4.74M

T.T.Ergashev Ilmiy seminar taqdimot 14.01.2026

1.

ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
RAQAMLI ILMIY KENGASH
Ergashev To‘lqinjon Tuxtamurodovich
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI NEOLOGIZMLAR TARJIMASI
VA LEKSIKOGRAFIK TALQINI
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va
tarjimashunoslik
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini
olish uchun yozilgan
d i s s e r t a t s i ya
TAQDIMOTI
Urganch - 2026 yil

2.

TADQIQOTNING KIRISH QISMI
Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek
tillaridagi neologizmlar tarjimasidagi o‘ziga xos
xususiyatlarni aniqlash va ularning leksikografik
talqinini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti – ingliz va o‘zbek
tillaridagi neologizmlardir.
Tadqiqotning predmeti ingliz va o‘zbek
tillaridagi neologizmlarning o‘zaro tarjimasi va
ularning leksikografik talqinini
takomillashtirishdan iborat.
2

3.

TADQIQOT ISHINING VAZIFALARI
o‘zbek
va
ingliz
tillarida
neologizmlarning
o‘rganilishi, ularning semantik xususiyatlarini tahlil
qilish orqali tushuncha nomining neologizmga aylanish
sabablarini aniqlash;
01
o‘zbek tilidagi neologizmlarning ingliz tiliga
tarjimasi, ingliz tilidagi neologizmlarning o‘zbek tiliga
tarjimasidagi muammolarni aniqlash, yechimlar taklif
etish;
02
ingliz va o‘zbek tillaridagi neologizmlarning
struktur xususiyatlarini qiyoslash, ularning boshqa til
birliklaridan farqlarini ochib berish;
03
04
o‘zbek
va
ingliz
tilidagi
lug‘atlarda
neologizmlarning berilishini tahlil qilish, leksikografik
talqinni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishdan iborat.

4.

TADQIQOT ISHINING ILMIY
YANGILIGI
ingliz tilida neologizmlarning paydo bo‘lishi jamiyat
hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, madaniy o‘zgarishlar
natijasida, jumladan, o‘zbek tilida ko‘proq siyosiy vaziyatning
o‘zgarishi bilan ro‘y berishi ikki tilda amalga oshirilgan
neologizmlarga oid tadqiqotlar hamda neologizmlarni
semantik xususiyatlari tahlili orqali ochib berilgan;
01
02
o‘zbek
tilidagi
neologizmlarning
milliy
madaniy
xususiyatlar bilan bog‘liqligi tufayli ularning ingliz tiliga
tarjimasida leksik, grammatik va pragmatik nomuvofiqliklar
yuzaga kelishi hamda ularni bartaraf etishda to‘g‘ridan to‘g‘ri
so‘z o‘zlashtirish, kalkalash, izohli tarjima samarali ekanligi
neologizmlar tarjimasi vositasida dalillangan;
birikmali terminlar ko‘proq neologizmlar texnika va ilmfan sohalaridagi yangi tushunchalarni ifodalovchi birliklar
sifatida hosil bo‘lganligi tufayli birikmali va abbreviatura
shaklidagi neologizmlarning miqdori ko‘p ekanligi struktur
tahlil asosida aniqlangan;
03
04
ingliz tilida neologizmlarning leksikografik talqini ularning
lug‘atlarga to‘liq ijtimoiylashmagan davrdayoq, o‘zbek
tilidagi umumiy lug‘atlarga umumtil leksikasiga o‘tgandan
keyingina kiritilishi ikki tildagi izohli, maxsus lug‘atlar, til
korpuslari va tezauruslar tahlili vositasida dalillangan.

5.

I BOB.“Neologizm semantikasi, ularning leksikani boyitishdagi o‘rni
va o‘rganilish tarixi”
Tushunchaning neologizmga
aylanish omillari va sabablari
Globalizatsiya, ilm-fan va
texnologiyaning taraqqiyoti,
ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar.
Yangi tushunchalarni nomlashda
quyidagi 3 yo‘llardan foydalanish
mumkin.
1.Leksikada mavjud birliklardan
2.Ichki imkoniyat asosida hosil
bo‘lgan yangi so‘zlardan
3.Tushuncha paydo bo‘lgan xalq
tilidan so‘z olish
O‘rganishdagi yondashuvlar
Neologizmlarning paydo bo‘lish asoslari
“Semantik asos”
01
“Fonetik asos”
02
“Madaniy va tarixiy
asos”
03
“Morfologik asos”
04
“Etimologik asos”
05
“Sinxron” va “Diaxron”
06

6.

1.2. O‘zbek va ingliz tillarida neologizmlarning
o‘rganilishi
Dunyoda
neologizmlar
turli
aspektlarda
yetakchi
olimlar
o‘rganilgan.
tomonidan
Jumladan,
Madeline
01
Moats
O‘zbek
tilshunosligida
neologizmlarning
bo‘lishi,
paydo
ularning
leksikografik talqini masalasi
Britaniya
va
Amerika
yetakchi
olimlarimiz
tilshunosligida
paydo
bo‘lgan
tomonidan
o‘rganilgan.
04
neologizmlarni qiyosiy tadqiq
Jumladan,
qildi,
mustaqillik sharoitida o‘zbek
Viliyam Kroft ijtimoiy
05
A.To‘raxo‘jayeva
rivojlanish va til taraqqiyotining
tili ijtimoiy-siyosiy leksikasi
bog‘liqligini
6
taraqqiyotini
o‘rgandi,
Kanadalik
Paul
neologizmlar
xususiyatlarini
aniqlashda
yondashuvlarning
tadqiq qilgan.
Kuk
lingvistik
ahamiyatini
tahliliy
o‘rgangan, U.Qo‘ziyev o‘zbek
tili
izohli
o‘zlashma
lug‘atlaridagi
so‘zlarni
o‘rganishga bag‘ishlagan.

7.

1.3. Ingliz va o‘zbek tillaridagi neologizmlarning semantik
xususiyatlari
NEOLOGIZMLAR tilda ichki imkoniyatlar asosida yangi so‘z yasash, o‘zga tillardan so‘z
o‘zlashtirish, tilda mavjud leksema ma’nosini kengaytirish orqali hosil qilinishi mumkin.
Mavjud leksema ma’no ko‘lami kengayishida semantik xususiyatlar turlicha kechadi.
STEP 01
1.Leksemaning
semantik strukturasidagi
ma’nolari ko‘payadi.
STEP 02
STEP 04
Natijada yangi ma’no
hosil bo‘lmaydi,
ma’noning hajmi
kengayadi yoki torayadi.
2.Leksema
ma’nosining hajmi
o‘zgaradi.
STEP 03
Natijada bu holat
polisemiyaga, keyinchalik
omonimiyaga olib keladi.
Leksik ma’noning
miqdori ma’no ko‘chish
usullari orqali ko‘payadi.
Birinchi holat neologizmlarning semantik xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Leksemaning semantik strukturasida paydo bo‘ladigan yangi tushunchalar ijtimoiylashishi,
jamiyat a’zolarining salmoqli qismiga tanish bo‘lgunga qadar ular neologizm sifatida
qaraladi.

8.

II BOB. NEOLOGIZMLARNING O‘ZARO
TARJIMASI VA ULARNING STRUKTUR
XUSUSIYATLARI
a) Masalan, mahallabay, ekobozor,
temir daftar, hokim yordamchisi,
ayollar daftari, nisob kabi leksik
birliklarning tarjimasida ularning
mohiyatini o‘zbek tilida anglash
birinchi galdagi masala bo‘ladi.
d) madaniy va
ijtimoiy moslashuv
muammosi
a) ma’no
aniqligini
ng yetarli
darajada
emasligi.
e) fonetik,
morfologik,
sintaktik
moslashtiris
hdagi
muammolar
f) tarjima
usulini
tanlashdagi
murakkabli
klar
d) Hokim, vazir, devonxona,
dalolatnoma, ishonchnoma,
viloyat, tuman, Vazirlar
Mahkamasi kabi leksemalar
shular jumlasidandir.
2.1. O‘zbek tilidagi neologizmlarning ingliz
tiliga tarjimasi
g) tez
o‘zgaruvcha
nlik,
barqarorlikn
ing yo‘qligi
h) terminlar
standartizat
siyasining
mavjud
emasligi
b) tarjima matnida
muqobil leksema
topish.
b) “Ayollar daftari”
jumlasi “Women’s
Registry” tarzida emas,
“List of women with
difficult social and
living conditions,
unemployed and
socially inactive”.
e) o‘zbek tilidagi kurash
leksemasi chala, halol,
yonbosh leksemalari bilan
guruh holida ingliz tiliga
ham o‘zlashgan.

9.

2.2. Ingliz tilidagi neologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasi
Tilshunos P.A.Nyumark neologizmlarni “yangi yaratilgan leksik birliklar yoki
mavjud bo‘lgan, lekin yangi ma’no kasb etgan leksik birliklar” deb tariflaydi.
1
1)to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtirish
(transliteratsiya usuli).
Masalan, blog, podcast, trend, laptop, vlog,
telegram, signal, market kabi leksemalar
2
2)kalkalash usuli orqali tarjima qilish.
Masalan, “sky-scraper” – “osmono‘par bino”, Social
network – ijtimoiy tarmoq, workforce – ishchi kuchi
3
3) adaptatsiya usuli - bu tarjima jarayonida uni
qabul qiluvchi tilda muloqot qiluvchi xalqning
madaniyati, til leksik xususiyatlari va uslubiy
qoidalariga muvofiqlashtirish usulidir.
4
Masalan, hallowen – maskarad, first lady –
birinchi xonim, SMM abbreviaturasining
tarjimasi “ijtimoiy tarmoq marketingi”.
5

10.

2.3. Ingliz va o‘zbek tillaridagi neologizmlarning
struktur xususiyatlari
Ingliz tili grammatikasiga doir manbalarda qoʻshma soʻzlar quyidagicha tavsiflanadi:
1) qoʻshma soʻz semantik va
grammatik xususiyatni oʻzida
jamlagan bitta leksema sanaladi;
2) qoʻshma soʻzlarning aʼzolari
orasiga hech qanday
qoʻshimchalar qoʻshilmaydi;
infleksion (shakl yasovchi)
qoʻshimchalar faqatgina
qoʻshma soʻzlardan keyin
qoʻshiladi.
4) ingliz tilida baʼzi qoʻshma soʻzlar
yasovchi qoʻshimcha qoʻshilishidan hosil
boʻladi. Masalan, bunday qoʻshimchalar:
socio-, psycho- va tub soʻzlar:
socioeconomic, psychoanalysis,
biotechnology.
5) qoʻshma soʻzlar hosil
boʻlishi rekursiv jarayon,
yaʼni bitta soʻzning oʻzi
kattaroq qoʻshma soʻzning
tarkibiy qismi ham boʻlishi
mumkin: “lighthouse
keeper”, “living-room
furniture”.
3) qoʻshma soʻzlarning bir
elementi boshqasiga bogʻliq
boʻladi va oʻsha element
soʻzning asosiy mazmunini
ifodalaydi, lekin ingliz tilida
ikkita element qoʻshilganda
butunlay boshqa maʼno berishi
mumkin. Jumladan, “a
Redcoat” – britan askari
maʼnosini beradi.
Shuningdek, reduplikatsiya (inglizcha: reduplication) usuli Ingliz tilida keng tarqalgan
va neologizmlar (yangi so‘zlar) hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, bibblebabble, diddle-daddle, bye-bye, go-go, wee-wee.

11.

III BOB. NEOLOGIZMLARNING INGLIZ VA O‘ZBEK
TILLARIDAGI LUG‘ATLARDA BERILISHI
3.1. O‘zbek tilidagi lug‘atlarda neologizmlarning berilishi
Tadqiqotchilar lug‘atning jamiyat
hayotida ijtimoiy, siyosiy va
madaniy ahamiyatini quyidagi
asosiy vazifalar orqali
belgilaydilar:
neologizmlarning
lug‘atlarda berilishi
ularning leksikada
so‘z sifatida tan
olinishini anglatadi.
1) ona tilini va boshqa tillarni
o‘rganish;
2) ona tilining tavsifi va
me’yorlashuvi;
3) tillar va madaniyatlar o‘rtasida
munosabatlarni rivojlantirish;
4) til leksikasini ilmiy jihatdan
tadqiq etish va talqin qilish
Jumladan, breksit leksemasi izohli lug‘atda quyidagicha leksikografik talqin qilingan:
“BREKSIT [ingl. Britain so‘zining dastlabki ikkita harfi + exit - chiqish] siyos. neol.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi. Buyuk Britaniya breksitdan
so‘ng Osiyoga ko‘proq e’tibor qaratadi. Gazetadan” Lug‘at maqolasida quyidagi
ma’lumotlar berilgan:

12.

3.2. Ingliz tilidagi lug‘atlarda neologizmlarning
berilishi
Ingliz va o‘zbek tillaridagi izohli lug‘atlar o‘rtasidagi farqlarni uch asosiy jihatda ko‘rib chiqish
mumkin:
d) qo‘shimcha
ma’lumotlarni
ng joylashuvi:
a) Ingliz tilidagi lug‘atlarda maqolaning
izoh qismi ilmiy, rasmiy yoki
publitsistik uslubda tuzilishi qat’iy
talab etilmaydi;
b) Ingliz tilidagi lug‘atlarda illyustrativ
misollar
ko‘pincha
lingvistik
korpuslar kabi manbalardan olinsa-da,
ularning aniq muallifi, nashri yoki
boshqa bibliografik ma’lumotlari
keltirilmaydi, chunki bu majburiy
shart hisoblanmaydi.
b) illyustrativ
misollarning
taqdimoti:
a) izoh
qismini
shakllantirish
uslubi:
Ingliz va o‘zbek
tillaridagi izohli
lug‘atlar
o‘rtasidagi
farqlar
d) ingliz tilidagi lug‘atlarda etimologik ma’lumotlar odatda maqolaning oxirida beriladi. Bunga
qarama-qarshi ravishda, bosh so‘zning fonetik tavsifi (transkripsiyasi), so‘z turkumiga mansubligi
va grammatik xususiyatlari (masalan, otlarning sanaladigan / sanalmaydiganligi, abstrakt yoki
konkretligi) maqolaning boshida keltiriladi.

13.

3.3. Ikki tilli neologizmlar lug‘ati va uni yaratish
tamoyillari
Yaratiladigan ingliz va o‘zbek tillaridagi neologizmlar lug‘ati quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
LUG‘ATNING KIRISH
QISMI, YA’NI
MUQADDIMA.
• ingliz tilidagi neologizmlar
alifbo tartibida joylashtiriladi
va ularning har biri yangi
satrdan yoziladi;
• neologizm haqida etimologik
ma’lumot beriladi;
• d)fonetik
ma’lumot
keltiriladi;
• e)leksemaning o‘zbek tilidagi
muqobili beriladi;
• f) zarur o‘rinlarda illyustrativ
misol va uning manbasi
beriladi;
• g)
leksema
barqaror
birikmalar
tarkibida
qo‘llansa, ular ham lug‘at
maqolasining
ichida
izohlanadi.
ASOSIY LEKSIK
QISM.
• Bu qismdan alifbo tartibida
joylashtirilgan ingliz tilidagi
neologizmlar va ularning
o‘zbek tiliga tarjimasi o‘rin
oladi.
• izoh qismida etimologik,
fonetik
ma’lumotlar,
shuningdek,
illyustrativ
misollar keltiriladi.
• Neologizmning
qo‘llanish
sohasi haqidagi ma’lumot
tarjima qismida ham, maxsus
pometa asosida ham beriladi.
• Umuman, asosiy qismda
leksik, grammatik, fonetik,
etimologik
ma’lumotlar
keltiriladi.
QO‘SHIMCHA
MA’LUMOTLAR VA
INDEKSLAR QISMI.
• Lug‘atning
bu
qismida
qo‘shimcha
ma’lumotlar
beriladi.
• Masalan, so‘zlarning soha
bo‘yicha tasnifi, ularning
tematik guruhlari keltiriladi.
• Ikkinchi tildagi so‘zlardan
birinchi tildagi muqobillarini
topish uchun teskari indeks
(bizning holatda o‘zbekchainglizcha
qism)
ham
lug‘atning
shu
qismida
joylashtiriladi.
Quyida ingliz tilidan o‘zbek tiliga so‘nggi yillarda o‘zlashgan lokdaun leksemasi uchun ikki tilli
neologizmlar lug‘atida shakllantiriladigan lug‘at maqolasini keltiramiz:
Lockdown [lock (v.) + down (adv.)]; [lɒkˌdaʊn] – o‘z-o‘zini yakkalash (Davlat tomonidan
aholining ommaviy tarzda turli ofatlar, epidemiya, tartibsizliklar vaqtida ko‘cha-koʻyda, ish
faoliyatida harakat erkinligining kamaytirilishi holati, karantin yoki o‘zini boshqalardan yakkalash
tartibi). Aprel oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab lokdaun joriy qilindi. Gazetadan.

14.

E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
English     Русский Rules