82.40K
Category: lingvisticslingvistics

Namangan davlat universiteti filologiya va tillarni o̒qitish: o’zbek tili yo’nalishi

1.

Namangan davlat universiteti
filologiya va tillarni o̒qitish :
o’zbek tili yo’nalishi
S.UZB-AU-20 guruh talabasi
Ma’murova Nigoraning
O’zbek terminologiyasi fanidan
tayyorlagan taqdimoti

2.

Mavzu:O’zbek tilida metafora usul bilan terminlar hosil
qilish
Reja:
1.Terminologiya sohasida metafora usuli bilan termin hosil qilsihga
doir tadqiqotlar.
2.Semantik(kalkalash) bilan bog’liq nazariyalar.
3.Kalkalash yordamida terminlarning boyib borishi.
4.Metaforalashish usullari.

3.

Tayanch so’z va iboralar:
Termin,kalkalash,semantik,ruschabaynalmilal,yasama
terminlar,o’xshashlik.

4.

O’zbek tili terminologiyasi tizimida semantik yo’l bilan yasalgan
terminlar ham ko’zga tashlanadi. Terminlar sistemasida
metaforaning o’rni va ro’lini o’rganish XX asrning 60-yillaridan
boshlangan edi. M. Pavlovaning ta’kidlashicha, terminmetaforaning yuzaga kelishi har doim aniq individning ijodiy akti
bilan boshlanadi. Metaforik ijod aktida albatta ikkita shaxs, ya’ni
metaforani yasovchi va ushbu metaforaning mazmun-ma’nosini
idrok etuvchi qatnashishi shart. Aks holda obraz, o’xshatish,
analogiya tom ma’nodagi metafora bo’lmaydi. Zotan, uning
asosiy, ya’ni ma’lumot (informatsiya) uzatish va muloqot vositasi
sifatida xizmat qilish vazifasi yo’qolishi mumkin (Pavlova,1998)

5.

Semantik kalka (metaforalashish)da kelib chiqishi
jihatidan chet tiliga xos bo’lgan yangi ma’noni
o’zbek tili lug’at tarkibida ishlatilib kelayotgan so’z
o’zlashtiradi. Globallashuv, internet va
kompyuterlashtirish zamonida o’zbek tili tomonidan
o’zlashtirilayotgan ruscha-baynalmilal terminlar,
xalq turmush tarzining turfa jabhalarini qamrab
olgan holda, o’zbek adabiy tili lug’at tarkibidan
mustahkam o’rin egalamoqda.

6.

O’zbek tili terminologiyasi, xususan, ilmiy-texnikaviy
terminologiya ham semantik kalkalash yordamida muttasil
boyib bormoqda. Ma’noviy kalkalash jarayonida muayyan
ruscha-baynalmilal ilmiy-texnikaviy terminning ma’nosini
ifodalash o’zlashtiruvchi, ya’ni o’zbek tilidagi mutanosib,
mos leksik birlikka yuklatiladi. Ruscha-baynalmilal ilmiytexnikaviy terminlarni semantik kalkalash oqibatida yangi
ma’no kasb etgan asl o’zbekcha so’zlar til terminologiyasi
tizimining taraqqiyotida munosib ulushga ega.

7.

Quyida misol tariqasida keltirilgan terminlar bevosita
semantik (metaforik) kalkaning mahsuli hisoblanadi:
barmoq (tex.palets), oziqlash//oziqlantirish (tex.
pitaniye), quloq (tex. uxo), ko’ylak (tex. rubashka), yeng
(tex. rukav), yostiq (tex. podushka), belbog’ (tex. poyas),
cho’ntak (tex. karman), qalpoq (bot. shlyapka),
qalpoqcha (tex.golovka), tish (tex. zub, zubets), tirsakli (
tex. kolenchatiy), jism (mat.;fiz.telo), tuxumhujayra (
biol. yaytsekletka) va h.k.

8.

Metaforalashish
usullari
1.Tashqi yoki shakliy
o’xshashlik asosida
Misollar:barmoq
halqasi, yashil
kompyuter, tumshuq
(kema tumshug„i),
tuynuk, quti (harb.
magazin qutisi),
zamburug‗ (tib.),
saraton (tib.)
2.Vazifalarning
o’xshashligi asosida
2.Harakat tarsi
o’xshashligi asosida
Misollar:sun‘iy
tafakkur, sukut
(internet), boshi berk
holat, ma‘lumotlar
bo’lagi
Misollar:elektron
hamyon, elektron
armiya, manzil
niqobi, qalpoq
qurilmasi

9.

4.Rang-tusdagi
o’xshashlik asosida
Misollar:
Yolg’on simvol,
avvalgi iz, qaynoq
almashtirish, davriy
halqa
5.Amaldagi terminni
yangi tushunchani
ifodalash maqsadida
qo’llash asosida
Misollar:tezkor xotira (main
memory), ko’zgu (mirror),
tarmoq choki (network wearing),
elektron aravacha (shopping
cart program)

10.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Dadaboyev H.O’zbek terminologiyasi.O’quv
qo’llanma.-Toshkent:Nodirabegim,20202. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг
лексик қатлами. Тошкент: Фан, 1985.
3. Дониѐров Р. Ўзбек тили техник
терминологиясининг айрим масалалари.
Тошкент: Фан, 1977.
English     Русский Rules