida jaxonning turli
mamlakatlari hududidan topilgan tikuvchilik vositalari, kiyim-kechak va uy-roʻzgʻor
buyumlari bu kasbning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, oʻziga xos taraqqiyot
bosqichlarini oʻtaganligini koʻrsatadi. Tikuvchilik buyumlari dehqonchilik bilan
shugʻullanadigan xalqlarda koʻproq oʻsimlik tolalaridan toʻqilgan gazlamalardan,
chorvador xalqlarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan.
Koʻn-poyabzal sanoati — yengil sanoatnpnt hayvonlar
terisidan yumshoq va qattiq charm tayyorlaydigan
hamda tabiiy va sunʼiy charmdan poyabzal ishlab
chiqaradigan tarmogʻi. Bundan tashqari, charmdan
kiyim-bosh, egar-jabduq, attorlik buyumlari,
toʻqimachilik mashinalari va boshqa mashi-valar
uchun detallar tayyorlanadi.
English     Русский Rules