REJA:
Madaniyat nima?
2.77M
Category: historyhistory

1-MAVZU (1)

1.

1-МАVZU:
MADANIYATSHUNOSLIK
FANINING MAQSADI VA
VAZIFALARI
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
katta o’qituvchisi, s.f.f.d. (PhD) Nodirbek Musurmanov

2. REJA:

• Madaniyatshunoslik fanining maqsadi
• Madaniyatshunoslik bilimlar tizimi sifatida
• Madaniyatshunoslikning axloqshunoslik fani bilan bog’liqligi

3.

Sharq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy taraqqiyotning
aniq ilmiy talqinlarini hamda chegaralarini koʻramiz. X1V asrda yashagan arab faylasuf
olimi Ibn Xaldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy tahlili diqqatga sazovordir.
Uningcha, insoniyat dastlab yovvoyilik holatida boʻladi. Keyin u tabiiy olamdan ajralib
chiqadi va ijtimoiylik kasb etadi. Ibn Xaldunning koʻrsatishicha, insoniyat jamiyati doimo
oʻzgarib borib, taraqqiyot jarayonida ikki bosqichni bosib oʻtadi: 1. Bidava. 2. Xidara. Bu
ikkala bosqich “insonlar yashashi uchun qanday vositalar topishi”ga koʻra, bir–biridan farq
qiladi.
Birinchi – bidava bosqichida odamlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilash
shugʻullanadi.
Ikkinchi – xidara bosqichida yuqoridagi mashgʻulot turlariga hunarmandchilik, savdo, fan
va sanʼat qoʻshiladi. Har ikkala bosqich bir hudud doirasida boʻlishi mumkin. Ibn
Xaldunning fikricha, shaharda yoʻq, kundalik ehtiyojni qondiradigan hayot tarzi –
dehqonchilik va chorvachilik ibtidoiy hayotni, hashamatli hayot kechirish va shuning uchun
harakat qilish, dabdabali hayot kechirish uchun intilish, shaharlar barpo qilish sivilizatsiyani
keltirib chiqardi.

4.

XVIII –XIXasrlarda yevropaliklar “kultura” soʻzini maʼnaviy–ruhiy maʼnoda
ishlata boshlaganlar. Bu soʻz insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan
boʻldi.
Vaqtlar oʻtishi bilan “madaniyat” tushunchasining hajmi kengayib, taʼrifi va
tavsifi koʻpayib borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K.
Klakxonning 1952-yildagi maʼlumotlariga koʻra, madaniyat tushunchasiga
berilgan taʼrif 164 ta boʻlgan, soʻnggi adabiyotlarda esa madaniyatning taʼrifi 500
dan ortiq deb taʼkidlanadi.
“Madaniyat” tushunchasini taʼriflash uchun juda koʻp iboralar ishlatiladi.
Jumladan, qatorida “insoniyatning yashash tarzi”, “insonning jamiyatdagi
toʻlaqonli faoliyati”, “inson oʻzining yashashi uchun yaratgan muhit”, “yaxlit
ijtimoiy organizm”, “insoniyat yaratgan moddiy va maʼnaviy qadriyatlar majmui”,
“ikkilamchi, yaʼni sunʼiy tabiat”, “insonning ijodiy faoliyati mahsuli”,
“jamiyatning maʼnaviy holati”, “shartli belgilar yigʻindisi”, “meʼyor va andozalar
majmui” va hokazo.

5.

Madaniyatga berilgan taʼriflar orasida mashhur ingliz etnografi, antropologiyaning
asoschilaridan biri Eduard Taylor (1832–1917) taʼrifi eng mukammal deb
hisoblanadi. Uningcha, madaniyat – insonning axloqi, kuch–qudrati, baxt–
saodati taraqqiy etishiga bir vaqtning oʻzida koʻmaklashish maqsadida
alohida shaxsning va butun jamiyatning yuksak darajada tashkil qilinishi
yoʻli bilan insoniyatning kamol topishidir.
E.B. Taylorning mazkur taʼrifi mukammal boʻlsa ham, bugungi kunda
madaniyatning yangi qirralari kashf qilinmoqda. Shu bois E. Taylorning
madaniyatga bergan taʼrifi mohiyatini saqlagan holda, quyidagicha taʼrif berish
mumkin:
Madaniyat – inson jamiyat aʼzosi sifatida oʻzlashtirgan bilimlarni, inonch–
eʼtiqodlarni, sanʼatni, axloq va qonunlarni, urf–odatlarni, shuningdek, uning
boshqa qobiliyati va koʻnikmalarini oʻz ichiga olgan majmuadir.

6. Madaniyat nima?

«Madaniyat» (arabcha «madaniyat» - madinalik, shaharlik, ta’lim-tarbiya
ko‘rganlik) - kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va
o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda
bu boyliklarni kayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va usullari
majmui. «Madina» so‘zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi - Madina
shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta’lim-tarbiyani
asosan Madinada olganlar. Madaniyat moddiy va ma’naviy ishlab
chikarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq,
huquq, ta’lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzi
kabilar bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks
ettiradi.

7.

Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarda
ishlatiladi.
Keng ma’noda - madaniyat tushunchasi insoniyatning butun
tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va
ma’naviy boyliklarining yig‘indisini aks ettiradi. Tor
ma’noda — madaniyat tushunchasi jamiyatning ma’naviyestetik turmushi darajasini ifodalash uchun qo‘llaniladi.

8.

Madaniyat
atamasi keng
ma’noda qo‘llanilib,
jamiyatning ishlab chikarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida
qo‘lga kiritgan yutukdar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki
xalqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutukdari
darajasini, o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va
ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga
mos keladigan shartlari yig‘indisini bildiradi. BMT Bosh
Assambleyasining qaroriga ko‘ra 2000 yil «Xalqarotinchlik
madaniyati yili» deb e’lon qilinganliga bejiz emas.

9.

Sotsiologiyada «madaniyat» tushunchasi matematikadagi
«sonlar», fizikadagi «gravitatsiya», ximiyadaga «modda»
tushunchalari kabi muhim ahamiyatga ega.
Madaniyat — insonlar faoliyati natijalarining majmui
o‘laroq o‘zida ikki holatni, ya’ni madaniy statikani
(madaniyatning nisbatan turg‘un ko‘rinishlari) va madaniy
dinamikani, ya’ni madaniyatning o‘zgaruvchan jihatini
mujassamlashtiradi.

10.

Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida
umuminsoniy qadriyatlar, mintaqaviy qadriyatlar, milliy
qadriyatlar diniy qadriyatlar turlariga bo‘linadi.
Madaniyat sotsialogiyasida ijtimoiy institutlar muhim
ahamiyatga ega. Ijtimoiy institutlar deganda kishilarning
ijtimoiy faoliyatlari tashkillanadigan va amalga
oshiriladigan muassasalar va ularda ijtimoiy fe’l-atvor,
harakatlarning muvofiqlashtiriluvi tushuniladi.

11.

Ijtimoiy institutlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1) Muvofiqlashtiruvchi (relyatsion) institutlar (jins, yosh, kasb turi, qobiliyatlarga oid
mezonlarni aniqlab beruvchi ijtimoiy institutlar).
2) Boshqaruv(idora etish) institutlari.
3) Birlashtiruvchi; (intefativ, uyg‘unlashtiruvchi) institutlar,
4) An’analar bilan bog‘liq ijtimoiy xulqni muvofiqlashtiruvchi institutlar (odatlar,
marosimlar, qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridan iborat faoliyatlarni tashkillovchi).
5) Madaniy ijtimoiy institutlar (din, san’at, adabiyotga doir faoliyatlarni
muvofikdashtiruvchi).
Madaniyat sotsiologiyasida odamlarning intellektual, axloqiy, estetik fazilatlari, amaliy
sa’y-harakatlariga intilish, qiziqish hamda ehgiyojlari muhim ahamiyatga ega.
Madaniyat hodisasi taraqqiyot, sivilizatsiya tushunchalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
bu boradagi aloqadorlik xususida ham alohida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.

12.

«Sivilizatsiya (lot. fuqarolik, fuqarolikka oid, davlatga oid degan
ma’nolarni bildiradi, ya’ni harbiylar va dindorlar hukmronligisiz). Bu
tushunchani shotland tarixchisi va faylasufi A.Ferposson (1723-1816)
jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan
bo‘lsa, fransuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan
jamiyatga xos bo‘lgan atama ma’nosida ishlatgan edilar.
Har qanday sivilizatsiya:
1) muayyan ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasiga,
2) rivojlanib boruvchi madaniy aloqalar, qadriyatlar, falsafiy qarashlar,
odob-axloq normalariga;
3) ijtimoiy hamkorlikning pozitiv shakl va uslublariga ega.

13.

Demak, sivilizatsiya
— jamiyat rivojidagi
mantiqiy,
progressiv bosqich bo‘lib, ijtimoiy va madaniy rivojlanish
darajasi sifatida madaniyat tushunchasi bilan bevosita
bog‘liqdir.
Madaniyat sotsiologiyasi o‘z predmetini oydinlashtirishda,
madaniy statika (muvozanat)
hamda madaniy dinamika
(rivojnish) iboralarini qo‘llaydi.

14.

Madaniy statika (muvozanat) elementlariga moddiy madaniyat va nomoddiy
(ma’naviy) madaniyatga xos bo‘lgan omillar,erishilgan natijalar kiradi.
Madaniyat hodisasi madaniyat majmui omilini ham o‘z ichiga olgan.
Madaniyat kompleksi (majmui) madaniy ob’ektlar va xislatlarning yig‘indisi bo‘lib,
unga:
- madaniy reallik;
- madaniy meros;
- madaniy msrosning ahamiyati;
- uning ob’ektiv bahosi;
- madaniy universitetlar;
- turmush tarzi tushunchalari kiradi.
Bundan tashkari, madaniyat sotsiologiyasida madaniy yoki ijtimoiy normalar
kategoriyasi ham bo‘lib, unga odamlardagi ko‘nikmalar, did, kadriyatlar, diniy
e’tiqodlar, odatlar, an’analar, bilim va ilm, rasm-rusumlar, jamiyat a’zolarining axloq
kodeksi va boshqalar kiradi.

15.

Madaniyat shakllari.
Asosan uch turli madaniyat shakli
farqlanadi:
1. Elitar madaniyat.
2. Xalq madaniyati.
3. Ommaviy madaniyat.

16.

1. Elitar madaniyat (fransuzcha — «eng sara» so‘zidan olingan) har qanday ijtimoiy
tuzilmaning boshqaruv jihatlarini muvofiklashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini
amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita xaqidagi nazariyalar dastavval Platon,
Aristotel’, Nisshe
va boshkalarning Qarashlarida bayon qilingan bo‘lib, tizimli
ko‘rinishga XX asr boshlarida V. Pareto, G. Moska, Mixel’slar tomonidan keltirilgan.
Xozirgi G‘arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin
etiladi. Bunda elita hokimiyatga yo‘nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska),
jamiyatda eng ko‘p obro‘, makom, boylikka ega bo‘lgan, ommaga nisbatan akliy va
axlokiy ustunlikka ega odamlar (X.Ortega-i-Gasset) jamiyatning noijodiy ko‘pchiligidan
farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali mutaxassistar, menejerlar va boshqaruv
tizimidagi oliy xizmatchilar (texnologik determenizm)dir, deb izohlanadi. Hozirgi zamon
sotsiologiyasining yirik olimlari Mills, Rismen, Bell asarlari elita nazariyasi yanada
rivojlantirildi.Kiborlar (yuqori toifa axoli) madaniyati esa jamiyatning imtiyozli
tabaqalariga mo‘ljallangandir. «San’at san’at uchun» ifodasi madaniyatda nafis san’at,
mumtoz musiqa, faqat kiborlargina mutoala qiladigan badiiy adabiyot namunalarini
chazarda tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‘lib, ular maxsus intellektualestetik maqomga ega bo‘lgan, yuksak did vakillari uchun yaratiladi.

17.

2. Xalq madaniyati aholi orasidan yetishib chiqqan,
favkulodda iste’dodga ega shaxslar tomonidan bunyod
bo‘lgan madaniyat. Xalk ijodining mualliflari odatda
noma’lumdir. Jumladan, afsonalar, ertaklar, dostonlar
(«Go‘ro‘g‘li», «Alpomish» va h.k.) shular jumlasidan
bo‘lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo‘shiq
yoki o‘yin ijrosi) yoxud ommaviy (masalan, sayillar, xalq
bayramlari) ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin.

18.

3. Ommaviy madaniyat — XX asr o‘rtalarida ommaviy muloqot va
axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha
ijtimoiy guruxdar uchun yetarli bo‘lishi natijasida shakllangan va
mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‘lgan madaniyat
namunalari (ommaviy estrada musiqasi,
sirk va h.k.). Ommaviy
madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyatiga nisbatan kamroq badiiy
qadrga ega va u omma tomonidan o‘zlashtirilishiga mo‘ljallab yaratiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, milliy istikdol goyasi «Madaniyat va san’at
sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, g‘oyaviy
badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yosh asarlarning yetakchi
o‘rnini egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.

19.

20.

21.

Madaniyatshunoslik
fanining
maqsadi:
Vatanimizning kelajagi boʻlgan yosh avlodning
maʼnaviy olamini boy, har sohada barkamol qilib
tarbiyalash uchun butun insoniyat necha ming yillar
davomida yaratgan moddiy va maʼnaviy madaniyat
xazinalaridan bahramand etish, unda barcha
xalqlarga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik,
insonparvarlik
tuygʻularini
uygʻotish
va
shakllantirishdan iborat.

22.

Madaniyatshunoslik turli belgilariga koʻra, quyidagi sohalarga, shakllarga va
koʻrinishlarga boʻlinadi:
1.Madaniyat sohalari boʻyicha quyidagicha tasnif qilinadi:
a) Iqtisodiy madaniyat (bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot
madaniyati, ayirboshlash madaniyati, isteʼmol madaniyati, boshqaruv
madaniyati, mehnat madaniyati kabi turlarni oʻz ichiga oladi).
b) Siyosiy madaniyat: jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot
koʻrsatkichlari – shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir. Bu
huquqlar xalqaro mezonlarga mosligi, amalda qoʻllanishi, partiyalar
oʻrtasidagi kurashlarning usul va shakllari va hokazolar bilan belgilanadi.

23.

Mafkura, siyosiy tajriba va anʼanalar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat
kabilar siyosiy madaniyatni hayotga tatbiq qilish omillaridir.
v) Kasb mahorati madaniyati : aniq mehnat turi bilan bogʻliq maxsus
nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar yigʻindisidan iborat.
g) Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy
qadriyatlarni mazkur jamiyatdagi yosh avlodga yetkazishdan iborat.
d) Ekologik madaniyat – inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarni
qamrab oladi. Bu soha madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol
rivojlanib borayotgan sohadir.

24.

Koʻrinishlari boʻyicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi:
a) Hukmron madaniyat – mazkur jamiyat aʼzolarining koʻpchiligi istifoda etadigan qadriyatlar, inonch–eʼtiqodlar,
anʼana va urf–odatlardan iborat.
b) Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xoʻjaligi bilan mashgʻul boʻlgan odamlar
oʻrtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va b.lardan iborat.
v) Shahar madaniyati – yirik va qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmaydigan sanoat va maʼmuriy markazdir. Hamma
shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Yevropa va
Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas, balki ishlab chiqarish sohasiga koʻra ham farq
qiladi: toʻqimachilik sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari boʻlgan shaharlar, kurort shaharlar, harbiy shaharchalar borki,
bularning har birida oʻziga xos madaniyat mavjud.
b) Oʻrganish boʻlib qolgan madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda kundalik hayot
koʻnikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat koʻrinishi oilada, tengdoshlar, qarindosh urugʻlar davrasida yuz
beradigan muloqotdan, maktab taʼlimidan va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va
koʻnikmalardan iborat boʻladi.
v) Ixtisoslashgan madaniyat – fan, sanʼat, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni toʻliq egallagan va oʻz sohalari
boʻyicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir.

25.

Madaniyat paydo boʻlishi va darajasiga koʻra quyidagi shakllarga ega:
a) Yuksak madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar yaratgan
madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis sanʼatni, mumtoz musiqani va adabiyotni oʻz ichiga
oladi.
b) Xalq madaniyati – ommaviy va xalq ogʻzaki ijodi madaniyatini oʻz ichiga olgan madaniyat
shakllari boʻlib, keng ommaning mehnati va turmushiga bogʻliq holda yaratilgan qadimiy ijod
namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, qoʻshiqlar, folklor
ansambllari, xalq ogʻzaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa janrlar mansub.
v) Ommaviy madaniyat – baylanmilal va milliy koʻrinishga ega boʻlib, keng auditoriyaga
moʻljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har qanday
yangi hodisalarga taʼsir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, sirk, radio,
televideniye va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir.
Bulardan tashqari, badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi kompleks koʻrinishlar ham bor.

26.

Madaniyatshunoslik fanining predmeti – insoniyat bunyot etgan
“ikkinchi olam”, yaʼni madaniyat, uning mohiyati va rivojlanish
qonuniyatlari, asosiy tamoyillari hamda ijtimoiy vazifalaridir.
Binobarin, madaniyatshunoslik fanining asosiy manbai – insoniyat
yaratgan barcha madaniy boyliklar, moddiy va maʼnaviy
qadriyatlardir.
Madaniyatshunoslikning fan sifatidagi asosiy vazifasi – insonning
tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning
moddiy va maʼnaviy turmushiga oid barcha madaniy jarayonlarni
tadqiq etishdir.

27.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, madaniyatshunoslik oʻrganadigan asosiy sohalarni
va uning tadkiqot obyektini quyidagicha belgilash mumkin:
•kishilarning muomala vositasi boʻlgan tilning ijtimoiy jamiyatdagi roli;
• jamiyat boyligi va mezoni boʻlgan bilimlar;
• insoniyat yaratgan udumlar, urf–odatlar, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyot, dinlar;
• ijtimoiy munosabatlar va ular oʻrtasidagi aloqalarning usullari, ijtimoiy tashkilotlar;
• marosim, kundalik turmush tarzidan oʻrin olgan anʼanalar, oila, mulk;
• jamiyatda sodir boʻlayotgan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy demografik, etnik jarayonlar va
h.k.

28.

Madaniyatshunoslik fanining diqqat markazida inson turadi, zero madaniyat - bu inson
yaratgan boylikdir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu
munosabatlar uning hayot tarzida namoyon boʻlishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini,
madaniyatlar tipologiyasini oʻrganadi. Madaniyatshunoslik fani madaniyatni ilmiy izohlab,
uning umumtarixiy mazmuni va maʼnosini belgilaydi, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimidagi
oʻrni va mavqeini asoslaydi.
Madaniyatshunoslik fani tarix, sanʼatshunoslik, falsafa, sotsiologiya, etnografiya,
psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, nisbatan yosh ijtimoiy –
gumanitar fan hisoblanadi. Uning izlanish obyekti ijtimoiy voqelik boʻlgan madaniyat va
inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda
amal qilishi bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisida, madaniyat qoidalari, institutlari,
qadriyatlarining jamiyat hayoti va rivojlanishidagi oʻrni, oʻzaro aloqalari jarayonlari
oʻrganiladi.

29.

Kursning oldiga qoʻyilgan asosiy masala – jamiyat, madaniyat va inson
munosabatlaridir. Darvoqe, bu uch tushuncha yana koʻp fanlarning obyekti
hisoblanadi. Inson jamiyatdan yashar ekan, oʻzining yashash tarzini hamma
davrlarda paydo qilib, takomillashtirib boradi, shu tariqa inson oʻz imkoniyatlarini
koʻrsatib boraveradi.
Tabiatning mavjudlik qonuni xilma - xil boʻlganidek, insonning ichki tabiati, yaʼni
madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar taʼsirida doimiy
ravishda oʻzgarib turar ekan, bu oʻzgarishlar faqat ilgarilab borish, yangi
qadriyatlarning vujudga kelishidan iborat. Ammo aksincha oʻzgarishlarga –
maʼlum bir anʼanaviy jarayonlarning yoʻqolishiga sabab boʻlishi ham mumkin.
Masalan, maʼlum bir davrda maʼnaviy hayotga fan–texnika taraqqiyoti taʼsir etib,
anʼanaviy xalq udumlari, xalq ogʻzaki ijodining yoʻqolishiga sabab boʻladi.

30.

E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT!
English     Русский Rules