489.06K

1-Maruza

1.

1-MARUZA: UMUMIY GIGIYENA
REJA:
1. ZOOGIGIYENAFANINING TA’RIFI, MAQSADI VA VAZIFALARI
2. ZOOGIGIYENA FANINI O‘RGANISH USULLARI
3. FANNING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI

2.

• Zoogigiyena fani chorva mollari va parrandalarga tashqi
muhitni, ya’ni iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash va
boqish usullarining ta’sirlarini, chorva mollari, parrandalarni
saqlash sharoitlarini, chorvachilik fermalarini sanitariya
holatini himoya qilish hamda zararli ta’sirlarning oldini olish
usullarini o‘rganadi. Zoogigiyena ( grek tilida Zoon – hayvon,
gigiyenos – sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga tashqi muhit ta’sirini
o‘rganadigan fandir. Sanitariya – gigiyena me’yorlari, talablari
va qonun qoidalarini amalga oshirish demakdir.

3.

• Uning asosiy muammosi – organizm bilan tashqi muhitning
o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning
o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi. I. M.Sechenov
fikricha «Organizmning hayotini quvvatlab turadigan tashqi
muhitsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi». SHuning uchun ham
organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir qilib turadigan muhit
ham qushilishi kerak, chunki organizm shu muhitsiz yashay
olmasligi va chambarchas bog‘ligligini I.P.Pavlov ham ilmiy
yo‘l bilan asoslab bergan.

4.

• Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining
umumiyligi, shuningdek, ular o‘rtasida bo‘ladigan moddalar va
energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi bilan
isbot etiladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri
organizm jarayonlaridan nafas olish, oziqlantirish, issiqlikni
boshqarilishi (termoregulyasiya) va boshqalarni o‘zgartirish bilan
namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari
tashqi muhitning ana shu ta’sirlari, sifati va miqdoriga bog‘liqdir.
Tashqi muhit omillari hayvonlar va parrandalar sog‘lig‘iga yaxshi
ta’sir qilish ham, yomon ta’sir qilishi ham mumkin.

5.

• I.Pavlov odam kuchi va sifati odatdan tashqari bo‘lgan omillar
ta’siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda
tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi deb
ko‘rsatib o‘tgan edi. Tirik organizmga ta’sir ko‘rsatib turadigan
tashqi muhit omillarini, ularning tabiatiga qarab, bir necha guruhga
bo‘lish mumkin.
Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat
tezligi, atmosfera bosimi, quyosh nurlari (radiatsiya), shovqin,
tebranish va boshqalar kiradi. Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv
va oziqa tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning
organizmga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi.

6.

• Patogen mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar, hashoratlar
biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan infeksion yoki parazitar
kasalliklarni keltirib chiqaradi
• Fanning maqsadi - chorvachilikni rivojlantirishning gigiyenik ahamiyati,
xalq xo‘jaligiga keng joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni
saqlashda gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va tabiiy
chidamliligi, yangi sharoitga moslashishi, tashqi muhit faktorining o‘rni, har
xil sharoitlarda hayvonlarni saqlash usullari, chorvachilik mahsulotlarini
etishtirishda zoogigiyenik chora tadbirlar, tuproq, suv, xavo, oziqa,
molxonalar gigiyenasi, zoogigiyenik tadbir choralarini iqtisodiy
samaradorligini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va
malaka shakllantirishdan iboratdir.

7.

• Fanning vazifasi - hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan
birgalikda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish,
chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya
qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya
tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish
hisoblanadi. Bundan tashqari chorvachilik aholini xilma – xil sifatli oziq –
ovqat mahsulotlari bilan, engil sanoatini xom – ashyo bilan ta’minlaydigan
muhim tarmoqdir. Sut, go‘sht va tuxum inson uchun yuqori kaloriyali va to‘la
qiymatli oziq – ovqat hisoblanadi. Jun, tivit, teri kiyim – kechak, poyafzal va
boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish uchun asosiy xom – ashyo hisoblanadi.

8.

• Mollarning shoxi, tuyog‘i va suyagi ham qayta ishlash uchun
foydalaniladi. Ulardan har xil buyumlar, elim va hokazolar
tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht –
suyak uni, qon uni, ba’zi bir organ va to‘qimalardan esa dorivor
preparatlar tayyorlanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘i va boshqa
hayvonlardan har xil ishlarni bajarishda foydalaniladi. Chorva
mollarining go‘ngi qimmatli organik o‘g‘it hisoblanadi.
CHorvachilik qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i hisoblanib
qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik,
tuyachilik, quyonchilik va muynachilik, parrandachilik sohalarini o‘z
ichiga oladi.

9.

• Har xil hayvon turlarini boqib ko‘paytirish, xilma – xil oziq – ovqat
mahsulotlari va xom – ashyo etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh
vazifasi aholini sifatli oziq – ovqat mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik
xom – ashyosi bilan ta’minlashdir.
Bu vazifalarni bajarishda mustahkam va sifatli ozuqa bazasini yaratishda
agronomiya, zootexniya, veterinariya fanlarining yutuqlaridan va ilg‘or
tajribalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida
mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng qo‘llashni taqozo
qiladi. Hayvonlar va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning
mahsuldorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini izlash
zarur.

10.

• Bunga ixtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va
hayvonlarni bir joyga yig‘iish hisobiga erishish mumkin.
Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va ulardan
foydalanishda jadal texnologiyani, mexanizatsiya va
avtomatizatsiyani keng joriy etib ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklarida,
parrandachilik
fabrikalarida
mehnat
unumdorligini 5–6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20 –
30% ga pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga
oziqa harajatini 1,5 – 2 marta tejashga erishish zarur.

11.

• CHorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda ilg‘or
texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining fiziologik
talabiga qarab tuyimli oziqa ratsionini tuzish, sifatli oziqa va suv bilan
ta’minlash, mikroiqlim talabiga javob beradigan binolar qurish, hamma
ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga ko‘p
narsa bog‘liq bo‘ladi. YUqori mahsuldor hayvonlarni ko‘paytirish,
xo‘jaliklarga har xil yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish,
veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi ishlar hozirgi
davr talabidir. SHu tadbirlar asosida qabul qilingan, texnologik loyiha
me’yorlariga, ayniqsa chorvachilik ferma, ayrim binolarni qurish, loyihalash
va qayta qurishda zoogigiyenik, veterinariya sanitariya talablariga qat’iy
amal qilish kerak.

12.

• Fermer xo‘jaligi sharoitida hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va turli
kasalliklarni oldini olishda zoogigiyena va veterinariya – sanitariya qoidalari
va talablariga rioya qilish lozim. Zoogigiyena va veterinariya – sanitariya
tadbir choralarga qat’iy amal qilingandagina hayvonlarni sog‘lig‘ini, yuqori
mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda
zoogigiyenik me’yor, qoida va talablarni keng qullash chorva mollarining
mahsuldorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir- biriga
chambarchas bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin;
1.Hayvonlarni mahsuldorligini, tabiiy chidamlilik qobiliyatini oshirish
uchun ularning turiga, yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish.

13.

• Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari.
1. Fizik usul - havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat
tezligi, yorug‘ligi, tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni
aniqlash.
2. Kimyoviy usul - havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning
kimyoviy tarkibini aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar,
pestitsidlar, alkaloidlar, nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va
boshqalarni aniqlash.
3. Biologik usul - bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni;
ichak tayoqchalari bilan ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa
usullar. Buning uchun mikrobiologik, toksikologik, bioprobalardan
foydalaniladi.

14.

• 4. Kliniko - fiziologik kuzatish usuli - organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar
kuzatiladi. Tajriba va nazorat guruhidagi hayvonlarni turli xil sharoitda saqlash,
boqish va ishlatishda yuz beradigan fiziologik o‘zgarishlar aniqlanadi.
5. Zoogigiyenik tajriba usuli - bunda laborotoriya, tabiiy sharoit, klimatik
kamera va tabiiy sharoitni modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
6. Sanitariya statistik tekshiruv usuli - o‘tkazilayotgan gigiyenik chora –
tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Bunda alohida tuman, viloyat,
respublika sharoitida mollarni bosh sonini, mahsulotini ko‘payish yoki
kamayishi, kasalliklari o‘rganiladi yoki gigiyenik chora – tadbirlar amalga
oshirilmasdan oldin va bundan keyin hayvonlarning qancha kasallanganligiga
oid ma’lumotlarni bir – biriga solishtirib ko‘rib, shu chora – tadbirlarni
samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

15.

• Zoogigiyena
bir qancha boshqa fanlar: fiziologiya,
mikrobiologiya, patologiya, klinik diagnostika, epizootologiya,
ximiya, fizika, matematika, toksikologiya va boshqalar bilan
chambarchas bog‘liq. Zoogigiyena fani ikkiga bo‘lib o‘rganiladi:
• Umumiy gigiyena – Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar
gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish-saqlash, mollarni parvarish
qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva xodimlarini shaxsiy
va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
• Xususiy gigiyena - qoramol, cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon
va mo‘ynali hayvonlar, itlar, asalari va havza baliqchiligi
gigiyenasini o‘rganadi.

16.

• Zoogigiyenistlar turli tashqi muhit omillarining hayvonlar sog‘lig‘iga va
mahsuldorligiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib, zararli ta’sirlarni bartaraf
etish va yo‘qotishni, kasalliklarga qarshi kurashni, mollarni saqlash va boqish
sharoitlarni yaxshilash, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan
kasalliklardan insoniyatni quriqlashni kuzda to‘tadigan me’yor va qoidalarni
ishlab chiqadilar.
Zoogigiyena o‘z kuzatuvlarini qayd qilib boradigan talab hamda
me’yorlarni beradigan fan bo‘libgina qolmay, sanitariya ishi bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lib atrof – muhitni muhofaza qilish bilan birga
uni zarur bo‘lganda o‘zgartirishga ham intiladigan amaliy fandir.

17.

• Fanning qisqacha rivojlanish tarixi - har qanday fanning taraqqiyoti
ijtimoiy formatsiyalar evolyusiyasi bilan, texnika va madaniyat
taraqqiyoti bilan mahkam bog‘langandir. SHu nuqtai nazardan
gigiyena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart – sharoitlar
ta’sirini aks ettiradigan bir necha bosqichlarga bo‘linadi.
Zoogigiyenaning rivojlanish tarixi X1X asrning yarmidan sistemaga
solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq, odamlarning
kuzatishlari va hayot tajribalariga asoslangan amaliy sanitariya chora
tadbirlari juda qadim zamonlardayoq amalga oshirilgan. Ba’zi bir
gigiyenik chora tadbirlar mollarni saqlash va ularni parvarish qilish,
ularni sog‘lig‘ini saqlash, naslini yaxshilash kabilar o‘tgan eradan
boshlagan.

18.

• Bu ishda arablarning xizmati katta, ya’ni universitetlarda otlar
gigiyenasi borasida darslar olib borilgan, natijada arab ot zotlari kelib
chiqqan.
• Rossiya sharoitida zoogigiyena fani krepostnoylik huquqi bekor
qilinishi, chet davlatlardan naslli mollar keltirilishi davrida rivojlana
borgan. Natijada ba’zi bir o‘quv qullanmalari bosmadan chiqarilgan.
XX asr boshida G‘arbiy Evropada M.Klimerni «Veterinariya
gigiyenasi» o‘quv qullanmasi chiqadi. I.P.Popov, G.I.Svetlov,
N.P.CHervenskiylarni «Zootexniya» qullanmasi chiqadi. Bunga qadar
zoogigiyena faniga fan tariqasida yaqindan e’tibor berilmagan.

19.

• 1930 yillarga kelib chorvachilikni rivojlantirish, olinadigan
mahsulotni sifatini yaxshilash, miqdorini oshirish borasida katta
ishlar qilinishi tufayli ilmiy tekshirish institutlarida zoogigiyena
laboratoriyalari va institutlarda kafedralari ochildi.
• Zoogigiyena fanining rivojlanishiga mamlakatimiz olimlaridan
A.K.Skaroxodko, K.A.Kotlyar, A.V.Ozerov, A.P.Onegov,
V.A.Alikaev, N.M.Komarov, V.F.Matusevich, I.M.Golosov,
I.F.Xrabustovskiy, P.T.Lebedev, A.T.Semenyuta, G.K.Volkov,
A.I.Karelin, U.Q.Izbosarov va boshqalarni hissalari katta. Hozirgi
kunda uzoq yillik ilmiy ishlar natijalari yakunlanib, texnologik
loyiha me’yorlari tavsiya qilindi.

20.

• Ferma, parranda fabrikalarini kurish, ularni zamonaviy talab
darajasida qurilish materiallari va ichki jihozlar bilan
ta’minlash, mollarni molxona va yaylovlarda yoz va qishda
saqlash, suv, tuproq, o‘simliklar tarkibini o‘rganish, parhez
ozuqalarni ishlatish, suv havzalarining sifatini yaxshilash,
chorvachilikni sanoat asosiga kuchirish, loyiha asosida qurilgan
joylarni veterinariya ekspertizasi qilish, gungi tozalash va
zararsizlantirish
kabi
ishlarda
salmoqli
yangiliklar
yaratilmoqda.
English     Русский Rules