Similar presentations:
Yaponiya. Tabiiy sharoiti va resurslari
1.
YaponiyaBajardi: Ibrohim Pulatov va Rustamov Shaxzod
2.
Table of contentsYaponiya haqida
01
03
Aholisi
Tabiiy sharoiti va
resurslari
02
04
Iqtisodiyoti
3.
01Yaponiya
4.
Yaponiya Sharqiy Osiyoda joylashgan orol mamlakati. Yaponiyadajami orollar soni 6 852 ta bo'lsa ham, hududining 97% ini 4 ta yirik
orol - Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari egallaydi.
Qirgʻoqlari shimolda Oxota, g'arbda Yapon, janubi-g'arbda Sharqiy
Xitoy dengizi, sharq va janubda Tinch okean suvlari bilan yuviladi.
Yaponiyaning hududi shimoldan janubga 2 800 km masofaga
cho'zilgan.
5.
Yaponiya - konstitutsion monarxiya, davlatrahbari imperator maqomi- ga ega bo'lgan
hozirgi jahonning siyosiy xaritasidagi yagona
mamlakat. Yaponiyaning konstitutsiyasiga
binoan, imperator «davlat va millat birligining
ramzi» hisoblanadi. Amaldagi siyosiy boshqaruv
tuzumida yetakchi rol bosh vazirga tegishli.
Yaponiya 47 ta prefekturaga bo'linadigan unitar
davlat. Poytaxti Tokio mamlakatning eng yirik
oroli Xonsyuning sharqida, Kanto tekisligida
joylashgan.
6.
02Tabiiy sharoiti
va resurslari
7.
Yaponiyada, u Tinch okean seysmik mintaqasidajoylashganligi tufayli, zilzila va sunami tez-tez sodir bo'ladi. Bu
tabiiy xususiyat Yaponiya aholisining turmushiga katta ta'sir
ko'rsatadi, shuning uchun ham yaponlarga bolalik davridanoq
favqulodda vaziyatlarda o'zini to'g'ri tutish qoidalari
o'rgatiladi.
8.
Mamlakat hududining 3/4 qismi tog' va qirlarbilan band. Yaponiyaning eng baland tog'
cho'qqisi - Fudziyama vul- qoni - yapon xalqi
uchun muqaddas qa- damjo hisoblanadi (63rasm). Tog'liligi qishoq xoʻjalik yerlarining
yetishmovchiligiga olib kelgan.
9.
Yaponiya foydali qazilmalarga boy emas.Mamlakatda, asosan, yod (zaxiralari bo'yicha
dunyoda 1-o'rin), oltingugurt, shuningdek, oz
miqdorda neft, tabiiy gaz, oltin, kumush va
boshqa mineral resurslar qazib olinadi.
Yerosti boyliklarining ozli- gi Yaponiyani
yoqilg'i va metallarni eng ko'p import qiluvchi
davlatlardan biriga aylantirgan.
10.
03Aholisi
11.
The slide title goes here!Yaponiya aholisi 126,5 mln. kishiga
teng (2018-y.). Yaponiyada
tug'ilishning o'ta pastligi sababli
aholining tabiiy kamayishi
kuzatilmoqda. Meksika aholi soni
bo'yicha Yaponiyadan ilgarilab
ketgani- dan keyin, Yaponiya
jahon mamlakatlarining birinchi
o'ntaligidan chiqdi.
12.
Yaponiya aholisining 98% dan ko'piniyaponlar tashkil qiladi. Ularning asosiy dinlari
- sintoizm va buddizm. Qiziqarli jihati
shundaki, yaponlar- ning aksariyati ham
sintoizm, ham buddizm an'analariga rioya
qiladilar.
13.
04Iqtisodiyoti
14.
Iqtisodiyoti. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mam- lakat. YIM ningumumiy hajmiga ko'ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hin- distondan keyingi to'rtinchi
o'rinni egallaydi.Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan
tarmoq- lar - elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiya- ning eng
mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga «Toyota», «Honda», «Sony»,
«Mitsubishi» va boshqalar kiradi.Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog'i
sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug'doy,
soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.