Similar presentations:
7-sinf. Geografiya. Afrikaning ichki suvlari
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2.
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм5.4. Afrika materigining ichki suvlari
3.
4.
Afrikaning ichki suvlariga daryolari, ko‘llari, muzliklari,botqoqliklari va yerosti suvlari kiradi.
5.
Daryolari.Materikda yirik daryolar
ko‘p. Lekin ular materik
hududida notekis
taqsimlangan. Bu relyef
va iqlim sharoitiga bog‘liq.
Ular uchta havzaga —
Atlantika okeani
havzasiga, Hind okeani
havzasiga va berk
havzaga tegishli.
6.
Dunyodagi eng uzun daryolardan biri Nil (6671 km) daryosi bo‘lib, uSharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadi.
7.
Daryo yuqori oqimida ostonalar va sharsharalar hosil qiladi vaViktoriya ko‘li orqali oqib o‘tadi. Oq Nil va Ko‘k Nil daryolari
qo‘shilgandan keyin u ikki barobar kengayadi va bu yerda Nil nomini
oladi (53-rasm).
Ko‘k Nil
Oq Nil
Viktoriya
Viktoriya ko ‘lidan
Ko‘k
OqNilning
Nil
Nil oqib chiqishi
8.
Nil O‘rta dengizga quyiladigan joyda katta delta hosil qiladi.9.
Daryo suvidan juda qadim zamonlardan boshlab hosildor yerlarnisug‘orishda foydalanib kelingan. Vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy
birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan nilometr
qurilmasini bunyod etgan.
10.
Afrikaning eng sersuv va uzunligiga ko‘ra ikkinchi daryosi — Kongo(Zair),
uning uzunligi — 4320 km. Sersuvligi va havzasining maydoniga ko‘ra
u faqat Amazonkadan keyin turadi.
11.
Daryo ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi va yil bo‘yi sersuv bo‘ladi.Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil
qilgan. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi (54-rasm).
12.
Kongo daryosining quyi oqimida 32 ta zinadan iborat sharsharalarguruhi mavjud bo‘lib, uni David Livingston kashf etgan. Shu sababli u
Livingston
sharsharalari deb ataladi.
13.
Afrikaning uzunligi va havzasining maydoniga ko‘ra uchinchi daryosi—
Niger (4160 km).
14.
Bu daryo o‘rta oqimida tekislik daryosi, lekin yuqori va o‘rta oqimlaridaostonalar, sharsharalar ko‘p. Daryoning kattagina qismi qurg‘oqchil
yerlardan oqib o‘tadi.
15.
Shuning uchun daryo suvi yerlarni sug‘orishdagi ahamiyati katta. Shumaqsadda daryoga to‘g‘onlar qurilgan, kanallar qazib, suv chiqarilgan.
Daryo Atlantika okeani havzasiga tegishli.
16.
Senegal, Oranj daryolari ham Atlantika okeaniga quyiladi.Senegal
Oranj
17.
Zambezi — Afrikaning Hind okeaniga quyiladigan eng katta daryosi(uzunligi 2 660 km).
18.
Daryo o‘rta oqimida ko‘p ostona va sharsharalar hosil qiladi. Budaryoda mashhur sharsharalardan biri — Viktoriya sharsharasi bor
(55-rasm).
19.
Viktoriya sharsharasining kengligi 1800 m, balandligi 120 metr. Busharshara mahalliy aholi tilida Mozi-oatunya, ya’ni “gumburlovchi
tutun” deb ataladi.
20.
Bundan tashqari, Afrikaning Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, UebiShebelle va
boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind okeani havzasiga tegishli.
Rufiji
Jubba
Uebi
Tana
Shebelle
Limpopo
21.
Berk havzadagi Shari daryosi Chad ko‘liga quyiladi.Shari
22.
Ko‘llariAfrikdagi ko‘llarning katta
qismi Sharqiy Afrika
yassitog‘ligidagi yoriqlar
zonasida joylashgan. Shu
sababli ko‘l suvi to‘ldirilgan
chuqurliklar uzunasiga
cho‘zilgan. Ko‘llar juda
chuqur va uzun.
23.
Tanganika ko‘lining uzunligi 650 km, eni 50–80 km. Tanganika ko‘lichuqurligiga (1435 m) ko‘ra dunyoda Baykal ko‘lidan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Ko‘lning atrofini 2000 m gacha balandlikdagi tog‘lar
o‘rab turadi
(56-, 57-rasmlar).
24.
Nyasa ko‘lining uzunligi 560 km, chuqurligi 706 m. Bu ko‘l ham BuyukAfrika
yorig‘ida joylashgan. Ko‘lni Malavi ko‘li ham deyishadi.
25.
Viktoriya ko‘li — maydoniga ko‘ra Afrikadagi eng katta ko‘l. Uplatformaning yassi bukilmasida joylashgan. Shu sababli ko‘l sayoz,
o‘rtacha chuqurligi 40 metr.
26.
Chad ko‘li — sayoz, chuqurligi 4–7 metr. Uning maydoni yog‘inmiqdori va
Shari daryosining toshishiga qarab o‘zgarib turadi. Ba’zan yomg‘irlar
davrida ko‘l maydoni ikki barobar kengayadi. Qurg‘oqchil davrda
qirg‘oqlari kichrayadi.
27.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Kitobdan 1 va 3 topshiriqlarni bajarib
kelish
• 3. Ko`llar bo`limini ko`chirib kelish
• 4. jadval to`ldirish
• 5. Afrikaning ichki suvlarini chizib kelish
28.
Daryonomi
Nil
Kongo
Niger
Zambezi
Uzunligi
Irmoqlari
Quyiladigan joyi
sharsharalar