MIRZO ULUG’BEK VA ABDURAUF FITRAT TARIXIY ASARI BO’YICHA MA’NAVIY MA’RIFIY QARASHLAR.
2.20M
Category: biographybiography

Mirzo ulug’bek va abdurauf fitrat tarixiy asari bo’yicha ma’naviy ma’rifiy qarashlar

1. MIRZO ULUG’BEK VA ABDURAUF FITRAT TARIXIY ASARI BO’YICHA MA’NAVIY MA’RIFIY QARASHLAR.

Guruh: 35-12
Bajardi: Xidirkulova M.
Qabul qildi: Qilichev A.

2.


Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning
nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib,
onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq
amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi.
U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga
qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22
martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
• Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad
Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik
olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok
Ulug`bek
ismi
bilan
mashxur
bo`ldi.
Temur saroyida hukm surgan an'anaga
binoan, shahzodalar bobosining katta xotini
Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U
yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali,
teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi.
Ulug`bekning bolalik yillari haqida ana
shuni
ham
aytish
kerakki,
u
hamisha
bobosining diqqat e'tiboriga
sazovor bo`lgan. Temur butun muhabbatini
ziyrak, hamma narsani bilishga harakat
qilgan nabirasiga qaratadi va uning
tarbiyasiga zo`r e'tibor berdi.

3.

Ulug`bek
bilimdon
va
tajribali
murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining
bilimdoni
Salohiddin
Muso
ibn
Mahmud
qozizoda
Rumiy
raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa
astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular
Ulug`bekni
diniy va dunyoviy
ilmlarning
asosi
bilan
yaqindan
tanishtirdilar. Bir qator manbalarda
keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda
katta shoir va olim bo`lib yetishgan
shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning
murabbiysi qilib tayinlangan edi.
Ulug`bek juda yosh bo`lishiga
qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul
qabul marosimlariga ham kiritilar
va hamisha bobosining chap tomonida
o`tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini
davlat ishlarini boshqarishga ham
tayyorlab borgan.
Ulug`bekning yoshligi
Movorounnahrda markazlashgan yirik
davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi
Temurning harbiy yurishlari davrida
o`tdi.

4.

Ulug`bekning ilmiy va madaniy merosi.
Ulug`bek buyuk astronom, matematik, davlat arbobi. U O`rta Osiyo
xalqlari ilmu fani va madaniyatini o`z davrida dunyo fanining oldingi
safiga olib chiqqan buyuk olimlaridan biridir.
Mirzo Ulug`bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa
bo`lib qo`shilgan ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri "Ziji
jadidi Kuragoniy" deb nomlangan astronomik jadval hisoblanadi.
Ulug`bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, she'rlar ham yozgan.
Alisher Navoyining "Majolis un-nafois" va Abu Toxirxojaning
"Samariya" asarlarida uning she'rlaridan namunalar keltiriladi. Uning
davrida ko`pgina asarlar arab va fors tilidan eski o`zbek tiliga tarjima
qilingan.
Ulug`bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15000
dan ortiq ko`p tomli kitoblar bo`lgan.

5.

Ulug`bek
yunon
olimlaridan
Aflotun,
Aratsu,
Gipparx,
Ptolemeylarning klassik asarlari bilan tanish bo`lgan va o`z
vatandoshlari Ahmad Farg`oniy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy
kabi olimlarning asarlarini yaxshi o`rgangan. Samarqanddagi Ulug`bek
madrasasi faqat oliy uquv yurtigina emas, rasadxona bilan birga
olganda o`sha davrning akademiyasi ham edi. Ulug`bekning ustozi
zamonasining mashhur olimi, matematik va astronom qozizoda Rumiy
madrasa muallimlaridan biri bo`lgan.
Ulug`bekning o`zi ham astronomiyadan dars bergan, Qiyosiddin
Jamshid Koshiy, Muyniddin, Mansur Koshiy, Muhammad Birjoniy
Ulug`bek maktabining taniqli astronomlari edilar. Ulug`bek olib borgan
ilmiy ishlarida unga yaqindan yordam bergan shogirdlaridan biri Ali
qushchidir.

6.

Mirzo Uluqbekning "Ziji jadidi
Kuragoniy" asari
Samarqand munajjimlari va ularning
g`amxo`r, mohir yetakchisi bo`lgan
Mirzo Ulug`bek falakiyot fanining
taraqqiyotga salmoqli qissa qo`shdi.
Uning "Ziji jadidi Kuragoniy" asari
astronomiya ilmi tarixida alohida
o`rin tutadi va u o`rta asr falakiyot
fanining durdonasi hisoblanadi.
"Ziji jadidi Kuragoniy" avvalambor
Mirzo Ulug`bek bosh qosh bo`lgan
Samarqand rasadxonasining ko`p
yillik mehnati samarasi Sharq klassik
astronomiyasining nazariy va amaliy
masalalarini
o`zida
mujassamlashtirgan, uni yangi daliluisbotlar bilan boyitgan shoh asardir.
"Ziji jadidi Kuragoniy" asosan ikki
qismdan: katta muqaddima va 1018
ta
yulduzlarning o`rni va holati
aniqlab berilgan jadvallardan iborat.

7.

Muqaddimaning o`zi to`rtta mustaqil qismga
bo`lingan. Ular:
Birinchi qismi yetti bobdan iborat. "Tarix, ya'ni
xronologiyaning
ma'rifati"
deb
nomlanadi.
Astronomiyaning
muhim
poydevorlaridan hisoblangansanayoki yil hisobi,
boshqacha so`z bilan aytganda yunonlar, arablar,
eronliklar hamda uyqurlar qabul qilgan yil
hisoblash usullari, ularning milliy bayramlari,
shuningdek bu sanalarni kelib chiqishi
masalalari bayon etiladi.
Ikkinchi qismi "Vaqtlar va unga taalluqli
narsalar" deb nomlangan. Bu qism 22 bobdan
iborat. Osmon burjlarining oqishi, yulduzlarning
chiqishi va botish joylari, nisfan-nahor soatining
rasad o`rni bo`lmish Samarqand kengligi nisbati;
Shusha, Kayravon, Urmiya, Naxichevvon,
Bulg`or, Madonin, Bag`dod, Basra, Kozerun,
Itsahr, Qamadon, Ray, Doigon, Badqiz, Saraxs,
Marv, Balx, Buxoro, O`sh, Qashqar, Chin,
Beshbaliq, Qoraqurum, Samarqand, Tabriz,
Usrushona, Xo`jand, Axsikat, Shosh, Tibat,
Kashmir kabi shaharlarning (hammasi bo`lib 638
ta joy) kordinatalari, yetti iqlim va uning
ma'rifati singari masalalar haqida gap ketadi.

8.

ABDURAUF FITRAT MADANIYAT
HAQIDAGI QARASHLARI
Abdurauf Fitrat o’zbek xalqi
hayotda XX asr tongida boshlangan
Yangi Miiliy Uyg’onish davri va
uyg’onish
adabiyotining
buyuk
vakilidir.
• Adibning hayoti va ijod yo’li.
Abdurahim o’g’li Abdurauf 1886-yil
Buxoroda
tug’ildi.
Mir
Arab
madrasasida
o’qidi.
Turkiyaning
Istambul dorilfununidagi to’rt yillik
tahsil Abdurauf dunyoqarashining
shakllanishida muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. “Yosh buxorolilar” ning siyosiy
kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni
isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi
jiddiy izlanishlar tufayli tug’ilgan
savollarga bu mamlakatning zamonaviy
kechmishlaridan javoblar qidirdi.
• Bu vaqtda u “tug’ma iste’dod”
ma’nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi
bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi
sifatida el-yurtga taniqli edi.

9.

1917-yil Fevral inqilobida Fitrat o’z orzularini ham ko’rgandek bo’ldi,
biroq Oktabr to’ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar
soldi. Bir qarashda umidbaxsh ko’ringan, aslida esa, zaminida
bosqinchilik g’oyalari, qatag’onlik siyosati qatag’on havolarda umidlarini
goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi.
Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy
ravishda shug’ullangan “Chig’atoy gurungi” jamiyatiga rahbarlik qildi.
Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan qo’mitasi
qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi.
Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri
singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatida
fazilatlari namoyon bo’ldi.
Fitrat o’zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she’rlar, dramalar
hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga
bag’ishlangan terantadqiqotlar bilan boyitdi.

10.

Uning “Chin sevish” (1920), “Hind
ixtilochilari” (1923), “Arslon” (1925),
“Vos’e
qo’zg’oloni”
(1927),
“Abulfayzxon” (1924), “Shaytonning
tangriga isyoni” (1924) singari dramatik
asarlari muallifiga katta shuhrat keltirdi.
Bulardan tashqari, Fitratning yangi bir
qator dramalar yozgani ma’lum, biroq
ular bizgacha yetib kelmagan yoxud
hozirgacha topilmagan.
Yozuvchi “Hindistonda bir farangi ila
buxoroli bir mudarrisning bir necha
masalalar ham usuli jadid xususida
qilg’on
munozarasi”
(“Munozara”),
“Hind sayyohi bayonoti”, “Qiyomat”
nomli nasriy asarlarida zamonning
dolzarb muammolarini yoritdi, xalqni
marifat va ziyoga chorladi, yurt va
yurtdoshlarning
taraqqiyparvar
bo’lishlarini orzu qildi.
Fitratning eng buyuk orzusi Vatanni
ozod, elini erkin ko’rish edi. Bu yo’ldagi
faoliyati va ijodi esa, mustabit tuzum
maqsadlariga zid edi. U ana shu
fidoiylikning qurboni bo’ldi.

11.

Fitrat tamomila nohaq ayblar bilan 1938-yil
4-oktyabrda otib tashlandi.
Mustaqillik davriga kelib Fitratning buyuk
nomi tiklandi. Hayotini va ijodini atroflicha
chuqur o’rganish boshlandi. Uch jilddan
iborat “Tanlangan asarlar”i bosilib chiqdi.
Yuksak saviyadagi asarlari 1991-yilda Alisher
Navoiy
nomidagi
Respublika
davlat
mukofotiga munosib deb topildi.
Fitrat burun faoliyatini el va yurt ozodligi,
taraqqiyot maqsadlariga bo’ysundirgan, shu
zaylda davlatning boshqaruv tizimini,
maorifni, tuzumni, jamiyatni isloh qilish
g’oyalarni ilgari surgan, faylasuf va davlat
arbobidir.
Shularni amalga oshirgach qahramonlar
qiyofasini, orzu, umid, armonlarini badiiy
asarlarida gavdalantirgan ulug’ san’atkordir.
Olim sifatida uning tilshunoslikda ham
xizmatlari katta.
Bularning barchasini birlashtiruvchi va
uyg’unlashtiruvchi fazilat Fitratning Milliy
uyg’onish davri jarchisi va yalovbardori
ekanidadir.

12.

Adib “Munozara” asarida bir farangi
va buxorolik mudarrisning bahsida o’z
ifodasini topgan muammolar orqali
yurtdoshlarini shu vaqtgacha hukm
surganidan
farqlanuvchi
hayotga
e’tiborini tortadi. Xususan, maorifni
isloh etishga, mehnatga yangicha
munosabatda bo’lishga da’vat etadi,
dunyoning
ilg’or
xalqlaridan
o’rganishga chorlaydi. Ma’lumki, Fitrat
Turkistondagi jadidchilik harakatining
eng peshqadam vakillaridan biri edi. Bu
asarida uning ana shu jadidchilik
g’oyalari o’zining yorqin ifodasini topdi.
Milliy uyg’onish g’oyalari, eng avvalo,
shaxs erkinligi, ijtimoiy taraqqiyot
muammolarini hal etishga qaratiladi.
“Qiyomat” hikoyasi va uning bosh
qahramoni Pochamirqiyofasida adib
xuddi shu masalalarni talqin etdi.
“Shaytonning tangriga isyoni” nomli
she’riy dramasida bu muammo yanada
keskinroq qo’yildi.

13.

Go’yoki diniy xurofot tanqid qilinayotgan yo’sinda yozilgan
dramada muallif o’zining asl g’oya va maqsadlarini tagzaminli,
yashirin shaklda ifodalaydi. Tangri, Shayton, Malak, Odam aro
bo’lib o’tgan o’tkir munozara, bahlar asosida Fitrat asar
yozilgan davrda o’z xalqi uchun nihoyatda muhim bo’lgan
Vatan erki va shaxs erkinligi muammolarni badiiy
gavdalantirdi.
Umuman, bu masala Fitrat dunyoqarashi va ijodining
mehvaridan o’rin tutishini ta’kidlash joiz. Shu ma’noda “Yurt
qayg’usi” rukni ostida berilgan qator mansuralar, sochma
she’rlar, mitti publitistik da’vatnomalar muallifning Milliy
uyg’onish jarchisi sifatidagi qiyofasiga abadiy o’chmas nur
sochib turadi. Mana, ona timsolidagi Vatanga murojaat etilgan
ana shunday mansuralarning biridan kichik parcha: “Qayg’u
tutunlari ichra yog’dusiz qolgan ko’zlaring, u yosh
yomg’urlaring nechuk to’kadir? Zulm zanjirlari bilan
bog’langan qo’llaring nechun har yonga uzatiladir, nima
tilaysan?..”
…Turonim sendan ayrilmoq – mening uchun o’limim,
Sening uchun o’lmoq mening tirikligimdir.
English     Русский Rules