Similar presentations:
1641679
1.
Fransiyaiqtisodiyoti
2.
Fransiya haqidaDavlat tuzumi
Aholisi
Xoʻjaligi
Tashqi savdosi
Sanoati
Fransiya iqtisodiyoti
REJA:
3.
FRANSIYAFarangiston (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] tingla), rasmiy
nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République
française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va
shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi,
janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni: 674687
ming km². Aholisi: 66 561 000 kishi (2024). Poytaxti —
Parij shahri.
Pul birligi (EUR) Parij eng katta shahri va poytaxti
hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96
departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti
departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana,
Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya,
Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna
orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va
SenPyer va Mikelon) bor.
4.
Davlat tuzumiFransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil
referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat
boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5yil
muddatga saylanadi va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi
hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi
hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
5.
AholisiAholisining 90 % dan koʻprogʻini fransuzlar; shuningdek,
elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar
ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal,
italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln.
musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili.
Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham
mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian
(katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 %
yahudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza,
Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.
6.
XoʻjaligiFransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi
eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi
16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish
sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022).
7.
Tashqi savdosiFransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don
mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak,
poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari,
mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya,
Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va
Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi.
Pul birligi — frank.
8.
SanoatiFransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni
egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik,
kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika
mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar.
9.
Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer vaboshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi.
Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda
mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari,
gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin,
pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz
zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy
(Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye),
nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum,
shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va „Pejo“ kompaniyalari
avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij,
Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari,
vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza,
Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok,
traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari
mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi
texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan
3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi.
10.
Atom sanoatining asosiy markazlari— LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va
neft kimyosi sanoati plastmassa,
sintetik kauchuk va smola, kimyoviy
tola, harbiy kimyo mahsulotlari,
mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va
boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi
(Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil
sanoatning asosiy tarmogʻi —
toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill,
Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz,
Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun,
zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud.
Toʻqimachilik va galantereya,
poyabzal, oziq-ovqat sanoati
rivojlangan. Konyak, vino, likyor,
shampan vinolari dunyoda nom
chikargan.
11.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkilqiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining
yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa,
parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy
Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga
ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona
deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel
va tamaki muhim oʻrin oladi.
12.
Bordo departamenti hamda Rona,Sona, Garonna, Dordoni va Luara
dare vodiylarida tokzorlar katga
maydonni egallaydi. Sabzavotchilik,
bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan.
Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi.
Atlantika okeani va Oʻrta dengizda
baliq ovlanadi.
Image by : Pixabay.com
13.
Fransiya iqtisodiyotiFransiya iqtisodiyoti oʻzining iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha dunyodagi
etakchi sanoatlashgan davlatlarning "katta yettiligi" qatoriga kiradi.
Fransiya dunyodagi beshinchi yirik iqtisodiyotdir. U jahon yalpi ichki
mahsulotining 5 foizini va jahon savdosining 6 foizini tashkil qiladi.
Fransiya unitar davlat boʻlib, uning byudjet tizimi faqat ikki qismdan
iborat: davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar. Mamlakatda byudjet
tizimining birligi yoʻq. Barcha byudjetlar rasmiy ravishda taqsimlanadi.
Har bir maʼmuriy birlik budjeti uning ijro etuvchi organi tomonidan
tasdiqlanadi. Fransiya moliya tizimiga davlat (markaziy) va mahalliy
byudjetlardan tashqari byudjetdan tashqari fondlar va davlat korxonalari
moliyalari ham kiradi.
14.
Fransiyadagi eng yirik fond birjasi-MatifParij. Ushbu birjada amalga oshirilgan
operatsiyalar ichida eng katta ulushni
davlat obligatsiyalari egallaydi. Fransiya
yalpi ichki mahsulot boʻyicha evro
hududida ikkinchi yirik iqtisodiyotdir.
Fransiyada 2012-yilning birinchi
choragida ishsizlik darajasi 0,2 foiz
punktga oshib, 10 foizga yetdi.
15.
Fransiya kredit-moliya tizimining faoliyati 1984-yilgi qonun bilan tartibgasolinadi. U uch darajadan iborat: markaziy bank (Fransiya banki); tijorat
banklari; ixtisoslashtirilgan kredit-moliya institutlari; investitsion, ipoteka,
tashqi savdo banklari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, pensiya
jamgʻarmalari va boshqalar. 39 ta fransuz kompaniyasi dunyodagi 500
ta eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi. Oziq-ovqat sanoati (Danone),
moda, hashamat va kosmetika (Luis Vuitton, Iv Saint-Loren, Chanel,
Dior, LʼOréal), avtomobil va shinalar ishlab chiqarish (Peugeot, Citroën,
Reno, Michelin) va aviatsiya (Airbus, Dassault) ishtirok etgan
kompaniyalar yaxshi maʼlum.
16.
Fransiya iqtisodiyoti 2020-yilda 8,2 foizga pasaydi. Bu haqda mamlakat Milliy statistikava iqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar
berdi.
Shuningdek, 2020-yilning to‘rtinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1,4 foizga
pasaygan.
Qayd etilishicha, 2020-yilda Fransiya iqtisodiyotining faollik darajasi 2019-yilning mos
davriga nisbatan 4,9 foizlik tafovut bilan yilni yakunlagan. 2021-yil fevral oyida
mamlakatda iste’mol narxlarining o‘sishi yanvar oyiga nisbatan sekinlashib, 0,6 foizga
0,4 foiz nisbatni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yakunlariga ko‘ra AQSh iqtisodiyoti 3,5 foizga pasaygan, bu
Ikkinchi jahon urushi davridan buyon qayd etilgan eng yomon natija. Bungacha eng
yomon ko‘rsatkich 2008-yilda YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning 2,5 foizga pasayishi
bo‘lgan edi.
17.
Avvalroq koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2020-yilda globalmudofaa xarajatlari 3,9 foizga o‘sgani haqida xabar qilingandi. “2020yilda global mudofaa xarajatlari 1,83 trillion dollarga yetdi va yillik o‘sish
3,9 foizni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda. Dunyodagi barcha harbiy
xarajatlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri keladi — 40 foiz yoki
738 milliard dollar. Shuningdek, 2020-yilda Yevropada ham mudofaa
xarajatlari 2 foizga o‘sgan. Rossiyada mazkur xarajatlar 2020-yilda 3,8
foizga oshgan.
geography