Similar presentations:
KImyoviy reaksiya 3-qism
1.
KIMYOVIY REAKSIYALAR 3-QISM2.
Uy sharoitida kimyoviy moddalardanfoydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya
qilish
Uy sharoitida foydalaniladigan mahsulotlar
tarkibida ko‘plab kimyoviy moddalar uchraydi.
Bularga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va
tozalash vositalari kiradi. Shunday maishiy
kimyoviy vositalar borki, ularni aralashtirib
bo‘lmaydi. Bunday vositalar tarkibidagi kimyoviy
moddalar o‘zaro ta’sirlashganda toksin (zahar) hosil
bo‘lishi mumkin.
1. Ba’zi maishiy kimyoviy vositalarni aralashtirish
xavfli ekani haqida ma’lumot to‘plang.
2. Tadqiq etiladigan savollar ro‘yxatini tuzing.
Ushbu savollarga javob toppish uchun qaysi
tadqiqot metodidan foydalanasiz?
3. Devoriy gazeta tayyorlang. Unda g‘oyalaringizni
ifodalang. Devoriy gazetani sinfga taqdim eting.
3.
Qanday belgilar kimyoviy reaksiya sodirbo‘lganini bildiradi?
Kimyoviy reaksiya sodir bo‘lganini quyidagi belgilar orqali aniqlash mumkin:
Gaz ajralishi – Reaksiya natijasida gaz hosil bo‘lsa, shishachalar paydo bo‘lishi yoki hid
sezilishi mumkin. (Masalan: kislota va karbonat aralashganda CO₂ chiqishi)
Cho‘kma hosil bo‘lishi – Eritmada erimaydigan modda (tortma) hosil bo‘lsa. (Masalan:
kumush nitrat va natriy xlorid aralashganda AgCl cho‘kmasi tushishi)
Rang o‘zgarishi – Reaksiya natijasida moddaning rangi o‘zgarishi mumkin. (Masalan: temir
oksidlanib zanglaganda)
Issiqlik yoki yorug‘lik ajralishi – Ekzotermik reaksiyalarda issiqlik yoki yorug‘lik chiqadi.
(Masalan: yoqilg‘ilarning yonishi)
Moddaning xususiyatlari o‘zgarishi – Yangi hosil bo‘lgan modda reaktivlarga
o‘xshamagan xususiyatlarga ega bo‘ladi. (Masalan: temir va oltingugurt qizdirilganda FeS
hosil bo‘lishi)
Bu belgilar kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tasdiqlaydi.
4.
FeS – temir(II) sulfid bo‘lib, temir (Fe) va oltingugurt (S)atomlaridan tashkil topgan kimyoviy birikmadir.
Xususiyatlari:
Kimyoviy formulasi: FeS
Qora yoki kulrang qattiq modda
Suvda erimaydi
Ishqoriy eritmalarda va kislotalarda reaksiyaga kirishadi
Kislotalar bilan reaksiyada H₂S (sulfid vodorod) gazini hosil
qiladi, bu gaz yoqimsiz chirigan tuxum hidi bilan tanilgan
Hosil bo‘lishi:
Temir va oltingugurt qizdirilganda temir(II) sulfid hosil bo‘ladi:
Fe+S→FeS
Yoki temir(II) tuzlari sulfid ionlari bilan reaksiyaga kirishganda
ham FeS cho‘kmasi hosil bo‘lishi mumkin:
Fe2++S2−→FeS↓
Ushbu reaksiya natijasida cho‘kma tushadi, bu esa kimyoviy
o‘zgarish sodir bo‘lganini bildiradi.
5.
Eritma - erituvchi zarralari orasida eruvchizarralarining bir tekis tarqalishi natijasida
hosil bo‘lgan aralashma
6.
Erituvchi - turli moddalarni o‘zida eritaoladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning
aralashmalari
7.
Erish - eruvchi modda zarralarining erituvchizarralari bilan aralashish jarayoni
8.
Eruvchanlik - moddaning suvda yoki boshqaerituvchida erish xossasi
9.
Fizik o‘zgarish - modda hajmi, shakli va tashqiko‘rinishining o‘zgarishi bilan boradigan
jarayon
10.
Kimyoviy reaksiya - moddalar o‘zaro ta’sirlashib,tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan yangi
moddalar hosil bo‘lish jarayoni
11.
Mahsulot - kimyoviy reaksiya natijasida hosilbo‘ladigan yangi modda
12.
Qaytar o‘zgarish - moddalarni dastlabkiholatiga qaytarish mumkin bo‘lgan o‘zgarish
13.
Qaytmas o‘zgarish moddalarni dastlabkiholatiga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarish
14.
Reagent - kimyoviy reaksiyaga kirishuvchimodda
15.
Topshiriq1. Nazvuni o`qish
2. Atamalarni yozib kelish
3. ma’lumotlarni yzoib kelish
4. mashq daftar
chemistry