84.07K
Category: medicinemedicine

Veterinariya farmakologiyasi fani to‘g‘risida tushuncha

1.

*

2.

Reja :
1.Veterinariya farmakologiyasi fani
to‘g‘risida tushuncha
2.Veterinariya farmakologiyasi fani
maqsadi va vazifalari.
3.Boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Fanning rivojlanish tarixi.

3.

Farmakologiya-dori moddalari haqidagi fan bo‘lib, grekcha
pharmakon-dori, logos-ta’limot degan ma’noni bildiradi.
Ma’lumki, dorilar kasalliklarni davolash va profilaktika
uchun, hayvonlarni serpushtligini, mahsuldorligini va
rezistentligini oshirish uchun, fiziologik holatlarni
regulyasiyalash maqsadlarida keng qo‘llaniladi.
Farmakologiya-keng fan, chunki farmakologik vasitalar
meditsinada, veterinariyada, chorvachilikda, biologiyada,
farmatsiyada, yangi dori moddalarni sintezlashda va
tabiatdan izlashda keng qo‘llaniladi. Albatta, har bir
yo‘nalish uchun dori moddalarga har xil ma’lumot talab
qilinadi.

4.

Veterinariya farmakologiyasi-bu dori moddalari ta’sirida tirik
organizmlarda bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlar
qonuniyatlarini o‘rganadi va chorvachilikda shular asosida bu
moddalarni qo‘llashga ko‘rsatma, qo‘llash usullari va sharoit
aniqlanadi.
Demak, yuqorida keltirilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ldiki, farmakologiya
veterinariya xodimlari amaliyotida kerak bo‘ladigan dori moddalar
to‘g‘risida hamma ma’lumotlarni o‘rganadi.
Dori moddalari quyidagi manbalardan olinadi.
1. O‘simliklar. O‘simlik dunyosi dori vositalarini eng boy manbai
hisoblanadi.
2.Mikroorganizmlar. Mikrobiologiya sanoatida bulardan antibiotiklar,
vitaminlar, aminokislotalar va boshqalar olinadi.
3. Hayvonot dunyosi. Insulin, adrenalin va boshqa muhim dorilar
olinadi.
4. Sintez yo‘li bilan. Hozir qo‘llaniladigan dori asosiy qismi shu yul
bilan olinmoqda.

5.

Hayvonlarga qo‘llaniladigan dori moddalar, preparatlar, dori
shakllari ko‘p xolatlarda dori vositalari deb ataladi.
Veterinariyada qo‘llaniladigan ko‘p dorilar meditsinada ham
qo‘llaniladi, lekin asosan veterinariya maqsadlarida qo‘llaniladigan
alohida dori moddalar ham mavjud.
Meditsina va veterinariya uchun umumiy bo‘lgan dorilar Sog‘liqni
Saqlash Vazirligi veterinariyaga taalluqli dorilar esa Veterinariya
bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori moddalar organizmda hech qanaqa yangi bioximik va
fiziologik o‘zgarishlar chaqirmaydi, balkim borini kuchaytiradi yoki
susaytiradi.
Har bir dori moddasini oson o‘zlshtirish uchun dori umumiy ta’sir
qonuniyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Hozir veterinariya va meditsinada 10000 ga yaqin dori preparatlari
qo‘llanilmoqda.
Bu dorilarni o‘rganish uchun asosiy farmakologik ta’siri va
qo‘llanishi bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi.

6.

Farmakologiya bo‘limlari
1.Umumiy farmakologiya- dorilar, ularni ta’sir mexanizmi, dozalari,
yuborish yo‘llari va dorilar bilan zaharlanish sabablari va birinchi
yordam berish haqida umumiy tushunchalar beriladi.
2.Xususiy farmakologiya- dori modda alohida guruhlarga bo‘lib
o‘rganiladi.
3.Retseptura- dori shakllarini tayyorlash va retsept yozish qoidalarini
o‘rgatadigan fan.
Farmakologiya tarixi
Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgandan buyon asos solingan.
O‘sha davrda ham odamlar kasal bo‘lganlar, ular atrofdagi
giyohlardan, hayvonot olamidan shifo izlaganlar.
1.Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob, “Har xil
a’zolarga qo‘llaniladigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlanadi.

7.

2. Farmakologiyani rivojlanishida qadimiy Osiyo, Hindiston,
Tibet, Xitoy va Arab davlatlari katta hissa qo‘shgan.
a) Xitoy tibbiyotining asoschisi SHen-Nung bundan 3 ming ilgari
o‘z asarlarida dorivor o‘simliklar nomlari, dori tayyorlash usullari,
dorilar ta’siri va qo‘llanishi keltirilgan.
b) Hind shifokori Sushruta “Ayur-Veda” kitobida 700 xil dorivor
o‘simliklar haqida ma’lumot yozgan.
v) Tibetda esa “Jud-SHi” (SHifobaxsh dorilar mohiyati) kitobi
mashhur bo‘lgan.
Eramizdan 1500 yil ilgari anor po‘stlog‘ini gijjaga qarshi ta’siri,
kanakunjut moyini surgi ta’sirini, dengiz piyozini Yurakga foydali
ekanligini bilishgan. Bular xozir ham qo‘llaniladi.
3. Qadimgi Yunon vrachi Gippokrat (Buqrot), Rim tabibi Galenlar
ham dori-darmonlar haqida ko‘p ishlar olib borgan.

8.

4. Farmakologiyani rivojlanishida O‘rta Osiyo allomalarini ham
hissasi katta. Ibn Abbos yangi dorilar avval hayvonlarda sinab
ko‘rishni ta’kidlagan. Zakariyo tabobotga doir 36 ta asar yozgan
Ibn Sino “Tib qonunlar” asarida 811 ta dori keltirilgan, shundan
612 tasi o‘simliklardan olinganligi ma’lum. Zahm kasalligini
simob bilan davolagan.
Beruniyni “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo‘lgan 4500
o‘simlik, hayvon, minerallar nomlari va izohlar keltirilgan.
YUsuf Ilohiy- Ibn Sinoning shogirdlaridan o‘z asarlarida turli
kasalliklarni kelib chiqishini aniqlash va dorilar bilan davolash
usullarini bayon etgan.
Bulardan tashqari Xorazimlik Jurjoniy, Umar,Samarqandiy kabi
tabiblar ham o‘z zamonasida mavjud bo‘lgan dori va ularni
davolashdagi roli haqida kitoblar yozib qoldirgan.

9.

5. XVI asrda Evropada uyg‘onish davrining olimlaridan biri
Paratsels farmakologiyani ximiyaviy moddalar bilan to‘ldirib
yuborgan tibbiyotda yatroximiya (yatro-vrach) yo‘nalishini
asoschisi. U simob, temir, oltingugurt, margumush va boshqa
moddalar davolovchi ta’sirini sinovdan o‘tkazgan.
6. Ilmiy farmakologiyani rivojlanishida XIX asr oxirlari
Rossiyalik farmakologlar Pavlov, Kravkov, Anichkov,
Soshestvenskiylar katta hissa qo‘shdilar.
7. Vetirinariya farmakologiyasini Rossiyada rivojlanishida
Soshestvenskiy va uning shogirdlari I.E.Mozgov, Sidorava,
Govorov, Savich, Botenov, CHervekov va boshqalar katta hissa
qo‘shdilar.
Nikolay Aleksandrovich Soshensvenskiy- Rossiyada veterinariya
farmakologiyasini asoschisi. U xlor, 4-xlorli uglerod,
oltingugurtli angidrid, zaharlardan- fosgen difosgen, ipritlarni
ta’sirini o‘rgangan va birinchi kitoblar avtori.

10.

I.E.Mozgov-340 ga yaqin ilmiy ishlar bajargan,
farmakologiya va retseptura darsliklari avtori
akademik, davlat mukofatlari lauriati. U farmakologiya
teoriyasi, chorvachilik va veterinariya amaliyotiga juda
katta hissa qo‘shgan. Jumladan chorva mollari va
parrandalar serpushtligi va mahsuldorligi oshirishni
farmakostimulyasiya qilishda, yuqumli va yuqumsiz
kasalliklarni farmakoprofilaktikasini ishlab chiqishda
yuqori mahsuldor hayvonlar organizmi fiziologik
holatlari farmakoregulyasiyasini o‘rganishga katta hissa
qo‘shdi.

11.

Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi
ahvoli va vazifalari
Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi
meditsina farmakologiyasi bilan yaqin aloqada va
hamkorlikda rivojlanmoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda ximiko-farmakologik sanoat barpo
qilingan, qaysikim kerakli dorilarni hayvonlar
uchun kerakli miqdorda ishlab chiqara oladi.
Buning uchun kerakli xomashyo bazasi mavjud
(mineral, ximik, o‘simlik). Ko‘plab ilmiyteksherish institutlari va laboratoriyalar tashkil
qilinib, ular yangi dorilarni o‘rganib, amaliyotga
tadbiq etmoqda

12.

Farmakologiya vazifalari
1.Farmakoterapiya- kasal hayvonlarni davolash uchun
dorilarni qo‘llash.
2.Farmakoprofilaktika-Hayvonlarni kasalliklarini oldini
olish maqsadida dorilarni qo‘llash.
3.Farmakostimulyasiya-Sog‘lom hayvonlarni
mahsuldorligini oshirish uchun dorilar qo‘llash.
4.Farmakoanaliz- dorilar ta’siri organizmda bo‘ladigan
fiziologik va bioximik o‘zgarishlar farqini o‘rganish
5.Farmakognoziya- dorilar olinadigan xomashyolarni
o‘rganish
English     Русский Rules