115.22K
Category: ecologyecology

Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari. International school of finance technology and science

1.

INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE
TECHNOLOGY AND SCIENCE
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari
PPK-04 Shamuratov Musa
Mavzu:Muxit holatini nazorat qilishning ekologik
monitoringi.Global,regional va mahalliy ekologik
monitoringlar

2.

Reja
Atrof muhit monitoringi haqida tushuncha
Atrof muhit monitoringi va uning turlari
Ozbekistonda atrof muhit monitoringini amalga oshirish

3.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi
natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga
olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur
kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz
berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga
imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish
bo‘yicha takli ar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi
masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda
bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi
arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring
(lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi
paydo bo‘ldi.

4.

Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish
maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va
boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini
kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini
qo‘llashdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik
qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan
i oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda
yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali
i oslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik,
geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.

5.

Bioekologik monitoring bosqichida atrof-muhitning
i slanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan
kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning kasallanishi, o‘lim,
tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan
foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrofmuhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda
monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena
xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli
bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil
qiladi.

6.

Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiyantropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va
nazorat qilinadi. Mazkur bosqich uchun tabiatni i oslantiruvchi
moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘zo‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim
hisoblanadi. Kuzatishlar geogra k statsionarlarda, maxsus
zona yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni
amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik,
hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi
omillar va i oslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil
etiladi. Bu borada geotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari
e’tiborga olinmog‘i lozim

7.

Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni
dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning
changlanishiga, Dunyo okeanining i oslanishiga va boshqa
ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beri ladi. Kuzatishning asosiy
maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi
salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar
biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari
tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari
kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib
ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy
mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.

8.

O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish.
O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo,
metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60
yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrofmuhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy
ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit
holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning
yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish
zarurati yuzaga keldi.

9.

Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv
havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh
boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush
tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral
resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi
tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor
suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan,
o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson
salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning
monitoring sohasidagi faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati
bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik
vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli
tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli
chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
English     Русский Rules