78.89K

Mehnat munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik

1.

Mehnat munosabatlarida ijtimoiy
sherikchilik.
Aholini ishga joylashtirish.

2.

Mehnat munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik.
Aholini ishga joylashtirish.
Jamoa shartnomasi va uning korxona va tashkilotlardagi
ahamiyati.
Jamoa kelishuvlari va ularning ijtimoiy sherikchilik
munosabatlarini tartibga solinishidagi o‘rni.
Fuqarolarning ish bilan ta’minlanish huquqi va uning davlat
tomonidan kafolatlanishi.
Fuqarolarni ish axtaruvchi va ishsiz shaxslar sifatida hisobga
olish.
Ishsizlik nafaqasi tayinlash va to‘lash

3.

Jamoa shartnomasi huquq ijodkorligi ko‘rinishlaridan
biri sifatida lokal-normativ yo‘l bilan mehnat
sharoitlarini o‘rnatish vazifasini bajaradi.

4.

Mehnat kodeksi 8-bob, 65-moddasida Jamoa shartnomasining
tushunchasiga ta’rif beriladi unda:
Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka
tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq
boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar
tomonidan oʻz vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan
mehnat toʻgʻrisidagi huquqiy hujjatdir.
Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida boʻlinmalarida
tuzilishi mumkin.
Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralar oʻtkazish, ish
beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi
ushbu alohida boʻlinma rahbariga yoki boshqa shaxsga ushbu Kodeksning
46-moddasiga muvofiq zarur vakolatlar beradi.
Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralarni oʻtkazish,
jamoa shartnomasini imzolash chogʻida xodimlar manfaatlarini ifoda etish
huquqi ushbu boʻlinma xodimlarining vakillariga beriladi.
Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

5.

Jamoa shartnomasining qoidalari nafaqat uning taraflari
sanaluvchi shaxslarga, balki unga aloqasi bo‘lmaganlarga
ham tatbiq qilinadi (masalan, shartnoma qabul qilib
bo‘linganidan so‘ng ishga kirgan yangi xodimlarga,
korxonada mehnat bitimiga asosan mehnat qiluvchilarga,
vafot etgan xodimning oila a'zolariga, korxonada ishlab
pensiyaga chiqqan faxriylarga va hokazo).

6.

Jamoa kelishuvi jamoa shartnomasidan farqli ravishda bir korxona
miqyosida emas, balki kattaroq miqyosda (hudud, tarmoq) amal qiladi
va o‘z ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan ijtimoiy sherikchilik
munosabatlarini katta hududda (bir necha yuzlab, hatto minglab korxona
doirasida) tartibga soladi.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan, jamoa
shartnomalari hamda jamoa kelishuvlari tuzishning asosiy
prinsiplari quyidagilardir:
➢ qonun hujjatlari normalariga
amal qilish;
➢ taraflar vakillarining
vakolatliligi;
➢ taraflarning teng huquqliligi;
➢ jamoa shartnomalari,
kelishuvlari mazmunini tashkil
etuvchi
➢ masalalarni tanlash va
muhokama erkinligi;
➢ majburiyatlar olishning
ixtiyoriyligi;
➢ olinayotgan majburiyatlarning
haqiqatda bajarilishini
➢ ta'minlash;
➢ tekshirib borishning
muntazamligi;
➢ javobgarlikning muqarrarligi.

8.

Umumiy qoidaga ko‘ra, ish beruvchi, ish beruvchilar
birlashmasi yoki ularning vakillari bilan kasaba
uyushmalari yoki xodimlaming boshqa vakillik organlari
o‘rtasida muzokaralar olib boriladi.

9.

Agar ma'lum bir korxonada xodimlaming bir nechta vakillik
organlari mavjud bo‘lsa, u holda jamoa shartnomasi yoki
jamoa kelishuvining yagona loyihasini ishlab chiqish uchun
ulardan birlashgan vakillik organi tuzilib, xodimlar vakili
sifatida ishtirok etadi

10.

Jamoa shartnomasi ijtimoiy sherikchilikka oid mehnat
munosabatlarini tartibga soluvchi normativ hujjat sifatida
mulkchilik shakli, xo‘jalik yuritish usuli, qaysi tarmoqqa
mansubligidan qat'i nazar, barcha turdagi korxona va
tashkilotlarda tuzilishi mumkin

11.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, jamoa shartnomasi, bir tarafdan,
xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat
bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan
bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan
tuziladi.

12.

67-modda. Jamoa shartnomasiga muvofiq jamoa
shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi
masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
➢ mehnatga haq toʻlash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar,
kompensatsiyalar, qoʻshimcha toʻlovlar;
➢ narxlarning oʻzgarishidan, inflyatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida
belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga
haq toʻlashni tartibga solish mexanizmi;
➢ xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini
oshirish, ularni ishdan boʻshatish shartlari;
➢ ish vaqti va dam olish vaqtining, taʼtillarning davomiyligi;
➢ xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi boʻlgan shaxslarning
va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda
mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash;

13.

67-modda. Jamoa shartnomasiga muvofiq jamoa
shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi
masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
➢ tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chogʻida
xodimlarning manfaatlarini hisobga olish;
➢ ishni taʼlim bilan qoʻshib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;
➢ ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sugʻurta;
➢ ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan
pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar kiritish miqdorlari va
muddatlari;
➢ jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning
javobgarligi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyat koʻrsatishi uchun
normal sharoitlar bilan taʼminlash.

14.

67-modda. Jamoa shartnomasiga muvofiq jamoa
shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi
masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa
shartnomasida boshqa shartlar, shu jumladan mehnat toʻgʻrisidagi
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda
belgilangan normalar hamda qoidalarga nisbatan imtiyozliroq mehnat
shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar ham boʻlishi mumkin.

15.

Bunday shartlarga quyidagilarni misol qilish
mumkin
qoʻshimcha taʼtillar, pensiyalarga ustamalar, muddatidan oldin
pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlarini
kompensatsiya qilish, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning
farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida va maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida bepul yoki qisman haq toʻlanadigan tarzda ovqatlantirish,
uyali aloqa, Internet jahon axborot tarmogʻi uchun haq toʻlash, oliy
taʼlim tashkilotlarida oʻqitish uchun ssudalar toʻlash va haq toʻlash,
boshqa qoʻshimcha imtiyozlar va kompensatsiyalar

16.

Jamoa kelishuvi
muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat
shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash
borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ
hujjatdir

17.

Jamoa kelishuvlari muzokaralarda ishtirok etayotgan
taraflarning kelishuviga muvofiq ikki taraflama va uch
taraflama bo‘lishi mumkin.
Kelishuvni tuzish vaqtida uchinchi taraf sifatida ijro etuvchi
hokimiyat organi ishtirok etishi mumkin.

18.

Bosh kelishuv O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(xodimlaming boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning
Respublika miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida, taraflarning taklifiga
ko‘ra esa, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan ham tuziladigan
normativ hujjat sanaladi.
Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida kelishib siyosat olib
borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi
BOSH JAMOA KELISHUVI
O‘zbekiston Kasaba
uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati
Ish beruvchilarning
Respublika miqyosidagi
birlashmalari

19.

Tarmoq kelishuvlari
tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va
ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga
ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari
vazirligi bilan ham tuziladi
TARMOQ JAMOA KELISHUVI
Tarmoq Kasaba
uyushmalari
Oʻzbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi
Ish beruvchilar va
ularning tarmoq
birlashmalari

20.

Hududiy kelishuvlar
tegishli kasaba uyushmalari (xodimlaming boshqa vakillik organlari) va
ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga
ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi.
Hududiy kelishuvlar hududlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish shartlarini
belgilaydi.
HUDUDIY JAMOA KELISHUVI
Hududiy Kasaba
uyushmalari
Mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari
Ish beruvchilar va
ularning hududiy
birlashmalari
English     Русский Rules