258.46K
Category: lingvisticslingvistics

So’z birikmasi

1.

So’z birikmasi
Ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik va ma’no
jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi. So’z
birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi:
1) Tobe so’z – so’roqqa javob bo’lgan so’z(har
doim tobe so’z birinchi keladi)
2) Hokim so’z – so’roqda qatnashgan so’z(har doim
ikkinchi keladi)
Baland bino – qanday bino? Demak, baland – tobe
so’z, bino – hokim so’z!
Eslab qoling! So’z birikmalarida har doim birinchi
tobe so’z, keyin hokim so’z keladi!
So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z
bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: otli
so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi
So’zlarning o’zaro bog’lanishi kki xil bo’ladi:
1) Teng bog’lanish – ikki so’zning teng huquqli, biri
ikkinchisiga bo’ysunmay bog’lanishi: opam va kitob,
uy va tom kabi. Bir xil gap bo’lagi vazifasida kelib,
ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’luvchi
bo’laklarning o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash
ohangi yordamida bog’lanishi teng bog’lanish
deyiladi. Quyidagi vositalar teng bog’lovchi
vazifasini bajaradi:
a) biriktiruv bog’lovchilari – va, hamda, bilan;
b) zidlov bog’lovchilari – ammo, lekin, biroq;
c) ayiruv bog’lovchilari – yo, yoki, yo-yo,
goh-goh, dam-dam;
d) gumon yuklamasi – na…na;
e) kuchaytiruv-ta’kid yuklmasi - u, -yu, -da.
f) Sanash ohangi
Eslatma! Gapdagi so’zlar sanash ohangi
yordamida bog’langanda ular vergul bilan
Otli so’z birikmasida hokim so’z ot va otlashgan so’zlar
bilan ifodalanadi(xullas, fe’ldan boshqa so’z turkumlari
bilan): shaharning ko’chalari, hammasidan katta,
chumchuqning
chug’ur-chug’uri,
o’quvchilarning
beshtasi, beqiyos o’lka, katta qishloq.
ajratiladi va teng bog’lanishga olinadi: Navoiy,
Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z faqat fe’l bilan
ifodalanadi: kitobni o’qimoq, daftarga yozmoq, tez
yugurmoq, ohista gapirmoq, ta’sirli so’zlamoq, zavq
bilan o’qimoq.
2) Tobe bog’lanish – bir so’z(tobe so’z)ning boshqa bir
so’z(hokim soz)ga bo’ysunishi orqali bog’lanishi:
opamning kitobi, uyning tomi kabi. Bog’lovchi
vositalar:
a) Ko’makchilar;
b) Kelishik qo’shimchalari;
c) Egalik qo’shimchasi;
d) Ohang(tobelantiruvchi);
e) Shaxs-son (ega kesim moslashuvi)
So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish
usullari
So’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so’zning hech
qanday qo’shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko’ra
bog’lanishi bitishuv deyiladi: tez termoq, chiroyli
gapirmoq, ishchan o’quvchi, mehribon ustoz.
Tobe so’zning hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt
va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar
yordamida bog’lanishi boshqaruv deyiladi: do’stlarni
hurmat qilmoq, g’alaba uchun kurashmoq, yoshlarga
g’amxo’rlik qilmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq.
Eslatma! Bilan ko’makchisi savolda qatnashmasa –
bitishuv! Zavq bilan tinglamoq, ishtaha bilan yemoq, ibo
bilan kelmoq – bitishuv!
Taqqoslang:
a) Qoshiq bilan yemoq – nima bilan yemoq –
boshqaruv;
b) Maroq bilan eshitmoq – qay holda eshitmoq –
bitishuv.
Tobe so’zning hokim so’zga qaratqich kelishigi
qo’shimchasi yordamida, hokim so’zning esa tobe so’zga
egalik qo’shimchasi yordamida bog’lanishi moslashuv
deyiladi: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog’i,
bizning sinfimiz, sizning ukangiz.
Teng bog’lanish va tobe bog’lanish
Bobur asarlari. Bunda Navoiy va Bobur so’zlari
teng bog’langan.
So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil
qiladi.So’z qo’shilmasida har bir so’z ma’no
mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish
xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz
kabi.
Eslatma! Sifat+ot shaklidagi so’z birikmalarida
tobe va hokim so’zlarning o’rni almashtirilsa, gap hosil
bo’ladi. M: chiroyli qiz – qiz chiroyli(dir), katta ko’cha –
ko’cha kata(dir).
Tahlil namunalari
❖ Shubhasiz, barkamol avlodning buguni va ertasi
bor.
So’z birikmalari: avlodning buguni, avlodning ertasi,
barkamol avlodning.
Ega har doim kesimga bog’lanadi va so’z birikmasiga
olinmaydi. Tobe bog’lanish so’ralganda esa olinadi.
1). avlodning buguni – moslashuv, buguni - hokim so’z,
avlodning - tobe so’z, qaratqich kelishigi va egalik
qo’shimchasi
vositasida
bog’langan,
ot+ravish,
aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi;

2.

2). avlodning ertasi - moslashuv, ertasi- hokim so’z,
avlodning-tobe so’z, qaratqich kelishigi va egalik
qo’shimchasi
vositasida
bog’langan,
ot+ravish,
aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi;
3).barkamol avlod – bitishuv, avlod- hokim so’z,
barkamol- tobe so’z, ma’no va ohang yordamida
birikkan, sifat+ ot, aniqlovchili birikma, otli so’z
birikmasi;
❖ Bu olim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini
mukammal egallagan.
Ushbu gapda 6ta so’z birikmasi, 7ta tobe bog’lanish bor.
1). mukammal egallagan – bitishuv, egallagan – hokim,
mukammal – tobe so’z, ohang va ma’no vositasida
birikkan, sifat+fe’l, holli birikma, fe’lli so’z birikmasi;
Bu gapda ega ikkita bo’lganligi sabab 5ta tobe bog’lanish
bor, tobe bog’lanishga ega va kesim moslashuvi ham
kiradi. Buguni va ertasi so’zi teng bog’langan.
2). tarmoqlarini egallagan – boshqaruv, egallagan –
hokim, tarmoqlarini – tobe so’z, tushum kelishigi
vositasida birikkan, ot+fe’l, to’ldiruvchili birikma, fe’lli
so’z birikmasi;
Shubhasiz,(kirish so’z) barkamol(sifatlovchi aniqlovchi)
avlodning(qaratqich
aniqlovchi)
buguni(ega)
va
ertasi(ega) bor(kesim).
3). barcha tarmoqlarini – bitishuv, tarmoqlarini – hokim,
barcha – tobe so’z, ohang va ma’no vositasida birikkan,
olmosh+ot, aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi;
❖ Bu bodomqovoq qiz xushfe’l tabiati bilan kattayu kichikning olqishiga sazovor bo’ldi.
4). fanining tarmoqlarini – moslashuv, tarmoqlarini –
hokim, fanining – tobe so’z, qaratqich va egalik
qo’shimchalari vositasida birikkan, ot+ot, aniqlovchili
birikma, otli so’z birikmasi;
Ushbu gapda 7ta so’z birikmasi, 8ta tobe bog’lanish bor.
So’z birikmalari:
1). olqishiga sazovor bo’ldi – boshqaruv, sazovor bo’ldi –
hokim so’z, olqishiga – tobe so’z, jo’nalish kelishigi
yordamida bog’langan, ot+fe’l, to’ldiruvchili birikma,
fe’lli so’z birikmasi;
2). kichikning olqishiga – moslashuv, olqishiga – hokim,
kichikning - tobe so’z, qaratqich va egalik qo’shimchalari
yordamida birikkan, otlashgan sifat+ ot, aniqlovchili
birikma, otli so’z birikmasi;
3). kattaning olqishiga - moslashuv, olqishiga – hokim,
kattaning - tobe so’z, qaratqich va egalik qo’shimchalari
yordamida birikkan, otlashgan sifat+ ot, aniqlovchili
birikma, otli so’z birikmasi;
4). tabiati bilan sazovor bo’ldi – boshqaruv, tabiati bilan
– tobe so’z, sazovor bo’ldi – hokim so’z, ko’makchi
yordamida birikkan, ot+fe’l, to’ldiruvchili birikma, fe’lli
so’z birikmasi;
5). xushfe’l tabiati – bitishuv, tabiati – hokim so’z,
xushfe’l – tobe so’z, ohang va ma’no vositasida birikkan,
sifat+ot, aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi;
6). bodomqovoq qiz – bitishuv, qiz – hokim so’z,
bodomqovoq – tobe so’z, ohang va ma’no vositasida
birikkan, sifat+ ot, aniqlovchili birikma, otli so’z
birikmasi;
7). bu qiz – bitishuv, qiz – hokim, bu – tobe so’z, ohang
va ma’no vositasida birikkan, olmosh+ot, aniqlovchili
birikma, otli so’z birikmasi.
Bu (sifatlovchi aniqlovchi) bodomqovoq (sifatlovchi
aniqlovchi) qiz (ega) xushfe’l (sifatlovchi aniqlovchi)
tabiati bilan(to’ldiruvchi) katta-yu kichikning (qaratqich
aniqlovchi)
olqishiga
(to’ldiruvchi)
sazovor
bo’ldi(kesim).
5). riyoziyot fanining – bitishuv, fanining –hokim,
riyoziyot – tobe, ohang va ma’no vositasida birikkan,
ot+ot, aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi;
6). bu olim – bitishuv, olim – hokim, bu – tobe so’z,
ohang va ma’no vositasida birikkan, olmosh+ot,
aniqlovchili birikma, otli so’z birikmasi.
Bu (sifatlovchi aniqlovchi) olim(ega) riyoziyot
(sifatlovchi aniqlovchi) fanining (qaratqich aniqlovchi)
barcha
(sifatlovchi
aniqlovchi)
tarmoqlarini
(to’ldiruvchi) mukammal (ravish holi) egallagan(kesim).
Muallif: Mavlon BURXANOV
Telegramm manzil: @Uztilim
English     Русский Rules