Similar presentations:
204-206 (2)
1.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
Narzullayeva Gulsanam, Saloxiddinova Feruzabonu
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Filologiya fakulteti
SOHIBQIRON AMIR TEMUR: ILM-FAN VA SAN’AT HOMIYSI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi,
shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi.
Maqola Temuriylar davridagi madrasalar, ilmiy markazlar va san’at sohasidagi yutuqlarni
ko‘rsatib o‘tadi. Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovatm majmuasi kabi yirik inshootlarning
ilmiy va me’moriy ahamiyati, shuningdek, Temurning olimlar va san’atkorlarga bo‘lgan e’tibori
va qo‘llab quvvatlashi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Temuriylar davrining madaniy va
ilmiy rivojlanishini, shuningdek, Amir Temurning bu sohalarga bo‘lgan alohida e’tiborini yoritib
beradi.
Amir Temur koʻplab davlatlar tarixida faqatgina oʻzining jangovar yutuqlari bilan mashhur
boʻlgan mohir sarkarda emas, balki ilm-fan va madaniyatni yuksaltirgan, olim-u fuzalolarning
ilmini hurmat qilgan holda ularga izzat-ikrom koʻrsatgan hukmdor sifatida e'tirof etiladi.Uning
hukmronligi davrida ilm-fan madaniyat va ma'rifat sohalarida amlaga oshirgan ishlari oʻsha
xalqning aqlan va ma'nan oʻsishiga katta hissa qoʻshgan.
Amir Temur mamlakatning har tomonlama taraqqiyotida ilm-fanning
ahamiyatiga alohida urgʻu bergan. U olimlarni qo‘llab-quvvatlab, ilmiy ishlarga yuqori ahamiyat
bergan. Temur o‘z asarlarida ilm-fan va ma’naviyatni yuksaltirish zarurligini ko‘rsatgan va ilmiy
ishlar va izlanishlarni rag‘batlantirgan. Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida
Movarounnahr hamda Xuroson hududlarida taʼlim va ilm-fanga katta ahamiyat berildi. Ilmmaʼrifatga homiylik qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu davrda
barcha yirik shaharlarda madrasalar qurilib, ularda o‘z zamonasining mashhur olimlari va
ulamolari tolibi ilmlarga saboq berish uchun jalb etildi. Bundan tashqari, u taraqqiyotning
poydevori sifatli taʼlim ekani haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lgan va shu bois, u avvalo
taʼlim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishga, ilmli insonlar mavqeini oshirishga intilgan. Uning
boshchiligidagi keng hududda, barcha shaharlarda hamda yirik qishloqlarda ko‘plab
boshlang‘ich maktablar tashkil etildi."Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, bu davrda oʻgʻil
bola 4 yil, 4 oy va 4
kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning
barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi". [1]
Amir Temurning buyrug'i bilan madrasalarda nafaqat diniy ilmlar, masalan, tafsir,
hadisshunoslik va fiqh kabi fanlar, balki dunyoviy fanlar, jumladan, matematika, algebra, mantiq,
astronomiya, tarix va xattotlik ham o'qitilgan.Amir Temur va temuriylar davrida, Turon
mamlakatidagi madrasalar nafaqat diniy, balki ilmiy markazlarga aylanishi, shaharlar uchun
ma'rifat o'chog'i bo'lib xizmat qildi. Madrasalarga ajratilgan vaqf mulklar, o'z navbatida,
mudarrislar va xizmatchilarning maoshlarini, kutubxonalarning ta'minotini va binolarni
ta'mirlash kabi ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli daromad manbai bo'ldi. Amir Temur davrida
qurilgan madrasalar, Temuriylar sulolasining buyuk me'moriy merosining muhim qismini tashkil
qiladi. U o‘z davrida ilm-fan, din va madaniyat rivojiga katta e’tibor bergan va ko‘plab
madrasalar, masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar kabi obidalarni bunyod ettirgan.Ushbu
inshootlar nafaqat diniy ta'lim, balki ilmiy faoliyatning rivojlanishiga ham xizmat qilgan.
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
2.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
Xususan, Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovat majmuasi o‘zining ilmiy va me’moriy
ahamiyati bilan ajralib turadi.
Bibi Xonim madrasasi, Samarqand shahrida 1399–1404-yillarda qurilgan bo‘lib,bu madrasa
Temurning sevimli xotini Bibi Xonim nomiga bag‘ishlanib, ilm-fan markazi sifatida faoliyat
ko‘rsatgan. U Samarqandning eng yirik inshootlaridan biri bo‘lib, ilmiy ta'limni rivojlantirishda
muhim rol o‘ynagan. Madrasada o‘qitilgan fanlar orasida astronomiya, matematika, tibbiyot va
falsafa kabi sohalar mavjud bo‘lib, bu ilmiy sohalar o‘sha davrda ilm-fanning rivojiga katta hissa
qo‘shgan. Shuningdek, Bibi Xonim madrasasining me’moriy bezaklari va gumbazlari, o‘sha
davrning yuksak me’moriy yutuqlarini namoyish etadi.
Dorut-Tilovat majmuasi esa 1370-yillarda Shahrisabzda qurilgan bo‘lib, Amir Temurning otasi
Amir Tarag‘ay xotirasiga bag‘ishlanib bunyod etilgan. Majmua masjid, madrasa va maqbaradan
iborat bo‘lib, ilm-fan va diniy ta'lim markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu majmua,
Temuriylar davrining ma'rifat o‘choqlaridan biri bo‘lib, ilmiy faoliyat va diniy ta'limni
rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan. Dorut Tilovat majmuasining inshootlari, murakkab bezaklari
va me’moriy innovatsiyalari bilan o‘sha davrning yuksak me’moriy merosini aks
ettiradi.
Temuriylar davrida ko‘plab o‘z davrining taniqli allomalari yashab, ijod qilgan.Sa’diddin
Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy hamda tarixda Ali
Qushchi nomi bilan tanilgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy va
Alisher Navoiy kabi olim-u mutafakkirlar ilmfanga ulkan hissa qo‘shib, tarixda qolgan. Amir
Temur olim-u fuzalolar, mutafakkirlar va ulamolarga bo‘lgan ehtiromi ham yuqori bo‘lgan, va
biz buni uning davlat boshqaruvidagi munosabatida ham ko‘rishimiz mumkin. Manbalarda
keltirilgan bir voqea bunga yaqqol namuna bo‘lishi mumkin:
"Amir Temur o‘ta ahamiyatli va foydali ishlaridan biri bo‘yicha chopar yubordi. Choparga:
'Agar yo‘lda otga hojat tushib qolsa, kimni ko‘rsang ham otini ol, agar o‘g‘lim Shoxruh bo‘lsa
ham', dedi. Chopar amr qilgan tarafga tezlab jo‘nadi.Yo‘lda Alloma Sa’diddin Taftazoniyga
duch keldi. U dam olish uchun bir joyga tushgan, otlari chodirining oldiga bog‘langan ekan.
Chopar o‘sha otlardan birini oldi. Alloma Sa’diddin Taftazoniy chodirdan chiqib, uni ushlab oldi.
Otni chopardan qaytarib oldi va uni rosa kaltakladi. Chopar Amir Temurning oldiga qaytib
borganida bo‘lgan gapni unga aytdi. Shunda Amir Temur qattiq g‘azablandi. Ammo birozdan
so‘ng: 'Agar uning o‘rnida o‘g‘lim bo‘lganida, uni qatl qilardim. Lekin qaysi joyga borsam,
kitoblari u yerga mening qilichimdan oldin kirib borgan odamni qanday qilib qatl qilaman',
dedi"[2].
Bu davrda san’at va madaniyat ham yuksak darajada rivojlandi, xususan me’morchilik, tasviriy
san’at, musiqa, xattotlik va adaviyotning mavqeyi ortdi. Uning butun dunyoga mashhur
“Qudratimizni ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq!” - degan so’zlari me’morchilik sohasiga
bo’lgan ulkan e’tiborning ramzi bo’la oladi. Buning isbotini Shahrisabz va Samarqand
shaharlarida qurilgan Oqsaroy, Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, Registon maydoni va Shohizinda
majmuasi kabi inshootlarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Ulardagi nafis naqshlar, muhtasham
gumbazlar va peshtoqlar faqatgina ularga ko’rk beribgina qolmay, o’z davrining me’moriy
yuksalishini ham namoyon etadi.”Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” muqaddimasida
Chingizxon bilan Amir Temur o‘rtasidadagi farqqa to‘xtalib shunday yozadi: “Chingizxon qaysi
shahar va viloyatnikim bosib olgan bo‘lsa, na ul joydan asar qoldi-yu, na ulusidan xabar….
Hazrat sohibqironning baxtiyor zamonida fath etilgan joylarda esa, nizochilar va dushmanlarning
ixtiyoridan butunlay chiqdi va …. ahvoli oldingidan ham ancha yaxshiroq va obodroq. Xalqi
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL
3.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
esa tinch va hursand bo‘ldi…”[3].
Temuriylar davrida san’at va madaniyat yuksak darajada rivoj topdi. Tasviriy san’at, xususan
miniatyura san’ati taraqqiy etdi; saroy va madrasa devorlariga xalq hayoti, jang va ov sahnalari
tasvirlangan suratlar chizildi. Musiqa san’ati ham taraqqiy etib, saroy marosimlari va xalq
bayramlarida keng qo‘llanildi, bastakorlik va ijrochilik rivojlandi. Xattotlik san’ati yuksalib,
qo‘lyozmalar nafis xatt bilan yozilib, miniatyuralar bilan bezatildi. Bu davrda Alisher Navoiy,
Jomiy, Lutfiy
kabi buyuk adiblar ijod qilgan. Bog‘sozlik san’ati ham taraqqiy etib, Samarqand atrofida go‘zal
bog‘lar barpo etildi. Amir Temur ilm-fan va san’atni qo‘llabquvvatlab, olim va san’atkorlar
uchun qulay muhit yaratdi. Bu davr “Ikkinchi Islom uyg‘onish davri” deb atalib, Amir Temur
madaniyat va ma’naviyat homiysi sifatida tarixda muhim o‘rin egalladi.
Amir Temur ilm-fan, ta'lim va madaniyatni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan hukmdor
sifatida tarixda qolgan. Uning davrida ilmiy va madaniy markazlar,jumladan, Bibi Xonim
madrasasi va Dorut-Tilovat majmuasi tashkil etilib, ilm-fan va san'at sohalarida katta yutuqlar
erishildi. Temur olimlarni qo‘llab-quvvatlab, dunyoviy va diniy ilm-fanlarni rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratgan. Uning hukmronligi davrida shakllangan ilmiy va madaniy muhit,
Temuriylar merosi sifatida bugungi kungacha ahamiyatini saqlab qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://xs.uz/uz/post/amir-temur-va-temurijlar-davri-renessansidatalim-tizimining-tutganahamiyati
2. https://oliymahad.uz/39276
3. https://shosh.uz/amir-temur-va-temuriylar-davrida-san-at-vamadaniyat/
4. Temur tuzuklari. B. Ahmedov tahririda. – T.: G'afur G'ulom, 1996.
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK JURNAL