Similar presentations:
Qandsiz diabetni davolashda ishlatiladigan dori vositalari
1.
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI1-DAVOLASH FAKULTETI 304-A GURUH TALABASI
MIRZAYEV SATTORNING FARMAKOLOGIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
2.
MAVZU:QANDSIZ DIABETNI DAVOLASHDAISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI
Reja:
1. Qandsiz diabetni kelib chiqishi…..
2. Qandsiz diabetni kelib chiqishida vazopressin gormonini roli.
3. Vazopressinni ta’sir mexanizmi.
4. Qandsiz diabet turlari.
5. Kasallikni davolashda ishlatiladigan dorilar.
3.
Qandsiz diabet — vazopressin (antidiuretik gormon) yetishmovchiligi tufayli kuchlichanqoqlik va buyraklarni ko’p miqdorda past konsentratsiyali siydik ajratishi bilan
tavsiflanadigan kasallikdir. Bu kasallik ayollar, erkaklar va bolalar orasida teng ravishda
kuzatiladi. Biroq 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar ko’proq kasallanishga moyildir.
Vazopressin — gipotalamusda sintez qilinadigan gormon bo’lib, keyin u gipofizga tushadi
va u yerdan qonga o’tadi.
Vazopressinning sintezi asosan natriy bilan nazorat qilinadi: qonda natriy
kontsentratsiyasining ortishi bilan gormon ishlab chiqarilishi oshadi, kamayganda esa
kamayadi.
Bundan tashqari, stressli vaziyatlarda, organizmda suyuqlikning kamayishida va nikotin
kirishida gormonning sintezi kuchayadi.
4.
Shuningdek, vazopressin ishlab chiqarilishi arterial bosimning ortishida, renin-angiotenzintizimining zaiflashuvida, tana haroratining pasayishida, spirtli ichimliklar va ba’zi dorilar (masalan,
klopelin, galoperidol, glyukokortikoidlar) qabul qilishda kamayadi.
Ushbu gormonning asosiy vazifasi — buyraklardagi suvni qayta so’rilishiga yordam berib, siydik
hosil bo’lishini kamaytirishdir.
Ta’sir mexanizmi
Qon oqimi bilan gormon buyrak naychalariga yetib boradi, so’ng maxsus retseptorlarga birikib,
ularning suv molekulasi uchun o’tkazuvchanligini oshiradi. Buning natijasida suv qayta so’riladi va
siydik konsentratsiyalangan bo’ladi.
5.
Siydik rezorbsiyasi bilan bir qatorda, vazopressin organizmda sodir bo’ladigan bir nechta jarayonlarni tartibgasoladi. Uning funktsiyalari:
Qon aylanish tizimining kapillyarlari, shu jumladan buyrak koptokchalari kapillyarlarini torayishiga yordam beradi.
Qon bosimini ushlab turadi.
Buyrak usti bezi po’sti gormonlari ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi adrenokortikotrop gormon (gipofiz bezida
sintez qilinadi) sekretsiyasiga ta’sir qiladi.
Qalqonsimon bezning tiroksin ishlab chiqarishini rag’batlantiradigan tireotrop gormon (gipofiz bezida sintez
qilinadi) ajralishini kuchaytiradi.
Trombotsitlarni agregatsiyasini (yopishib qolishini) chaqirishi va qon ivishining ba’zi omillarini ajratishi sababli qon
ivishini yaxshilaydi.
Hujayra ichidagi va tomir ichidagi suyuqlik hajmini kamaytiradi.
Organizm suyuqliklari osmolyarligini (1 l suyuqlikda erigan zarralar konsentratsiyasi) tartibga soladi: qon, siydikda.
Renin-angiotenzin tizimini rag’batlantiradi.
6.
QANDSIZ DIABET TURLARIQandsiz diabet rivojlanish mexanizmlarini hisobga olgan holda uni ikki asosiy turga bo’lish mumkin:
Markaziy qandsiz diabet. Gipotalamusta vazopressin ishlab chiqarilishi yetishmovchiligi yoki uning
gipofiz bezidan qonga o’tishi buzilishi natijasida shakllanadi.
Buyrakli (nefrogen) qandsiz diabet. Ushbu shaklda vazopressin darajasi me’yorda bo’ladi, ammo
buyrak to’qimasi unga reaktsiya bermaydi.
Bundan tashqari, ba’zida stressga javoban psixogen polidipsiya (kuchli chanqash) rivojlanadi.
7.
QANDSIZ DIABETNI DAVOLASHAvvalo, iloji bo’lsa, kasallikka sabab bo’lgan xastalik bartaraf qilinadi. Shundan so’ng qandsiz diabet
shakliga qarab dori-darmonlar belgilanadi.
MARKAZIY QANDSIZ DIABETNI DAVOLASH
Bemor siydik bilan qancha miqdorda suyuqlik yo’qotishini hisobga olgan holda olib boriladi:
Agar siydik miqdori sutkada to’rt litrdan past bo’lsa, dori preparatlari buyurilmaydi. Faqatgina
yo’qotilgan suyuqlikni o’rnini to’ldirish va parhez tutish tavsiya etiladi.
Siydikning miqdori kuniga to’rt litrdan ko’p bo’lsa, vazopressin o’rnini bosuvchi yoki uning ishlab
chiqarilishini rag’batlantiruvchi moddalar belgilanadi.
8.
Dori vositalari bilan davolash30 yildan ortiq vaqtdan buyon o’rnini bosuvchi terapiya sifatida Desmopressin (Adiuretin)
intranazal (dorini burun yo’llariga kiritish) kiritish qo’llanilar edi. Biroq, hozirgi kunda uning ishlab chiqarilishi
to’xtatilgan.
Farmakologik ta'sir
Vazopressinning sintetik analogi. Bu aniq antidiuretik ta'sirga
ega. Vazopressin bilan solishtirganda, qon tomirlari va ichki
organlarning silliq mushaklariga kamroq ta'sir qiladi. Diabet
insipidusda u buyraklarning distal kanalchalaridan suvning
reabsorbtsiyasini oshiradi, shu bilan birga siydikning nisbiy
osmotik zichligini oshiradi. Bu siyish chastotasini kamaytirishga
va suyuqlikka bo'lgan ehtiyojni bartaraf etishga yordam beradi.
Desmopressin qon ivishining VIII omilini faollashtiradi va
plazma plazmin faollashtiruvchi darajasini oshiradi. Polipeptid
bo'lib, u oshqozon-ichak traktining ovqat hazm qilish fermentlari
tomonidan yo'q qilinadi.
9.
Shuning uchun, hozirgi vaqtda vazopressin o’rnini bosuvchi vosita sifatida belgilanadigan yagonapreparat Minirindir (Desmopressinning tabletkadagi shakli).
Farmakologik ta'sir
Vazopressin analogi. Antidiuretik.
Desmopressin tabiiy gormon - arginin-vazopressinning tarkibiy
analogidir. Desmopressin vazopressin molekulasining tuzilishidagi
o'zgarishlar - 1-sisteinning dezaminlanishi va 8-L-argininning
8-D-arginin bilan almashtirilishi natijasida olinadi. Strukturaviy
o'zgarishlar sezilarli darajada yaxshilangan antidiuretik qobiliyat
bilan birgalikda qon tomirlari va ichki organlarning silliq mushaklariga vazopressin bilan solishtirganda kamroq aniq ta'sirga olib
keladi, bu esa kiruvchi spastik yon ta'sirlarning yo'qligiga olib
keladi.Preparat distal burmalangan kanalchalar epiteliysining suv
uchun o'tkazuvchanligini oshiradi va uning reabsorbtsiyasini
oshiradi.
10.
Kasallik alomatlarini bostiradigan Minirin dozasi bemorning yoshiga yoki vazniga bog’liq bo’lmaydi. Chunkihammasi antidiuretik gormonning yetishmasligi darajasiga yoki uning to’liq yo’qligiga bog’liq. Shuning
uchun Minirin dozasi qabul qilinish boshlanishining dastlabki uch-to’rt kuni ichida har doim individual
ravishda tanlanadi. Davolash minimal dozalardan boshlanadi va zarur bo’lganda ko’paytiriladi. Preparat
kuniga uch marta qabul qilinadi.
Vazopressin ishlab chiqarishini rag’batlantiruvchi preparatlarga Xlorpropamid (qandli va qandsiz diabet
birgalikda kuzatilganida ayniqsa samarali), Karbamazepin va Miskleron kiradi.
11.
BUYRAKLI SHAKLINI DAVOLASHBirinchi navbatda organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishi ta’minlanadi, keyinchalik zarur bo’lsa,
dori-darmonlar buyuriladi.
Dori vositalari bilan davolash
Amalda qanchalik parodoksal bo’lmasin, siydik miqdorini kamaytiruvchi preparatar — tiazidli diuretiklar
(siydik haydovchilar) buyuriladi: gidroxlorotiazid, indapamid, triampur. Ularning ishlatilishi nefronning
siydik naychalarida xlorni qayta so’rilishiga to’siq bo’lishiga asoslanadi. Natijada, qondagi natriy miqdori
biroz pasayadi, suvning qayta so’rilishi esa oshadi.
12.
Davolashga yordamchi sifatida, ba’zan yallig’lanishga qarshi dorilar buyuriladi (Ibuprofen, Indometasin vaAspirin). Ulardan foydalanish nefronning siydik naychalariga ma’lum moddalar oqimini kamaytirishga olib
keladi, natijada siydik hajmi kamayadi va osmolyarlik darajasi oshadi.
13.
E’TIBORINGIZ UCHUNRAHMAT !!!