19.87M
Category: historyhistory

O’zbekistonning tarixiy shaharlari

1.

O’zbekistonning tarixiy
shaharlari

2.

O‘zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko‘plab
arxitektura yodgorliklari mavjud. Xiva, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining
tarixiy markazlari, qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari YUNESKO
ning «Jahon merosi» deb nomlangan ro‘yxatiga, Boysun tumani aholisining
folklor ansambli «Jahon nomoddiy merosi xazinasi» ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakatdir. Bebaho
merosimizning 140 ta ob’ektlari YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan
va tarixiy ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan. YUNESKO ning «Jahon merosi»
ro‘yxatiga 2001 yil 12 -16 dekabr kunlari Finlyandiyaning Xelsinki shahrida
YUNESKOning Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib,
unda Samarqand shahri ham YUNESKOning «Jahon merosi» ro‘yxatiga
kiritildi

3.

Самарқанд номининг келиб чиқиши ҳақида турли хил баҳсмунозаралар мавжуд. Айрим олимлар «Самарқанд» атамаси Санскрит
тилидаги «смрғ» атамасидан келиб чиққан ва бу атама «Чорраҳа»,
«Савдогарлар учрашадиган, савдо йўллари кесишган жой» деган маънони
англатади дея изоҳлашадилар. Буюк тилшунос олим Маҳмуд Қошғарий
«Девони луғотит-турк» асарида, Самарқанд номи туркийча «Семизкент»,
яъни «семиз, бой шаҳар» деган ном билан боғлиқ, дея ёзган. Юнон
тарихчиси Каллисфен Самарқандни ўз тилига мослаб «Мароқанд» деб
атаса, Хитой элчиси Вей Цзе эса «Кан» деб қайд этган. Милоддан аввалги
329 йили бу ерга келган фотиҳ Александр Македонский ёнидаги
тарихчилар шаҳар номини «Мароқанда» дея ёзиб қолдирганлар

4.

M.R.Usmonov o’zining tadqiqotlarida mamlakatimizda 6 ta turistik
rayonni ajratgan (Toshkent, Mirzacho’l, Farg’ona, Zarafshon, Janubiy, Qo’yi
Amudaryo turistik rayonlari). A.N.Norchayev esa o’z tadqiqotlarida 7ta turistik
rayonni ajratgan (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Jizzax Sirdaryo, Qashqadaryo - Surxondaryo turistik rayonlari). Biz yuqoridagi
medologik asoslarga ko’ra mamlakatimizni quyidagicha rayonlashtirishni taklif
qildik:
1. Toshkent turistik rayoni (Toshkent viloyati);
2. Farg’ona turistik rayoni (Farg’ona, Namangan,Andijon viloyatlari);
3. Mirzacho’l turistik rayoni (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari);
4. Samarqand turistik rayoni (Samarqand viloyati);
5. Buxoro – Qizilqum turistik rayoni (Buxoro, Navoiy viloyatlari);
6. Janubiy turistik rayoni (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);
7. Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi).

5.

Samarqand turistik rayoni
• mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. Turistik rayon
ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib,
respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay
mintaqada joylashgan. Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi
geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni uning janub va shimol
hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi ham
turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari
shimolda Nurota tog’lari (Oqtov, Qora tog’, G’o’bdin tog’,
Qo’ytosh tog’i), janubdan Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon,
Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan o’tadi.

6.

Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’
oldi etaklari hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan
landshaftlar (tabiiy manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton),
tog’u-tosh jinslar shakllari (Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar
(Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob tabiat yodgorliklari (Kamongaron,
G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), Qaynar buloq,
Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti ko’llari), go’zal sharsharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm
imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik
obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi.

7.

Birlashgan millatlar tashkilotining
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)
Bosh assambleyasi 2023-yilda Samarqand
shahrida oʻtkazildi.
UNWTO 25-Bosh assambleyasining
qadimiy Samarqandda oʻtkazilishi bu yerga
mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning
tashrif buyurishi hamda bu orqali mahalliy
aholi va hunarmandlarning daromad
koʻrishiga olib keladi

8.

9.

5 ta turizm qishlogʻini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan. Urgut tumanidagi Tersak,
Payariq
tumanidagi
Choshtepa,
Nurobod
tumanidagi
Oqsoy,
Kattaqoʻrgʻon
tumanidagi Andoqsoy va Qoʻshrabot tumanidagi Pangat qishloqlarini turizm qishlogʻiga
aylantirish davom etmoqda. Mazkur turizm qishloqlarida bir qator xizmat koʻrsatish turlari, yaʼni
oilaviy mehmon uylari, milliy taomlar tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari,
kulolchilik, kashtachilik kabi xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
Ekstremal turizm yoki safar turizmi yoʻnalishida viloyatda bugungi kunda yangi 5 ta
yoʻnalish tashkil etilgan boʻlib, bular Amir Temur gʻorigacha boʻlgan Samarqand-Taragʻay
yoʻnalishida jami 22 km masofada, Alvastikoʻl-Sharshara yoʻnalishida boʻlgan SamarqandOmonqoʻtan-Kitob-Ayaqchisoy yoʻnalishida 80 km masofada, Samarqand-Choʻnqaymish (Iso
alayhissalomning taxti) yoʻnalishida 34 km masofada, dengiz sathidan 2 239 metr balandlikda
boʻlgan Samarqand-Ohalik-Kengqoʻtan yoʻnalishida 14 km masofada, Samarqand-Sharshara
yoʻnalishida 12 km masofaga ega ekstremal turizm yoʻnalishlari tashkil etildi. Mazkur
yoʻnalishlarda ekstremal turizmning alpinizm, togʻ boʻylab piyoda yurish, velosipedda
harakatlanish hamda spelio yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, Hazrati Dovud ziyoratgohiga tutash hududda loyiha miqdori 10 million
AQSH dollari boʻlgan kanat yoʻli qurilmoqda. Ushbu loyihaning 8 gektar hududida turizm
kompleksi ham tashkil etiladi.

10.

Самарқанд қоғози. Илк ўрта асрларда Самарқандда қилинган кашфиёт борки, бу олдинги
кашфиётлардан тубдан фарқ қилади. Бу кашфиёт жаҳон илм фани ва маданиятини янада жадал
ривожланишига катта ҳисса қўшган – Самарқанд қоғозидир. Самарқанд қоғозининг кашф этилиш даври
ҳақида олимлар ўртасида ҳам бир хил фикр йўқ. Айрим тарихчилар масалан, Абу Мансур ас-Саолибий
«Самарқандликларга қоғоз яратиш сирини Талас водийсидаги жангда асир тушган хитойликлар
ўргатишган», - деб ёзган эди. Самарқандда бундан 1500 йиллар илгари юксак навли қоғозлар ишлаб
чиқариш йўлга қўйилган.
Улуғ шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур «Дунёда энг яхши қоғоз Самарқандда тайёрланади,
қоғоз тегирмонлари учун сув Конигилдан келади. Конигил Сиёб ариғининг қирғоғида жойлашган. Бу
ариқни «Оби раҳмат» деб ҳам атайдилар», - деб ёзган эди.

11.

Samarqand viloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari:
1. Afrosiyob shaharchasi (eramizdan oldingi VIII asr);
2. Ulug‘bek observatoriyasi(rasadxonasi) (1424-1428 y);
3. Shoxi Zinda arxitektura majmuasi (XI-XX asr);
4. Hazrati Hizr masjidi (XIX asr o‘rtalari);
5. Bibixonim jome’ masjidi (1399 y);
6. Registon maydoni (1417-1647 y);
7. Ruxobod maqbarasi (1380 y);
8. Oqsaroy maqbarasi (1451-1469 y);
9. Amir Temur maqbarasi (1404 y);
10. Ishratxona maqbarasi (1464 y);
11. Xoja Ahrori Valiy majmuasi (XV-XX asrlar);
12. Cho‘pon-Ota maqbarasi (1430 y);
13. Xoja Abdu Darun qabristoni (XV asr);
14. Xoja Abdu Berun qabristoni (XVII asr);
15. Imom al-Buxoriy majmuasi (IX-XX asr);
16. Maxdumi A’zam majmuasi (XVI-XIX asr);
17. Xoja Doniyor maqbarasi (1870-1880 y).

12.

Афросиёб шаҳарчаси қадимданоқ мустаҳкам мудофаа девори билан ўралган ва
унинг ичида ҳукмдор арки, шаҳарликлар яшаши учун шаҳристон барпо қилинган.
Шаҳристон ичида бир неча маҳаллалар, кенг, равон кўчалар, майдонлар ва бозорлар
бўлган. Шунингдек, шаҳар ичида ҳашаматли Жомеъ масжид, аслзодаларнинг
саройлари, зилол сувларга тўла ҳовузлар ҳам барпо қилинган. Шаҳар ичига ичимлик
сув Жуйи арзис (Қорғошин ариқ) орқали киритилган. Оқова сувлар эса махсус сопол
қувурлар орқали ташқарига чиқариб юборилган.
Афросиёбда сўнгги йилларда ўзбек ва
француз археологлари томонидан олиб
борилган тадқиқотлар бу шаҳарнинг ёши
2750 йил эканлигини исботлади. Бу эса
Афросиёб – Самарқанд қадимги Римнинг
Шарқдаги тенгдоши эканлигини кўрсатиб
турибди

13.

Регистон ансамбли – Қадимий Самарқанд шаҳрининг расмий маркази
Регистон майдони ҳисобланади. Регистон майдони тарихда шаҳарнинг илмфан, сиёсат ва диний маркази бўлиб, шарқдаги шаҳар қурилиши санъатининг
энг кўзга кўринарли намуналаридан бири ҳисобланади. Ансамбл 2001 йилда
ЮНЕСКОнинг бутун жаҳон маданий мероси ёдгорликлари рўйхатига
киритилган. Ўрта асрларда ҳамма катта шаҳарларда марказлар «Регистон» деб
аталар эди. «Регистон» сўзи «қумли жой» деган маънони билдиради. Шу
номдаги майдонлар Бухоро, Шаҳрисабз ва Тошкентда ҳам бўлган.
Самарқанддаги майдон эса Ўрта Осиёдаги энг маҳобатли ва таҳсинга сазовор
майдонлардан бири бўлган
Регистон ансамбли ўзида 3 та мадраса: Улуғбек мадрасаси (1417-1420),
Шердор мадрасаси (1619-1636) ва Тиллакори мадрасаларини (1647-1660)
мужассам этган

14.

Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy
markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta
madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va
Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm,
taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi
shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli
namunalaridan
biri
hisoblanadi.
U
haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuchqudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni
koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa
UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga
kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilmfan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ”
so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi

15.

16.

Tarixdan bizga ma’lumki XV asr barcha me’moriy obidalarida Alloh, uning rasuli
Muhammad madh etilib borilgan. Bu bitiklarni Mirzo Ulug’bek madrasasi kirish
peshtoqining ichki ravoq kitobasi tepa qismida ham kuzatishimiz mumkin. Misol,
kufiy xatidagi –“Buyuklik Xudoga xos”, “Kuch-qudrat Xudonikidir”, –
kalimalari, pastida suls xatida bitilgan:“Yolg’iz Allohdan o’zga Iloh yo’q,
uning sherigi yo’q. Butun mulk va hamd U uchundir. U zot tiriltiradi (hayot
beradi) va o’ldiradi, va u zot doimiy tirikdir, o’lmaydi. Yaxshilik Uning qo’lidadir
va U har bir narsaga qodirdir ” -“Tavhid” kalimalarida bunga guvoh bo’lishimiz
mumkin.

17.

18.

19.

Madrasa peshtoqning ichki katta ravog’ining ichki qismida kitobaning pastki
qismida suls xatida Qur’oni karimdagi “Oli Imron” surasi (3:1–8oyatlari), tepasida esa kufiy xatida Allohning 99 go’zal ismidan ayrimlari
bitilgan:„ U – Alloh, shunday zotdirki, Undan o’zga Iloh yo’qdir. (U)
mehribon, rahmli, podshoh, (barcha aybnuqsonlardan) pok, (bandalariga)
omonlik beruvchi, kuzatib turuvchi, qudrat sohibi, bo’yin sundiruvchi va kibr
egasidir. U Alloh yaratuvchi, (yo’qdan) bor qiluvchi, barcha narsaga surat
va (shakl) beruvchi, gunohlarni kechiruvchi, qahr qilguvchi, ne’mat
beruvchi, rizq ulashuvchi, zafar quchuvchi, barcha narsani biluvchi zotdir

20.

Peshtoqning katta ravog`ida yozuv bor

21.

22.

Ulug’bek madrasasi shimoli-sharqiy minorasida: “Alloh sizlar
uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo’ygan va sizlarga surat
(shakl) berib, suratlaringizni go’zal qilgan hamda sizlarni pok
narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh – Parvardigoringizdir.
Bas, (barcha) olamlarning Parvardigori bo’lmish Alloh barakotlidir“
– deb yozilgan. Bu joydagi yozuvdan insonga berilgan
imkoniyatlardan to’g’ri maqsad yo’lida foydalanishlariga urg’u
berilmoqda.
Madrasa ikkala minorasining tanalarida kufiy xatida– “Ey Alloh”,
“Ey abadiy tirik va qoim (Zot)”, “Boqiylik Allohga xos”, –
kalimalari takrorlangan. Minoralarning tag qismlarida kufiy xatida
Rasululloh (s. a. v.) ning hadislari: 'Rasululloh (s. a. v.): “Dunyo bir
soatdir. Uni toat bilan o’tkaz”, – deb yozilgan”. Bu joyda insoniyatni
insofga chaqirib, odob-axloqli bo’lishga chaqirmoqda

23.

Peshtoqning marmar panellarida ham bitiklar mavjud. Uning tepa qismlarida
kufiy xatida: ‘ ‫“ –ه لل كلمال ‘ه لل ءاقبال ‘ه لل ركشال ‘ه لل ةمظعال‬Mulk
Xudoni-kidir”, “Boqiylik Xudoga xos”, “Shukr – Xudoga”, “Buyuklik
Xudoga xos”; Pastida esa suls xatida Rasululloh (s. a. v.)ning hadislari:
“Rasululloh (s.a. v.): “Olim bo’l yoki ta’lim oluvchi bo’l, eshituvchi
bo’l yo (ilmni) sevuvchi bo’l. (Beshinchi toifadan, ya’ni ilmga
befarqlardan bo’lmaki, halok bo’lasan)”, – deb o’yib yozilgan.
(Payg’ambar) alayhissalom yana: “Kim olimni ulug’lasa, bas, meni
ulug’lagan bo’ladi”, – dedilar. Rasululloh to’g’ri aytdilar.”

24.

Madrasasining hovlisidagi g’arbiy peshtog’i ichidagi sakkiz qirrali kitoba
(kartush) ichida yozuvda:“Tavahhud, Alloh, Muhammad, Abu Bakr, Umar,
Usmon, Ali” – degan so’zlar 8 marta takror yozilgan. Ichki ravoqning o’ng va
chap devorida joylashgan ikki kitobada oq rangda kufiy xatida – ‫ركشال ه لل‬
‫ىالعت‬-Xudoyi taologa shukr”, – kalimalari yozilgan. Pastida suls xatida tilla
rangda Rasululloh(s. a. v.)ning: “Ilm qalblar obodligi va amal gunohlar
kafforati hisoblanadi” -degan hadislari bitilgan. Ichki ravoqning o’ng va chap
devorida joylashgan kitobada oq rangda kufiy xatida – “Haqiqiy ochiq-oydin
podshoh bo’lmish Allohdan o’zga Iloh yo’q”, – kalimasi yozilgan. Pastida suls
xatida tilla rangda: – “Allohdan o’zga iloh yo’q va faqat Ungagina ibodat
qilamiz”, – degan duo bitilgan. Ravoqning ichki devorida kufiy xatida ‫ىبن‬
‫“ –دمحم‬Muhammad payg’ambardir”, – kalimasi yozilgan.”

25.

26.

27.

28.

Sherdor madrasasining qurilishi 1619-yili Ulug'bek xonaqosining shu
paytga kelib vayronalarga aylangan joyida, Yalangtush Bahodir amri bilan
boshlanib, 1636-yilida bitkazildi. Qurilish 17 yil davom etgan. «Ushbu inshoot
me’mor Abdul Jabbor san’ati bilan barpo etildi» degan so'zlar peshtoqning ichki
arkida qora ustidan oq harflar bilan nishon etilgan.
Me’mor Abdul Jabbor Sherdor madrasasini O'rta Osiyo me‘morchiligiga
xos uslubda yaratdi. Bu binoning rejasi Ulug'bek madrasasiga o'xshash bo'lib,
lekin undagi katta darshona va masjid bu binoda mavjud emas. Sherdor
madrasasidagi naqshdor ohanglar Ulug'bek madrasasidagidek bo'lib, boshqa
uslubda, ayrim joylarida esa yangi mavzuda qo'llanilgan.
XV asr binolari o’rniga bu yerda Sherdor madrasasi va Tillakori masjidi
qad rostladi. U ikki asr oldin qurilgan diametri 15 metr bo’lgan katta gumbazli
Ulug’bek xonaqohi o’rniga qad rostladi. Sherdor madrasasi tuzilishiga ko’ra
Ulug’bek madrasasiga o’xshaydi. Sherdor madrasasining kattaligi Ulug’bek
madrasasi bilan deyarli bir xil. Madrasa ravog’idagi yozuvlarida binoning
me’mori Abdujabbor va bezak ishlariga mas’ul Muhammad Avazi
Samarqandiyning ismlari bitilgan.

29.

30.

Yuqori slayddagi yozuv mazmuni
O’sha davr Buxoro taxtida o’tirgan ashtarxoniylar sulolasi vakili
Imomqulixon boshqaruvi va uning hukmi asosida bu bino qurilgani yana bir bor
tasdiqlanib o‘tilgan. Madrasa peshtoqida “Bu oliy ilm madrasasi yalovbardor
podshoh, buyuk xoqon zamonida bunyod etildi. Alloh taolo ulug’ Kitobida:
“Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar
(Qur’oni karimning “Nahl” surasi, 90-oyat), -deydi. Alloh taolo to’g’ri aytdi. Va u
(xoqon) Imomquli Muhammadxon (bu binoni qurishga) harakat qildi va bu
binoning quruvchisi buyuk amir Yalangto’sh Bahodir yaxshilik maskanlari (ya’ni,
ushbu ilm dargohlari)ga asos solishga qiziqishi bo’lgani uchun sa’y va tashabbus
qildi. Binoning qurilishi va ziynatlanishining tugallanishi 1042 (1632) sanaga
muvofiq keladi.”
Kufiy xatida peshtoqdagi matnda: “Buyuklik-Xudoga xos! Mulk Xudonikidir”
degan yozuv bitilgan

31.

32.

Sherdor madrasasi ichki hovlisi qarbiy peshtoqida suls xatida
Qur’oni karimning “Al-Fajr” va “Al-Qadr” surasi yozilgan. Tepasida kufiy
xatida Qur’oni karimning “Balad” va “Masad” suralari bitilgan. Ikki yon
tomonida kufiy xatida sariq rangda Rasululloh (s. a. v.)ning hadislari
keltirilgan. Rasululloh (s. a. v.): “Ilm dunyoda azizlik va oxiratda sharaf
keltiradi”, – deb aytdilar. Dovyurak, odil Yalangto’sh keldi. Uning kamoloti
madhiga zo’r til durlarga to’ldi. U Yer yuzida shunday bir madrasa qurdiki, bu
bilan faxrlanishni falakka qadar yetkazdi. Dono harifning tafakkur kamandi
necha qarnlar harakat qilsada, madrasa minoraning ma’nosiga yetolmas.
Me’mor uning toqlari egilishini shunday quribdiki, falak bu yangi Oyni ko’rib,
ko’kdagi Oyga nisbatan chiroyliligidan barmog’ini tishlab qoldi. Uni bino
etgan Yalangto’sh Bahodir bo’lgani uchun ham qurilgan yilini abjad
hisobida “Yalangto’sh Bahodur” 1028 (1618) deb bilingiz

33.

34.

Ulkan peshtoq ravog’i tepasidagi timpan diqqatga sazovordir. Qizg’ish zarhal
sher, oq ohuni quvib ketmoqda. Quyosh bodomqovoq, kiyik ko’zli doira shaklida
tasvirlangan. Uning yuzi esa zarhal yog’du bilan hoshiyalangan. Butun
kompozisiyasi zangori asosda bo’lib, firuza va zarhal bo’yoqlar bilan tasvirlangan,
hamda bir - biriga chirmashib ketgan navdalar, ochilib yotgan oq gullardan iborat.
«Sherlarga ega bo’lgan» mumtoz musulmon astronomiyasida quyoshning Asad
burjida, ya’ni Sher ustida bo’lishi sa’d zamon, ya’ni baxtiyor zamonga ishoradir. Bundan
ushbu binoni Abjad hisobida Yalangto’sh – 816, Bahodir – 212 jami 1028 hijriy hisobi,
melodiy hisobda 1619 yil kelib chiqadi. Bu bilan Sherdor madrasasining qurilishi 1619
yilda boshlanganligini shoir tomonidan nazmda ishora etilgan deb olimlar
isbotlamoqdalar
Xalq orasida yana turli rivoyatlarda Quyosh- haqiqat, yorug’lik; Sher-nafs; Kiyik
–iroda mazmunini aks etishi aytiladi. Bunda Inson nafs balosiga berilib irodasini
jilovlolmay haqiqat yo’liga adashishi mumkinligiga shama hamdir.

35.

36.

37.

38.

39.

Ravoq ichidagi ikkinchi qavat eshiklari tepalarida kitobalar bitilgan (quyida ularning
matnlari o’ng tarafdagi hujradan chap tarafga qarab keltirildi). Kitobalar tepa qismlarida kufiy
xatida ‫“ –مالسال هيلع ىبنال الق‬Payg’ambar alayhissalom aytdilar”, – deb yozilgan. Pastgi
qismlarda esa suls xatida sariq rangda hadis matnlari keltirilgan. “Ummatimning olimlari
bani Isroilning payg’ambarlari kabidir.”

40.

Tillakori madrasasi masjidining yozuvlaridan doira ichida kufiy xatida ‫ىبن‬
‫“ –دمحم‬Muhammad payg’ambar” ismi to’rt marta takroriy tarzda yozilgan. Tepasida
kufiy xatida – “Mulk Xudonikidir”, “Kuch-qudrat Xudoga xos”, – kalimalari
bitilgan. Kitoba atrofida suls xatida oq va tilla ranglarda – “Allohni hamd
aytish va ulug’lash bilan ulug’layman”– kalimasi yozilgan. Kitoba ichida suls
xatida tilla rangda Rasululloh (s. a. v.)ning hadislaridan: “Rasululloh (s.a.v.)
masjid – Alloh taolo suygan eng yaxshi makon”– deb yozilgan. Masjidning
frizida suls xatida tilla rangda Qur’oni karimning “Fath” surasi 48:1–16oyatlari, tepasida esa kufiy xatida oq rangda shu suraning qolgan – 17–25-oyatlari
yozilgan

41.

42.

43.

44.

45.

46.

Ana shunday ulug‘ zotlardan biri mutafakkir hazrati Maxdumi Aʼzamdir.
Asl nomi Sayid Ahmad Xoja Qosoniy taxminan 1463-64 yili Farg‘ona
vodiysi Qosonsoy shahrida dunyoga kelganlar.
O‘z yurtida va Toshkentda ilm olgandan keyin Jonibek Sultonning
taklifiga binoan Samarqandning Miyonqol vohasiga ko‘chib kelganlar.
U kishi kelganlaridan keyin bu vohani obodonlashtirib o‘n tup tol
ekadilar. Keyinchalik bu joy o‘n tolga nisbat berilib Dahbed degan nom
oladi.
Dahbeddagi «Maxdumi Aʼzam» masjidi Yalangto‘sh Bahodir
tomonidan 1619 yili qo‘rdirilgan va o‘z zamonasining madaniy
markazlaridan hisoblangan.
«Maxdumi Aʼzam» masjidi hovlisida 500 yoshdan oshgan chinor
bo‘lib, uning tana qismi g‘ovak shakliga kirib qolgan.
Bizning tarasavvurimizda mo‘’jiza majmua maydonida joylashgan
daraxt bilan bog‘liq. Bahaybat va to‘rt ildizli, tahminan 500 yillik
bu daraxtning ildizida kovak bo‘lishiga qaramay, u hanuz barglar
bilan qoplanadi. Aytishlaricha, ushbu daraxtni avliyo hayolan
Erondan shu yerga ko‘chirib o‘tgan emish.

47.

Shohi Zindaning asosiy inshooti – Qusam ibn Abbos maqbarasiga olib boruvchi
imoratlar kirish yo’lagining o’ng tomonida minora mutaxassislarning fikricha, butun
Samarqandda yaxshi saqlangan XI asrga oid yakka-yu yagona inshoot hisoblanadi.

48.

49.

50.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tashabbusi va tavsiyasi bilan 2007 yil 25 avgustida Shohi Zinda majmuasiga
ziyorat tashrifi asnosida bosh ravoq kirish eshigi ustiga “Bismillahir rohmanir
rohim”, – kalimasi yozdirilgan. Xattot – Habibulloh Solih. Bu yozuvni aynan
kirish eshigida qayd etilishi sababi, har bir boshlanajak ish Bismillo bilan
amalga oshirilsa xayrli bo’lishi va oldimizga qo’yilgan maqsadimiz amalga
oshishi uchun Alloh madadkor bo’lishiga ishonch namunasidir.

51.

52.

53.

Shohi Zinda Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan
hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimgisi Qusam ibn
Abbos maqbarasi bo’lib, xalq orasida Shohi Zinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Hijriy
ellik oltinchi (56/675) yili vafot etgan

54.

55.

56.

Shohi Zinda me’moriy majmuasiga Asosiy kirish eshigining tepasida suls xatida tarix bitilgan. V.
A. Shishkin maqolasi asosida aksariyat yozuvlari qisman tiklangan bu xatda: Binolarning xayrlisi va
ziynatlisi bo’lgan (bu bino) tartibli holda va diqqat bilan asl ma’no ko’rinishini jamlab “ …
Abdulaziz Bahodir Sul(ton ibn) Sulton ... Ulug’bek Ko’ragon tomonidan 838/1434-1435 yili qurildi.”

57.

58.

Qusam ibn
Abbos qabri

59.

Qabrning yon devorlaridagi bitikdan

60.

Amir Temur maqbarasi (Go’ri Amir)
Xalqimiz orasida Go’ri Amir yoki Go’ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb
nomlanib kelinayotgan me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Dunyo ahli biladiki,
bu maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub Amir Temur, uning piri Mir
Sayyid Baraka, o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari
Muhammad Sulton, Ulugbek Mirzo dafn etilgan. Amir Temur maqbarasi O’rta
Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Bu bino, dastlab
1401 yili Amir Temurning nevarasi va vorisi Muhammad Sultonning buyrug’i bilan
madrasa sifatida asos topgan edi. Ammo tarixiy adabiyotlardan ma’lumki 1403
yili Muhammad Sulton Kichik Osiyo sohillariga qilgan uzoq safaridan qaytib
kelayotganda to’satdan kasal bo’lib, vafot etadi

61.

62.

Amir Temur maqbarasi kirish peshtoqidagi yozuvlar

63.

Go’ri Amir maqbarasi ichki kirish
eshigida yozuvda: “Mulk Xudonikidir./
Oqibati xayrli bo’lsin” deb bitilishida
ham insoniyatga murojaat yotibti

64.

Maqbaraning tashqi tomoni bunyod qilinganda uning
gumbaziga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki
qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr bo’lsada,
uning og’irligi sezilmaydi.
Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi
yanada salobatli bo’lishi uchun uning ustiga ikkinchi
gumbaz o’rnatilgan. Maqbara tashqi devorining tepa
qismiga binoning boshidan oxirigacha yozuvlar bitilgan.
U joyda kufiy xatida bir necha bor
“Mulk – Allohniki”, “ Boqiylik – Allohga xos”,
“Allohga shukr”, “Buyuklik – Allohga xos”, – jumlalari
yozilgan. Bu yozuvlar shu davr mafkuraviy qarashi bo’lishi
bilan birga, har bir tirik bandaga takror va takror boylikga
berilib o’zligini yo’qotmaslikga hamda bu o’tkinchi davr
ekanligi aytilmoqda

65.

66.

67.

68.

69.

Пайариқ тумани “Имом Ал-Бухорий мажмуаси атрофида зиёрат
туризмини ривожлантириш мақсадида “халол” стандартга тўлиқ жавоб
берадиган умумий овқатланиш корхоналари жойлаштириш воситалари ва
савдо маркази ташкил этиш белгиланган. Ҳозирда 7 та йирик 3 ва 4 юлдузли
“ҳалол” стандартларига тўлиқ жавоб берадиган меҳмонхоналар қуриш
ишлари олиб борилмоқда.
Самарқанд вилояти Нуробод тумани Оқсой қишлоғида жойлашган
“Хазрати Довуд” зиёратгоҳига тўташ ҳудудда “Оқсой ХД” МЧЖ томонидан
қиймати 5 млн АҚШ доллари бўлган осма дор йўли ташкил қилиш ишлари
амалга оширилгандан сўнг зиёратчиларга қўшимча қулайликлар яратилади
ва ҳудуднинг бетакрор хушманзара табиатидан баҳраманд бўлиш имконияти
пайдо бўлади.
English     Русский Rules