15.99M
Category: historyhistory

Turizm sohasini rivojlantirishda O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati

1.

Turizm sohasini
rivojlantirishda
O‘zbekistondagi tarixiy
shaharlarning ahamiyati

2.

Reja
1. O‘zbekistonning tarixiy va arxitektura yodgorliklariga ega
bo‘lgan shaharlari.
2. Buxoro, Shaxrisabz, Qoraqolpog’iston shaharlaridagi
tarixiy-me’moriy ob’ektlari

3.

«Buxoro» so‘zi sanskrit tilida «Ibodatxona», sug‘d tilida «Tangri
jamoli» ma’nolarni anglatadi. Buxoro «Buyuk Ipak Yo‘li»ning yirik tijorat
markazi bo‘lib hisoblangan. Buxoro O‘rta asrlarga mansub 140 dan ortiq
arxitektura yodgorliklariga ega bo‘lgan «muzey-shahardir». Islom dunyosida
Buxoroning ismiga «Sharif», ya’ni «Muqaddas» qo‘shimchasi qo‘shib
ishlatilgan. X asrda Buxoro eng yirik ilmiy va madaniy markaz bo‘lgan
Бухоро шаҳри 2020 йилда "Ислом маданияти пойтахти" деб эълон
қилинди. Ислом маданияти пойтахти бўлмиш Бухоро азалдан “Бухорои
шариф” деб улуғланиб келинади. Шаҳар марказининг каттагина қисми
меъморий ҳудуд саналиб, унинг асосий қисмини мадрасалар ташкил этади.
“Унинг “Қуббатул Ислом”, яъни “Ислом гумбази” деб номлангани ҳам бежиз
эмас.

4.

Muhammad Payg’ambar (s. a. v.) xadislaridan birida esa Buxoro shahri
“Foxira” deb tilga olinib o’tilgan. Bu arabcha so’z bo’lib mag’rur, faxrli,
iftixorga loyiq, buyuk ma’nosida keladi. Ayrim tadqiqotchilarning faraz
qilishicha, Buxoro nomi mintaqaning eng asosiy buddaviylik ibodotxonasi
“vixara” yoki ana shu “vixara”ning turkiycha transkripsiyasi bo’lmish
“buxoro” (ibodatxona) so’zidan kelib chiqqan. Biroq buddaviylik va moniylik
(monaviylik) diniy ta’limotlariga oid asori atiqalar shahar hududida ham,
umuman Buxoro vohasida ham hanuzgacha topilmagan.

5.

1. Ark (XI asr);
2. Bolo-Hovuz majmuasi (XVIII asr);
3. Ismoil Somoniy maqbarasi (IX asr);
4. Chashmai-Ayub (1380 y.);
5. Abdullaxon madrasasi (1596 y.);
6. Modari-Xon madrasasi (1556 y.);
7. Masjidi Baland (XVI asr);
8. Gavkushon majmuasi (XVI asr);
9. Zayniddin Xoji xonaqosi (1555 y.);
10. Poyi Kalon majmuasi (XII asr);
11. Labi Hovuz majmuasi (XVI asr);
12. Ko‘kaldosh madrasasi (1568 y.);
13. Nodir Devonbegi xonaqosi (1622-1623 y.);
14. Ulug‘bek madrasasi (1417 y.);

6.

15. Abdulazizxon madrasasi (1652 y.);
16. Bolohovuz masjidi (1712 y.);
17. Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asr);
18. Bayonqulixon maqbarasi (XIV asr);
19. Namozgoh masjidi (XII asr);
20. Fayzobod xonaqosi (1598 y.);
21. Chorminor madrasasi (1807 y.);
22. Buxoro Amirining Sitorai Mohi Xosa yozgi saroyi (XIX asr);
23. Chor-Bakr majmuasi -Jo‘ybor xo‘jalari qabristoni (1560 y.).

7.

8.

Balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga

9.

10.

11.

Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh boʻlib,
amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja
Ahrorga shogird tushgan.
Turkistonning Sabronida (Savronida) 2 koriz (yer
osti arigʻi) qazdirgan, suv chiqargan, qalʼa bino
etib, Shofirkon, Vobkent, Gʻijduvonda koʻp
joylarni obod qilgan (hozirda Shofirkonda Mir
Arab qalʼasi saqlanib qolgan).
U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta
hissa qoʻshgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga
yetkaza olmagan, 1536-yil boshida Mir Arab vafot
etgan va uning vasiyatiga koʻra kuyovi Shayx
Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan. Madrasa
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida
boʻlib, shoʻrolar davrida diniy oʻquv yurti faoliyati
vaqtincha toʻxtatilgan, 1945-yilda yana tiklangan

12.

Labi Hovuz (“hovuz bo‘yida”, “havza
bo‘yida”)

Buxoroning
markaziy
maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambr
XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Maydoni
Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda
Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil
topgan, atrofi Nodir begi hovuzi bilan
birlashtirilgan. Ansambl o‘lchami, taxminan
150x200 metrdir

13.

14.

Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob
hisoblanadi. Ismoil Somoniy 848-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, 874-yilda
somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga hokim
bo‘lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib
borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga
to‘plagan
Maqbaraning janubiy-sharqiy burchagida katta qabrtoshi- kichik
ko’ndalang devorlarida tuynuklari bo’lgan Podshox Ismoil Somoniy yoki Hazrati
Sulton qabri mavjud. Mahalliy rivoyat va afsonalarga qaraganda, Ismoil Samoniy
mamlakatni vafot etgandan keyin ham boshqargan ekan. Shuning uchun mozor
boshiga keluvchilar maqbaraning janub tarafidan tuynukcha orqali uning nomiga
bitilgan o’tinchnomalar va iltimosnomalarni tashlab ketishgan ekan. Bir kundan
keyin esa xuddi o’tinchnoma kabi yozma ravishda yozilgan qarornoma shimol
tarafdan paydo bo’lib qolar ekan.

15.

Manbalarda Yetti piri komil Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi
vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e’tirof etilgan.

16.

7 pir ziyorati yoʻnalishi oraligʻidagi masofa 150 kilometrni tashkil etadi.
Bu yoʻnalishda ikki tarixiy muzey mavjud. Bular Peshkoʻ tumani Afshona
qishlogʻidagi Ibn Sino meʼmorial muzeyi hamda Bahouddin Naqshband tarixiy
majmuasidagi Naqshbandiya tariqati muzeylaridir.
Xoja Abduholiq G`ijduvoniy (G`ijduvon), Xoja Orif Mohitobon Revgariy
(Shofirkon), Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy (Vobkent), Xoja Ali Rominatiy
(Romitan), Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (Romitan) va Xoja Muhammad
Bahovuddin Naqshbandiy (Kogon) qabrlari joylashgan maskanlar ketma-ketlikda
ziyorat qilinadi.

17.

18.

Ўзбекистон ҳудудида 160 дан ортиқроқ мусулмон муқаддас жойлари
жойлашганки, бу маълумотлар ўлкамизнинг барча дунё мусулмонлари учун
ўзига хос аҳамиятдорлигининг ифодасидир. Маданият, фан ва таълим
буйича Ислом ташкилоти (ISESCO) қарори билан 2007 йилда “Тошкент
Ислом маданияти пойтахти”деб эълон этилганлиги эса, Ўзбекистоннинг
мусулмон ва умумбашарий цивилизациясига қўшган ҳиссасини кенг
халқаро ҳажамият томонидан эътироф қилинганлигидан далолат беради
“Зиёрат атамаси (зияра) сўзидан олинган бўлиб “томоша қилиш”,
“кўришга бориш (келиш)” маъноларни билдиради. Мусулмонларда
“зиёрат”- бу пайғамбарлар, диний муқаддас жойларни зиёрат қилишдир
Зиёрат – Исломнинг туристик асосидир. “Хожагон” таълимоти
асосчиси Хожаи Жаҳон Абудухолиқ Ғиждувонийнинг “САФАР ДАР
ВАТАН” тариқатига мувофиқ инсон ўз юртига сафарга чиқиб туриши
лозим

19.

Исломда “Шариф” сўзи еттита салобатли, улуғвор нарсалар ва
муқаддас жойларни назарда тутади. Булар:
1. Каломи Шариф (Қуръони карим);
2. Ҳадиси Шариф (Ҳадислар);
3. Маккайи Шариф (Макка ва Мадина шаҳарлари);
4. Боғдоди Шариф (Ироқ пойтахти);
5. Шоми Шариф (Сурия, Дамашқ);
6. Мазори Шариф (Афғонистон шаҳари);
7. Бухоройи Шариф.
Зиёрат турини қуйидаги халқаро туристик йўналишларда уюштириш мумкин:
1.”Тошкент - Усмон Қуръони Ватани”зиёратгоҳи.
2.”Ҳадис илмининг Султони Имом ал- Бухорий Ватани” зиёратгоҳи.
3.”Самарқанднинг Пайғамбарлар ва Набийлар қадамжойи” зиёратгоҳи.
4. “Бухоройи Шариф” зиёратгоҳи.
5.“Ўзбекистон бўйича суфийлик зиёратгоҳи”.
6.”Етти Пир” зиёратгоҳи.
7. “Кичик Ҳаж” зиёратгоҳи.

20.

21.

Buxoro viloyatining Romitan tumanida yangi turistik zonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. BUKHARA
DESERT Oasis&SPA dam olish maskani qadimiy Bo‘rontepa tepaligi yaqinida barpo etilgan.

22.

23.

24.

“Bukhara Desert Oasis & SPA” majmuasi ushbu hududning 10 gektar
maydonini egallagan boʻlib, qoʻshimcha 30 gektar maydonda agro-eko bogʻlar
va issiqxonalar barpo etilgan. Obyektning birinchi bosqichida - 500 nafar,
keyingi bosqichlarida esa bir vaqtning oʻzida 1000 nafardan ortiq dam oluvchi
va sayyohlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Eʼtiborlisi, bu tematik dam
olish maskani mahalliy aholini 100dan ortiq yangi ish oʻrni bilan taʼminlaydi.
Shuningdek, sayyohlik obyektida oʻrta asrlardagi Buxoroning tarixiy
manzaralari - Varaxsha terassasi, Sardoba, karvonsaroy majmuasi, plyaj,
hozirda 80 oʻringa moʻljallangan oʻtovlar, milliy va Yevropa taomlari
restoranlari, tibbiyot burchagi, sogʻlomlashtirish maskani, sport oʻyingohi, ot
sporti maydoni, avtoturargoh, kvadratsikllar, ot va tuyalarda sayohat,
elektromobil, jip kabi turli qoʻshimcha xizmatlarni ham oʻz ichiga oladi.

25.

26.

“Бухоронинг ўн икки дарвозаси”
Бухоронинг маҳобатли дарвозалари шариф шаҳарнинг ноёб меъморий
обидалари сирасига киради. Муҳаррихларнинг маълумот беришларича, VIII-XVII
асрларда Бухорода еттита дарвоза мавжуд бўлган. Асрлар ўтиб, аҳоли сонининг
ошиши ҳамда шаҳар ҳудуди кенгайиши туфайли улар сони аввалига ўн биттага, кейин
эса ўн иккитага етган
Мазкур иншоотларнинг асрлар синовидан эсон-омон ўта олиши учун дастлаб
қурилиш материалларига, технологиясига алоҳида эътибор қаратилган. Чунончи,
қурилишда ишлатилган биргина лойни тайёрлаш учун кўмир кукуни, қамиш кули,
оҳак-ганч, қум ва сувдан иборат қоришма ўн икки соат қайнатилган. Тайёр қоришма
дарвоза девори мустаҳкамлигини таъминлаш билан бирга ўзидан нам ўтказмаган ва
шу орқали емирилиш олдини олган
12 та – Ўғлон, Ҳазрати Имом, Самарқанд, Мазори Шариф, Қарши
(Қавола), Саллахона, Намозгоҳ, Хўжа Исмат, Шайх Жалол, Қоракўл, Шергирон
ва Талипоч дарвозалар бўйлаб 4 соат давом этади. “Бухоронинг ўн икки дарвозаси”
саёҳатгоҳининг ҳар бир хорижлик сайёҳ учун баҳосини 5 АШҚ доллар ўзбек сўми
эквиваленти миқдорида белгиланса, у барча харажатларни қоплайди

27.

28.

Bugungi kunda Qoraqalpog'iton Respublikasi hozirgi davr va qadim
o'tmishni bog'lovchi tirik rishtadir. Buning isboti sifatida 131 arxeologik
izlanishlar natijasida topilgan ob’ektlar, 25 arxitektura namunalari,
89 monumental san’at yodgorliklari va 40 ga yaqin diqqatga sazovor joylarni
keltirish mumkin.
Respublika hududida joylashgan qariyb 18 asrlik tarix haqida so'zlovchi
Ayazqal’a, o'z arxitekturasini yaxshi saqlab qolgan va milodiy 4-asrga tegishli
bo'lgan Tuproqqal’a va Orol dengizini tarannum etuvchi Mo'ynoq o'lkashunoslik
muzeyi va Orol dengizi suvlarida suzib hozirda faqatgina dengiz haqida bizga
so'zlovchi «Kemalar qabristoni» kabi diqqatga sazovor joylari chet ellik
sayyohlarni o'ziga jalb qilib kelmoqda.

29.

Qoraqalpog'iston Respublikasi faqatgina tarixiy va afsonaviy shaharlari
bilangina emas balki ekoturizm ham rivoj topmoqda. Hozirgi kunda
Qoraqalpog'iston Respublikasida 11 ming 568 gektar qo'riqxona zonasi mavjud, bu
qo'riqxonalarda 826 bosh Buxoro bug'usi, suv havzalarida esa 43 turdagi baliqlar,
sudralib yuruvchilarning 11 turi, tulki shoqol kabi 10dan ortiq hayvon turlari
mavjud. Ellikqal’a tumani Navoiy ovulida «Bo'ston straus» fermer xo'jaligida
saqlanayotgan tuyaqushlarni, Ellikqal’a tumani markazidagi Amir Temur botanika
bog'ida dunyoning turli mintaqalarida o'sadigan 200 tup daraxt, 200 tupga yaqin
butalarva 80dan ortiq turfa gullar parvarishlanib kelmoqda

30.

31.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi nafaqat
Qoraqalpog‘istondagi, balki O‘zbekistondagi eng yirik muzeylardan biri
hisoblanadi. Muzey Nukus shahrida 1966-yilda tashkil topgan va 1984-yildan
Savitskiy nomi bilan ataladi.
Қорақалпоғистоннинг Қуйи Амударё давлат биосфера резервати
(ҚАДБР), Устюрт платоси, Жилтирбас, Рибачье, Судочье табиий сув
ҳавзалари, Сариқамиш кўли, Сайгачий давлат буюртмахонаси, Судочье
орнитологик давлат буюртмахоналарида экотуризмни ривожлантириш
салоҳияти жуда юқори. Қуйи Амударё давлат биосфера резервати
(ҚАДБР) бўлиб, у ерда 43 турдаги балиқлар, 2 турдаги амфибиялар, 29
турдаги судралиб юрувчилар, 246 турдаги қушлар ва 36 турдаги сут
эмизувчилар, Жампиқ қалъа, Гаур қалъа, Чилпиқ қўрғони, Шайх Жалил
бобо каби тарихий ѐдгорликлар билан бирга, Султон Увайс тоғи, Амударё
соҳилида кўпгина табиий экотуристик объектлар ҳам мавжуд

32.

33.

34.

35.

36.

37.

38.

39.

Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahri Samarqand va
Buxorodan Afg‘oniston va Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari
asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklariga
ega. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ko‘kgumbaz masjidi
(1463 y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX-XX asrlar),
Xo‘ja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714
y.), Zaxkok- Moron shaharchasi xarobalari (eramizdan avvalgi I
asr-eramizning V asri) va Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan
qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda «O‘lkashunoslik» muzeyi bor.
Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklari-Temuriy
sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko‘kgumbaz
masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir

40.

Shahrisabz shahri. Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan
Shahrisabz shahri hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi
dastlabki turar joylarga V-VI asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX-X asrlarga
kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur
tomonidan devor bilan o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga
aylangan. Qashqadaryo viloyatining tarixiy-arxitektura yodgorliklar:
1. Oqsaroy (XIV - XV asr);
2. Dorus – Saodat majmuasi (XIV asr);
3. Hazrati Imom masjidi (XIV asr);
4. Jahongir maqbarasi (XIV asr);
5. Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi(XIV - XV asr);
6. Ko‘kgumbaz masjidi (XV asr);
7. Gumbazi Saidon (XV asr);
8. Shamsiddin Kulol maqbarasi (XV asr)
English     Русский Rules