Similar presentations:
Kislota-asosli Muvozanat. Bufer Eritmalar
1.
BUXORO INNOVATSION TIBBIYOT INSTITUTIO’qituvchi: Hojiyeva.F
Talaba: Baxtiyorova.J
Fan: Tibbiy Kimyo
2.
MAVZU: KISLOTA-ASOSLI MUVOZANAT.BUFER ERITMALAR
Reja:
Bufer sistemalarning tuzilishi va turlari
Bufer sistemalardagi Ph
Bufer sistemalarning ta’sir etish mexanizmi
Odam organizmidagi bufer sistemalar
3.
Bufer eritmalari – ma’lum pH qiymatiga ega bo’lgan,suyultirilganda yoki ko’p bo’lmagan miqdorda kislota
va asos qo’shilganda ham pH qiymatini yetarli
o’zgarmas darajada saqlab qoluvchi eritmalar.
pH ni normal holatda saqlab turadigan eritmalar
bufer sistemalar hisoblanadi. Kimyoviy jarayonlarda ,
laboratoriyada, texnikada pH ni o’zgarmas holatda
ushlab turish uchun bufer eritmalaridan
foydalaniladi .
Odam organizmini normal faoliyatida qonda va
organizmning turli biologik suyuqliklarida H va OH
ionlarining konsentratsiyasi o’zgarmas holarda
bo’ladi. Qonda pH 7,3-7,4 oralig’ida bo’ladi. Agarda
qonning pH 0,4 birlikka o’zgarsa, organizm
yashashdan to’xtaydi.
4.
5.
Eritmalar tarkibi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:1. Kuchsiz k-ta va ularning tuzli aralawmasidan
iborat;
2. Kuchsiz asos va uning tuzli aralashmasidan
iborat;
3. Ko’p asosli k-talar tuzlarining aralashmasidan
iborat.
6.
BUFER ERITMALARNING TA’SIR ETISHMEXANIZMLARI
Eritmalarning pH qiymatini o’zgartirmasdan
saqlash xossasiga Bufer ta’sir deyiladi.
Bufer sistemalarning vodorod
ionlarining konsentratsiyasi va eritma pH ini
doimiy saqlab turish hususiyati
bufer ta`siri mexanizmi deyiladi. Buni atsetatli
bufer eritmaning ta’sir
mexanizmi misolida ko‘rib chiqaylik:
Atsetatli buferga xlorid kislota qo‘shilganda HCl
aralashmadagi tarkibiy
qismlarning biri (CH3COONa) bilan reaksiyaga
kirishadi:
CH3COO- +Na++H++Cl- → Na++Cl- +CH3COOH
7.
Tenglamadan ko‘rinib turganidek, kuchli kislotaekvivalent miqdordagi kuchsiz kislota bilan
almashtiriladi (bu holda HCl CH3COOH bilan
almashtiriladi).
Ostvaldning suyultirish qonuniga muvofiq, sirka
kislota konsentratsiyasining ortishi bilan uning
dissotsilanish darajasi pasayadi, buning natijasida
esa buferdagi H+
ionlarining konsentratsiyasi kam o‘zgaradi.
Bufer eritmaga ishqor qo‘shilganda vodorod
ionlarining konsentratsiyasi va pH ham kam
o‘zgaradi. Ayni vaqtda ishqor buferning boshqa
tarkibiy qismi
(CH3COOH) bilan neytrallanish reaksiyasiga
kirishadi:
CH3COOH+Na++OH- →CH3COO- +Na++H2O
8.
Buningnatijasida qo‘shilgan ishqor reaksiya
muhitiga birmuncha kam ta’sir qiladigan kuchsiz
asos tuzining ekvivalent miqdori bilan
almashtiriladi (gidrolizga qarang) ana shu tuzning
dissotsiyalanishidan hosil bo‘ladigan
CH3COOanionlari sirka kislota dissotsilanishiga
birmuncha susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu
reaksiya jarayonida sirka kislota sarf bo‘lgani
uchun , H+ ionlarining ancha kamayishini kutish
kerak edi. Biroq, aralashma (pH) ning faol
kislotaliligi deyarli o‘zgarmaydi chunki reaksiyaga
kirishgan kislota i onlari
H+ va CH3COO o‘rniga potensial kislotalilik hisobiga
yangi H+va CH3 COO ionlari hosil bo‘ladi.
9.
INSON ORGANIZMIDAGI ASOSIY BUFERSISTEMALAR
1.Gidrokarbonatli bufer sistema hujayraning tashqarisidagi asosiy bufer sistema. Bu
bufer sistema qonning asosiy bufer sistemasi bo’lib u
qon bufer sig’imining 53% tashkil etadi.
2. Fosfat bufer sistema bu bufer sistema turli biologik suyuqliklarda,
siydikda, ovqat hazm qilish bezlarining shirasida,
buyrakda boradigan fiziologik jarajonlarni
normallawtirib turadi.
3. Oqsilli bufer sistema Organizm massasining 25% ni oqsil modda tashkil
qiladi. Bu eng kuchli bufer sistema. Oqsilli bufer
sistemasi protein k-ta va uning tuzidan tashkil
topgan.
10.
4. Oksigemoglabin-qonning bufer sig’imining 75% ni tashkil etad.
Gemoglabinning bufer xossalari o’zining ta’sir
mexanizmlari jihatidan oqsilli bufer sistemalarga
o’xwaydi.
Bufer sistemalarning tibbiyotdagi ahamiyati
Organizmning H+ionlari konsentratsiyasining
ma’lum qiymat chegaralarida saqlay olish
qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati
buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki
alkaloz holatlari kuzatiladi.
11.
Kislota-asosmuvozanat qiymatlarining fiziologik
ko‘rsatkich
kattaliklaridan chetga chiqishi turli sabablarga ko‘ra
kelib chiqishi mumkin. Bu sabablarni
umumlashtirgan holda uch turga bo‘lish mumkin:
1) O‘pkadan CO2 ajratib chiqarish jarayonining
buzilishi;
2) Metabolizm jarayonlarining o‘zgarishi natijasida
ko‘p miqdorda kislota yoki asos xossali moddalarning
hosil bo‘lishi.
3) Kislota yoki asos xossasiga ega bo‘lgan
moddalarning buyrak orqali tashqi muhitga
chiqarib yuborilishining buzilishi.
12.
Ko‘phollarda odam organizmidagi kislota-asos
muvozanatining buzilishi bu uch turning
birgalikdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Respirator yoki nafas atsidozi organizm uchun
eng xavfli bo‘lgan kislotaasos muvozanatining
buzilishiga olib keladi.Uning kelib chiqishiga
nafas
olishning bir minutdagi umumiy hajmining
kamayishi sabab bo‘ladi va qator kasalliklar
(bronxit, bronxial bug‘ma (astma), o‘pka
emfizemasi va atalektaza, mexanik tabiatli
asfiksiya, qon aylanishining susayishi va h.)
natijasida shakllanadi.